Oʻzbekiston

2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar

2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar
2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar

2019 yilning 9 yanvar kuni Doston Ubaydullayevning otasi – taniqli sanʼatkor, mashhur doirachi Rustam Ubaydullayev 66 yoshida vafot etdi.

Rustam Ubaydullayev 1952 yilning 2 sentyabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Doira sanʼati ustasi boʻlgan. 

2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar

2019yil 15 mart kuni Oʻzbekiston davlat Yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Dilbar Abdulazizova 68 yoshida vafot etdi. 

2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar

2019 yil 29 mart kuni taniqli rejissyor Damir Salimov 82 yoshida vafot etdi.

Damir Salimov 1937 yilda Samarqandda tavallud topgan.1960 yilda Butunittifoq kinomatografiya institutining rejissyorlik fakultetini tamomlagan. Koʻpgina badiiy filmlar hamda bir necha hujjatli filmlarga rejissyorlik qilgan. “Shum bola”, “Yoʻldosh Oxunboboyev” shular jumlasidan.

2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar

2019 yil 9 may kuni Toʻti Yusupovaning turmush oʻrtogʻi, dublyaj ustasi Mirgʻiyos Soatov 88 yoshida olamdan oʻtdi.

2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar

2019 yil 14 may kuni Oʻzbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi.

Yayra Abdullayeva 1930 yil 14 avgust kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. U koʻp yillar davomida Oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib keldi. 1964 yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvoniga sazovor boʻldi. 1998 yilda “Doʻstlik” nishoni, 2011 yilda esa “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar

2019 yil 16 may kuni Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 72 yoshida vafot etdi.

Asl ismi Tohir Abdumalikovich Habilov, 1946 yil 27dekabr kuni Toshkentda tugʻilgan. 2002 yilda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi unvoni bilan taqdirlangan.

2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar

2019 yil 19 may kuni Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston va Turkmaniston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi.

Ortiq Otajonov 1947 yil 30 yanvar kuni Xorazm viloyatining Bogʻot tumanida tavallud topgan. 1991 yilda Oʻzbekiston, 1993yilda esa Qoraqalpogʻiston hamda Turkmaniston xalq artisti unvonlariga sazovor boʻldi. 

2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar

2019 yil 12 iyun kuni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, aktrisa Gulbahor Yoʻldosheva 60 yoshida vafot etdi.

Gulbahor Yoʻldosheva 1958 yilda tugʻilgan, 2012 yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan edi. 

2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar

2019 yil 19 noyabr kuni aktrisa Gavhar Sharipova 39 yoshida vafot etdi.

Gavhar Sharipova 1980 yil Navoiy shahrida tugʻilgan. 2001 yilda Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat oliygohining drama-teatr va kino aktyorligi yoʻnalishini tamomlagan.  

2019 yilda vafot etgan oʻzbekitonlik mashhurlar

2019 yil 5 dekabr kuni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tohir Miraliyev vafot etdi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar