Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi
Ko’pchilikni tabiat va o’simliklar olami juda qiziqtiradi, albatta. Shuning uchun ham quyida dunyodagi eng noyob fantastik daraxtlar to’g’risidagi ma’lumotlar yig’ilgan.

Agar siz“Avatar” filmini ko’rgan bo’lsangiz, shu filmdagi Pandora sayyorasining o’rmonlaridagi manzalardan juda chuqur taasurotlarga cho’mganingiz tabiiy, albatta. Ammo, eng fantastik daraxtlarni ko’rish uchun galaktikalar aro sayohatga otlanishning umuman zarurati yo’q.

Daraxtlar hayotimizning bir qismi. Ular bizni kislorod, yemish, uylar, issiqlik va qurilish materiallari bilan ta’minlaydi. Yer yuzida barcha tirik o’simliklarning to’rtdan bir qismini o’zi ichiga olgan holda tahminan 100 000 ga yaqin ko’rinishdagi daraxt turlari mavjud. Dunyo bo’ylab milliardlab daraxtlarning ichida boshqalarga mutlaqo o’xshamas namoyondalari ham bor.

1. Baobab

 1. Baobab

Baobabning vatani Madagaskar oroli hisoblanadi, ammo u Afrikada va Avtsraliyada ham tarqalgan. Baobab daraxtlari Afrika qit’asidagi hayotning eng qadimiy shakllaridan biridir. Bugungi kunga qadar turgan daraxtlarning ko’pchiligi rim imperiyasi davridan bo’yon o’sib kelayotganiga bemalol kafolat bera olish mumkin. Nimaga deysizmi? Chunki baobab hayotining davomiyligi – o’rtacha 5000 yil.   

Ajoyib baobab yoki “maymunlar non daraxti” 30 metr balandlikkacha va 11 metr kenglikkacha o’sishi mumkin. Yilning asosiy qismida ular barglarsiz qoladi.  Baobabning o’ziga xosligi ularning “qorinli” tanasi. Bu tana ularda suv ombori vazifasini bajaradi. Babobab daraxti qurg’oqchilikning o’ta og’ir sharoitlarini kechib o’tishi uchun o’zining ichida 120000 litrgacha suvni sig’dira oladi. Ayrim daraxtlarning tanalari shu darajada kattaki, ularning ichida odamlar ham yashaydilar.  

Adansoniya Grandide turidagi baobablarning eng go’zal to’plami Madagaskar orolidagi Morondava hududining baobab-avenyusida joylashgan. Ayrim baobablar butilka, ko’za, bosh suyak va xatto choynak shakliga ega bo’lishi mumkin.

2. Ajdar daraxti

2. Ajdar daraxti

Kanara orollarining biri – Tenerifeda, Ikod-de-los-Vinosda ajdar daraxti turining mislsiz va o’ziga xos vakili umr kechiradi. U tahminan 650 bilan 1500 ning o’rtasidagi yoshda deb hisoblanadi, ammo mutaxassis ekspertlar aniq xulosa chiqarishga juda qiynaladilar, chunki uning bir dona ham poyasi yo’q. U tepaga o’sishi bilan biri-biriga ulangan kichik o’zakchalardan iborat bo’lsa kerak.

U barglardan bo’lgan quyuq soyabonga ega va po’stlog’i yoki bargi kesilganida ajratiladigan yelim tufayli o’z nomini olgan. Aholi buni ajdarning qurib qolgan qoni deb xisoblaydi va qadimiy zamonlardan turli kasalliklarni davolash uchun undan foydalanadi.

3. “General Sherman” ulkan sekvoya

3. “General Sherman” ulkan sekvoya

Kaliforniyadagi Sierra-Nevadada o’sadigan ulkan sekvoyya daraxtlari hajmi jihatidan eng katta daraxtlar hisoblanadi. Ular orasidagi eng kattasi Milliy bog’dagi “General Sherman”daraxtidir. Uning balandigi 83 metrga yetadi, hajmi 1486 kub metr, og’irligi esa 6000 tonna. Tahmin qilinishicha daraxtning yoshi 2300 dan 2700 gacha va har yili u oddiy 18 metrli daraxt ega bo’lgan hajmga ko’payadi. Uxaqiqiy tabiat durdonasi va Yer yuzidagi eng ulkan tirik organizmdir.

 

4. Pando – ansolsimon tog’terak

4. Pando – ansolsimon tog’terak

Amerika Qo’shma Shtatlarining Yuta shtatitda joylashgan Pando yoki Qaltiraydigan Gigant Yuta shtatining 100 akr (25 gektar) joyiga tarqalgan tog’teraklarning quyuq koloniyasini namoyon qiladi. Bu koloniyaning deyarli hamma darahtlari bir xil, ya’ni ular biri-birining klonlardir. Bu hududdagi har bir daraxt ulkan yerosti ildizlar tizimining qismi bo’lib yagona bir organizmdan o’sib keladi.

Pando 47000 poyadan iborat, uning umumiy og’irligi esa 6600 tonnaga teng. Bu uni dunyodagi eng vazni og’ir organizm sifatida tanitadi. Ayrim alohida o’zaklarning yoshi 130 da bo’lishiga qaramay, butun organizmning yoshi tahminan 80 000 yil atrofida.

5. Tule daraxti

Tule daraxti – bu Meksikaning Oaxaka shahrida joylashgan Meksika Taksodiumi turidagi juda yirik daraxt. Bu daraxt poyasining qulochi 58 metrga, diametri esa 11,5 metrga teng. Aytishlaricha Tule daraxti shu qadar yo’g’onki, siz uni emas u sizni quchoqlar emish. Bu daraxtning yoshi o’rtacha 2000 yoshda deb hisoblanadi. Bir vaqtlar niyati buzuqlar bu yerda aslida 3 ta daraxt niqob ostida yashiringan deb qat’iy fikr bildirar edi. 

Ammo, DNKning puxta analizi aslida bu bir dona ajoyib o’ziga xos daraxt ekanligini tasdiqladi.1994 yilda bu daraxt xavf ostida qolgan edi: uning barglari kasalmand sariq tusga kirib shox-shabbalar orasida qurib qolgan shoxlar uchrardi. Daraxt asta-sekin o’la boshlagandi. Daraxt uchun “shifokorlar” chaqirtirilganida Tule daraxti jabrlanishining sababchisi bo’lgan muammo – bu oddiy tashnalik bo’lib chiqdi. Daraxt shunchaki chanqagan ekan. Uni suv yordamida davolash kerak ekanligi aniqladi. Daraxtni sug’orib parvarishlash  jarayonlaridan keyin u hayotga qaytdi, albatta.

6. Hayot daraxti

6. Hayot daraxti

Bahrayndagi hayot daraxti – bu dunyodagi eng yolg’iz daraxt. Meskit daraxti Bahrayn cho’lining eng yuqori cho’qqisida, boshqa cho’l daraxtlaridan yuzlab kilometrlar uzoqlikda joylashgan. Uning ildizlari tuproqning suvli qatlamlarga yetishi uchun bir necha o’nlab kilometrlargacha cho’zilib ketgan deb hisoblanadi. Daraxtning aniq yoshi noma’lum,biroq, chamasi 400 yoshda deb tahmin qilib kelinadi.

Biroq, hayot daraxtining siri uning sezilarli darajadagi yirikligi yoki juda go’zal shaklida emas. Eng qizig’i u Bahraynning eng baland nuqtasi – suv yoki namlikning umuman asari ham bo’lmagan o’ta unumsiz cho’ldagi tepalikda joylashgan. Hech narsa tirik qola olmaydiganday tuyuladigan joyda bu daraxt hayotning o’zini aks ettirib turganday. Odamlar bu yerga ommaviy tashrif buyuradilar, chunki mahalliy aholi bu daraxtni Jannat bog’ining o’rnida o’sadi deb hisoblaydi.

7. Vollemiya

7. Vollemiya

O’zining yagonaligi va go’zallgigiga qaramay Vollemiyaning qiziqarli jihatlari uning tashqi ko’rinishi emas tarixida yashiringan.

Avtraliyada o’suvchi Vollemiya xaqiqiy dinozavr davrlari o’simligi hisoblanadi. Qazilma ishlarida Vollemiya daraxtining topilgan eng qadimiy qoldiqlari bunday daraxt tahminan 200 million yillar avval mavjud bo’lganidan xabardor qilgan. Biroq 1944 yilda olimlar to’satdan tirik Vollemiya daraxtiga duch kelganlarida ular hang-mang bo’lib qolgan.

Bu ignabargli daraxtlarning aniq joylashgan yeri tirishqoqlik bilan ommadan yashirib kelingan. Bundan maqsad tabiatda atigi 100 donadan ham kamroq qolgan daraxtlarni himoya qilish bo’lgan. Bu daraxtni tamomila yer yuzidan yo’q bo’lib ketishini oldini olish uchun 2006 yilda keng omma Volemiyaning ko’chatlarini sotib olib o’stirishni rag’batlantiruvchi maxsus dastur ishlab chiqilgan. Natijada bugungi kunda Vollemiyani dunyoning turli joylaridagi botanik bog’larida ko’rish mumkin.

8. Keshyu Piranji daraxti

8. Keshyu Piranji daraxti

Bu Braziliyaning Natal shahri yonida joylashgan mashhur 177-yoshli keshyu yong’og’i daraxtidir. U deyarli 2 gektar erniegallagan. U 1888 yilda daraxtning genetik mutatsiyasi bo’lganidan bexabar baliqchi tomonidan ekilgan. Keshyu daraxtining oddiy turidan Piranji keshyu daraxtining farqi – uning shoxi yerga tekkan joyidan ildiz otib o’sishni davom ettirib ketaveradi. Bugungi kunda bu daraxt turistlar uchun juda ajoyib diqqatga sazovor joy bo’lib xizmat qiladi. 

Agar siz dunyodagi eng yirik daraxtning yoniga yaqinlashsangiz, o’zingizni go’yo o’rmonga kirib borayotganday his etasiz. Aslida esa buning hammasi atigi bir daraxt. Uning kattaligi 8400 kvadrat metrga yetadi. Bu daraxt oddiy keshyu daraxtidan 80 barobar kattaroq, bitta futbol maydonidan ham ko’proq joyni egallaydi va yiliga 80000 donaga yaqin hosil beradi.

9. Tenere daraxti

9. Tenere daraxti

Tenere daraxti bu ro’yxatga kiritilishining boisi shundaki u endi umuman yo’q. Afrika qit’asi, Nigeriyada, Saxara sahrosida 300 yildan buyon o’sib kelayotgan yolg’iz akas daraxti yaqin atrofdagi 400 kilometr radiusidagi yakkayu yagona daraxt edi. U shafqatsiz sahro yutib ketgan ulkan o’rmondan qolgan yakkayu yagona daraxt edi.

Olimlar uning yonida chuqur kavlab ko’rishganida, uning ildizi 36 metrgacha va undan ham chuqurroq joyga yetib borishidan xabar topgan edilar. 1973 yilda Tenere daraxtini kayf holatdagi haydovchi o’zi boshqarib ketayotgan yuk mashinasi bilan daraxtni urib yuborgan. Shuning uchun ham bu yerda Yolg’iz umr kechirgan Tenere daraxtining xotirasiga metalldan yodgorlik o’rnatilgan.

10. Banyan: Maxabodxi daraxti

10. Banyan: Maxabodxi daraxti

Banyan daraxtining nomi banyanlar, ya’ni hind savdogarlari sharafiga qo’yilgan. Bu savdogarlar o’z maxsulotlarini shu daraxtning tagida o’tirgan holda sotib o’tirishgan. Banyan daraxti to’g’risida hech qachon eshitmagan bo’lsangiz ham uning tanisangiz kerak. Bu o’ta ulkan daraxtning shaklini boshqa hech bir narsabilan adashtirib bo’lmaydi: u havodagi ildizlari yerga osilib tushadigan dabdabali qubba shaklida.  

Banyanning eng mashhur turlaridan biri muqaddasi fikus yoki Bo daraxti – bu Shri Lankadagi Anuradxapurada Maxabodxi daraxtidir. Aytishlaricha, bu daraxt Budda eramizdan avval 6 asrda ma’rifatga erishgan paytida soya sochib turgan daraxtning qaamchasidan o’stirilgan emish. Eramizdan avval 288 yilda ekilgan bo’lib, uhozirgi kundagi inson o’z qo’llari bilan ekkan va ekilishining sanasi ma’lum bo’lgan dunyodagi eng qadimiy daraxt hisoblanadi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations