Yurak haqidagi eng qiziqarli  faktlar
Tanamizni hayot bilan ta’minlab turadigan ushbu mitti a’zo haqida nimalarni bilamiz?

 

 

Organizm “motor”i bo‘lmish yurakni Platon: “Ehtiroslar makoni” deb ataydi. Haqiqatan ham, kishi sevinganda yoki qayg‘urganda uning yuragi tez-tez ura boshlaydi. Aql mahsuli bo‘lmish fikrlash esa inson miyasida paydo bo‘ladi.

Homila 4 haftalik bo‘lganda uning yuragi urishni boshlaydi. Ona qornidagi bolaning yurak qisqarish chastotasi (puls) katta odamnikidan, taxminan 2 baravar tez. Bu daqiqasiga 140 marta yurak urishiga teng. 

 

Yangi tug‘ilgan bolada qon aylanishi 1 piyola qon miqdoricha keladi.

Yurak 75 trln hujayralardan iborat organizmni qon bilan ta’minlaydi. Faqat ko‘z ustki pardalarigina bundan mustasno.

Mashina 32 km masofani bosib o‘tish uchun qancha energiya sarflasa, yurak ham organizm uchun har kuni shuncha energiya sarflaydi. Yurakning butun hayot davomida ishlab chiqargan energiyasi Oyga borib kelishga yetadi.

Ayol yuragi erkaknikiga nisbatan tezroq uradi. Erkak yuragi taxminan daqiqasiga 70 marta, ayol yuragi esa 78 marta uradi.

 

Katta yoshdagi inson yuragi, daqiqasiga 72 ta , kuniga 100000 ta, yiliga 3 600 000 ta va butun hayoti davomida 2.5 mlrd marta uradi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations