Setenil-de-las-Bodegas – qoya ichidagi shahar
Setenil-de-las-Bodegas (ispancha Setenil de las Bodegas) — Ispaniyada, Andallusiya avtonom hamjamiyatiga kiruvchi hududning Kadis provinsiyasidagi shahar va munitsipaliteti.

Munitsipalitet Serra-de-Kadisrayoni(komarka) tarkibiga kiradi. U 82 kvadart kilometrni egallaydi. 2010 yildagi ma’lumotlarga ko’ra, aholisi 2967 kishi. Provinsiyaning ma’muriy markazidan 157 kilometr uzoqlikda joylashgan. 

Setenil-de-las-Bodegas  - shaharning butun ko’chalaridagi uylar uchun devor va tom sifatida xizmat qilishi bilan tanilgan bazaltli qoyaning yon bag’rida joylashganligi tufayli  turistlarni o’ziga jalb qiladi.

Zamonaviy Setenil-de-las-Bodegas shahri Rondadan shimoliy g’arb tomon joylashgan Rio Trexoga olib boruvchi yo’lni nazorat qilgan istehkomli mavritan shahridan paydo bo’lgan. Bu yerda tahminan Almoxadlar hukmronligi davri – 12 asrda qurilgan va hanuzgacha juda yaxshi holatda saqlanib kelgan qal’ani ko’rish mumkin.

Ayrim kishilarbu shahar aynan o’sha davrda barpo etilgan, deya tahmin qiladi. Lekin keyinchalik bu joylarda aholi ko’chib kelishi ancha oldin boshlanganligi aniqlangan. Masalan, 1 asrda bu yerda rimliklar yashagan. Setenil bir vaqtlari saltanatiga tegishli Lachipo shahrining vorisi deb hisoblanar edi, lekin keyin Lachipo Malagadagi Kasares shahrining o’tmishdoshi ekanligi isbotlangan.

Setenil-de-las-Bodegasnomi 15 asrda, yangi xristian ko’chmanchilari bu yerda gullab yashnagan zaytun va bodom darahtzorlariga uzumzorlarni ham qo’shgan paytlarda dastlab tilga olingan. Shu o’rinda shaharning nomiga De las Bodegas, qo’shimchasining kelib chiqishi ham ma’lum bo’ladi, chunki bu qo’shimcha “sharobga” oid degan mazmunni anglatadi. Zaytun bilan bodom hozirga qadar gullab-yashnab kelmoqda. Biroq, afsuski uzumzorlar, chamasi 1860-yillarda filloksera hasharoti tufayli nobud bo’lib ketgan.

Turar joy qurilishi 25000 yildan oldinroq boshlangan Rondadan g’arbdagi Kueyva de la Pileyta (Cueva de la Pileta) kabi yaqin atrofdagi g’orlardan topilgan ma’lumotlarga ko’ra, Setenilya o’rnida 12 asrdan ancha oldin ovullar mavjud bo’lganligi ehtimoldan holi emas. 

Afsuski, shaharning ilk kelib chiqishi o’g’risidagi dalillar bir vaqtlar mavjud bo’lsa ham, bugungi kunda tinmay binolarning qayta qurilishlari tufayli yo’qolib ketgan.

Bu aholi punktining hozirgi nomlanishi lotin tilidagi “septem nihil” (yetti marta hech narsa) iborasida kelib chiqqan deb hisoblanadi. Shaharni tashkil etish shu yerda yashagan mavritanlar Rekonkistlar tomonidan yetti marta besamar qamalga olinganidan keyin ohirgi yillarda istilo qilingan. 

Shahar aholisi 1407 yildan 1484 yilga qadar mudofaalangan. Keyin mavritanlar shahardan haydab yuborilgan. O’qdori bilan artileriyadan foydalanib xristianlar shaharni ohirgi qurshov paytida, qal’ani barbod qilib bo’lgandan keyin o’n besh kun ichida egallagan. Shu qal’aning vayronalarini bugungi kunda ham ko’rish mumkin.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations