Top-10: Dunyoning eng xavfsiz davlatlari
Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropada urushlar. Shimoliy Amerika ko'chalarida terroristik harakatlar. Isyonlar, zo'ravonlik va qotillik darajasining o'sib borishi. Ba'zida dunyo aqldan ozgandek tuyiladi.

Shu kabi muammolarga duch kelgan normal insonlar o'z oilasi bilan uylarini tark etib, tinch va bexavotir o'lkalarga ketib qolishni xohlashadi. Lekin hozirgi kunda dunyoning qaysi chekkasida tinch va osuda hayot kechirish mumkin? Bu juda yaxshi savol.

Har yili Londonning Legatum nodavlat instituti butun dunyoning hayot kechirish darajasi to'g'risida reyting chop etadi. Unda demokratik ozodlik va yalpi ichki mahsulot, Yevropa davlatlari uchun esa ekspertlar jinoyat sodir etilishi darajasini ham qayd etib borishadi. Natijalar orqali biz dunyoga bosh tomondan qaray olamiz va qayerda o'g'rilik, zo'ravonlik yoki qotillik kam sodir bo'lishini bilib olishimiz mumkin. Yomon xabarlardan uzoqroqda bo'lishni xohlaysizmi? Unda Siz to'g'ri manzildasiz.

Hammasi aniq va haqqoniy bo'lishi uchun o'ntalik ichiga siyosiy ahvoli tortishuvli bo'lgan davlatlar, bundan tashqari mitti davlatlar ham kiritilmadi.  Shunday bo'lganida Vatikan hamma punktlar bo'yicha birinchilikni olgan bo'lar edi. 

10. Shvetsiya

Топ-10: Самые безопасные страны в миреSkandinaviyaning shafqatsiz filmlaridagi qorong'u va yomg'irli sahnalarni unuting. Shvetsiya - Shimoliy Yevropaning liberal huquq va ozodlik hududi hamda dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlaridan biri hisoblanadi. 2015-yilda bu davlatda 10 million aholi orasida 90 ta qotillik qayd etildi. Ehtimol bu son sizga ko'pdek tuyular, agar shunday bo'lsa, siz hali nisbat va masshtablarni hisoblay olmaysiz. Masalan, Amerikaning Detroit shahrida 700 ming aholi orasida ham xuddi shuncha qotillik qaydlari mavjud. 

To'g'risini aytganda, Shvetsiya jinoyatlardan holi emas. Turistlar tashrifining gullagan paytida bu yerda cho'ntakfurush o'g'rilar ko'payadi. Bundan tashqari zo'rlash bo'yicha ham muammolar bor. Bu davlat Yevropada zo'rlash bo'yicha o'tkazilgan jinoyat va sudlar bo'yicha yetakchi o'rinlarda turadi. Lekin bu boshqa davlatlar bilan solishtirmaguncha shunday ko'rinadi.

Masalan, AQShda boshliq o'zining ishchisiga hafta davomida har kuni shilqimlik qilaversa, ishchi boshlig'ini jinsiy tajovuzi uchun sudga berishi mumkin. Lekin Shvetsiyada shunday holat kuzatilsa,  u 52 nafar turli xildagi jinoiy jazolarni olgan bo'lar edi. Chunki 2005-yildan boshlab Shvetsiya qonunlari jinsiy zo'rlash jinoyatini eng feministik harakat deb baholadi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi kunda shvetlarning 15 %i kuchqurun ko'chalarda yolg'iz sayr qila oladi. 

9. Avstriya

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Yevropadagi katta bo'lmasa ham, piva va sosiskalarni sevuvchi bu davlat qachonlardir dunyoning buyuk imperiyalaridan biri bo'lgan. Gabsburglar sulolasi Yer yuzining katta qismini boshqargan, ularning qo'l ostida turli xil davrlardagi Germaniya, Ispaniya, Meksika, Peru va Bosniya hududlari bo'lgan. Sulola hukmronligi Birinchi jahon urushi paytida qulagan, lekin uning poytaxti - Vena hali hamon dunyoning eng buyuk shaharlaridan biri bo'lib kelmoqda. 

Bundan tashqari bu mamlakat juda ham xavfsizdir. Bu yerda Shvetsiyaga qaraganda 1 million kam odam yashaydi, yiliga esa 40 nafar qotillik qayd etiladi. 38 ta davlatni o'z ichiga oluvchi IHT (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti)ning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Avstriya dunyoning eng kam qotillik sodir etiluvchi davlatlari reytingida 6-o'rinda turadi. 

Albatta, bu yerni ham 100 % xavfsiz deb ayta olmaymiz. 2015-yilda boshlangan migratsion inqiroz tufayli Avstriya odam savdosi uchun tranzit davlatga aylandi. Yo'l bo'yidagi yuk mashinalariga tashlab ketilgan 70 ta migrantning jasadi bunga yorqin misol bo'la oladi. 2016-yilda mahalliy fuqarolar Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marotaba natsizm va fashizm g'oyalarini qo'llab-quvvatlovchi o'ta o'ng partiya a'zosini prezident etib tayinlashdi.

Bu barcha sanab o'tilganlarga qaramasdan, Avstriya chiroyli va mehmondo'st mamlakatdir. Bu yerda sizning biror muammoga duch kelishingiz dargumon. 

8. Shvetsariya

Топ-10: Самые безопасные страны в миреShvetsariyaning benihoya go'zal tabiatidan so'ng ko'zga tashlanadigan birinchi narsa bu - qurollar bilan to'lib yotganligidir. Shvetsariyaliklar Texasliklar kabi qurollarni yaxshi ko'rishadi. Ular bu qurollar - to'pponcha, pichoqlarning o'zini yaxshi ko'rishadi, ulardan foydalanishni emas. Shvetsariya aholi jon boshiga eng ko'p ro'yxatga olingan qurollari bilan  AQShdan keyingi o'rinda turadi. Biroq AQShda har kungi o'q otishmalari katta muammo bo'lib qolyapti, Shvetsariyada esa bu jinoyatning darajasi pastroq. 2014-yilda 8 million aholi orasida 41 ta qotillik jinoyati qayd etilgan.

Buni Shvetsariya juda boy mamlakat bo'lgani bois izohlash mumkin. Bu davlat aholi jon boshiga YIM bo'yicha 12-o'rinda turadi. Shu bilan birga Shvetsariya dunyoning eng boy 14 ta davlati orasida aholisi 5 milliondan ko'p ikki davlatning biri sanaladi. Uning shaharlari kun sayin gullab yashnamoqda. Oltin bilan asfaltlangan yo'llar haqida unuting. Shvetsariyaliklarning hamyonlari tom ma'noda platina bilan qoplangan. 

Lekin bu boyliklarning barchasi o'zining axloqiy narxiga ega. Ikkinchi jahon urushi davrida davlatning milliy banki o'z hisobini natsist oltinlar bilan to'ldirgan. Yillar o'tib, o'z mustaqilligi va anonimligi bilan mashhur bo'lgan bank tizimi noqonuniy pullarni o'zlashtirish bilan shug'ullanuvchi katta jinoyatchilarning aybini bekitishda ayblandi. Shvetsariya banki mijozlari orasida hattoki XX asrning eng mashhur jinoyatchilaridan bo'lgan, narkobaron va terrorist - Pablo Eskobar ham  qayd etilgan.

7. Germaniya

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Germaniya - Yevropaning eng ko'p aholiga ega davlatlaridan hisoblanadi, o'z raqiblari bo'lgan Fransiya va Buyuk Britaniyani ham ortda qoldiradi (15 million odamga). Buning ustiga bu yerga Siriyadan va boshqa urush bo'layotgan davlatlardan millionlab qochoqlar kelib joylashdi. Buning barchasiga qaramasdan, Berlin devori qulagan payti, 1990-yildan beri jinoyatning turli sohalarida ko'rsatkichlar pasaymoqda. Faqatgina do'konlarda sodir bo'layotgan o'g'rilik darajasi yildan yilga o'sib bormoqda. 

IHT davlatlari orasida Germaniya eng kam qotillik sodir etiluvchi davlatlar orasida 9-o'rinni egallaydi.  Ha, bu Avstriyaga qaraganda ancha past natija. Lekin 80 million aholi orasida 2100 nafar qotillik qaydlari - bu juda kam, ayniqsa, AQShda 318 million aholi uchun yiliga 15 ming qotillik sodir bo'lishini hisobga olsak. 

Albatta bu yerda ham hayot unchalik ham bexavotir emas. 2016-yilda rojdestvo bozorlaridagi olomon ichiga yuk mashinasida bostirib kirgan terroristlar hujumi bunga misol bo'la oladi. Germaniyaning ham aksariyat g'arb davlatlarini azobga soluvchi muammolari bor. 

6. Norvegiya

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Bu yerda atigi 5 million aholi yashaydi. 2015-yilda qancha zamonaviy vikinglar o'ldirilganini bilasizmi? 21 nafar. Agar Norvegiya AQSh shtatlaridan biri bo'lganida, butun mamlakat bo'yicha qotillik sodir etish darajasi eng past va  jinoyatlar sodir etiluvchi reytingda 3-o'rinni egallagan bo'lar edi. Faqatgina aholisi kam bo'lgan Vermont (626 000 odam) hamda Nyu-Gempshir (1 300 000 odam) o'z aholisi orasidagi shunday durustligi bilan maqtana oladi. Hozirgi kunda Norvegiyada chet elliklar uchun eng ko'p xavf solayotgan jinoyat turi bu - o'g'rilikdir. Umuman, odam o'ldirish bu yerda qabul qilinmaydi. 

Lekin Norvegiyada ham hammasi "silliq" kechmaydi. Bundan 6 yil muqaddam butun dunyo uchun ayanchli holat yuz berdi. O'ng-qanot terroristlaridan Anders Breivik Oslo markazida mashinani portlatib yubordi va qo'shni oroldagi yosh kongress ishtirokchilaridan 77 nafar odamni otib yubordi. Sizning yana xuddi shunday Breivik bilan to'qnashib qolishingiz dargumon, lekin Norvegiyaliklar, ayniqsa Oslo aholisi bu voqeadan hali hamon aziyat chekmoqda. 

5. Daniya

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Daniyada shunchalik xavfsizki, hatto Norvegiyaliklar ham bu yerda o'zlarini bexavotir his qilashadi. Daniya IHT davlatlari orasida eg kam qotillik sodir etiluvchi davlatlari orasida 5-o'rinni egallaydi. Ko'cha jinoyatlarini eshitishning deyarli iloji yo'q. Hattoki narkotik yetkazib beruvchilar tovarlarini Daniya orqali yuborayotganida kuch ishlatmaslikka harakat qilishadi va politsiyaga e'tiborga tushib qolish sababini bermaydi. Kamida ularning hududida o'zlarini shunday tutadilar.  

Shu bilan birga Daniya Al-Qoida terror guruhlari va IGIL radikal guruhlari tomonidan tanqid ostiga olinadi. Ular o'z izdoshlarini aynan shu davlatga hujum qilishga chaqiradi. Biroq bu yerda hali keng ko'lamli terror hujumlari sodir bo'lmadi. Bu esa Daniya razvedka xizmatlarining kasbiy mahorati va ekstremizmga qarshi kurashuvchi bo'limlarining  professionalligini dunyoga tanitdi. 

Daniyaga faqatgina xavfsiz va kam qotillik sodir bo'lgani uchungina emas, balki aynan shu yerdagi eng baxtli poytaxt hisoblanmish Kopengagenni tomosha qilish hamda haqiqiy hippi boshqaruvchi yagona avtonom respublikani baholash uchun borishingiz mumkin. 

4. Islandiya

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

2017-yilning yanvar oyida Reykyavikda dam olishdan so'ng uyiga qaytayotgan qiz o'g'irlab ketilgan va o'ldirilgan. Bu kabi ayanchli holat boshqa davlatlarda yana yuzlab fojialarni keltirib chiqarishi mumkin edi, lekin bu Islandiyada butun mamlakat miqyosida motam tutilishga olib keldi. Vaxshiylarcha o'ldirilgan qizning sharafiga shag'amlar yoqildi, o'n minglab odamlar mamlakat ko'chalarida yurishdi, butun millat birlashdi. Bundan ko'rinib turibdiki, bu yerda odamlar bir-birlari uchun haqiqatdan ham g'amxor ekan.

Islandiyada atigi 323 000 kishi yashaydi va bu Yevropaning eng kam aholili shimoliy qismi hisoblanadi. Ko'pincha uzoqlik va yakkalik turli jinoyatlarni sodir etishga undaydigandek tuyiladi. Lekin Islandiyada buning mutlaqo aksi. Politsiyachilar bu yerda o'z ishlarini hech qanday qurolsiz ham olib borishadi, hattoki tanimagan darvoza zo'ravonliklarida ham. Mahalliy aholining kechqurunlari eshikni qulflamasliklari odatga aylangan. Agar yiliga bir yoki undan ko'p qotillik sodir bo'lsa, bu juda yomon yil hisoblanadi.  

Islandiyada odamlar juda rahimdil, hamma bir-birini taniydi, boshqalarning hayotiga befarq bo'lib turolmaydi. Balki shuning uchun ham yaqinda sodir bo'lgan qizning o'limi butun xalqni larzaga solgan. Islandiya faqat boy mamlakatgina emas, balki uning odamlari shunday hayot tarzini tanlaydi. 

3. Yaponiya

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Va nihoyat, Yevropa davlati emas. Orol aholisi 127 ming kishi. Yaponiya o'zining mehnatsevar madaniyati va xavfsizlik darajasi bilan mashhurdir. Hatto Yakuza guruh a'zolari ham bu yerda quroldan foydalanmaydi. IHT davlatlari orasida Yaponiya xavfsizlik va jinoyat sodir etilish darajasi bo'yicha 3-o'rinni egallaydi. 2015-yilda bu yerda 1 mingga yaqin qotillik sodir etilgan. AQSh bilan solishtirganda, u yerda Yaponiyaga qaraganda 3 marta ko'p aholi yashasa ham, lekin qotillik 15 marta ko'p sodir etilgan. Shuning uchun ham bu Osiyo orolidagi davlatni xavfsiz deb ayta olamiz. 

Bu yerda hammasi yaxshi bo'lib bormoqda. Ayniqsa 2015-yilda 1945-yildan buyon jinoyatning barcha turlari bo'yicha eng past ko'rsatkichlarni egalladi. Tokio -dunyodagi eng xavfsiz shahar hisoblanadi. Shu davlatdagi Osaka shahri esa bu reytingda uchinchi o'rinda turadi. Yaponiya aholi soni bo'yicha ikkinchi o'rinda, Xitoyning Delta Dur daryosi mintaqasidan keyin turadi. 

Lekin chemodanlarni joylab, bu yerga otlanishdan oldin, Tokioning eng xavfli shahar ekanligini ham hisobga oling. Bu qarama-qarshi va mantiqsiz tuyiladi. Lekin buning javobi shunday: " boshqa odamlardan xavfsiz yerda bo'lish - bu bir gap, lekin tabiat kuchlaridan xavfsiz bo'lish - bu umuman boshqa narsa. Yaponiya bu borada  juda aziyat chekdi. Bu yerda tez-tez zilzilalar sodir bo'lib turadi, keyin shaharga minglab odamlarni o'ldiruvchi sunami bostirib keladi. Afsuski, ona tabiat bu orolga juda qattiqqo'l".

2. Lyuksemburg

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Fransiya, Germaniya va Belgiya orasida qolib ketgan - Lyuksemburg Yevropaning eng kichik va boy davlatlaridan hisoblanadi. U shunchalik kichikki, hatto Gollandiya bilan solishtirganda ham ancha farqni ko'rish mumkin. Rodos oroli ham undan ancha katta. Lekin bu mitti davlatda Gollandiya va Rodosda yo'q narsa bor. Lekin bu yerda gap Yevropaning arbitraj sudi, olovli Burgzondeg yoki Anri gersogi haqida emas. Eng muhimi bu davlat IHT mamlakatlari orasida eng kam jinoyat sodir etiladigan davlatlardan 1-o'rinda va eng  kam qotillik sodir bo'ladigan davlatlar orasida esa 2-o'rinda turadi.  
Vaxshiy jinoyatlar bu yerda sodir etilmaydi. 2015-yilda Lyuksemburgda qurolli o'g'rilik holati ro'y berdi. Shundan beri bu kabi jinoyatlar qayd etilmadi. Aholisi 543 202 kishidan iborat bo'lsa ham jinoyatlarning bunday past ko'rsatkichi hayratga soladi.  Masalan Amerikaning 3 million aholisi bo'lgan Kanzas shahrida 2016-yil mobaynida 125 ta qotillik qayd etilgan. Lyuksemburgda esa qotillik sodir etilmaydi.

Buning sababi mamlakatda yuqori standartli hayot tarzi va qashshoqlik darajasining pastligi bo'lishi mumkin. Lyuksemburg aholi jon boshiga YIM bo'yicha 6-o'rinda turadi va har doim hayot sifati yuqori bo'lgan reytinglardan joy oladi. Lyuksemburg Siriyaga IGIL bilan kurashish uchun o'z askarlaridan ma'lum qismini yubordi. Bu uning tinchligini buzishi mumkin. Chunki radikal guruhlar bunday qadamni kechirmaydi...

1. Singapur

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Va nihoyat top-10 reytingimizning g'olibi - Singapur. Bu yer yuzidagi eng bexavotir joy. Uning maydoni unchalik ham katta emas, bu yerda 5,3 million odam yashaydi, Rodos oroli va uning 1 million aholisiga qaraganda 4 marta kam joy egallaydi. Aholining bunday zich joylashishi sizni jinoyatlarning ko'plab sodir bo'lishi, tez tajovuz qilishga olib boradigan agressiv holatlar haqidagi fikrga olib kelishi mumkin.

Lekin bu noto'g'ri. 2011-yilda bu yerda 16 ta qotillik qayd etilgan. 2015 va 2016-yillarda zo'ravonlikdan tortib o'g'rilikkacha bo'lgan jinoyatning barcha turlari eng past ko'rsatkichlarni egalladi. Bu yerda o'sib borayotgan yagona jinoyat turi - kiber jinoyatdir. Bu yoqimsiz, lekin Singapurda hich kimni o'z qonida belanib yotish xavfi yo'q.

Bundan tashqari Singapurda Yaponiyadagi kabi tabiat hodisalari yuz bermaydi. Bu yer toza va yashash uchun qulay. Hattoki, saqich chaynab ko'chani iflos qilish uchun ham katta miqdorda jarima belgilanadi.  Shunday bo'lsa-da, bu hamma xavfsizlik choralari o'zining foydasini bermoqda. 

Singapurda boshqarish ishlarini hokimiyat olib boradi va u xavfsizlikni birinchi o'ringa qo'yadi. Britaniyaning  the Economist Intelligence Unit nomli tadqiqot kompaniyasi Singapurning demokratik huquq va ozodlikka rioya qilish bo'yicha Kolumbiya, Serbiya, Vengriya, Braziliyadan keyin  75-o'rinni egallashi belgilab qo'yilgan. AQSh esa bu reytingda 20-o'rinda turadi. Osiyoning bu kichik davlatida - xavfsizlik aniq o'z qimmatiga ega. Bu shunga arziydimi, uni hal qilish faqat sizning qo'lingizda. 

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations