Zamonaviy oshxona gadjetlari: top – 10!
Zamonaviy dunyodagi texnologiyalar mislsiz tezlik bilan rivojlanib ketayotganidan, xabaringiz bor, albatta. Butun dunyoda olimlar doimo yangidan yangi va qiziqarli narsalarni yaratib kelyapti.

Ammo biz bugun biz ilm olamining hamma yangiliklari to’g’risida gaplashmaymiz. Ushbu maqolada siz uchun oshxonada ishlatiladigan eng qiziqarli va zo’r gadjetlarni saralab olishga harakat qildik. Ular sizga nafaqat uyda, balki yo’lda yoki sayohat paytida ham asqotadi. Shunday qilib, bu har bir kishiga yoqtadigan 10 ta oshxona gadjetlari.

Temperature controlled butter dish

Temperature controlled butter dish

Ishonchimiz komil, barchangiz hech bo’lmaganda bir marta shunday holatga duchkelgan sizki, saryog’li mazali buterbrod qilib tanovul qilishni istagan paytingizda, siz saryog’ni sovutgichdan olgansiz-u, nonga surtmoqchi bo’lgan paytingizda u surtilmay o’zini go’yo kattiq pishloqday tutgan. Shu o’rindasizga bir yog’ idishini tanishtirmoqchimiz. U o’z egasining ihtiyoriga qarab, sanoqli soniyalarda qotib qolgan yog’ni yumshatib uni bemalol nonga surtish darajasiga olib keladi. Elektr yordamidagi isitgichli aynan shunday yog’ idishini bir necha yil avval britaniyalik bir kompaniya ishlab chiqara boshlagan. 

Noan’anaviy moslama tashqi haroratni nazorat qilish tizimi bilan jihozlangan, elektr tok manbaiga ulanadi va yog’ni kechayu kunduz iliq saqlay oladi. Bunda yog’ning yumshoqligiga ta’sir etuvchi haroratni foydalanuvchining o’zi tanlab oladi. Bu yerda faqat bir noo’rin joyi bor, bunday moslamani faqat oila a’zolaringiz ushbu mahsulotni sevib iste’mol qiluvchilari bo’lsagina harid qilganingiz ma’qul, chunki iliq holatda uzoq vaqt saqlangan saryog’ tez buziladi. Bu kamchiligiga qaramay, gadjetning juda katta yaxshi tomoni bor – u vaqtni juda tejaydi, shuning uchun ham o’z egalarining o’rniga nonushta tayyorlab, ularni ishga kech qolishdan xalos etadi.

Grower’s cup

Grower’s cup

Faol sayohat qiluvchi kofe ixlosmandlari biladiki, xatto eng ixcham qahva mashinasini ham har doim o’zi bilan olib yurib bo’lmaydi. Misol uchun, shahardan chetga sayrga chiqish yok uzoq muddatli sayohatga uni olib borib bo’lmaydi. Yoki agar organizm eruvchan qahvani umuman qabul qilmasa-yu, biroq tektiklashtiruvchi ichimlikni talab qilsa qanday qilish kerak? Baxtimizga, hozirgi zamon ishlab chiqaruvchilari bunday narsalarning ham yo’lini izlab topdi. Ulardan biri - taniqli choy paketchalari prinsipi bo’yicha ishlab chiqilgan bir martalik qahva mashinasi. Grower’s cupning sodda va qulayligi deyarli har qanday sharoitda sanoqli soniyalarda tabiiy qahvani tayyorlash imkonini beradi. Faqat qaynoq suv bo’lsa bo’ldi. Ko’chma qahva qaynatgichning tashqi qobig’i ostida yangilgan qahvali o’z paketi bor. Dastlab qaynoq suv aynan shu erga quyiladi va aralashmadan ta’mni olib, maxsus filtr orqali paketning ostki kamerasiga tushadi, shundan keyin tayyor ichimlik qopqoq bilan yopiladigan jo’mrak orqali idishga quyiladi. Hamma narsa juda oddiy.

 

Sinder

Sinder

Kelgusi o’n yil ichida uy anjomlari qanchalar o’zgarishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin, lekin eng oddiy kastryulka, tova yoki qizdiruvchi shkaf o’rnini bosa oladigan navbatdagi oshxona anjomini ta’riflab berishdan osoni yo’q. Ajoyib oshxona anjomi eng keng ishlatiladigan oshxona anjomlarini o’rnini bosa oladigan narsa oshxona anjomi sifatida taqdim etilgan. Ko’p vazifali pech sabzavotlarni maxsus usulda, yog’dan va hatto suvdan foydalanmasdan tayyorlaydi. Shu bilan birga u mahsulotlari kuydirib yubormaydi. Bu moslama taomlarning tayyorlik darajasini kuzatib boruvchi maxsus aqlli datchiklar bilan jihozlangan. Shu bois, pirovardida siz, albatta, og’izda erib ketadigan, mukammal qovurilgan go’sht yoki baliqqa ega bo’lasiz.

Ishlab chiquvchilar pishirish jarayonining uzoqdan turib boshqarish to’g’risida ham unutishmagan. Cinder to’plamida xaridor planshet yoki smartfonga bepul ilovani o’rnatish imkoniyatini qo’lga kiritadi, buning natijasida idishning tayyorligi darajasini va oxir-oqibatda lazzatli ovqatlardan bahramand bo’lish uchun qancha vaqt sarflanishini baholash mumkin.

DROP

DROP

Agar siz u yoki bu taomning tarkibiy narsalarini, yoki unga tuz, shakar, un kabi narsalarni qancha miqdorda qo’shish kerak ekanligini hech esda saqlab qola olmasangiz bu ixtiro aynan siz uchun. Bu maxsus tarozi. U smartfonlar yoki planshetdagi ilova bilan doimiy to’liq aloqada bo’ladi. Ular ekrandagi ko’rsatmalarga ko’ra taom pishirish imkonini beradi va ayni paytda pishirish jarayonini real voqelik bilan bog’laydi. Misol uchun, agar retseptda bir kilogramm un ishlatish kerakligi ko’rsatilgan bo’lsa, sizda esa atigi yarim kilo bo’lsa, bu ma’lumotni ekranda belgilab qo’ysangiz bas - boshqa mahsulotlarning kerakli miqdori darhol qayta hisoblab chiqiladi. Agar kerakli maxsulotlardan birortasi mavjud bo’lmasa, ilova sizga uni nima bilan almashtirish mumkinligini sizga aytib beradi. Bularning barchasi, pishirishning yakuniy natijalari  har doim egalarini mamnun qilish uchun ingredientlarni tarozida tortilgan aniq o’lchash bilan amalga oshiriladi.

 

Soup3RB Heat + Blend

Soup3RB Heat + Blend

Uy jihozlarini imkon qadar ixchamlashtirish uchun har bir qurilmani iloji boricha ko’proqvaziflarni bajaradigan qilib yaratish, ba’zan umuman kutilmagan natijalarga olib keladi. Bu kabi birlashtirishga misol qilib mana bunday o’ziga xos blenderni olsak bo’ladi. U sho’rva uchun masalliqni nafaqat maydalashi, uni xatto pishirib berishi ham mumkin. Soup3RB Heat + Blend egasi moslamaning sovuq rejimidagi klassik vazifalari bilan birga turli harorat va davomiylikka ega kombinatsiyalardan ham foydalanishi mumkin. Aslida isitish vazifasiga ega bo’lgan blender qirilgan yoki oddiy sho’rvani, bundan tashqari, sabzavotli yoki boshkamahalliy tarkibiy qismlardan iborat sousni tayyorlashni to’liq ta’minlashimumkin. Shunda bu mo’jizaning egasiga hech qanday kastryulka, tova yoki boshqa birorta idish kerak bo’lmaydi. Idish mo’ljallangan massaliq xajmiga kelsak - bu sovuq rejimda 1,7 litr, haroratli ishlov berishda esa 1,4 litr suv sig’imiga teng. Xatto qaynatilishini-yu ichidagi narsalarning xajmi kattalashishini hisobga olinganiga qarab shuni aytish mumkinki, bu moslama idish-tovoq yuvishni yoqtirmaydiganlar uchun eng qulay narsa. 

Stirio

Stirio

Doimiy aralashtirib turishni talab qiladigan taomlar juda keng tarqalgan. Ular qatoriga, mannaya kasha, go’sht uchun souslar, pirojnoe kremlari va shunga o’xshash narsalar kiradi. Bu kabi taomlar tayyorlanishida aralashtirish eng ko’p vaqt oluvchi va mas’uliyatli onlardan biridir. Ba’zan kastryulkadan atigi bir necha daqiqaga uzoqlashsangiz, uning ichidagi narsalar tagi olib, pishirilishi uchun sarflangan masalliq uvol bo’lib ketadi. Oshpazlarning ishini yengillashtirish uchun, akkumulyator bilan jihozlangan plastik parrakli aynan mana bu moslama yordam beradi. Uning yordamida suyuq va yarim suyuq taomlarni aralashtirsa bo’ladi.  Stiriodan foydalanish uchun uni shunchaki kastryulkaning qirralariga qatirib qo’yilsa bo’lgani. U qatirilganida parraklari kastryulkaning ichiga kirishi kerak. Keyin qurilmaning ustidagi tugmachani bosish kerak, xolos. Uskunani zerikarli va charchatuvchi qo’l mehnatini to’liq o’zi bajaradi.

BARISIEUR

BARISIEUR

Hozir esa sizni noyob budilnik bilan tanishtiramiz. Bu uyg’otuvchi soat qahva ishqibozlarini bee’tibor qoldirmasligi aniq. Uning barcha afzalliklari egasini beshala hislarni navbatma-navbat faollashtirib uyg’otish tizimida jamlangan. Birinchi navbatda quloq qaynayotgan suv ovozini eshitib uyg’onadi, keyin ko’z qahva tayyorlanishini kuzatadi, keyin yangi tayyorlangan ichimlik ta’mini qabul etuvchi hid bilish hisini faollashtiradi, shundan keyin esa sezish organli, undan keyin va nihoyat, ta’m bilish hislari faollashadi. Hislarning birinchilari tugmachalarni bosish uchun faollashsa, keyingilari bevosita ichimlikdan bahramand bo’lish paytida faollashadi. Buni hammasini ertalab mazza qilib qahva ichish uchun kechki payt moslamaga dasturlab qo’yish mumkin. Xushbo’y ichimlik ham o’z vaqtida, ortiqcha urinish ham yo’q. Umuman aytganda, agar Siz qahvani ixlosmandi bo’lmasangiz ham xafa bo’lmang, chunki bunoodatiy uyg’otuvchi soatni choy tayyorlash uchun ishlatsa ham bo’ladi.

Heatsbox

Heatsbox

Isitish vazifasi bilan  jihozlangan bu noyob lanchboks juda lo’nda va hatto chiroyli metall korpusiga ega. Qurilmaning ixchamgina o’lchamlariga qaramay u anchagina sig’imga ega. Albatta, bir o’tirishda besh barobar ovqat emassiz axir. Agar shunda bo’lsa, siz butun bir ko’chma kastryulka sotib olishingizga to’g’ri keladi. Xullas, Shunday bo’lsa-da, Heatsbox konteynerining sig’imi bir litrdan sal ozrog’ini tashkil qiladi. Ya’ni, uning ichiga sizning sevimli taomlaringiz bemalol sig’adi. Bunday miqdordagi taomni isitish uchun taxminan 15 daqiqa kerak bo’ladi. Shu bilan birga, taomingizning bir tomoni yokio’rtasi sovuq holda qolib ketishidan qo’rqmasdan foydalanishingiz mumkin. Lanchboksning istalgan vaqtda va har qanday sharoitda zaryadlash uchun USB turidagi oddiy shnur hech ishlatilishi taklif etilgan. Darvoqe, Heatsbox ma’lum tugmachaga bosilgan holda o’zini o’zi tozalashi ham mumkin, demak u eng erinchoqlarga ham juda mos kelaveradi.

R2 D2

R2 D2

“Samoviy urushlar” ning xaqiqiy muxlislari mashhur Droid R2 D2 ga juda o’xshash bu ihcham sovutgichni baholab ko’rishi kerak. Shu bilan birga, kichik uy jihozi nafaqat ichimliklarni sovutadi, buyruqqa asosan ularni kerakli joyga yetkazib hamberishi mumkin. Hozirgi paytda ushbu sovutgichga muxandis va dizaynerlar tomonidan ishlov berish davom etib kelinmoqda. Ammo bir narsasi aniq, u R2 D2 Droidning qofiyasi bo’ladi. Yaratuvchilar xatto bu moslamaning ekrandagi prototipining mashhur hushtak chalishni ham unutgani yo’q. R2 D2 bilan pult yoki xaqiqiy djeday kabi ovozli buyruqlar yordamida boshqarish mumkin. Biroq,sovutgich juda katta sig’imga ega bo’lmaydi va atigi o’n nafar tunika ichimlik bankasini sig’dira oladi. Lekin, shu paytda u o’ziga xos ovoz chiqargan paytda bu dastyorning texnik xususiyatlari to’g’risida birov o’ylarmikan, degan shubhamiz bor. Darvoqe, bu yoqimtoy moslamaning yaratuvchilarining sha’ma qilishlaricha juda o’ziga xos shakllar bilan bezagan holda boshqa uy jihozlarini ham ishlab chiqarishlari mumkin ekan. Aynan “Samoviy urushlar”ning muxlislari uchun. Qiziq, Chubakning massaj kursisi yoki “si tri pion” torsherining ko’rinishi qanday bo’lishi mumkin ekan? Nima deb o’ylaysiz? 

Watermelon peeler

Watermelon peeler

Agar katta restoranlar yoki mevani qayta ishlab ulardan maxsulot ishlab chiqaruvchi zavodlarda har qanday mevalardan po’chog’ini qanday archishi to’g’risida qiziqib ko’rgan bo’lsangiz, mana sizlarga javob: birinchi navbatda oldindan yuvilgan tarvuz, apelsin, qovun yoki boshqa meva maxsus qoziqqa o’rnatiladi. Keyin uning ustidagi narsa mevani sal ushlab turib, mexanizm ishga tushadi va egiluvchan qurilmaga o’rnatilgan pichoq, meva qobig’ini etiga tegmagan holda ehtiyotkorlik bilan archishni boshlaydi. Bir necha soniyalardan keyin siz po’choqsiz tarvuzni bemalol bo’lib, dasturxonga uzatishingiz mumkin. Uning ichida urug’lari borligini hisobga lmasak, tabiyat in’om etgan ajoyib shirinlik. Na chora, tarvuz urug’larini bartaraf qiladigan mashina hali ixtiro qilinmagan. Ammo, umidimizni so’ndirmaymiz.

 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations