Tez va bexato: shaffof oynalar va ramalarning qordek oppoqligiga erishish yo’lidagi 7 qadam
Mana bahor ham keldi. Yaqin kunlarda ob-havo juda isib ketadi, demak, oynalarni yuvishga kirishish payti ham yetib keldi. Bu juda ham oson ish emas. Ammo birinchi qarashdagina shunday tuyuladi.

Nimani va qandaybajarish kerakligini bilsangiz, oynani yuvish hech qanday mashaqqatni talab qilmaydi. Buning uchun esa mana bular kerak bo’ladi:

1. Deraza bu oyna emas

Oyna xaqiqatdanham top-toza bo’lishi uchun uning ramasini, aynan har bir burchagi va tirqishini ham unutmaslik kerak. Deraza - bu faqat oyna degani emas. Derazaning ichidagi pana joylarida juda katta miqdorda chang to’planadi. Bu juda xavfli yuk vaundan iloj bor qadar tezroq qutilish kerak.

2. Quyoshdan saqlanish

Oynalarni quyosh chiqqan ob-havoda yuvish juda yaxshi g’oya emas, albatta.  Buni tashqarida bulutli ob-havo bo’lgan paytda amalga oshirilgani ma’qul. Chunki, quyosh nurlari va havoning yuqori harorati spreyning juda tez qurib qolishining sababi bo’ladi. Qurib qolayotgan sprey o’zidan keyin izlar qoldiradi.

3. “Besh” prinsipi

Derazani to’g’riva sifatli yuvish uchun uyda atigi beshta narsa bo’lishi kerak. Bularga latta, oshxona gubkasi, mikrofibra mato bo’lagi, oyna artuvchi moslama va istalgan ishqorli vosita kiradi. Sanab o’tilganlarning o’zi kifoya.

 

4. Oyna artuvchi moslama

Ko’pchilik oynalarni tozalash uchun latta va eski gazetalardan foydalanadi. Aslida esa bueng tejamkor usul emas. Buning o’rniga oyna artuvchi moslamani sotib olish ancha samaraliroq bo’ladi. Har qalay, uyingizda atigi bir dona deraza emasdir,axir.

5. Izlar qaerdan paydo bo’ladi?

Oynada izlar uchxil bo’ladi: kir yaxshi yuvilmagan, yuvish vositasi yaxshilab yuvib tashlanmagan (keyin shoshilishda quritmay turib artib tashlangan), oynani oxirgi artilishi ho’l mikrofibra mato bo’lagi bilan artilgan.

6. Tezlik va shoshilish kerak emas

Derazani to’g’ri yuvish ramadan boshlanadi. Keyin barcha rezinka va dastaklarini yuvilishi kerak. Shularning hammasi baharilib bo’lgandan keyingina oynani yuvishga o’tiladi. Bundan tashqari, ramalarni 2-3 marta yuvilgani afzalroq, chunki ularyillar o’tgan sayin ko’proq ifloslanib boradi. Agar qo’l ostingizda oyna yuvish uchun maxsus vosita bo’lmasa, idish yuvish vositasini ishlatsa ham bo’ladi.

7. Puxtalik bilan ishlaydi

Oynaning o’zi bilan ishlayotgan paytda uning butun yuzasi bo’ylab  gubkani bostirib yurgizish lozim. Shuningdek, yaxshilab yuvib tashlanmagan tozalash vositasi ham iz qolishining sababchisi bo’lishi mumkinligini unutmasligimiz kerak. Hamma narsa to’g’ri va sifat bilan bajarilgandan keyin uni quritib sayqallash qoladi, xolos. Ana endi, hormasinlar, bekajon! 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations