Yuz shakliga qarab gajak tanlanmiz!
Har bir qiz hayotida bir necha bora tubdan o’zgarishni istab, buning uchun sochlarini gajak ko’rinishida kesishga qaror qilgani aniq. Ammo yuz – insonning ichki olamini aks ettirib beruvchi ko’zgu hamdir, gajak esa qiyofani bir zum ichida o’zgartirib yuborishini hisobga olsak, ushbu masalaga diqqat bilan yondoshish talab etiladi. Shu sababli gajak tanlashda yuz shaklidan kelib chiqib ish ko’ring. Biz esa ushbu savolga tushunarli bir tarzda javob topib berishga intilamiz.

Oval yuz shakli

Yuzning oval shakli mukammal hisoblanadi. Unda peshona qismi jag’ qismidan kengroq bo’ladi, yuzning chiziqlari yaqqol bilinmaydi, yuz asta-sekinlik bilan yonoqlardan ensa tomonga ingichkalashib boradi. 

 

Oval yuz shakli sohibalari gajaklar borasida turli tajribalar o’tkazishlari mumkin. Agar mukammal qoshlaringiz bilan maqtanishni istasangiz, kalta va notekis gajaklar yuzingizga rosa yarashadi. Huddi Keti Perrining sochlari kabi!

Bundan tashqari sizga model Belli Xadid qiyofasiagi qalin va notekis gajaklarni ham tavsiya qilamiz. Ammo unga mos tarzda klassik turmaklar, misol uchun kareni tanlash kerak. Ana shunda ajoyib obrazlar yaratish mumkin. 

Uchburchak yuz shakli

Bu kabi yuz shakliga ega qizlar o’zlarining chiroyli va keng yonoqlari, baland peshona va ingichka jag’ qismi bilan maqtansalar arziydi. To’g’ri tanlanan gajak ularning yuzlarini aniq va yorqin qiyofa baxsh etadi.

 

Piksi turmagi turli yuz shakllariga mos kelishi mumkin. Notekis gajak bilan u haqiqatan ham ajoyib ko’rinadi. Viktoriya Bekxem odatda aynan shunday turmaklarni diqqat qaratadi. 

Uzun gajak bu borada eng ajoyib yechim bo’lishi mumkin. U peshonani uzunroq ko’rsatadi va jag’ sohasiga urg’u berib turadi. 

Dumaloq yuz shakli

Odatda yuzning uzunligi va eni deyarli teng bo’lsa, ushbu yuz dumaloq turga mansub bo’ladi. Bunda peshona qismi katta bo’lmaydi, keng yonoqlar esa darrov ko’zga tashlanaldi. To’hri tanlangan gajak bilan uni oval shakl kabi ko’rinishga keltirish mumkin.

 

Dumaloq yuzlarni uzun va notekis gajaklar bilan biroz uzunroq ko’rinishga keltirish mumkin. Kendall Jennerdagi ushbu variant yuzga oval shaklini berib, unga joziba bag’ishlaydi. Uning uchun balandroq turmak tanlansa, yana ham yaxshi! 

To’rtburchak yuz shakli

Ushbu shakl biroz uzunroq ko’rinadi. Bunday yuz shakli sohibalari o’zlarining chiroyli yonoqlari bilan istalgancha maqtanishlari mumkin. Peshona qismi jag’ sohasidan enliroq bo’ladi.

Aniq bilinib turadigan yonoq qismlarini vizual ko’rinishda “muloyimlashtirish” mumkin, buning uchun notekis gajaklar yordam beradi. 

Kvadrat yuz shakli

Bunda yuzning uzunligi va eni deyarli bir hil bo’ladi, yonoqlar aniq ko’rinib turadi, jag’ sohasi darhol ko’zga tashlanadi.

Bunda yuzning uzunligi va eni deyarli bir hil bo’ladi, yonoqlar aniq ko’rinib turadi, jag’ sohasi darhol ko’zga tashlanadi.

Trapetsiya yuz shakli

Bu kabi variant kvadrat shakliga yaqin keladi, ammo uzunlik ko’rsatkichlari kenglikdan kattaroq bo’ladi. Shu tariqa yuz trapetsiya shaklini yodga soladi. 

Bugungi kunda yonoqlarga urg’u berish urfga kirgan, shu boisdan Olivii Uayld kabi kaskad gajaklarni sizga ham tavsiya qilamiz. Ular yuzdani aniq chiziqlarni berkitib turadi. 

Bu kabi yuz shakli bilan boshning yuqori qismiga ko’proq e’tibor qaratish kerak. Shu sababli sizga hajmdor turmaklar va yon tomonga tushirilgan qalin hamda uzun gajak tavsiya etiladi. 

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations