Xatto milliarderlarga ham orzu bo’lgan hashamatli avtomobillar
Dunyoda hattoki eng badavlat odamlarning ham tasavvurini lol qoldira oladigan qiymatga ega avtomobillarning talaygina miqdori mavjud. Ko’proq bunday avtomobil har qanday havaskor kolleksioner uchun orzu qilinadigan o’lja. Ammo bunday avtomobilni qo’lga kiritish oson emas, chunki ular o’ta qimmatligidan tashqari, ishlab chiqarilgan soni ham cheklangan.

1. Lamborghini Sesto Elemento – 2.2 million AQSH dollari

Qiymati 2.2 million AQSH dollariga teng Lamborghini Sesto Elemento atigi 20 nusxada ishlab chiqarilgan. Shunisi qiziqki, ular ko’chalarda harakatlanish uchun ishlab chiqarilmaydi. Sababi ushbu mashinada xavfsizlik yostiqchalari ham, xavfsizlikni ta’minlash uchun boshqa biror dastgoh ham yo’q.

2. Aston Martin Vulcan - 2.3 million AQSH dollari

O’zining 800 ot kuchiga ega bo’lgan V12 dvigateli tufayli Aston Martin Vulcan avtomobilining qiymati 2.3 million AQSH dollariga etdi. Bu “g’ildirakdagi raketa”ni boshqarish uchun odamlar atayin uzoq muddatli tayyorgarlikdan o’tganlar.

3. McLaren BP23 – 2.5 million AQSH dollari

McLaren BP23 qiymati 2.5 million AQSH dollarini tashkil etadi va ma’lum bo’lishicha, avtomobil bunga arziydi. Rejalashtirilgan barcha modellar konveyerdan chiqishdan ham oldinroq sotilib bo’lgan.

4. Ferrari F60 America – 2.5 million AQSH dollari

Italiyalik ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Ferrari F60 turgan joyidan soatiga 100 km tezlikka 3.1 soniyada erisha oladi. Badavlat haridorlar bu modelni o’z orzularining cho’qqisi deb hisobladilar va ishlab chiqarilgan 10 nafar avtomobilni darrov, har birini 2,5 million AQSH dollariga teng narxda sotib oldilar.

5. Pagani Huayra BC – 2.6 million AQSH dollari

Pagani Huayra BC 1 218 kilogramm og’irlikka ega (taxminan mashhur “Lada Kalina” kabi). Ammo, shu bilan birga uning kapoti ostida 6.0 litrli V-12 turidagi xaqiqiy gigant o’rnatilgan. Mashina atigi 20 nusxada ishlab chiqarilgan va ularning hammasi 2,6 million AQSH dollariga teng narxlarda sotib olingan.

6. LaFerrari FXX K – 2.7 million AQSH dollari

LaFerrari FXX K o’zining 6,3 litrli V12 turidagi, 1035 ot kuchiga ega dvigateli va atigi 32 nusxani tashkil etadigan adadi tufayli uning qiymati 2.7 million AQSH dollariga teng. Biroq bu mashina yo’lda yoki istalgan poygada qatnasha olmaydi.

7. Bugatti Chiron – 2.9 million AQSH dollari

Chiron — mashxur Veyron modelining vorisi. Qiymati 3 million AQSH dollariga teng bu mashina 8.0 litrli 16 silindrli, quvvati 1500 ot kuchiga ega dvigateli tufayli soatiga 420 kilometr tezlikka erishishi mumkin.

8. Ferrari Pininfarina Sergio - 3 million AQSH dollari

Ferrari Pininfarina Sergio — o’ta kamyob model va dunyoda bu mashinaning atigi oltita nusxasi mavjud. Bu esa ushbu avtomobilning 3 million AQSH dollariga teng deb baholanishining ko’p sonli sabablaridan biri bo’lsa ajab emas.

9. Aston Martin Valkyrie – 3.2 million AQSH dollari

Aston Martin Valkyrie avtomobilida 6.5 litrli V12 turidagi dvigatel elektr transmissiya bilan birgalikda ishlab, 1000 ot kuchidan ziyod umumiy quvvatni ta’minlab beradi. Ilmiy-fantastik film namunasi kabi taassurot uyg’otadigan bu avtomobilning narxi 3,2 AQSH dollariga teng.

10. W Motors Lykan Hypersport – 3.4 million AQSH dollari

2013 yilda Qatarda bo’lib o’tgan Motor-shouda taqdim etilgan W Motors Lykan Hypersport “Ilk arab giperkari” deya atalgan. Bayon qilingan tezlik soatiga 394 kilometrni тashkil etadi, soatiga 100 kilometr tezlikka esa 2.8 soniya ichida erisha oladi.

11. Limited Edition Bugatti Veyron ot Mansory Vivere – 3.4 million AQSH dollari

Bugatti Veyron Limited Edition mashxur Mansory Vivere atelyesi tomonidan ishlab chiqarilgan va shuning uchun ham uning narxi osmonlarga chiqib ketgan. 8.0 litrli W16 dvigatelli, quuvati 1200 ot kuchiga ega bu avtomobilning narxi 3.4 million AQSH dollariga teng.

12. McLaren P1 GTR – 4.3 million AQSH dollari

Bu trek avtosiga Niderlandiyadagi oddiy avtomobil yo’llarida harakatlanish uchun ruxsat berilgan. McLaren P1 GTR –bu dahshatli tezlikka ega mo’jizaning o’zginasi. U shunday ko’rinishga egaki, go’yo unda faqat Betmen yura oladiganday. Mashining yakkayu yagona nusxasi 4.3 million AQSH dollariga sotilgan.

13. Lamborghini Veneno Roadster – 4.5 million AQSH dollari

Dizayni aerodinamika va xavfsizlikka mo’ljallangan Lamborghini Veneno rodsteri (ya’ni, avtomobil yo’llari yulduzi)ning narxi 4,5 million AQSH dollaridan boshlanadi. Soatiga 355 kilometr maksimal tezlikka ega bu avtomobil oddiy avtomobil yo’llarida harakatlanishiga ruxsat berilgan.

14. Koenigsegg CCXR Trevita – 4.8 million AQSH dollari

Ma’lum qilishlaricha, Floyd Meyvezer Koenigsegg CCXR Trevitaavtomobilini o’z kollektsiyasiga tasavvurga sig’maydigan narxda - 4.8 million AQSH dollariga sotib olgan emish. Bu model jami 2 dona nusxada ishlab chiqarilgan.

15. Mercedes-Benz Maybach Exelero - 8 million AQSH dollari

Birdman taxallusi bilan tanilgan reper Brayan Uilyams Mercedes-Benz Maybach Exelero uchun 8 million AQSH dollarini sovurib yubordi. Bu shunga arziymimi, yo’qmi, biror kimsa dadil aytishi qiyin. Ammo, bu avtoda ikkita turbonadduvli V12 dvigateliga ega va Maybachni soatiga 350 kilometr tezlikkacha olib chiqishi, shuningdek soatiga 100 kilometr tezlikka 4,4 soniyada erishishi mumkin.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations