Zamonaviy Zolushkalar qissasi: oddiygina qizlarning malikaga aylanishi qanday tarzda kechdi?
Har bir inson tarixdan yaxshi biladiki, zodagonlar, xususan qirollik xonadonlari faqatgina o’zi kabi davralardan kelin va kuyov izlaydi. Bu borada muhabbatning ikkinchi darajali tushunchaga aylanib qolishi ham bor gap. Ammo o’z sevgisi uchun kurashgan holatda oddiy qizlarga uylagan shahzodalar va mutlaqo oddiy yigitlarga turmushga chiqqan malikalar ham zamonamizda ko’plab uchramoqda.

Aynan shunday holat afsonaviy Gollivud aktrisasi Greys Kelli bilan ham sodir bo’lgan: o’ta taniqli va go’zal bo’lish bilan birga “Oskar” mukofoti sovrindori ham hisoblangan ushbu sohibjamol zodagonlar oilasidan chiqmagan bo’lsa ham Ren’e III ning rafiqasi va Monako knyaginyasiga aylandi. Bunday holatlar kamdan-kam  bo’lsa-da amalga oshib turadi. Bugun aynan shunday Zolushkalar hayoti haqidagi qissalarni birgalikda ko’rib chiqamiz. Balki muhabbatning haqiqatan ham bor ekanligi va eng katta to’siqlarni ham yengib o’ta olishi bor gapdir? 

Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va aktrisa Megan Markl

Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va aktrisa Megan Markl

Aktrisa Megan Markl tamomila oddiy oilada tavallud topgan: uning onasi yoga bo’yicha mutaxassis, otasi esa televidenie sohasida operator bo’lib ishlagan. Qiz ulg’ayib aktrisa bo’lishni istadi va “Fors majorlar” serialidagi roli orqali juda mashhur bo’lib ketdi.

Megan shahzoda Garri bilan 2016 yilda Londonda, umumiy do’stlar davrasida tanishib qolgan. Ushbu muhabbat qissasi avvaliga sir saqlangan bo’lsa ham 2017 yilning 27 noyabr kuni ularning unashtirilgani rasman e’lon qilindi. To’y esa bir necha kundan keyin, ya’ni 19 may kuni Londonda bo’lib o’tadi. Megan Garri uchun Gollivuddagi ijodidan voz kechdi, Londondagi Kensington saroyiga ko’chib keldi. Aytganday, u Eduard VIII va Uollis Simpson davridan beri Buyuk Britaniya Qirollik oilasi a’zosiga aylangan tarixdagi birinchi amerikalik inson bo’ladi. 

Butan qiroli Djigme Kxesar Namgyal Vangchuk va talaba qiz Djetsun Pema

Butan qiroli Djigme Kxesar Namgyal Vangchuk va talaba qiz Djetsun Pema

Ushbu muhabbat qissasi ko’p yillar avval, go’zal Djetsun 7 yoshlik paytlarida boshlangan. Bo’lg’usi qirol o’sha paytlarda uyg’ayib albatta unga uylanishi haqida hazil ham qilgandi, taqdirni qarangki, ularning kelajaklari aynan shunday bo’lib chiqdi ham. Oradan yillar o’tib, ular takror uchrashib qolishadi. Bu paytda Djigme  qirol darajasiga ko’tarilib bo’lgan, qiz esa endigina Hindistondagi o’qishini tugatib vataniga qaytgandi. Tez orada yoshlar an’anaviy odatlarga muvofiq tarzda katta to’y qildilar, birinchi xonim esa mamlakatning birinchi raqamli go’zaliga ham aylandi-qo’ydi! 

Aytganday, Butanda qirol bir necha marta uylanishi ham mumkin. Ammo Djigme bunday fikrni rad etib, yagona rafiqasiga qattiq ko’ngil bog’laganini va hech qachon uning yoniga kimnidir olib kelib qo’ymasligini aytadi. Bundan tashqari qirol an’analarga zid ravishda omma oldida rafiqasining qo’lidan ushlab yurishni ham odat tusiga kiritgan. 

Top-model Kendra Spirs va musulmon shahzodasi Raxim Aga Xon

Top-model Kendra Spirs va musulmon shahzodasi Raxim Aga Xon

Yelizaveta II tomonidan unvon bilan taqdirlangan Aga Xon oilasi biror mamlakatni boshqarmaydi, ammo ularning qo’l ostida bir necha millionlik bizneslar va musulmonlarning Ismoil-Nizoriylar jamiyati mavjud.

Shahzoda o’zi uchun rafiqa sifatida mashhur moda uylari va jurnallar muqovalari bilan ishlovchi top model Kendra Spirsni tanladi. Kendra suygan yori uchun malika Salva Aga Xon ismini oldi, islom dinini qabul qildi, ammo modellik faoliyatidan butunlay voz kechmadi. U ayrim hollarda fotosessiyalarda haligacha ishtirok etib turadi.  

Shvetsiya qiroli Karl Filipp va teleyulduz Sofiya Xellkvist

Shvetsiya qiroli Karl Filipp va teleyulduz Sofiya Xellkvist

Shahzoda bilan tungi klublarning birida tanishib qolguniga qadar Sofiya ofitsiant, yoga mutaxassisi bo’lib ishlagan va realiti-shoularda ham ishtirok etgan. Bo’lajak turmush o’rtog’i bilan uchrashgan Gana shahriga esa ko’ngilli va bolalar hariya fondi ta’sischisi sifatiga tashrif buyurgan edi.

Albatta, qirollik oilasi Karlning tanlovidan shodlanib ketmadilar, ammo muhabbatga qarshi chiqish ham qo’llaridan kelmadi. Hashamatli to’y marosimiga 400 dan ortiq mehmon yig’ildi. Bugungi kunda juftlik 2 nafar farzandni tarbiyalamoqda.

 

Marokash qiroli Muhammad VI va injener Lalla Salma

Marokash qiroli Muhammad VI va injener Lalla Salma

Bo’lajak malika buvisining qo’lida tarbiya topgan: qizaloqning otasi maktabda o’qituvchi bo’lib ishlar, onasi esa bolalik chog’laridayoq vafot etib ketgandi. Lalla juda yaxshi tarbiya ko’rdi va operatsion tizimlar injeneri sifatida ishlay boshladi. Tez orada esa bo’lg’usi turmush o’rtog’i bilan tanishib qoldi. Malika bugungi kunda Marokashni rasmiy tadbirlar paytida namoyish qiladi va ko’plab safarlar chog’ida qirolning xamrohiga aylanadi. Salma chiroyli liboslar shaydosi, uni mamlakatning o’z uslubiga ega bo’lgan ayoli va sevimli insoni deya tan oladilar.

 

Bankir Maksima Sorregeta va Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr

Bankir Maksima Sorregeta va Niderlandiya qiroli  Villem-Aleksandr

Maksima o’zining to’yiga qadar bank sohasida karyera qilishga kirishgan va buning uddasidan chiqayotgandi. Qiz yirik banklarning birida savdo bo’yicha vitse prezident bo’lib ishlagan.

 

Ammo uning sevgan insoniga turmushga chiqishi ham shov-shuvlarsiz bo’lmadi. Maksimaning otasi argentinalik diktaror Videlaning hukumatidagi qishloq xo’jaligi ministri bo’lgan, shu sababli parlament ularning turmushiga qarshilik bildirgan. Oxir-oqibat muhabbat siyosatdan ham ustun keldi, ammo kelinchakning ota-onasini uning to’y marosimida qatnasha olmadilar.

 

Modelyer menejeri Tatyana Blatnik va Gretsiya hamda Daniya shahzodasi Nikolay

Modelyer menejeri Tatyana Blatnik va Gretsiya hamda Daniya shahzodasi Nikolay

 

Tatyana Venesuelada slavyan muhojirlari oilasida tavallud topgan, AQSH hamda Shveytsariyada tahsil olgan. Qiz uzoq vaqt mobaynida Diana fon Fyurstenbergning modalar uyida ham ishlab, uning ko’rgazmalarini tashkil qilishga ma’sul bo’ldi. Gretsiya shahzodasidan turmush qurish taklifni olgach esa uning hayoti mutlaqo o’zgarib ketdi. To’y marosimi kamtarona binoda o’tkazilgan bo’lsa ham dong’i butun Yevropani qamrab oldi. Tatyana bugungi kunda barcha qirollik oilasi vakilalari kabi hayriya dasturlarida faol ishtirok etib keladi. 

Efiopiya shahzodasi Joel Makonnen va san’atshunos Ariana Ostin

Efiopiya shahzodasi Joel Makonnen va san’atshunos Ariana Ostin

 

Ushbu juftlik 12 yil avval tadbirlarning birida tanishib qolishgan. Joel bir muddat qizdan o’zining aslida kim ekanligini yashirib ham yurdi. Yigit Rimda ulg’aygan bo’lib, uning oilasi Efiopiyada sodir bo’lgan 1974 yilgi inqilobdan keyin surgunda bo’lgan. O’sha paytlarda Joelning katta bobosi bo’lmish oxirgi imperator Xayle Selassie I nimamlakat taxtidan ag’dargan edilar.

Bugungi kunda Joel advokat bo’lib ishlaydi, rafiqasi esa amerikalik san’atshunos mutaxassisdir. Juftlikning to’y marosimi Efiopiya an’analariga ko’ra o’tkazilgan.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations