Xurrak to’g’risida qiziqarli faktlar
Inson uchun dunyodagi eng yoqimli va shirin narsa nima ekanligini bilasizmi? U nimasiz yashay olmaydi? To’g’ri javob — uyqu.

Tasavvur qilingki, uzundan uzun va juda zo’r berish bilan o’tgan kundan keyin siz sevimli krovatingizga yetib kelib, ko’rpaning tagida mazza qilib cho’zilib endi ko’zingizni yummoqchi bo’lgan edingiz hamki, birdan bu oromni traktor yoki motorning ovozini eslatadigan o’ta yoqimsiztovush buzib, o’rningizdan sakratib yuboradi. Bir qarasangiz - turmush o’rtog’ingiz butun xonadonni xurrakka to’ldirib, hech narsa bo’lmaganiday mazza qilib uhlab yotibdi. 

Unga mazza! Sizning uyqungiz belidan yaxshigina tepki yedi. Siz bu bezillatuvchi shovqinni tezroq o’chirish maqsadida o’zingiz qaltiragan holatda yostiq bilan boshingizni yopishga harakat qilasiz yoki krovatdagi qo’shningizni boshqa holatga keltirib qo’yish uchun uni turta boshlaysiz. Tanish holatmi?Unda xurrak to’g’risida qiziqarli faktlar bilan tanishing.

Dunyodagi ko’pchilik oilalar xurrak tufayli ajralib ketish chegarasida, xatto, xurrak sababchi bo’lgan maishiy qotillik hodisalari ham ma’lum. Bunday hollarni oldini olish uchun xurrakdan halos etuvchi samarali vositalardan foydalanish kerak.

 

Agar xurrak erda am, xotinda ham kuzatilsa bu sabab tufayli ajralib ketish ehtimoli nolga teng. O’zingiz o’ylab ko’ring, axir ular bir biriga xalaqit beкmaydilar. Balki kim uzoqroq va balandroq xurrak otish bo’yicha ongsiz ravishda musobaqada qatnashayotgandirlar.

 

Avvallari odamlar tahminan 40 yoshlardan o’tganidan keyin xurrakdan ozor ko’ra boshlagan, biroq yil sayin bu yosh pasayib boryapti. Yosh avlodda xurrak otishga moyillik 10-20 oldingiga nisbatan ancha ko’payib ketgan.

Dunyodagi eng “xurrak otuvchi” millat bu koreyslar, ularda uzun va yumshoq tanglayiga bog’liq xurrak otishga unlovchi qandaydir tabiiy moyillik bor.

Xurrak otish bo’yicha ikkinchi o’rinni amerikaliklarga bersa bo’ladi. Biroq buning sababi mutlaqo boshqa. Gap shundaki, Amerikada o’ta semizlik dardiga chalinganlarning miqdori dunyodagi eng baland ko’rsatkichga ega. Semizlik esa uyquning bu noo’rin xossasiga juda katta qulaylik yaratib beradi, chunki bo’yin atrofidagi yog’ nafas olish yo’llariga bosim o’tkazib o’z-o’zidan tungi shovqinni keltirib chiqaradi.  

Chekuvchi odamlar uyquning bu tarzdagi buzilishiga chekmaydigan odamlarga nisbatan ko’proq duchor bo’lish ehtimoliga ega. Huddi shu narsa spirtli ichimlikni iste’mol qiluvchilarga, undan ham ko’proq surunkali ravishda suiiste’mol qiluvchilarga tegishli. Shuning uchun ham agar ichish bilan chekish kabi zararli odatlar batamom tashlab yuborilsa atrofdagilarga uyqudan orom olishga xalaqit berishni to’htatish mumkin.  

Gohida bu yoqimsiz tovushlarning sababi allergiya ham bo’lishi mumkin. Allergiya tufayli burun-tomoq bo’lig’i oqa boshlaydi, bu esa o’z navbatida xurrakni kuchaytirib yuboradi. Bu holda allergiyaga sabab bo’layotgan allergenni aniqlab uni yo’qotish kerak.Shundan keyin siz chaqaloqday bemalol uxlashingiz mumkin.

 

Aslida, xurrak bolalarda umuman uchramaydi deb aytib bo’lmaydi. Yoshi 7gacha bo’lgan bolalarning 5 foizida ham bu kasallik uchrab turadi. Agar oldi olinmasa, bolalarning yoshi o’tgan sayin bu ko’rsatkich 10 foizni tashkil etishi mumkin.

Agar ota-onangiz ashaddiy xurrakdor bo’lgan bo’lsa siz ham “olmadan uzoqqa dumalab ketmaganingiz” ehtimoli juda baland, chunki xurrak avloddan avlodga meros bo’lib o’tishi mumkin.

 

Amerika Qo’shma Shtatlarida har yili chamasi 3000 kishi uyquda nafas olishning obstruktiv to’htab qolishi tufayli olamdan ko’z yumadi.

Har yili uyquning buzilishi ishlab chiqarishlarda ko’ngilsiz hodisaning ro’y berishi va ishlab chiqarish samaradorligining pasayib ketishi hisobiga korxonalarga 70 milliarddan ziyodroq zarar keltiradi.

Uyquda nafas olishning to’htab qolishidan jabr ko’radigan odamlar boshqalarga nisbatan 7 barobar ko’proq avtohalokat qurboni bo’lib qoladi.

Buyuk Britaniyalik 60 yoshli pensioner ayol Djenni Jermenning xurrak tovushi samolyot shovqinidan ham balandroq. Bu ayol xurragi ovozining balandligi 111,6detsibelga teng, bu traktor dvigateli tovushidan 13 detsibelga, poezd shovqinidan11 detsibelga va samolyot dvigatelining shovqinidan 8 detsibelga balandroq.

 

Uinston Cherchill konyak bilan sigaralarni juda yoqtirardi. U kechasi shu darajada xurrak tortar ediki, bechora rafiqasi otishma boshlandi deb o’ylab sarosimaga tushib yotoqxonadan qochib chiqib ketardi. Ularning bahtli oilaviy turmushining oxirida Cherchill xonim umrini maxsus ovoz o’tkazmaydigan izolyatsiyaga ega bo’lgan yotoqxonada o’tkazgan.

Amerika Qo’shma Shtatlaridagi Salomatlik Milliy Institutining tadqiqotlari shuni aniqladiki, gravitatsiyaning yo’qligi astronavtlarga uyqu paytida xurrak otmaslik imkonini berar ekan. Koinot xirurgi doktor PolkABC News agentligiga habar berishicha, gravitatsiyaning pasayishi hisobiga nafas olish yo’llari qiyinchilikka uchragan odamlarning holati sezilarli darajada yengillashadi. Buning mohiyati shundaki, Yerda tortish kuchi til va yumshoq to’qimalarni orqagatorgan paytida xurrak paydo bo’ladi. Agar nafas olish yo’llari qisman siqilgan bo’lsa, bu yumshoq to’qimalar, “tipirchilab” xurrakni keltirib chiqaradi. Mikrogravitatsiya sharoitida til bilan yumshoq to’qimalar tomoqda orqaga ketib qolmaydi, shuning uchun ham koinotda nafas olish yo’llarining qiyinchiliklari ancha kamayib ketadi. Demak xurrakni ham vujudga keltiruvchi hech narsa yo’q.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations