Ovqatlar retsepti: Ratatuy – Nitsa shahrining sabzavotli taomi
Ratatuy dunyoning eng mashhur sabzavotli taomini tayorlanishi.

Ratatuyni kelib chiqishi Nitsa shahri. Ush bu taom asosan sabzavotlardan: baqlajon, bulg'or qalampiri, pomidor, qovoq hamda tsukinidan tayorlanadi. U asosiy taom yoki gazak sifatida taqdim etilishi mumkin.

Baqlajonlarni yuvib to’rtburchak shaklida to'g’rang. Unga tuz sepib 25 daqiqaga suvini sirqitish uchun elakda qoldiring.

Pomidorlarni arching to’rtga bo’lib, urug’uni olib tashlang. Piyoz, qovoq hamda tsukinini turtburchak shaklida to’g’rang. Katta tovada yog’ni isiting, qovoq va tsukinini 4-6 daqiqa qovuring.

Yog’ini sirqitib boshqa idishga soling. Tovaga 2 osh qoshiq zaytun yog’i quying va bulg’or qalampirlarini 5 daqiqa qovuring. So’ngra ularni boshqa sabzavotlar turgan idishga soling. Baqlajonni yuving va quriting, 3-4 osh qoshiq solingan yog’da qovuring. Ehtiyot bo’ling kuyib ketmasin. 6-8 daqiqadan so’ng baqlajonni qolgan sabzavotlarga qo’shing.

3 osh qoshiq yog’ni tovaga quying va piyoz bilan maydalangan sarimsoqni qizdiring, so’ngra sharob qo’shib uni bug’lanib ketishini kuting. So’ngra pomidor, jambil va 2 osh qoshiq petrushka qo’shing. 8-12 daqiqa past olovda pishiring.So’ngra barcha sabzavotlarni qo’shib past olovda 12 daqiqa davomida pishiring

Sabzavotlar yumshoq bo'lganidan so’ng, olovdan olib ustiga petrushka va 4 osh qoshiq rayhon seping.Taomga tuz, limon suvi hamda qolgan rayhonni seping. Taomni taqdim etish: Taomni issiq yoki sovuq holda, non va makaron bilan taqdim etishingiz mumkin.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations