Vengriya haqida qiziqarli faktlar
Vengriya – o’ziga hos mamlakat. Ajoyib ob-havo sharoitlari, suratlardagi kabi mukammal uzum shodalari va yorqin quyosh... Bir zamonlar bu mamlakat Avstriya-Vengiya imperiyasi tarkibiga kirgan, bugun esa uni mustaqil davlat sifatida bilishadi. Vengriya, xususan davlat poytaxti Budapesht shahri hamisha sayyohlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Ko’plab sayyohlar mazkur mamlakatga tashrif buyurgach o’z yashash joylarini o’zgartirish haqida ham o’ylab qolishadi.

Mamlakat tarixi 896 yildan boshlanadi va aynan shu sababli mazkur hudud Yevropaning eng tarixiy davlatlari ro’yxatidan mustahkam o’rin olgan.

Ko’p hollarda “Kichik dengiz” deya ataluvchi Balalon ko’li Yevropa qit’asining markaziy qismidagi eng katta suv ko’l sanaladi. Mazkur suv havzasining asl go’zalligidan bahramand bo’lish uchun mamlakatga minglab sayyohlar tashrif buyurishadi.

Mamlakat avvaldan o’zining iliq ob-havo sharoitlari bilan nom qozongani uchun Vengriya hududida joylashgan va inson organizmini sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan ko’plab kurortlar hamisha odam bilan gavjum.

Vengriyadagi eng uzun ko’prik “O’n arkali” bo’lib, uni “Xortobad” parkida ko’rishingiz mumkin. Ko’prik uzunligi esa 167 metrni tashkil etadi.

Vengriyaliklar zamonaviy ruchkaning yaratilish jarayoni o’zlariga tegishli ekanligi bilan g’ururlansalar arziydi. Bundan tashqari ko’pchilikka ma’qul keluvchi mashhur “Kubik rubik” boshqotirmasini ham aynan vengriyalik olimlar o’ylab topishgan.

Vengriyaning mashhur “Xerend” kompaniyasi qo’l mehnati bilan yaratiluvchi betakror shisha idishlarni ishlab chiqaradi va uning mahsulotlari butun dunyo bo’ylab haridorgirligi bilan ajralib turadi.

Budapesht metrosi qadimiylik borasida Londonning yer osti transporti bilan bemalol bellasha oladi. Mazkur davlatdagi ilk metro poezdlari ko’p yillar avval, aniqrog’i 1896 yili paydo bo’lgan. Ayni kunlarda Vengriya metrolarida rus injenerlari uzoq muddatli shartnoma asosida mehnat qiladilar.

Vengriya davlati vakillari Nobel mukofotini deyarli barcha yo’nalishlar bo’yicha qo’lga kiritib bo’lishgan. Faqatgina bir yo’nalish – “Tinchlik o’rnatganligi uchun” yo’nalishi bundan mustasno holos. Aholi vakillarining ta’lim darajasi va kuchli bilimi haqida gapiradigan bo’lsak, ushbu ko’rsatkichlar behad yuqori ekanligi bilan kishida unutilmas taassurot qoldiradi.

Mahalliy aholi vakillari pazandachilik bobida ham juda mahoratlidirlar, ular deyarli har bir taomga paprika qo’shishni yaxshi ko’rishadi.

Vengriya oshxonasi o’z gulyashi bilan ham mashhur, ammo ushbu mamlakatda gulyash deganda dimlangan go’shtni emas, mazali sho’rvani tushunishadi.

Vengriyaning vino ishlab chiqarish sohasi ham juda rivojlangan. Mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan ko’pikli ichimliklar esa hatto qirollarning ham nazariga tushgan.

Mamlakatnig soliq tizimi juda qat’iy tartibda bo’lib, bu yerdagi qo’shimcha narxlar uchun uchun 27% soliq belgilangan.

Venger tilining ko’p so’zlari rus tilidagi so’zlarga o’xshab ketadi, faqatgina aytilishi va ma’nosi butunlay o’zgacha ko’rinish kasb etishi mumkin. Misol uchun “basseyn” so’zi venger tilida haqoratlash ma’nosida keladi.

Vengerlar fikricha, grechka qushlar uchun ajoyib yegulik, ammo uning insonlar tomonida iste’mol qilinishi mutlaqo mumkin emas. Shu sababli Vengriyada grechkani faqatgina zoomagazinlardan topish mumkin, odatdagi kabi oziq-ovqat do’konlaridan emas.

Budapeshtga borgan sayyohlar ko’chalar bo’ylab poytaxt tramvayida sayohat qilish imkonini qo’lga kiritadilar.

Vengriya aholisi vakillari cho’chqanikidan boshqa hech bir turdagi go’shtni turlarga ajratishmaydi, shuningdek ular bir hil salomlashib, bir hilda xayrlashishadi.

Yevropa qit’asidagi eng katta sinagoga Budapeshtda joylashgan bo’lib, ushbu ibodatxona o’z ichiga bir vaqtda 3000 kishini sig’dira oladi.

Poytaxtdan uchnalik uzoq bo’lmagan yerda joylashgan Xollokyo qishlog’i ko’p yillardan buyon o’z ko’rinishini o’zgartirmaydi, bu jihat esa har yili minglab sayyohlarni mazkur maskan tomon boshlab keladi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations