26 nafar bir paytlar omadsiz boʻlgan omadli shaxslar

Uinston Churchill
Cherchil oltinchi sinfdan yettinchi sinfga oʻtkazilmagan. U yillar davomida oʻzi urinib koʻrgan siyosiy lavozimga erisha olmagan. Keyinchalik 62-yilda Britaniya Bosh vaziri boʻldi.
Tomas Edison
Edisonning oʻqituvchilari unga biror narsa oʻrganish uchun juda ham aqmoq ekanligini aytishdi. Bundan tashqari, u ishlaydigan lampochka versiyasini olishdan oldin 1000 omadsiz versiyasini yaratgan.

Harland David Sanders
Sanders KFC, tovuqlarini hech kimga sotolmadi. U1000 dan ziyod restoranlardan rad javobini olgan. Lekin keyinchalik bir restaran rozi boʻlgan va bugungi kunda dunyodagi KFC belgisida mavjud oshpazda oʻzining surati aks etgan.

R.H. Meysi
Nyu –Yorkdagi doʻkondan tortib Meysida butun boshli bizneslarning omadsiz yakunlari juda koʻp edi. Biroq u toʻxtamadi va bugungi kundagi eng yirik univermaglardan biri Macy’s ni tashkil qildi.
Steven Spilberg
Stiven Spilbergni uch marta ketma-ket oʻzi istagan Janubiy Kaliforniya Universitetiga qabul qilishmagan. U boshqa bir joyda taʼlim olishga qaror qildi, keyin esa oʻqishni tark etib rejisorlikni boshlagan.

Charli Chaplin
Charli Chaplinning chiqishlari menedjerlar tomonidan iliq kutib olinmadi: ular ushbu chiqishni odamlar tushunishlari uchun juda ham chigal deya baholashdi. Lekin ular baribir ham sinab koʻrdilar va Charli Chaplin Amerikaning birinchi raqamli kino yulduziga aylandi.
Merlin Monro
Columbia Pictures kompaniyasi bilan Merlin Monroning birinchi shartnomasini bekor qilingan: prodyuserlar Monroni aktrisa boʻlish uchun yetarli darajada chiroyli va iqtidorli emas deyishgan. Merlin Monro rollarida izlanishda davom etgan va Gollivudning eng yorqin yulduziga aylangan.

Soichiro Honda
Toyota kompaniyasiga muhandis sifatida ishga joylasha olmadi va Honda ishsiz qoldi. Ammo keyin u mototsikllarni toʻplashga kirishdi, oʻz biznesini ochib, milliarderga aylandi.
Vera Vong
U AQSh Olimpiya terma jamoasiga figurali uchish boʻyicha kira olmagan. Shundan soʻng u Vogue Jurnalida muharrir boʻlib ishladi. Lekin u bosh muharrir boʻla olmadi. 40 yoshida Vera Vong toʻy liboslari dizayneriga aylandi va bugungi kunda u ushbu sohaning eng yetakchi dizaynerlaridan biridir.

Walt Disney
Gazetaning muharriri Disneyni ishdan boʻshatdi, chunki u "hayol va tasavvurdan mahrum edi". U bir nechta kompaniyalarni yaratdi, ammo ularning barchasi magʻlub boʻldi. Ammo keyin Disney "Oppogʻoy" multfilmini oldi va bugungi kunda bolalarning aksariyati ushbu multfilmni sevib tomosha qilib ulgʻaymoqdalar.

Albert Eynshteyn
Enshteyn gapirishni toʻrt yoshidan , yozishni esa yetti yoshidan boshlagan. Oʻqituvchilar uni "ezma" va "aqliy rivojlanmagan" deb atashgan. Ammo Eynshteyn oʻzining fizika boʻyicha Nobel mukofotini tasdiqlaydigan maxsus fikrga ega edi.
Charlz Darvin
Darvinni aqlsiz talaba deya hisoblashgan. Darvin tibbiy martabasidan voz kechib, diniy maktabda oʻqishni boshlaydi. Ammo tabiatni oʻrganish orqali Darvin oʻzini topdi.

Isaak Nyuton
Sir Isaak Nyuton oilaviy fermani boshqarishga tayinlangan boʻlsa-da, u qattiq ishdan qochib qutulavergan. Keyinchalik Kembrij universitetiga yuborildi va u fizikga aylandi.
Dik Cheyni
Cheyni Yel universitetidan ikki marta haydalgan. Jorj Bush bir paytlar hazilida : "Endi biz bilamizki: Yelni tugatsangiz, siz prezident boʻlasiz. Agar siz oʻqishni tugatolmasangiz, u holda vitse-prezident boʻlasiz. " degan edi.

Jerri Seinfeld
Seinfeld birinchi sahnada paydo boʻlganida, xaloyiq uni yaxshi kutib olmadi. Keyinchalik mashhur komediyachi boʻldi va eng sevimli televizor serialidan birini suratga oldi.
Fred Aster
Fred Asterning birinchi kino filmlari natijalariga koʻra, “sudyalar” yozgan: "U oʻynashni bilmaydi, qoʻshiq ham aytolmayapti. Juda kam raqsga tushdi”. Aster tarixdagi eng mashhur raqqos boʻldi va amerikalik ayollarning qalbidan joy egalladi.

Sidni Puate
Birinchi ekran sinovidan soʻng Sidni Puatega oʻzi va atrofdagilarni vaqtini behuda sarflamaslikni, undan koʻra idish tovoq yuvishga yoki shunga oʻxshash ishga joylashishini aytishdi. U Oskarni qoʻlga kiritgan va dunyo aktyorlari undan ibrat olishadi.
Opra Uinfri
Opra oʻzining birinchi televizion ishidan boʻshatildi: xoʻjayinlar uning tashqi koʻrinishi ekranda notoʻgʻri deb qaror qilishdi. Ammo u oʻzida kuch yigʻdi ,ishlashni davom ettirdi va televizion tok-shoularning malikasiga aylandi. Shu oʻrinda milliarderga ham.

Lusill Boll
Koʻp yillar davomida Bolli uchinchi darajali aktrisa hisoblanib qoldi, uning agenti unga yana bir narsa qilishni maslahat berdi. U Amerikada uzoq yillar davomida eng mashhur tele koʻrsatuv boʻlib qolgan "Men Lucy-ni sevaman" teleseriali bilan kashfiyot qildi.
Harrison Ford
Fordning birinchi filmidan keyin prodyuserlar unga hech narsaga eisha olmasligini aytishdi. Ammo bugungi kunda Ford dunyo boʻyicha eng “kassabop” aktyorlar roʻyixatining uchinchi oʻrinida turadi.

Vinsent Van Gok
Vaan Gok hayoti mobaynida chizgan asarlaridan faqatgina bittasini sota oldi bu ham boʻlsa doʻstiga. Baʼzan suratlarini (800dan ortiq) chizish uchun och qolishiga ham toʻgʻri kelgan . Bugungi kunda esa uning asarlari bebaho hisoblanadi.
Doktor Syuss
Doktor Syussning birinchi kitobi 27 noshir tomonidan rad etildi. Bugun u bolalar kitoblarining eng mashhur muallifi.

Genri Ford
Genri Fordning birinchi avtomobil kompaniyasi bankrotga uchradi. Ikinchi kompaniyasini esa sherigi bilan janjali tufayli tashlab ketdi, uchinchisi yuqori pogʻonalarga koʻtarila olmadi. Lekin oxir-oqibatda u eng katta amerikalik tadbirkorlardan biri boʻldi.
Jeyms Dayson
Sirli Jeyms Dayson 15 yil davomida changyutkichning ixtirosi ustida ishlagan, 5126 nomaqbul prototipni sinovdan oʻtkazdi va ularga katta mablagʻ sarfladi. Ammo 5127 prototip omadli ishlab chiqildi va bugungi kunda Qoʻshma Shtatlarda changyutgichlarning koʻpchiligi Dayson markasi ostida sotilmoqda.

Stiven King
Avvaliga Kingga oʻzining birinchi romani “Kerri” yoqmagan va uni axlat qutisiga uloqtirgan. Kingning xotini qoʻlyozmani savatdan topib oladi. Bugungi kunga qadar u 49 ta roman, 350 million nusxadagi tiraji boʻlgan romanni yozgan.
J.K. Rowling
Rowling ishsiz, ajrashgan va qizini ijtimoiy yordam orqali voyaga yetkazayotgan edi. Garri Potter kitobini yozmaguniga qadar. Bugungi kunda u xalqlar aro mashxurlikka ega va kitob yozuvchilar ichida milliarderga aylangan ilk odamdir.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



