Toshkent yaqinida joylashgan 10 ta dam olish maskani
Biz etiboringizga dam olish kunlarini maroqli o’tkazish uchun qulay bo’lgan O’zbekistonning ajoyib dam olish maskanlarining ro’yhatini havola etamiz. U yerlarga borish uchun maxsus ruxsatnoma shart emas, pasportingiz bo’lsa, kifoya.

1.Urungach nefrit ko’llari

Ugam-Chotqol milliy bog’ining maydonida daraxtzorlarva ko’llardan iborat bo’lgan tabiat manzarasidan bahra olish mumkin. Urungach nefrit ko’llari milliy bog’ning iftixori hisoblanadi. Bu bo’gda toza suvlarda cho’milish, to’g’onga sayohat qilish va atrofdagi tog’li manzarani tomosha qilish mumkin. 

Shahardan uzoqligi : 150 km

Yetib olish:  Qorabuloq orqali Pskemga qarab yuriladi (Chorvoqdan Sijjak tomon). Taksida 2 soatlik yo’l.

Sayohat narxi : Taksida borib kelish 386 000 so’mga tushadi.

2.Ispay darasi

Ispay Pskem tog’larining qorli cho’qqilaridan boshlanib, Ispay qishlog’idagi Pskem daryosiga kelib quyuladi.

Dara Qorabuloq postini ortida joylashgan. Bu yerda Ispay daryosining suvlarida cho’milish roharlidir. Mahalliy aholi tomonidan kichik uylar taqdim qilinadi, shuningdek otlarda sayr qilish imkoniyati ham bor.

Muzliklar va dovonlar ko’pligi sababli bu hudud tog’ turizmi uchun juda qulaydir.

Shahardan uzoqligi: 130 km.

Yetib olish: Qorabuloq postidan 30 km o’tib chapga, Ispay qishlog’iga qarab yuriladi. 2 soatda yetib olish mumkin.

Sayohat narxi: Taxminan 473 000 so’mga tushadi. Buning ichiga taksi xizmati va yashash joyi ijarasining narxi kiradi.

3.Marmar daryo darasi

Marmar daryo – Beldirsoy yaqinida joylashgan dam olish maskani. Beldersoy simli arg’umchoq yo’liga yaqin joyda Marmar daryoning sharsharasini ko’rish mumkin. Sharsharadan o’tib tepaga ko’tarilsangiz, dam olish qulay bo’lgan joylarga yetasiz. Marmar daryo tashrif buyurgan mehmonlarni shovqin soy, daraxtlar va cho’milish havzalari bilan kutib oladi.



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations