Yadro qurolining tarixi
"Yadroviy tahlika yo'q! Bugun tinch uxlayvering" - Bu so‘zlar butun dunyo odamlariga, sal bo‘lsa-da, umid bag‘ishlaydi. Nahotki harbiy jihatdan dunyoning eng kuchli mamlakatlaridan biri nihoyat o‘ziga “dushman” qiyofasini yaratishdan voz kechgan bo‘lsa! Nahotki “yadroviy tahlika” bilan qo‘rqitish zamoni asta sekin bo‘lsada o‘tmishda qoldirishga qadam tashlangan bo‘lsa! Nima bo‘lsa ham bu yadroviy qurolsizlanish yo‘lining boshlanishi, deb umid qilging kelar ekan.

Koreya yarim orolida oliy darajadagi uchrashuv

Joriy, 2018 yilning 27 aprel kuni Koreya yarim oroli davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi 3-chi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv uchun Janubiy Koreya tomonidan taklif etilgan tomonidan joylardan Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning chegaraoldi Phanmundjom qishlog‘idagi demarkasion chiziq yonida joylashgan “Tinchlik uyi”ni tanladi.

Ikki Koreya rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi

Ikki Koreya rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In chegarani kesib o'tib Janubiy Koreyalik hamkasabasi tomon yurib kelayotgan payt

Bu uchrashuv Shimoliy Koreyaning rahbari Janubiy Koreya hududidagi zaminga qadamini bosgan ilk hodisa bo‘ldi. Ikkala rahbar bir biri bilan uchrashib qo‘l tashlashi demarkasion chiziq ustida bo‘ldiva bu hodisa to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Ukkala rahbar “Tinchlik uyi”ga yo‘l olishdan avval Janubiy Koreyaning Prezidenti Mun Chje In Shimoliy Koreyaning rahbari Kim Chen Inning Shimoliy Koreya yeriga ramziy qadam bosish taklifini qabul qilib Shimoliy Koreya hududiga qadam bosdi.

Muzokalarlardan tashqari ikkala rahbar daraxt ekish jarayonida ishtirok etdi. Bu daraxt ekilishida Koreyaning ikkala qismidan tuproq va suv ishlatildi. Uchrashuvning ko‘p tomonlari ramziylik bilan boyitilgan, shu jumladan, uchrashuv yilini anglatuvchi, diametri 2018 millimetr keladigan muzokaralar stoli ham.

Oliy darajadagi bu uchrashuvning asosiy maqsadi yadroviy qurolsizlanish va o‘zaro manfaatlar uchun davlatlararo munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan.

AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlarining Oliy darajadagi uchrashuvi

Oradan deyarli roppa-rosa bir yarim oy, aniqrog‘i 46 kun o‘tib, 2018- yil 12-iyunida Singapurda, Sentosa orolidagi Kapella mehmonxonasida insoniyat tarixida birinchi marta Amerika Qo‘shma Shtatlari va Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi rahbarlarining Oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh va KXDR rahbarlari ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni o‘tkazdi. Uchrashuv yakuni nima bilan tugaganini AQSh Prezidenti o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida qisqa va aniq ta’riflab berdi:

“Hozirgina yerga qo‘ndim - uzoq safar, biroq endi hamma o‘zini men vazifani bajarishga kirishgan kunga nisbatan ancha xavfsizroq his qilishi mumkin. Shimoliy Koreya tomonidan yadroviy tahlika boshqa yo‘q. Kim Chen In bilan uchrashuv juda qiziqarli va ijobiy tajriba bo‘ldi. Shimoliy Koreyada kelajak uchun katta salohiyati bor” - deb yozdi Tramp.

U yanashuni qo‘shib qo‘ydi: 

“Lavozimga kelishimdan avval odamlar biz (AQSh) Shimoliy Koreya bilan urushga tayyorlanyapmiz, deb o‘ylagan, ammo endi hamma narsa o‘zgardi. “(Sobiq) prezident (Barak) Obama Shimoliy Koreya bizning eng katta va xavfli muammoimiz,deb aytar edi. Endi bunday emas - bugun tinch uxlayvering” - deb yozdi AQSh prezidenti.

Kim Chen In bilan uchrashuv juda qiziqarli va ijobiy tajriba bo‘ldi.

Bu so‘zlar nafaqat Koreya yarim oroli yoki Amerikaliklarga, balki butun dunyo odamlariga, sal bo‘lsa-da, umid bag‘ishlaydi. Nahotki harbiy jihatdan dunyoning eng kuchli mamlakatlaridan biri nihoyat o‘ziga “dushman” qiyofasini yaratishdan voz kechgan bo‘lsa! Nahotki “yadroviy tahlika” bilan qo‘rqitish zamoni asta sekin bo‘lsada o‘tmishda qoldirishga qadam tashlangan bo‘lsa! Nima bo‘lsa ham bu yadroviy qurolsizlanish yo‘lining boshlanishi, deb umid qilging kelar ekan.

Xo‘sh, yadroviy tahlika nima o‘zi? Yadroviy qurol, deganda nimani tushunish kerak?

Keling, hammasini bir boshdan boshlaylik.



Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations