Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar
Depressiya - uzoq vaqt mobaynida o‘ta tushkun kayfiyat, fikrlar karaxtligi va har qanday ongli faoliyatga bo‘lgan intilishning so‘nishi bilan kechuvchi kasallikdir. Ayollar erkaklarga qaraganda 2 barobar ko‘proq depressiyaga chalinishadi.

 

Bular o‘ziga ishonmaslik, g‘amginlik, tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, tasavvurlarning bir qolipga tushib qolishi, xohish-istakning kamayishi, harakatlarning chegaralanishi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu holatlar ko‘pgina ruhiy kasalliklarda kuzatiladi.Surunkali o‘ta toliqish ruhiy ozor yetkazadigan sharoit, g‘am-g‘ussalar ham depressiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Depressiya alomatlari turlicha namoyon bo‘ladi. Ba’zi turlarida fikrlash, savollarga javob qaytarish, ba’zan hatto harakat qilish qiyinlashadi. Bemor g‘amgin ko‘rinadi, ayni vaqtda ishtahadan qolib, ozib ketadi, yurak urishi va qon bosimi o‘zgaradi, boshi og‘riydi, qabziyat bo‘ladi, terisi qurishib qoladi yoki ter bosadi. 

Depressiyaning ba’zi turlarida bemoro‘zini irodasizlikda ayblaydi, kasallikka, azob-uqubatlarga duchor bo‘ldim deb o‘ylaydi, oilasi uchun keraksiz kishi, gunohkor deb hisoblaydi. Ushbu holat moddalar almashinuvining buzilishi va endokrin kasalliklar bilan birga kechadi. 

Ushbu dardga chalinmaslik va undan uzoqroq yurish uchun ushbu tasviyalarga diqqat qiling.

 

* Uyda, ishda, jamoada sog‘lom ruhiy muhitni yaratish, bir biriga yaxshilik istagi va o‘zgalarga quvonch baxsh etish inson umrini uzaytiradi.

 

* O‘ksinish, xafagarchilikni tezda yoddan chiqarish, kek saqlamaslik, ehtiroslarni tiya bilish asab tizimini mustahkamlaydi.

 

* Bir vaqtning o‘zida kulish ham yig‘lashni beg‘ubor bolalardan o‘rganish zarur. Emotsiyalarni chiniqtirish va tarbiyalash lozim. 

* Asabiylashish tufayli paydo bo‘lgan adrenalin (energiya)ni mushaklarga berish lozim, shunda asab tolalari va qon tomirlar himoyalanadi.

 

* Yoqimli musiqaning salbiy emotsiyalarni bosish va charchoqlik hissini yo‘qotishda ahamiyati katta.

 

* Musiqa va she’riyat insonning so‘z orqali ifodalay olmagan nozik tuyg‘ularini ifoda etadi va tanaga orom bag‘ishlaydi. 

* Ijobiy stresslar, haqiqiy kulgu va jilmayish bosh miya qon tomirlari orqali o‘tadigan qon miqdorini oshirib, miya to‘qimasini kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.

 

* Chin kulgu miyani chiqindilardan tozalab, ruhiyatni tetik va yengillashtiradi, kayfiyatni ko‘tarib, taranglashishni kamaytiradi.

 

* Ertalab odatdagidan 10 daqiqa oldin turing, kiyadigan kiyimlar, zaruriy ish qog‘ozlari, hujjatlarni yotishdan oldin tayyorlab qo‘ying va hakozo. 

* Xotirangizga ishonmang, kundalik tuting va eng asosiy ishlarni yozib boring.

 

* Bugungi ishni ertaga qo‘ymang, bu stress chaqiradi.

 

* Zerikarli, hayotdan noliydigan insonlardan yiroq bo‘ling.

 

* Ish paytida vaqti-vaqti bilan mashqlar bajaring, bir xil holatda ko‘p o‘tirib qolmang.

 

* 7-8 soat to‘yib uxlang.

 

* Ish qog‘ozlaringiz, narsalaringiz,uydagi jihozlarni tartibga va bir tizimga keltirib oling.

 

* Chuqur, sekin nafas oling va chiqaring hamda bo‘shashing. Asabiylashsangiz bir necha marta chuqur-chuqur nafas oling va jilmaying.

 

* Kundalik turmushni yaxshi tomonga o‘zgartiring, yangi soch turmagi, yangi kiyim, kostyum va hakozo. Bu sizga hayotiy quvonch bag‘ishlaydi, o‘zingizga hurmatingiz ortadi.

 

* Dam olish kunlarini yaxshi o‘tkazishga harakat qiling, ijodiy yondoshing, bir xil turmush tarzini yaxshi tomonga o‘zgartiring.

 

 

* Kechirimli bo‘ling, unuting, shikoyat, arz qilmang, baqirmang, odamlardan nolimang, ularning xarakteri va imkoniyatlari har xil ekanini tushuning.

 

* Faqat yaxshi niyatda yuring, fikringiz ezguliklar bilan band bo‘lsin.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations