Yaponiyadan avval ishlatilgan, ishonchli va hech qachon pand bermaydigan 7 avtomobil

O’tgan asrning to’qsoninchi yillaridayoq Germaniya va Yaponiyaning avtomobillari eng ishonchli mashinalar deb hisoblana boshlangan. Biroq oxirgi o’n yillik ichida nemis kompaniyalari o’z pozitsiyalarini ancha jiddiy tarzda yo’qotdi. Ammo, Quyosh chiqish Mamlakatining mashinalari aksincha kun sayin yaxshilanib borayapti.

Ularning ko’p ming kilometrlab bosib o’tgan yo’llari haydovchilarni hayratda qoldirayotgani yo’q. Mana bu 7 nafar modellar esa alohida tahsinga sazovor bo’lib, ularning har biri o’z to’g’risida batafsil ta’riflab o’tilishiga loyiq.

1. Nissan Murano, 2007-2014 yillar

1. Nissan Murano, 2007-2014 yillar

2015 yilda avtomobillar bozorida o’rtacha kattalikdagi Nissan Murano krossoverining uchinchi avlodi paydo bo’ldi. Avtomobil mutaxassislarining fikrlariga ko’ra, bu mashinalar, avvalgi modeliga nisbatan ancha taasurotliroq ko’rinishga ega, ammo ishonchlilikda deyarli hamma parametrlari bo’yicha avvalgisidan ortda qoladi.

2. Honda Civic, 2005-2011 yillar

2. Honda Civic, 2005-2011 yillar

Dunyodagi eng mashhur yapon avtomobillarining biri Honda Civic ekanligi bilan bahslashish qiyin, albatta. Qimmat bo’lmagan bu ixcham mashina serhashamlikni yoki o’zgacha dinamikani haydovchining baho berishiga havola qila olmaydi, ammo, shunga qaramay, bu avtomobil o’z mustahkamligi bilan millionlab avtohavaskorlarning mehrini qozongan.

3. Honda Jazz, 2007-2014 yillar

3. Honda Jazz, 2007-2014 yillar

Ko’pchilik mutaxassislarning fikriga ko’ra, Honda Jazz – ohirgi yillarning eng ishonchli va mustahkam avtomobillaridan biri. Mashinaning sodda, ammo o’ta samarali konstruktsiyasi vaqt sinovini a’lo darajada o’ta olgan.

4. Toyota Sienna, 2010-2015 yillar

4. Toyota Sienna, 2010-2015 yillar

Toyota Sienna – Amerika Qo’shma Shtatlarida eng xaridorgir va eng zo’r minivenlardan bittasi. Uni butun oila bilan birga uyushtiriladigan qisqa masofali safarlar va jiddiy sayohatlar uchun eng zo’r mashina, deb minglab haydovchilar ta’kidlaydilar. Sienna juda ham kamdan kam hollarda buzilib qolishi mumkin, yo’l harakati hodisasi ro’y bergudek bo’lsa yo’lovchilarni, ayniqsa, bolalarni shikastlanishdan a’lo darajada himoya qila oladi.

5. Lexus GS, 2011-2015 yillar

5. Lexus GS, 2011-2015 yillar

Avvalgi ajdodlari bilan taqqoslanganida Lexus GS avtomobilining bugungi kundagi nusxasi haydovchiga yana bir dunyo qulaylik va dinamikani taqdim etadi. Lexus GS to’rtinchi avlodi avtomobillarining egalari bu juda ham ishonchli va mustahkam avtomobil ekanligini to’laligicha tasdiqlashlari mumkin

6. Toyota Prius, 2009-2015 yillar

6. Toyota Prius, 2009-2015 yillar

Toyota Prius uchinchi avlod gibrid avtomobili qulaylik darajasi va boshqariluvchanlik kabi ta’riflarda yangilangan modelidan jinday ortda qoladi. Ammo, mustahkamlikka kelganida, 2009-2015 yillarning mashinalari amaliy jihatdan umuman buzilmaydigan deb hisoblanadi.

7. Toyota Tundra

7. Toyota Tundra

Toyota avtomobillari o’z yig’ilishining yuqori sifatliligi bilan va uzoq muddatliligi bilan ajralib turadi. Bu yapon kompaniyasining pikaplari va o’ta qiyin yo’llardan ham yura oladigan atomobillari esa amaliy jihatdan umuman buzilmaydigan mashinalardir. Toyota Tundra pikapida konstruktsiya oldingi yoritgichlaridan boshlab ag’darila oladigan bortiga qadar barcha ikir-chikirlari puxta o’ylangan.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations