Ularning qanchalar baland ekanligidan hayratga tushasiz: Tanishing, koinotning eng baland va haybatli sharsharalari!
Sharsharalar faqat suratlardagina juda chiroyli va sokin ko’rinadi. Aslida esa ularning shiddati-yu haybatiga dosh berish qiyin. Balandligi esa hayolingizni oladi, yuragingizni qo’rqinch ummoniga g’arq etadi. Insonlar shu kunga qadar sharsharalarning qanchalar baland ekanligiga qiziqish bilan qarab kelganlar.

Bu oddiy qiziqishmi, ilmiy sinchkovlikmi, bunisini aniq ayta olmaymiz-ku, ammo odamlar doimo dunyodagi sharsharalarning balandligi o’lchab chiqish payida bo’lishgan, biroq o’lchangan balandliklarni taqqoslash ham shunga yarasha murakkabliklarni keltirib chiqargan. Bu balandlikni o’lchash bo’yicha andoza yoki konsensus yo’qligi bilan bog’liq. Bundan tashqari, eng baland sharsharalarning oldiga chiqish juda ham qiyin. Shuning uchun ham olingan ma’lumotlar tahminiy deya baholanadi.

Sharsharalarning nisbiy balandligi to’g’risidagi ma’lumotlarning ayrimlaridan foydalangan holda biz dunyodagi eng baland sharsharalar ro’yxatini tuzdik va uni siz aziz foydalanuvchilarga taqdim etmoqdamiz. Bizning ro’yxatimizda Kaliforniyadagi Yosemiti sharsharasidan (Yosemite Falls) tortib Venesuelladagi mashxur Anxel (Angel Falls) sharsharasi nomigacha ko’rishingiz mumkin bo’ladi.

25. Qor ko’chkisining havzasi, Montana, AQSH - 707 m

 25. Qor ko’chkisining havzasi, Montana, AQSH - 707 m

Montanadagi Gleysher milliy bog’ida (Glacier National Park in Montana) joylashgan va Qor ko’chkisining havzasi nomini olgan sharshara AQSHning eng baland sharshalaridan biri hisoblanadi. U Sperri muzligi (Sperry Glacier)ning eng shimoliy qismi, qorlar erishi natijasida vujudga kelgan o’nlab tog’ ko’llari va oqimlaridan oziqlanib turadi.

24. Kyeragfossen, Norvegiya - 715 m

24. Kyeragfossen, Norvegiya - 715 m

Norvegiyaning Rogaland okrugi, Forsand munitsipalitetidagi juda ko’rkam tabiiy hududda joylashgan Kyeragfossen (Kjeragfossen) sharsharasi – odatda bir yilda 5 oy davomida faol bo’lib turadigan oqimning erkin yo’nalishiga sharsharadir.

23. Manavaynyuy, Gavayi orollari, AQSH - 719 m

23. Manavaynyuy, Gavayi orollari, AQSH - 719 m

Manavaynyuy (Manawainui) – Gavai orollaridan biri – Maui (Maui)dagi Manavaynyuy vodiysida joylashgan va nafaqat bu shtat, balki dunyodagi eng haybatli va baland sharsharalardan biridir.

22. Olmaafossen, Norvegiya - 720 m

 22. Olmaafossen, Norvegiya - 720 m

Norvegiyadagi sharsharalar ro’yxatidagi keyingisi - Olmaafossen bo’lib, u G’arbiy Norvegiyadagi Rauma munitsipalitetida, Raumadalenda joylashgan. Sharshara qorlar erishi natijasida vujudga kelgan kichik tog’ ko’llari va muzliklardan oziqlanadi, biroq uning shiddati mavsumga qarab juda kuchayib ham ketishi mumkin.

21. De Tru de Fer pog’onali sharsharasi , Reyunon, Fransiya - 725 m

21. De Tru de Fer pog’onali sharsharasi , Reyunon, Fransiya - 725 m

Hind okeanidagi Madagaskar oroli yaqinida Reyunon orolining (Reunion Island) Tru-de-Fer kanyonida (Trou de Fer Canyon) joylashgan De Tru-de-Fer sharsharasi – fransuz orolidagi eng baland va jozibador maskanlardan sanaladi.

20. Yosemiti sharsharasi, Kaliforniya, AYSH - 739 m

20. Yosemiti sharsharasi, Kaliforniya, AYSH - 739 m

Umumiy hisobda 739 metr balandlikdan oqib tushayotgan Yosemiti sharsharasi (Yosemite Falls) Yosemiti milliy bog’idagi (Yosemite National Park) eng baland sharshara bo’lib, shu bilan birga AQSHdagi eng baland sharsharalardan biri hamdir. SHarshara bog’ning e’tiborga loyiq joylari orasida asosiy o’rinni egallaydi. Ayniqsa, bahorning oxirida, suv oqimi tog’ning cho’qqisidan oqib tushayotgan paytda manzara haqiqatan betakror ko’rinish oladi.

19. Yoxannesburg sharsharasi, Vashington, AQSH - 751 m

19. Yoxannesburg sharsharasi, Vashington, AQSH - 751 m

Vashingtondagi Nort-Kaskeyds (Shimoliy Kaskadlar) Milliy bog’idagi (North Cascades National Park) “Cascade Pass” yo’nalishidan uzoq bo’lmagan maskanda oylashgan Yoxannesburg sharsharasi (Johannesburg Falls) Yoxannesburg tog’idagi muzliklardan oziqlanadigan shiddatli va betakror sharshara sanaladi.

18. Kelfossen, Norvegiya - 755 m

18. Kelfossen, Norvegiya - 755 m

G’arbiy Norvegiyaning Sogn-og-For (Sogn og Fjordane County) okrugidagi Gudvangen qishlog’idan uncha uzoq bo’lmagan yerda joylashgan Kelfossen (Kjellfossen) sharsharasi dunyodagi eng baland sharsharalar reytingida 18 o’rinni band etadi. Biroq, bu sharsharaning balandligini aniq o’lchanmagan, shuning uchun ham mazkur ko’rsatkichni 755 metrdan balandroq bo’lishi ham mumkin deya tahmin qilsa bo’ladi. Ayrim manbalarda esa uning balandigi 840 metrga teng deb ko’rsatiladi.

17. Mutarazi sharsharasi, Zimbabve - 762 m

17. Mutarazi sharsharasi, Zimbabve - 762 m

Afrikadagi yirikligi bo’yicha ikkinchi o’rinda turgan Mutarazi sharsharasi (Mutarazi Falls) Zimbabvening Nyanga Milliy bog’ida (Nyanga National Park) joylashgan. Kuchli yomg’irlari bilan ifodalanadigan yoz mavsumi – bu yerga tashrif buyurish uchun eng qulay payt, chunki shu paytda suv oqimi o’zining eng avjiga chiqqan bo’ladi.

16. Gokta sharsharasi, Peru – 771 m

16. Gokta sharsharasi, Peru – 771 m

Gokta sharsharasi (Gocta Catarats) – ikki pog’onali va yil davomida to’xtamaydigan sharshara. U Amazonasda, Peruning Chachapoyas provintsiyasida joylashgan. Sharshara asrlar davomida mahalliy aholiga juda yahshi tanish bo’lishiga qaramay, 2005 yilda Stefan Zimendorf va perulik tadqiqotchilar tomonidan uyushtirilgan ekspeditsiya amalga oshguniga qadar dunyo uning mavjudligi to’g’risida hech narsani bilmagan.

15. Mongefossen, Norvegiya - 773 m

15. Mongefossen, Norvegiya - 773 m

Norvegiyadagi Reuma munitsipalitetida joylashgan Mongefossen sharsharasi temir yo’l vokzalidan turib bemalol ko’rsa bo’ladigan dunyodagi eng baland sharshara hisoblanadi. Bu sharsharaning balandligi to’g’risida ayrim kelishmovchiliklar bor, lekin odatda uning balandigini 773 metrga teng, deb ko’rsatiladi.

14. Kolonial Krik sharsharasi, Vashington, AQSH - 788 m

 14. Kolonial Krik sharsharasi, Vashington, AQSH - 788 m

Vashingtondagi Shimoliy Kaskadlar Milliy Bog’ida joylashgan Kolonial Krik (Colonial Creek Falls) sharsharasi AQSHning qit’aviy qismidagi eng baland sharsharalaridan biri hisoblanadi. Suv oqimi o’rtacha 65 gradus haroratida umumiy hisobda 1300 metr balandlikdan, 13 pog’onadan o’tib oqib tushadi.

13. Vayxilau sharsharasi, Gavayi orollari, AQSH – 792 m

13. Vayxilau sharsharasi, Gavayi orollari, AQSH – 792 m

Vayxilau daryosidan oziqlanadigan (WaihilauFalls) Vayxilau sharsharasi Gavai orollaridagi boshqa vodiylar kabi ko’m-ko’k o’simliklar olami bilan qoplangan maftunkor Vaymanu vodiysidan (WaimanuValley) topilgan.

12. Ramnefellsfossen, Norvegiya - 818 m

12. Ramnefellsfossen, Norvegiya - 818 m

Norvegiyaning Sogn-og-Fordan grafligi (Sogn og Fjordane County), Strin (Stryn) munitsipaliteti Ramnefelet (Ramnefjellet) tog’ida Ramnefellsfossen (Ramnefjellsfossen) – Ramnefelbrin (Ramnefjellbreen Glacier) muzligidan oziqlanadigan 818 metrli sharshara sanaladi. Unga qayiqda, samolyotda yoki yo’l bo’ylab yayov etib olsa ham bo’ladi. Sharsharaga yayov kelish yo’lagi oxirida esa ham mavjud.

11. Strupenfossen, Norvegiya - 820 m

11. Strupenfossen, Norvegiya - 820 m

Miklebusebren (Myklebustbreen) nomli bahaybat muzlikdan oziqlanadigan Strupenfossen – Norvegiyadagi yana bir sharsharadir. Uni chuda ham kuchli sharshara deb bo’lmaydi, ammo o’z shakliga ko’ra o’ziga xosdir. Yoz fasli bu sharsharani tomosha qilish uchun eng qulay payt sanaladi, chunki shu payt muzlikdan erib tushadigan suvning sathi eng avjiga chiqqan davrga to’g’ri keladi.

10. Braun sharsharasi, Yangi Zelandiya - 836 m

 10. Braun sharsharasi, Yangi Zelandiya - 836 m

Yangi Zelandiya o’zining mislsiz go’zal sharsharalari bilan juda ham mashxur, lekin ularning atigi bittasigina bizning ro’yxatimizga tusha oldi. Braun sharsharasi (Browne Falls) Yangi Zelandiyaning Janubiy orolidagi Fordlend milliy bog’ida (Fiordland National Park), ko’pchilik turdagi o’simliklar va qushlar mavjud bo’lgan va hayratga soluvchi manzaralar qurshovida joylashgan.

9. Djeyms-Bryus sharsharasi, Kanada - 840 m

9. Djeyms-Bryus sharsharasi, Kanada - 840 m

Kanadada, Britaniya Kolumbiyasi Malika Luiza dengizbo’yi Provintsial bog’ida (Princess Louisa Marine Provincial Park) joylashgan Dcheyms-Bryus sharsharasi Malika Luiza ko’rfaziga quyiluvchi bir necha sharsharalar orasidagi eng balandi hisoblanadi. Bu sharshara dengiz sathidan 1524 metr balandlikda joylashgan muzlikdan oziqlanadi.

8. Pukauku sharsharasi, Gavayi orollari, AQSH - 840 m

8. Pukauku sharsharasi, Gavayi orollari, AQSH - 840 m

Pukauku sharsharasi (Puukaoku Falls) Gavayining Molokai orolining shimoliy-sharqiy qismida, dunyodagi eng baland qoyalarning biri bo’lmish Xalokuda (Haloku Cliffs) shakllangan. Sharshara suvining oqimi juda ingichka va qoya ichidagi yoriqdan kelib chiqadi. Shuning uchun ham bu sharsharani juda kam hollarda ko’rish va rasmga olish mumkin.

7. Balayfossen, Norvegiya - 850 m

7. Balayfossen, Norvegiya - 850 m

Balayfossen Norvegiyadagi eng baland sharsharalardan biri va u mamlakatning janubiy qismida Ulvik munitsipalitetida joylashgan. U Balay daryosidan (Balai River) oziqlanadi, 850 metr pastga oqib tushadi va Osafordene (Osafjorden) nomli ulkan fordda tugaydi.

6. Vinnufossen, Norvegiya - 860 m

6. Vinnufossen, Norvegiya - 860 m

Norvegiyaning Mor-og-Romsdal grafligi Sundal munitsipaliteti Sunndalsora qishlog’idan sharq tomon joylashgan Vinnufossen sharsharasi Yevropadagi eng baland sharshara sanalib, dunyodagi eng baland sharsharalar qatorida oltinchi o’rinni egalaydi. U Vinnu daryosining bir qismini aks ettiradi, Vinnufyellet tog’idan oqib tushadi va Vinnufunn muzligidan oziqlanadi (Vinnufonna Glacier).

5. Umblilla Sharsharasi, Peru - 896 m

5. Umblilla Sharsharasi, Peru - 896 m

Amazonasda, Peruning shimoliy qismidagi bashang tropik o’rmonlarda yashiringan Umblilla (Yumbilla Falls) sharsharasi o’zining 896 metrlik balandligi bilan har qanday kishini hayratga soladi. 2007 yilda “Peru’s National Geographic Institute” Peru instituti tadqiqotchilarining hisoboti chop etilganidagina Xalqaro hamjamiyat bu sharsharaning mavjudligi to’g’risida habar topdi.

4. Oloupen sharsharasi, Gavayi orollari, AQSH - 900 m

4. Oloupen sharsharasi, Gavayi orollari, AQSH - 900 m

Oloupen sharsharasi (Oloupena Falls) – Gavayi orollari tizimidagi Molokai orolining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan sharshara bo’lib, o’zining kishini larzaga soluvchi 900 metrga teng keladigan balandligi tufayli dunyoviy ro’yxatdagi to’rtinchi o’ringa munosib sanalgan. U qisqa, mavsumiy, tez oqim tufayli shakllangan va dunyodagi eng baland qoyalarning biri qirrasidan oqib tushadi.

3. Tres-Ermanos sharsharasi, Peru - 914 m

3. Tres-Ermanos sharsharasi, Peru - 914 m

Perudagi Otishi Milliy Bog’ida (Parque Nacional Otishi National Forest) joylashgan Tres-Ermanos (Tres Hermanas Falls) sharsharasi (tarjima qilinganda “Uch opa-singil sharsharasi”) balandligi bo’yicha dunyodagi uchinchi sharsharadir. Uning balandligi 914 metrdan iborat va o’z nomiga munosib ravishda alohida uch qismdan tashkil topgan.

2. Tugela sharsharasi, Janubiy Afrika - 948 m

2. Tugela sharsharasi, Janubiy Afrika - 948 m

Janubiy Afrikada Kvazulu-Natal provintsiyasidagi Royal Natal National Park Milliy Bog’ida joylashgan mavsumiy sharsharalar majmui – Tugela sharsharasi sanaladi. U dunyodagi eng baland sharsharalar ro’yxatining ikkinchi o’rnini band etgan. Ammo, aslini olganda aynan uni birinchilikka munosib deya topish ham mumkin. Sharsharadagi 5 pog’onaning yig’ilgan balandligi 948 metrni tashkil etadi, ammo yaqinda chex ilmiy ekspeditsiyasi yangi o’lchovlarni amalga oshirdi va uning balandligi 983 metr ekanligini qayd etdi.

1. Anxel sharsharasi, Venesuela - 979 m

1. Anxel sharsharasi, Venesuela - 979 m

Venesuellaning Bolivar shtati (BolivarState) Gran Sabana (GranSabana) regioni, Kanayma milliy bog’idagi (CanaimaNationalPark) Auyantepui tog’ining (Auyantepui Mountain) qirrasida joylashgan Anxel sharsharasi bugungi kunda dunyodagi eng baland sharshara hisoblanadi.

Uning balandligi 979 metr, erkin parvoz balandligi esa 807 metrni tashkil etishiga nima deysiz? Sharshara tashqi dunyodan o’ta uzoq bo’lgan changalzorlarning ichida joylashgan va unga yetish juda qiyinligiga qaramay, mamlakatning eng ommabop turistik maskanlaridan biriga aylanib ulgurgan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations