Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol bo’lgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar
Usmoniylar saltanatining sultoni Sulaymon shohning rafiqasi – Xurram xonim o’z davrining dong’i ketgan nufuzli ayollaridan biri bo’lgan, biroq o’limidan olti asr o’tgandan keyingina haqiqiy shuhrat qozongan.

19- asrda Xurram xonim bir qator qissa, roman va poemalarning bosh qahramoni bo’lib qoldi. Ayniqsa ukrainalik mualliflar ko’proq ajralib turdilar, chunki ular Xurramning tarixini o’z mamlakatlari bilan bog’lar edilar.1990 yillarda Ukraina televideniyasi tomonidan hattoki “Roksolana” nomli serial suratga olindi va namoyish etildi. Unda Xurram xonim haqida barcha ma’lumotlar (haqiqiy va uydirmalari) to’planib, u go’zal kanizak va ko’rkam sulton haqida romantik muhabbat tarixiga aylandi. Biroq Xurram xonimni shuhratini olamga yoyish harakati deyarli besamar ketdi.

Kechikkan shuhrat

Butun dunyo telekanallarida “Muhtasham yuz yil” seriali namoyish etilishi bilan XVI asrning “haramdagi muhabbat” tarixi va uning ehtiroslari har bir xonadonga kirib keldi. Ana shundagina ko’pchilik odamlar islom qonun-qoidalari asosida hukm surgan Usmoniylar imperiyasidek saltanatda tarixga katta hissa qo’sha olgan shunday ayol o’tgani haqida bildilar.

Lekin shuni aytib o’tish kerakki, serialda aks etgan tarixiy voqealarning faqat negizigina haqiqatga to’g’ri keladi, xolos. Haramdagi tartib-qoidalar, kanizaklarning o’zlarini tutishlari, haramning kundalik hayoti, qahramonlarning Yevropa o’rta asr modasi bilan uyg’unlikda yaratilgan liboslari – bularning hammasi serial mualliflarining uydirmalaridir.

Maxfiy yozishmalar (nomalar)

Tarixchi olimlar tayanishlari mumkin bo’lgan hujjatlar juda kam saqlanib qolingan. Usmoniylar saltanati yopiq turdagi hukumat bo’lgan. Haram – begonalarning kirishi taqiqllangan hudud bo’lib, bu yerga faqatgina sulton va uning o’g’illarigina kira olganlar. Haram xodimlari memuarlar yozmaganlar, kanizaklarning esa bu hayoliga ham kelmagan. Shunday ekan, Usmoniylar imperiyasining sultoni Sulaymon shohning hissiyotlari haqida uning Xurram xonim bilan yozishgan mehr to’la nomalaridan bilib olishimiz mumkin.

Sulton harami haqidagi ba’zi ma’lumotlar chet ellik elchilarning yozuvlarida saqlanib qolingan. Ular saroyda bo’lib o’tayotgan voqea-hodisalarning hammasini qayd qilib borganlar. Og’izdan-og’izga otib borgan bu ma’lumotlar ozgina bo’rttirilgan va natijada odamlarning Xurram xonim haqida o’ziga yarasha “ijtimoiy fikri” hosil bo’lgan. Unga ko’ra, Xurram xonim sultonni sehrlab olgan makkor jodugar hamda birovlarning qoni evaziga o’g’illariga taxtga yo’l ochib bergan yovuz niyatli ayol sifatida gavdalangan.



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations