Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yil dasturxoni uchun qanday tayyorgarlik ko’rish kerak?
Har bir uy bekasi Yangi yil bayrami uchun bayramona kechki ovqat tayyorlab, shohona dasturxon yasatishga intiladi. Yangi yil dasturxoni uchun mukammal va tantanali kechki ovqatni qanday tashkillashtirish mumkin?

Ideal ko’rinishdagi yangi yil dasturxoni – tayyorlangan taom va stol yasatilishi orasidagi uyg’unlikka bog’liq. Hattoki eng oddiy taomni ham chiroyli bezab, ajoyib ko’rinishda servirovka qilingan stolga qo’yilsa, Yangi yil bayramiga hos taassurot qoldiradi va mazaliroq tuyuladi. Shuning uchun bayram kechki taomining yasatilishiga uning tayyorlanishi bilan teng ko’rinishda e’tibor qaratish kerak. Stol ustiga dasturxon yopilishi shart. Yangi 2018 yilni kutib olish uchun zig’ir matodan tayyorlangan, klassik oq rang sariq, yashil va olovrang hoshiya bilan yaratilgan yoki kulrang, och jigarrang, tillarang dasturxonlarni tanlash mumkin.Mehmonlar uchun mo’ljallangan salfetkalar esa dasturxon matosidan tikilgan bo’lib, rangi bir-biriga mos kelishi lozim. Agar salfetkalarni yasatishga maxsus uzuk (koltso)lardan foydalansangiz, bu yil uchun yog’ochdan yasalgan turini tanlang. Stol markaziga bayramona kayfiyat berish maqsadida unchalik katta bo’lmagan kompozitsiyani joylashtiring. Misol uchun shisha idishni olib, uni archa shishkasi, tillarang sharlar va dekorativ sovg’a qutichalari bilan to’ldirish mumkin. Archa shoxlaridan chambarak tayyorlab, uni munchoqlar va tillarang shishkalar bilan bezatsangiz ham bo’ladi, o’rta qismiga esa chiroyli shamchani joylashtirib qo’yasiz. Yangi yil uchun yana bir variant: kichikroq patnisni olib, uning ustida archa shoxlaridan tayyorlangan kompozitsiya, bir nechta shishka, tillarang sharchalar, mandarin va gelli shamlarni joylashtiring.

Sariq It yili dasturxonida nimalar bo’lishi lozim?

Kirib kelayotgan 2018 yil Xitoy taqvimi bo’yicha Sariq Yer Iti yili sanaladi. Ushbu yil sohibasining ko’nglini topish uchun bayram dasturxoniga nimalar qo’yish kerak?Mavzuni yangi yil dasturxoni mo’l-ko’l, unga tortilgan taomlar esa oddiy va to’yimli bo’lishi kerakligidan boshlaymiz. Ushbu yil dasturxonida ko’p miqdorda go’sht, xususan mol va qo’y go’shti bo’lishi lozim. Shuningdek Yangi yil dasturxoniga bekalar tomonidan go’shtli gazaklar, go’shtli va pishloqli kompozitsiyalar, tarkibida go’sht bo’lgan issiq ovqat tortilgani ma’qul. Stol uchun baliq ham pishirish mumkin, ammo u albatta dengiz balig’i bo’lishi darkor. Go’sht yoniga sabzavotlar, mevalardan esa olma va apelsin qo’yib, ularning yoniga desert ham qo’shing. Agar bayram uchun pishiriq tayyorlamoqchi bo’lsangiz, xamirturushli yeguliklardan voz kechgan holda qatlama xamirli yoki uvalanuvchan (pesochniy) xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlar tayyorlang.

Yangi yil uchun yaxna va issiq gazaklar

Har qanday bayramona tanovul gazaklar, ya’ni zakuskalardan boshlanadi. Mazkur Yangi yil dasturxonida go’shtli assorti albatta qatnashishi kerak. Klassik ko’rinishdagi go’shtli assorti rostbif, yupqa qilib kesilgan va qaynatilgan buzoq go’shti, vetchina va qaynatilgan tildan tashkil topadi. Shuningdek 2018 yil dasturxoni uchun marinadlangan qo’ziqorinlar bilan birga seld balig’i, sardakli mol yoki baliq go’shti tortiladi. Bayram dasturxoningizni baqlajon, kabachki va vetchinali ruletlar, qiymali tuxum, karamli assorti, marinadlangan pomidor, bodring, piyoz va qo’ziqorin bilan ham to’ldirishni unutmang. Salatlardan an’anaviy “Olivye”, “Pod shuba”, “Vinegret” va baliqli turlarni tanlashingiz mumkin. Gazaklarning bunday tanlovi yil sohibasi bo’lmish Sariq it tomonidan ma’qullanadi va u to’yimli, an’anaviy va oddiy taomlarni xush ko’radi. Sovuq gazaklar bilan bir qatorda yaqinlaringiz va mehmonlarni issiq gazak bilan ham siylashingiz mumkin. Misol uchun qaymoqqa dimlangan qo’ziqorin, go’shtli qiyma solingan konvertlar, tuxum va vetchinali kartoshka uychalari aynan shu tanlovga mos keladi. “Kartoshkali uya” – issiq gazaklar orasidagi eng mazalilaridan biri bo’lib, u bayram dasturxonining diqqat jalb qiluvchi yeguligiga aylanishi turgan gap. Gazakni tayyorlash uchun 20 daqiqa vaqt kerak bo’ladi. Buning uchun kartoshkani avvaldan tozalab olasiz va tuxumni qaynatasiz. Kartoshkali uyachalar hosil qilish uchun ularni qirg’ichdan o’tkazib olgancha g’alvir (sito) ustiga qo’yib, ma’lum bir portsiyasidan kichik uyachalar yasaysiz. Kartoshkani g’alvirning o’zi bilan qaynab turgan zaytun yog’iga botirasiz. Qovurilgan kartoshkalarni salfetka ustiga joylashtirib, ortiqcha yog’i ketgach, har bir uyacha ichiga beshamel sousi yoki mayonez, yarimta tuxum, somoncha shaklida to’g’ralgan vetchina va danaksiz zaytun donalari solinadi. Yangi yil taomlarini issiq holida va salat barglarida dasturxonga torish kerak. Agar taomlarni avvalroq tayyorlab qo’ygan bo’lsangiz, ularni stolga uzatishdan avval bir necha daqiqa gaz pechida ushlab tursangiz bas.

Yangi yil uchun issiq taomlar

Mazkur yilda issiq taom sifatida go’shtli ovqatlar tayyorlagan ma’qul. Eng yaxshisi, buning uchun buzoq, mol yoki qo’sh go’shtini tanlang. Qo’y go’shtini qora olxo’ri bilan dimlash yoki qovurg’asini gaz pechida pishirish mumkin. Agar bayram uchun go’shtni rozmarin va xushbo’y ziravorlar hamda oq vino aralashmasida 1 kecha davomida marinadlab, maxsus yengda pishirib olsangiz, o’ta mayin va o’tkir ta’mga ega bo’lmagan ajoyib taom hosil bo’ladi. Buzoq yoki mol go’shtini pishirish uchun variantlar juda ko’p. Agar dasturxonga o’ziga hos taom tortmoqchi bo’lsangiz, go’shtni quritilgan mevalar bilan pishiring yoki issiq brusnika hamda klyukva sousi bilan uyg’unlashtiring.

Yangi yil garnirlari

Go’sht uchun eng ommabop garnir kartoshka bo’lib, uni shunchaki piyoz hamda ziravorlar bilan qovurib olish, gaz pechida qaymoq yoki xushbo’y giyohlar ko’magida pishirish, aerogrilda tayyorlash yoki qaynayotgan zaytun yog’ida qovurib olish mumkin. Kartoshkali pyure esa quruq mevalar bilan pishirilgan go’shtga mos keladi. Uni qandolat shpritsi yordamida likop ustiga archa shaklida siqib chiqargan holda gaz pechida pishirib olish ham mumkin. Taomning yuqori qismini esa pomidordan kesilgan yulduz bilan bezab qo’yasiz. Gaz pechida pishirilgan go’shtli taomlarni sabzavot aralashmali garnirlar, jumladan piyoz, bulg’or qalampiri va pomidordan tayyorlangan ragu yoki grilda tayyorlangan sabzavotlar bilan birga stolga tortsa bo’ladi. Bug’da pishirilgan bryussel karami yoki klyardagi gulkaram juda yengil garnirlardan biri bo’lib, u deyarli barcha taomlarga mos tushadi. Qo’y go’shtini esa bulg’or qalampiri va loviya qo’shilgan guruch bilan dasturxonga torting. Uni tayyorlash uchun bulg’or qalampiri va piyoz to’g’rab, qovuriladi va sabzavotlar ustiga yuvilgan guruch qo’shib, ziravorlar sepiladi. Yana ozroq qovurilgach, po’sti archilgan pomidor solinadi va qopqog’i yopilib, 10 daqiqaga dimlab qo’yiladi. Taom ustidan sabzavot bulyoni quyiladi, yana 10 daqiqa dimlanadi. Taomga tomat pastasi va konservalangan qizil loviya qo’shib, tuz va murch sepiladi. So’ng yana bir muddat dimlanadi va maydalangan ko’katlar bilan dasturxonga tortiladi.



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations