9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

9 aprel kuni Amir Temurning tavvalud kuni yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi. Biz ham ana shu munosabat bilan sizga buyuk ajdodimiz haqidagi eng sara maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz.
1. Amir Temurning toʻliq ismi - Temur ibn Taragʻay Barlos boʻlgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.
2 Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi.
3. Amir Temur shatranj (shaxmat) oʻyinining ashaddiy ishqibozi boʻlgan.
4. 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. Oʻsha paytlarda Temur qoʻshini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan toʻldirgan.
5. Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urushIroq safarida boʻlib oʻtgan va 7 yil davom etgan. 1402 yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan gʻalaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab boʻladi. Gʻalaba natijasida Kichik Osiyo ham qoʻlga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Frantsiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan.
6. 20 yil davomida Usmonli sultonlari qoʻlga kirita olmagan Smirna qalʼasini Amir Temur 2 hafta ichida ishgʻol etgan.
7. Buyuk imperiya asoschisi koʻplab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Frantsiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yoʻlga qoʻygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan.
8. 1404 yilda Amir Temur 200 000 qoʻshin bilan Xitoyni ishgʻol qilish uchun yoʻlga otlangan.
9. Temurning oʻlimi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga, Goʻri Amir maqbarasiga dafn qilganlar.
10. Ayrim paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.
11. Ayni paytda Shaxrisabz, Samarqand va Toshkent hududlarida Amir Temur haykallari mavjud.
12. Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1996 yilda rasman ochilgan.
13. 1996 yilda "Amir Temur" ordeni taʼsis etilgan.
14. Mashhur Toj Mahal maqbarasi 17 asrda Temur avlodi boʻlmish - Temuriyzoda Shoxjahon tomonidan qurilgan.
15. Temur avlodlaridan yana biri – Bobur esa Hindistonni zabt etib, buyuk imperiyaga asos solgan.

XIV asr oʻrtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxoʻrlari taxt, hokimiyat uchun oʻzaro nizolar kuchayib ketgan edi. 1348 yilga kelib Sharqiy Turkiston yerlarida Moʻgʻliston feodal davlati tashkil topdi, uning xoni etib Chigʻatoy avlodidan Tugʻluq Temur koʻtarildi. Tugʻluq Temur dastlabki davrlardanoq oʻz yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahr yerlariga birnecha harbiy harakatlar uyushtirdi. Mana shunday ichki oʻzaro urushlar avj olib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy inqiroz kuchayib borgan davrda tarix maydoniga moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashda nom chiqargan buyuk sohibqiron, mohir sarkarda Amir Temur kirib keldi. Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida Barlos beklaridan Muhammad Taragʻay oilasida 1336 yil 8 aprelda (hijriy 736 yil 25 shaʼbon seshanba) dunyoga kelgan. Uning otasi Taragʻay bahodir Qashqadaryo vodiysidagi barlos urugʻining boshligʻi boʻlib, Xoja ilgʻor qishlogʻidan edi. Onasi esa Takina Moh begim boʻlgan. Amir Muhammad Taragʻay avvalo komil musulmon va bahodir jangchi boʻlgan. U oʻz zamonasining obroʻli, eʼtiborli, ziyoli oʻziga toʻq shaxslaridan boʻlgani uchun Temur yoshligida oilasida yaxshi taʼlim va tarbiya koʻrgan.
Amir Temur 12 yoshidan boshlab bolalarga xos boʻlgan ermak oʻyinlardan voz kechib, sipohiylikka oid oʻyinlar bilan shugʻullandi. Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor qilish sanʼatini mohirona egallaydi va 20 yoshida esa abjir chavandoz boʻlib yetishadi. Endi u oʻz tengqurlarini guruhlarga boʻlib, jang mashqlarini oʻtkaza boshlaydi. Amir Temurning amakisi hoji Barlos Kesh shahrining hokimi edi. Temur yoshligidanoq harbiy mahoratga ega shaxs boʻlib, u oʻz atrofiga barlos urugʻidan chiqqan yosh jangchilarni toʻplagan edi. 1360-1361 yillarda Tugʻluq Temur hech qanday qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Vatanparvarlik milliy gʻurur va iftixor hissiyoti kuchli boʻlgan yosh Temur esa amakisi hokimlik qilib turgan yerlarini dushman qoʻliga bermaslik uchun Tugʻluq Temur xizmatiga kiradi va tez orada uning ishonchini oqlab, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi.
Amir Temurning bu ishi Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik oʻzaro kurashlar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-birtoʻgʻri yoʻl edi. Chunki Movarounnahr amirlarining Tugʻluq Temurga qarshi bosh koʻtarib chiqishi mugʻul bosqinchilarining Movarounnahr yerlarini yana bir bor vayron etishiga olib kelishi muqarrar edi. Tugʻluq Temur 1361 yilda Movarounnahr yerlarini boshqarishni tajribasiz oʻgʻli Ilyosxoʻjaga topshiradi. Lekin Temur Ilyosxoʻjaga xizmat qilishdan bosh tortib, oʻsha vaqtda Balx hokimi boʻlib turgan Amir Qozogʻonning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. Temur oʻz hokimiyatini mustahkamlash maqsadida moʻgʻullarga qarshi kurash boshlaydi. Mahalliy hokimiyat uchun boʻlgan janglarning birida, aniqrogʻi Seyistonda turkmanlarga qarshi boʻlgan janglarda oʻng qoʻli va oʻng oyogʻidan yaralanib bir umrga oqsoq boʻlib qoladi.

1363 yilda Tugʻluq Temurning vafoti Movarounnahr uchun boʻlgan kurashlarni kuchaytirib yuboradi. Lekin moʻgʻul bosqinchilari osonlikcha Movarounnahr yerlarini bermasliklari maʼlum edi. Shu munosabat bilan Amir Temur va Tugʻluq Temur vafotidan soʻng Movarounnahrdan haydalgan Amir Husaynning birlashgan qoʻshinlari 1365 yilda Ilyosxoʻja qoʻshinlariga qarshi ittifoqlikda kurash boshlaydilar. Toshkent va Chinoz oraligʻida boʻlgan mashhur «loy jangi» ittifoqchilar oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli magʻlubiyat bilan tugaydi.
Ushbu voqealardan soʻng Amir Husayn va Amir Temur oʻrtasida dastlabki ixtilof boshlanadi. «Loy jangi»da gʻalabaga erishgan Ilyosxoʻja uchun Movarounnahrga keng yoʻl ochilgan edi.
U katta qoʻshinlar bilan Samarqandga yurish boshlaydi. Bu paytda Samarqanddagi Mavlonzoda va Abu Bakr boshliq sarbadorlar Ilyosxoʻjaga qarshi chiqadilar. Mahalliy aholining vatanparvarlik namunalarini koʻrsatib qarshilik qilganliklari tufayli Samarqandni bir oz qamal qilib turgan moʻgʻul qoʻshinlari Movarounnahrni butunlay tark etishga majbur boʻladilar.
Movarounnahrda moʻgʻullar ustidan qozonilgan gʻalaba haqida xabar eshitgach, Amir Temur va Amir Husayn Movarounnahrga yoʻl olib Samarqand yaqinidagi Konigil degan joyda sarbadorlarning rahbarlari bilan uchrashadilar. Bu uchrashuvda oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqib, sarbadorlarning rahbarlari hiyla yoʻli bilan oʻldiriladi. Movarounnahrda Samarqand taxtini Amir Husayn egallab, uning hukmronligi tiklanadi. Shu vaqtdan boshlab Amir Husayn va Amir Temur oʻrtasidagi munosabatlar yanada keskinlashib ketadi.
Bu vaqtga kelib butun Movarounnahr yerlarida oʻzaro urushlardan soʻng ijtimoiy-iqtisodiy ahvol ogʻirlashib ketgan edi. Mana shunday bir vaqtda, mamlakatda oʻzaro urushlarga barham beradigan markazlashgan davlat tizimini barpo etish nihoyatda zarur edi. Buni birinchi boʻlib anglagan Amir Temur Amir Husaynga qarshi zimdan kurash olib borib 1370 yilda Movarounnahr taxtini egallashga muvaffaq boʻladi.

Vatan haqida qaygʻurish, Vatan mustaqilligini tiklash haqidagi fikrlar shu yillar yuzaga chiqib, Amir Temur Balx shahrida chaqirilgan qurultoyda Movarounnahrning amiri deb eʼlon qilinadi. Biroq mamlakatda ahvol ogʻir edi. Movarounnahr hududi hali moʻgʻul istilochilaridan batamom xalos boʻlmagan, qashshoqlikka mahkum etilgan mehnatkash xalq ogʻir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Amir Temur taxtga oʻtirgach, birinchi harakatni mamlakatni moʻgʻul istilochilaridan ozod qilib, mustaqil markazlashgan davlatni barpo qilishga qaratdi. Mamlakatni boshqarishda yangi va mukammal tartib qoidalar joriy qildi. 1370 yildayoq Amir Temur Samarqand shahar devorini qurdirishga
kirishadi. Shuningdek, qoʻrgʻon va saroylar binoqildiradi. Bu qurilishlar moʻgʻullar istilosidan 150 yil keyingi birinchi qurilishlar edi.
Amir Temur Oʻrta Osiyoda markazlashgan davlat tashkil qilishda, maʼrifat ishlarini rivojlantirishda katta rol oʻynadi.
Temur oʻz tasarrufida markazlashgan davlatni yuzaga keltirish maqsadida Kesh shahridan Samarqandga koʻchib oʻtib, uni Movarounnahrning poytaxtiga aylantiradi. Sohibqiron aniq, muloxazalari bilan xalqni zulmdan ozod qilish va uzoq yillik boshboshdoqlik hukmron boʻlgan yerda markazlashgan davlat tuzish mushkulligini sezganligi sababli dastlab mamlakatni tashqi xavfdan saqlash maqsadida asosini barlos urugʻlari tashkil etgan yengilmas va jangovor milliy qoʻshin toʻzadi, ularga katta imtiyozlar beradi.
Temur davlat boshqaruvida, ichki va tashqi siyosatda asosan oʻz qoʻshinlariga suyanganligi sababli harbiy islohotga, yaʼni qoʻshin boshliqlarini tanlash, lashkar qismlar, ularning joylashishi, askarlarning qurollanishi va harbiy intizom masalalariga keng eʼtibor bergan. U qoʻshinlarini oʻnlik, yuzlik, minglik kabi askariy birikmalarga boʻlgan. Uning uchun har bir askar jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblagan. Amir Temur lashkarlarga ham katta eʼtibor berib, ular nizomni qatʼiy bajarishi, jangda ayovsiz va dovyurak boʻlishi, dushmanga yumshoq muomalali va adolatli boʻlishi lozim deb hisoblardi. Ibn Arabshohning yozishicha, Temur askarlari ichida taqvodor, saxovatli, xudojoʻy kishilar koʻp boʻlgan. Ular bechoralarga xayru ehson koʻrsatish, boshgaogʻir kunlar tushganda yordam qoʻlini choʻzish, asirlarga yumshoq muomalada boʻlish va ularni ozod etishga odatlanganlar. Amir Temur doim jangda jasorat koʻrsatgan amirlar va askarlarga alohida eʼtibor bilan qaradi.

Natijada Sohibqiron uyushqoqlik hukm surgan yuz minglik qoʻshinlari ichida intizomni mustahkamlash bilan oʻz davlatining poydevori boʻlgan qoʻshin tuzishga muvaffaq boʻldi.
Temur Movarounnahr taxtini egallagan vaqtdan boshlab, oʻz davlati chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Shu maqsadda u Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi yerlarni oʻz tasarrufiga oladi. Xorazmga besh marotaba yurish qilib, 1388 yilda unibutunlay boʻysundiradi, bu yerda hukmronlik qilayotgan sufiylar sulolasini tugatadi. Temur oʻzining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1398), yetti yillik (1399-1405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni oʻz tasarrufiga oladi. 1394-1395 yillarda OltinOʻrda xoni Toʻxtamishga qarshi yurish qilib, uning koʻp sonli qoʻshinini magʻlubiyatga uchratadi va Oltin Oʻrda hududini egallaydi.Temurning bu gʻalabasi Oltin Oʻrdaga juda katta zarba berish bilan birga Temur qoʻshinlarining Volga daryosi boʻylarida bemalol yurishlariga ham keng yoʻl ochdi. Taʼkidlash joizki, Temurning bu gʻalabalari tarix sahnasida ulkan ahamiyat kasb etdi.
AmirTemur 1398 yilda Hindistonga qilgan yurishida Dehli shahrini, 1400 yilda Suriyaga qilgan yurishida gʻalaba va Bayrut shaharlarini, 1401 yilda Damashq shahrini egallaydi. 1402 yilda usmoniylar imperiyasining sultoni Yildirim Boyazidga qarshi yurishida uni magʻlubiyatga uchratdi. Bu gʻalaba bilan Temur Yevropaning usmoniylar asoratiga tushishini bir necha oʻnyillar orqaga surib yubordi.
Temur 1404 yilda Kichik Osiyodan Samarqandga keladi va Xitoyga yurish uchun harbiy taraddud koʻradi. Shubhasiz, Temur bu yurish uchun oʻzoq yillar tayyorlanib, jang uchun kerakli boʻlgan maʼlumotlarni yillar davomida toʻplagan edi. 1404 yilda Temur 200 minglik qoʻshin bilan Xitoy safariga otlandi. Ammo Temurning qattiq betobligi tufayli uning qoʻshinlari 1405 yilning yanvar oyida Xitoyga yaqin boʻlgan chegara shahar Oʻtror shahrida toʻxtaydilar va shu yerda 1405 yilning 18 fevralida buyuk sohibqiron Amir Temur vafot etadi. Vafotidan oldin oʻgʻillariga shunday vasiyat qiladi:
“Oʻgʻillarim! Millatning ulugʻ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi oʻqing, aslo unutmang va tadbiq eting. Millatning dardiga darmon boʻlmoq vazifangizdir. Zaiflarni koʻring, yoʻqsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va Ozodlik dasturingiz, rahbaringiz boʻlsun. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning ilkularini koʻrsatdim. Bularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas...”

Saroy Mulk xonim Chigʻatoy ulusiga mansub boʻlgan moʻgʻul xonlaridan Qozonxonning qizi boʻlib, 1341 yilda tugʻilgan edi. Saroy Mulk xonim balogʻatga yetgach, 1355 yilda amir Husayn oʻz nikohiga kiritadi. 1370 yilda amir Husayn qatl qilingach, Amir Temur nikohiga kiradi. Zotan, sohibqiron Amir Temur mazkur Saroy Mulk xonim tufayli “Kuragon” unvoniga musharraf boʻladi. Kuragoniborasi moʻgʻulcha soʻz boʻlib, “kuyov” degan maʼnoni ifodalar edi. Saroy Mulk xonim xon avlodiga mansub boʻlgani tufayli haramdagi barcha malikalardan ulugʻ hisoblanib, “katta xonim” (Bibixonim) degan unvonga ega boʻldi . Saroy Mulk xonim oʻz zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat sohibasi boʻlgan.
Shuningdek, husn-latofat bobida ham benazir boʻlgan. Amir Temur oʻzining ulugʻ bekasi Saroy Mulk xonimga atab 1399-1404 yillar mobaynida Samarqanddamashhur
Bibixonim masjidini qurdirgan edi. Sohibqiron Amir Temur Saroy Mulk xonimdan farzand koʻrmagan.

Amir Temurning xaramlaridan yana biri Choʻlpon Mulk Ogʻo begim boʻlib, Hojibek moʻgʻillarining qizi edi. U nihoyat darajada goʻzal edi. U sohibqironning 1391 va 1394 yillardagi harbiy yurishlarida birga yurgan. Ibn Arabshoxning taʼkidlashicha, goʻyo vafosizlik qilgani uchun Temur uni oʻzi boʻgʻib oʻldirgan deydi.
Temur xaramlaridan yaʼna biri Dilshod Ogʻo begim boʻlib, Sulton Uvays Shayx Hasan Jazoyiring qizi edi. U 776/1374 yilda Amir Temur nikohiga kiradi va 785/1383 yilda kasal boʻlib oʻladi. Undan farzand bor yoʻqligi noʻmalum.
Sohibqironing suyukli xotinlaridan biri - Tuman Ogʻo begimdir.
TumanOgo begim Saroy Mulk xonimning akasi amir Musoning qizidir. Xonimga jiyan oʻrnidadir. Tuman Ogʻo 1366 yilda tugʻilib, 1378 yilda 12 yoshida Amir Temurga nikoh qilingan. U xusnda tengi yoʻq boʻlgan. Uning sharifaga Samarqandda maxsus Bogʻi bihishitni barpo ettirgan. Temur vafotidan keyin Xalil Sulton 1406 yilda Shayx Nuriddin bilan boʻlgan jangda yengilib, Tuman Ogʻo begimni xotinlikka berishga majbur boʻladi. Shayx Nuriddin vafot etgach uni Xirotga olib keladilar.
AmirTemurning yana bir xotini Tukal xonimdir, Hizr Xoʻjaning qizi edi. 800/1397 yilda sohibqiron Amir Temur Konigulda katta toʻy oʻtkazib, Tukal xonimni oʻz nikohiga kiritadi. Tukal xonim xaramda (xon qizi boʻlganitufayli) Saroy Mulk xonimdan keyingi oʻrinda turgan, yaʼni "kichik xonim" deb atalgan. 1397 yilda sohibqiron Tukal xonim sharafiga Samarqandda "Bogʻi dilkusho"ni barpo ettiradi.
Ibn arabshohning yozishicha, 1408 yilda Xalil Sulton Mirzoning xotini Shod Mulk begim Tukal xonimni zaharlab oʻldirgan. Sohibqironingkeyingi paytlarda olgan xotini Ruh Parvar Ogʻo boʻlib, Amir Temurning xoz kanizlaridan edi. Rux, Parvar Ogʻo ham yosh va goʻzal ayol boʻlgan. Uning sohibqirondan farzandi boʻlmagan.
Amir Temur vafotidan soʻng Ruh, Parvar Ogʻoni Amir Hamza Sulduz xotinlikka olgan. Amir Hamza Sulduz vafotidan keyin Ruh ParvarOgʻoni amir Ali Tarxon oʻz nikohiga oladi. Ali Tarxon vafotidan keyin Ruh, Parvar Ogʻoni amir Hasan Soʻfi oʻz haramiga olgan. Ruh, Parvar Ogʻo 1423 vafot etgan .

Oʻgi Begi Xonim Amir Temurning katta qizidir. Oʻgi Begi Xonimning onasi Turshush Ogʻadir. Shuningdek, Oʻgi Begi Xonimning qaysi yilda tugʻilgani haqida aniq maʼlumot yoʻq.
1382yilda Oʻgi Begi Xonim toʻsatdan ogʻir bedova kasalga uchraydi shu yil oxirida vafot etadi.
Sulton Baxt begim Amir Temurning ikkinchi qizidir. Sulton Baxt begimning onasi sohibqironning ikkinchi xotini Oʻljaoy Turkon Ogʻo begim edi.
U 1366 yildayoq vafot etganligi maʼlum. Sulton Baxtbegimning tugʻilgan yilini 1360-1366yillar orligʻi deb taxmin qilish mumkin.
Muhammad Jahongir Mirzo Amir Temurning katta oʻgʻli boʻlib 1356 yil tugʻilgan, uning onasiTurmish Ogʻodir. 1373 yil yilda Jahongir Mirzo Xorazm shohi Husayn Soʻfining qizi Sevinch bekani oʻz nikohiga oladi.
1374 yilJahongir Mirzo Ilyos Yasuriyning qizi Baxt Mulk Ogʻoga uylanadi. Undan tugʻilgan oʻgʻilga Pir Muhammad Mirzodeb ism qoʻyishadi. Ammo u 1376 yil 20yoshida kasal boʻlib oʻladi.
Muhammad Sulton Mirzo Jahongir Mirzoning katta oʻgʻli. U 1376 yil Yusuf Soʻfining qizi Xonzodaga uylanadi. AmirTemur taxt vorisi deb bilgan uni. 1399 yil Temur jangga ketayotib Samarqand taxtini Muhammad Sulton Mirzo ishonib topshirib ketadi. Muhammad SultonMirzo bilan amakivachchasi Iskandar Mirzo bilan oʻrtasida kelishmovchilik tufayli amakivachchasini qatl qildiradi.
1402 yilda Boyazid Yildirimga yurishda Temur farmoniga muvofiq ishtirok etadi va qishda qattiq kasal boʻlib oʻladi va uning jasadi Oqsharga joʻnatiladi.
Pir Muhammad Mirzo Jahongir Mirzoning 2 oʻgʻli boʻlib Baxt Mulk Ogʻoning oʻgʻlidir.1392 yilda bobosi Temur Gʻazna, Qobul, Zobiliston, Qandaxar joylarini topshiradi. U Temurning Hindiston yurishida Qoʻsh qanot boʻlgan.
Bobosi vafotidan keyin Samarqand uchun voris edi, ammo Xalil Sulton taxtni egallab boʻlgan edi. UShoxruh Mirzo bilan bitm toʻzib Xalil Sultonga qarshi kurash uchun bitim toʻzadi. 1406 yilda 2 oʻrtada jang boʻladi va Xalil Sulton gʻolib boʻladi. 1407 yilda Pir Muhammad Mizoning vaziri amir Pir Ali Toz tomonidan boʻgʻib oʻldiriladi.
Pir Muhammad Mirzodan 7 oʻgʻil qoladi. Qaydu Mirzo, Boʻzanjir Mirzo, Holid Mirzo, Saʼd Vaqqos Mirzo, Qaysar Mirzo, Jahongir Mirzo, Sanjar Mirzo.
Muhammad Jahongir Mirzo Sulton Mirzoning katta oʻgʻlidir. Muhammad Jahongir Mirzoning nabirasi va u 1396 yilda tugʻilgan. 1409 yil Xalil Sulton taxtdan tushurilgach taxt Ulugʻbek Mirzoga beriladi vaunga Hisor hokimligi beriladi.
Uumrining oxirigacha Hisorda hukumronlik qiladi va 1433 yil 38 yoshida vafot etadi. Uning Muhammad Sulton Mirzo va Xalil Sulton ismli oʻgʻillari qoladi.
Muhammad Sulton Mirzo 1423 yil tugʻilgan. U otasidan qolgan Hisori Shonmonda hayot kechiradi va 1448 yil vafot etadi. Undan farzand bor yoʻqligi nomaʼlum.
SaʼdVaqqos Mirzo Muhammad Sulton Mirzoning 2 oʻgʻli. Amir Temurning katta oʻgʻli Muhammad Jahongirning nabirasidir. U 803/1400 yilda tugʻilgan. U biron viloyatda hukmdor boʻlmagan.
Yaxyo Mirzo Muhammad Sulton Mirzoning 3 oʻgʻli. U haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. U 1408 yilda 10 yoki 8 yoshida vafot etgan.
Xalil Sulton Mirzo Muhammad Jahongir Mirzoning 2 oʻgʻlidir. Halil Sulton Mirzo ham akasi kabi Hisori Shodmonda hayot kechirib, 1459 yilda vafot etadi. Halil Sulton Mirzodan bir oʻgʻil bir qiz qoladi.
Muhammad Umar Mirzo Xalil Sulton Mirzoning oʻgʻli boʻlib 1442 yilda tugʻilgan va Sulton Boyqaro huzurida mulozamatda boʻlgan.
U bir necha bor Boyqaroga isyon koʻtaradi va bunda Boyqaro isyonni bartaraf etadi. U1471 yil Faroh, qoʻrgʻonini musodara qiladi va Muzaffar boshchiligida qoʻshin joʻnatadi va u ajal sharobini ichib vafot etadi.
Qaydu Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, Temurning oʻgʻli Jahongir Mirzoning nabirasidir. U 1396 yilda tugʻilgan.
Afgʻoniston yerlarini suyilgor tarzida boshqardi hamda otasiga mulozim xizmat qilgan. Unga nisbatan bir necha amirlar isyon koʻtaradi. Maqsad ukasi Sanjar Mirzoni koʻtarish edi. Shu asnoda uoʻz yerlarini mustahkamlab oldi va u yerlariga mustaqil ravishda hukmronlik qilish orzusi tushdi. Elchilik mulozamatlarida Shoxruh Mirzo bilan gapi qochadi va Qaydu Mirzoni ushlab 1417 yilda Xirotda barcha gunohlaridan kechadi va qoldiradi. 1418 yil Qandaxorga qochadi. Shoxruh Mirzo oʻgʻli bilan sipoxlarni joʻnatadi va uni ushlab kelishadi. Shoxruh Mirzo uni Ixtiyoriddin qalʼasida tashlaydi vashu yerda vafot etadi.
Holid Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 2oʻgʻli boʻlib 1399 yil tugʻilgan. U hamShoxruh Mirzo mulozimatida boʻlgan. U 1427 yilda kasal boʻlib oʻlgan.
Qaysar Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 4 chi oʻgʻli boʻlgan. 1401 yilda tugʻilgan. U hech qayerda hukmronlik qilmagan. U ham Shoxruh Mirzo huzurida ishlagan. 1424 yilda vafot etgan.
Boʻzanjar Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 5-oʻgʻli boʻlib, 1402yilda tugʻilgan. U hech qayerda hukmronlik qilmagan. U ham Shoxruh Mirzo huzurida ishlagan. 1422 yilda vafot etgan.
Jahongir Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 6-oʻgʻli boʻlib, 1402 yilda tugʻilgan. U ham hech qayerda hukmronlik qilmagan. U ham Shoxruh Mirzo huzurida ishlagan. 1433 yilda vafot etgan.
Sanjar Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 7-oʻgʻli boʻlib, 1403 yilda tugʻilgan. U akasi Qaydu Mirzo saroyida mulozamatda boʻlgan. U isyoni kechirilib, Shoxruh Mirzo oʻz huzurida olib qoladi. U umrining oxirigacha xoqon mulozamatida boʻlib, 1429yilda Xirotda vafot etadi.

Umar Shayx Mirzo Amir Temurning 2-oʻgʻli boʻlib 1356 yilda tugʻilgan. Umar ShayxMirzoning onasi Toʻlin Ogʻodir. Umar Shayx Mirzo harbiy ishlarga iqtidori yuksak boʻlib, mohir chavandoz va tolmas jangchi boʻlgan. Shu bois boʻlsa kerak, uning jangovarlik faoliyati haqida koʻpgina naql va rivoyatlar yozib qoldirilgan.
1370 yilda sohibqiron Amir Temurning Husayn ibn Musallabga qarshi olib borgan jangida 15 yoshli Umar Shayx Mirzo alohida jangovarliknamunasini koʻrsatgan. Shuningdek, u Fargʻonada moʻgʻullarga qarshi koʻpgina janglarda ishtirok etadi. U oʻzining mardligi bilan sohibqiron qoʻshinida ustuvor sarkarda boʻlgan.
Umar Shayx Mirzo Sirjon qalʼasini muhosara qilish ishini amir Idigu barlosga topshirib, oʻzi Sherozga keladi. Sherozda ishonchli kishilardan amir Sanjaq huzuriga kelib, uni fors mamlakatlarini zabt qilish ishiga mutassadi qilib, soʻngra otasi sohibqironning huzuriga joʻnaydi. Umar Shayx Mirzo Kurdistondan oʻtib borayotganda, yoʻlchekkasidagi Harmotu qalʼasiga koʻzi tushadi. Qalʼani yaqinroqdan tomosha qilish niyatida bir tepalikka chiqib, qalʼa tomon nazar tashlaydi. Shu payt qalʼa ichidan otilgannogahoniy oʻq Mirzoning qulogʻi tagidagikoʻk tomiriga kelib tegadi va Umar Shayx Mirzo shu zahoti jon beradi.
Umar Shayx Mirzo jasadini avval Sherozga muvaqqad dafn qiladilar. Keyinchalik marhum Umar Shayx Mirzoning xotinlari Sevinch Qutlugʻ Ogʻo begim, Beka Mulk Ogʻo begim va Mulkat Ogʻo begimlar hamda hali voyaga yetmagan (sagʻir) oʻgʻli Iskandar Mirzolar jasadni Sherozdan Keshga (Shahrisabz) olib keladilar va temuriylar xonadoni uchun maxsus qurilgan daxmaga dafn qiladilar.
Marhum Umar Shayx Mirzodan olti oʻgʻil qoladi. Ularning kattasi Pir Muhammad Mirzo 16 yoshda edi. Undan keyingilari Rustam Mirzo, Iskandar Mirzo, Ahmad Mirzo, Saidi Ahmad Mirzo va Boyqaro Mirzolar edi. Amir Temur Fors mamlakatining hukmdorligini 16 yoshli Pir Muhammad Mirzoga topshiradi.
Pir Muhamad Mirzo Umar Shayx Mirzoning katta oʻgʻli boʻlib, 1379 yilda tugʻilgan. Otasi vafotidan soʻng fors xukmronligi unga topshiriladi. Sherozga xukmronlik qila boshlaydi.
1400 yilda Amir Temur Pir Muhamad Mirzoni harbiy yurishlariga chaqiradi. Pir Muhamad Mirzooʻzini kasallika solib bormaganligi sababli uni hokimlik vazifasidan chetlashtiradi. Faqat 1403 yilda Pir Muhamad Mirzoga Sherozni qaytarib beradi. UkasiIskandar Mirzo bilan Umar Mirzo qarshi urush olib boradilar va sulx asosida qutulib qoladilar.
PirMuhamad Mirzo ukasi Iskandar Mirzoga Yazd viloyatini beradi. 1409 yilda Pir Muhamad Mirzo Xuziston mamlakatini zabt etadi.
PirMuhamad Mirzo Sheroziyni Xoja Husayn Sharbatdor ismli amiri bor edi. Ana shu koʻrnamak amir Xoja Xusayn bir necha yomon odamlar bilan til biriktirib, qorongʻu tunda odil podshohzodaning chodiriga kirib, uni qatl qildiradi. Pir Muhamad Mirzo 31 yoshida halok boʻladi. Undan 2 oʻgʻil qoladi:
Kattasi Umar Shayx Mirzo, kichigi Solih Mirzolardir.
Umar Shayx Mirzo 1398 yilda tugʻilgan edi.
1408yilda Pir Muhamad Mirzo Isfaxon viloyatining hokimligini Umar Shayx Mirzoga inʼom qiladi. Umar Shayx Mirzo1429 yilda 31 yoshida Xurosonda vafot etgan.
SolihMirzo 1406 yilda tugʻilgan. U otasi oʻlimidan soʻng Shoxruh Mirzo saroyida xizmat qilgan. U Alouddavla Mirzo hamda Abdulatif Mirzo oʻrtasida jangda Chechektudagi harbiy qoʻshinga bosh edi. Abdulatif Chechekni magʻlubiyatga uchratgach u Xirotga qochadi va1452 yilda 46 yoshida vafot etadi.
RustamMirzo Umar Shayx Mirzoning 2 oʻgʻlidir. U 1381 yilda tugʻilgan. 1403 yilda Temur unga Isfaxon hukmronligini beradi. Abubakr Mirzoga qarshi kurashdaqoʻshinlari qattiq shikastlanadi.
U oʻzbeklaridan Sayd barlosni fitnasini payqagach uni koʻzini koʻr qilib qalʼada saqlar edi, ammo u uning bir koʻzi koʻrishi tufayli qochib Sheroz qalʼasiga qochadi. Pir Muhammad uni oʻz himoyasigaoladi. Bundan xafa boʻladi va ukasi Iskandar bilan Pir Muhammadga qarshi qoʻshin tortadi. 1410 yilda aka- ukalar oʻrtasida muzokara chiqib jangda magʻlub boʻladi va Qaro Yusuf turkman xuzuriga panoh izlabketadi. 1412 yilda Rustam Mirzo Qaro Yusuf huzuridan qaytib Tabriz orqali
Isfaxonga keladi. Uning amiri Xoja Ahmad kutib oladi. Rustam Mirzo Xoja Ahmadnioʻldirtiradi. Shu voqeadan soʻng isfaxonliklarning Rustam Mirzodan ihlosi qaytadi. Ayni vaqtda IskandarMirzo Isfaxonga qoʻshin tortib kelayotgan edi va Rustam Mirzo yengilishni bilgach Xuroson tomonga ketadi. 1412 yilShoxruh Mirzo yonida panoh topadi. Shu paytda Iskandar Mirzoni tutib Shohruh Mirzo huzuriga keltiradilar. Ukasiga tegishli yerlar Rustam Mirzoga oʻtadi hamda ukasi unga topgshiriladi. Rustam Mirzo uni koʻziga mil torttirib koʻr qiladi.
1415 yilda Boyqaro Mirzoning qoʻshiniga bas kela olmasligini bilib ukasini qatl qildiradi. Boyqaro Mirzo qarshilik befoyda ekanligini bilib Shoxruh Mirzoga bosh egib keladi va uning yerlari Rustam Mirzoga oʻtadi.1424 yil vafot etadi. Undan 2 oʻgʻil qoladi Usmon Ali Mirzo, Sulton Ali Mirzo. .
IskandarMirzo Umar Shayx Mirzoning 3 oʻgʻlidir. U 1384 yilda tugʻilgan. Onasi Mulkat Ogʻo begim edi. 1403 yilda Amir Temur Iskandar Mirzoni Hamadon viloyatiga hokim qilib tayinlagan edi.
1407yilda Pir Muhammad ukasini Iskandar Mirzoni qamoqqa oladi va Yazd viloyatidagi barcha xazinalarni Sherozga keltiradi. Iskandar Mirzoni qoʻloyogʻini bogʻlab, Hirot dorissaltanasiga yuboradi. Biroq, u yoʻlda qochdi va Rustam Mirzo bilan birlashdi. 1409 yilda ularni ikkalasini ham Pir Muhammad magʻlubiyatga uchratadi. U Xuroson sari qochadi.
Keyinchalik Andxoʻy atrofiga keladi va u yerning hokimi Sayyid Ahmad uniAndxoʻydagi ekanligini Shoxruh Mirzoga maktub orqali bildiradi. 1410 yilda akasi Pir Muhammad yoniga qaytadi va akasioʻldirilgandan keyin uning oʻrniga taxtga oʻtirdi. 1411 yilda uKermon viloyatiga karab yoʻl oldi va sulh tuzulib Sherozga qaytadi. 1412 yildaesa Iskandar Mirzo Qum vilotiga qarab yoʻl oladi va shu asnoda magʻlubiyatga uchrab poytaxtni Isfanxonga koʻchiradi.
Iskandar Mirzoning Pir Ali Mirzo degan oʻgʻli boʻlgan. U 1400 yilda tugʻilib, otasining vafotidan keyin 1415 yilda olamdan oʻtadi.
Ahmad Mirzo Umar Shayx Mirzoning 4 oʻgʻlidir. U 1388 yilda tugʻilgan. U 1404 yilda Temurning Xitoyga yurishida oʻng qoʻli boʻlgan. Temur vafotidan keyin u Shohruh Mirzo xizmatida boʻldi. 1409 yilda Hisor viloyatini boʻysuntirish uchun joʻnatadi. Shu yildan eʼtiboran Fargʻona hukmronligini oladi. Urushlardan soʻng u 1416 yil Hirotga qaytib keladi. Uni qamalda ushlaydilar. U Kaʼbatulla ziyoratiga yoʻl oladi va qaytib kelmaydi, 1425 yilda oʻsha yerda vafot etadi.

Saydi Ahmad Mirzo amirzoda Umar Shayx Mirzoning 5oʻgʻlidir. U 1391 yilda tugʻilgan. Otasi vafotidan soʻng Shoxruh, Mirzo mulozamatida boʻlgan. Unga Shibirgʻon viloyatini suyurgʻol qilib bergan. U 1429 yilda vafot etadi. Uning Ahmad Mirzo va Usmon Mirzo degan oʻgʻli boʻlgan.
BoyqaroMirzo Umar Shayx Mirzoning 6 oʻgʻlidir. U 1393 yilda tugʻilgan. Uning onasi Mulkat ogʻo begimdir. Otasi vafot qilganda u endigina 1 yoshda edi. Amir Temur vafotidan soʻng u Shoxruh Mirzo huzurida mulozamatda boʻladi.
1414 yilda Shoxruh Mirzo Hamadon hukumatini, Vuruja va Nehovand qalʼalari hamda butun Luristonni suyurgʻol qilib beradi. U 1415 yilda Sherozga yuradi. Uni amirlar hamda qozilar kutib oladi va darvozani ochib beradilar.
1423 yil uni Samarqandga Ulugʻbek huzuriga joʻnatadilar va Ulugʻbek Mirzo farmoniga koʻra uni qatl qiladilar. Undan 3 oʻgʻil qoladi - Muzaffar Mirzo, Muhammad Mirzo, Gʻiyosinddin Mansur Mirzolardir.

Mironshoh Mirzo Amir Temurning 3 oʻgʻli boʻlib, 1366 yil tugʻilgan. U Temurning Xurosonga yurishlarida 14 yoshidanoq ishtirok etgan. Xarbiy kuchni yaxshi egallagan. 1393 yil Temur Shimoliy Eron, Iroq va Zakavkaziyani Mironshoxga topshiradi.
Abubakr Mirzo 1382 yil Mironshohning moʻgʻul xotinidan tugʻilgan. Temur uni otasini oʻrniga taxtga oʻtqazganda unga tegishli yerlar koʻpayadi. Ukasi unga nisbatan dushmanlik ruhida qaraydi va akasini 1405 yilda Umar Mirzo tomonidan qalʼaga qamatadi va tegishli boylikva xaramlarini oladi.
Keyinchalik Sultoniyani qoʻlga kiritgach Umar Mirzoga tegishli beklar tomonga oʻtadi. 1408 yilda Qora Yusuf bilanboʻlgan jangda yengiladi.
Umar Mirzo Mironshoh Mirzoning 2 oʻgʻlidir. U 1383 yilda tugʻilgan. Xurosonda Shoxruh Mirzo mulozamatida boʻladi.1407 yilda vafot etadi. Xalil Sulton Mirzo Mironshoh Mirzoning 3 oʻgʻlidir. U 1384 yilda tugʻilgan. U yoshligidan Saroy Mulk Xonimni tarbiyasida boʻlgan. U juda shijoatli boʻlgan, bobosining Hindistonga yurishida 15 yoshidan ishtirok etgan. U Temurning1399-1404yilgi 7 yillik urushlarida faol qatnashadi va 1402 yilda Turkiston chegaralarini qoʻmondonligini topshirgan edi. 1405 yilda Temur vafot etgach u oʻzqoʻshinlari bilan Samaqand taxtini egallaydi. U 1411 yil vafot etadi. Undan bir oʻgʻil qoladi.
Iyjal Mirzo Mironshoh Mirzoning 4 oʻgʻlidir. U 1387 yilda tugʻilgan. 1415 yil aprel oyining boshida qandaydir kasalga uchrab, uch kun yotib, 11 aprel 1415 yilda Ray shaharida vafot etadi.
Suyurgʻatmish Mirzo Mironshoh Mirzoning 5 oʻgʻlidir. U 1399 yilda tugʻilgan. U biron viloyatga hukmronlik qilmasdan 1411yil vafot etgan.
Sulton Muhammad Mirzo Mironshox, Mirzoning 6 oʻgʻlidir. Uni qachon tugʻilib va qachon vafot etgani nomaʼlum. U haqida faqatgina Bobur Mirzoning mashhur “Boburnoma” asarida toʻxtaladi. Lekin Shohruh Mirzo hayotlik davrida tuzilgan "Nasabnoma"da Mironshoh Mirzoning Sulton Muhammad Mirzo nomli oʻgʻli boʻlganligi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Unga koʻra undan bir oʻgʻil qolganligi aytib oʻtiladi.

Shohrux Mirzo Amir Temurning toʻrtinchi oʻgʻli boʻlibu 1377 yil tugʻilgan. Uning onasi Tagʻoy Turkon Ogʻodir. U yoshligidan Saroy Mulk Xonim tarbiyasida boʻlgan. U 20 yoshida otasining Falastin yurishida qatnashadi. 1397 yilda unga Xuroson, Seyston va Mozandaron hokimligi topshiriladi.
U yoshligidan shariatga qattiq rioya qilgan. Shuning uchun Temur uni valiaxd qilishni xush koʻrmagan edi. Temur vafotidan keyin taxtga davogar boʻladi va Pir Muhammad bilan sulh tuzib Xalil Sultonga yurish qilgan edi. Pir Muhammad vafotidan soʻng oʻzi kurasha boshlaydi. 1409 yilga kelib Samarqandni oladi va oʻgʻillariga hududlarni boʻlib berib, oʻzi Hirotga qaytadi. Uning davrida mamlakat bir muncha gullaydi va poytaxtni Hirotga koʻchiradi. U koʻpincha davlat ishlarini xotini Gavharshod bilan boshqarar edi.
Ancha qarib qolgandan keyin taxt vorisini tayinlay olmay qoldi, xotiniga esa nabirasi Alouddavla Mirzoni moʻljallagan ekani haqida aytadi. U oʻz ajali bilan 1447 yilda vafot etadi.
Ulugʻbek Mirzo Shoxruh Mirzoning toʻngʻich oʻgʻlidir. U 1394 yilda tugʻilgan. Unga Muhammad Taragʻay deb ism beradilar. Keyinchalik oʻzgarib ketadi.
1398 yilda besh yoshli Ulugʻbekni otasi uni Sharafiddin Ali Yazdiyning tarbiyasiga topshiradi. U yoshligidan kitob oʻqishga qiziqqan.
1404 yil 10 yoshda boʻlganida unga Ogʻo Begimni unashtirish marosimi boʻlib oʻtadi. 1404 yilning kuzida Temur Xitoy yurishida Sayram, Avliyo ota, Ashpardan to Xitoy chegarasigacha Ulugʻbekka inʼom qiladi. Ammo Temur 1405 yilda vafot etadi. 1409 yilda Ulugʻbek Movarounnahr hukmdori boʻlgach otasining ham yurishlarida ishtirok etmay qoʻyadi. 1413 yil Ahmad Mirzo taklifga binoan kelmaganligi uchun Fargʻonaga qoʻshin tortadi va gʻalaba qozonadi.1425 yilda Moʻgʻulistonga qarshi yurish boshlaydi. U bu jangda ham gʻalaba qozondi. 1426 yilda esa Baroq oʻgʻlonga qarshi kurashadi va yengilib Samarqandga qaytadi. 1447 yil vafot etdi.
Ibrohim Mirzo Shohruh Mirzoning 2 oʻgʻlidir. U 1394 yilda tugʻilgan. Uning onasi Toʻti begim edi. Shohruh Mirzo 1409 yilda Xalil Sulton Mirzodan Movarounnahrni tortib olgach, unga Balx viloyati hokimligini topshiradi. U tabiatan muloyim ochiq koʻngil edi. Sharafiddin Ali Yazdiy ham oʻz "Zafarnoma"sini uning huzurida birqancha vaqt yozadi va asarda toʻxtalib oʻtadi.
Ibroxim Mirzo 1435 yil 40 yoshida kasal boʻlib vafot etadi. Undan uch oʻgʻil qoladi. Sulton Abu Isxoq Mirzo, Ismoil Mirzo, Abdullo Mirzolar edi.
Boysungʻur Mirzo Shoxruh Mirzoning 3 oʻgʻlidir. U 1397 yilda tugʻilgan. U tabiatan oʻqimishli odam edi. 1414-1416 yilgacha Mozandaron, Astrobod va Jurjon viloyatlarida hokimlik qiladi.
1416-1420yilgacha Hirotda otasiga vazirlik qiladi. Vazirlik paytida Hirotda kutubxona tashkil qiladi. 1431 yilda otasi unga Astrobod hokimligini topshiradi. Keyingi davrlarda kasalllika chalinib 1433 yilda vafot etadi. Undan uch oʻgʻil qoladi, Alouddavla Mirzo,Abulqosim Bobur Mirzo va Sulton Muhammad Mirzolardir.
Suyurgʻatmish Mirzo Shoxruh Mirzoning 4 oʻgʻlidir. U 1398 yilda tugʻilgan. Onasi Mulkat Ogʻo begimdir. U yoshlik davrini otasining hashamatli saroyida oʻtqazadi. U avval otasi saroyida xizmat qiladi keyinchalik esa 1418 yilda Qobul hukmdorligini oladi.
Biroq 1426 yil u toʻsatdan ogʻrib, vafot etadi. Undan 2 oʻgʻil qoladi, Maʼsud Mirzo va Qorachar Mirzolardir.
Muhammad Juki Mirzo Shohruh Mirzoning 5 oʻgʻlidir. U 1403 yilda Hirotda tugʻilgan. Onasi Gavharshod begim edi. U yoshligidan kasalmand va nimjon boʻlib oʻsdi. 1419 yilda unga Moʻgʻuliston sobiq xoni marhum Shamʼi Jahonning qizi Mehr Nigor Ogʻoni nikoh qiladilar. U Baroq Oʻgʻlonga qarshi yurishida ishtirok etadi.
1433 yilda Shohruh Mirzo oʻgʻli Muhammad Jukiga Garmser va afgʻonlar viloyatini topshiradi. 1443 yilda esa Muhammad Juki Balx viloyatini hokimi etib tayinlanadi. 1445 yilda 45 yoshida vafot etadi. Undan uch oʻgʻil qoladi, Ali Mirzo, Muhammad Qosim Mirzo va Abubakr Mirzolardir.
Amir Temur saltanati tarixiy zarurat edi. Ijtimoiy hayot, xalqlarning hayoti tarzi shunday buyuk bir shaxsning dunyoga kelishini kutar edi. Turon, binobarin, Mavorounnahr, Eron, Ozarbayjon, Xuroson moʻgʻullar oyogʻi ostida ingrar, najot istar edi. Shunday najot farishtasi Temur boʻldi. U tarix sahnasiga chiqib, Turon zaminini moʻgʻullardan tozaladi.
Amir Temur davrida madaniyat, sanʼat, ilm fan gurkirab oʻsdi va rivojlandi. Jahongir qayerga bormasin oʻsha yerdan eng qoʻli gul ustalarni, hunarmand va sanʼatkorlarni, shoiru olimlarni ozor yetkazmay olib keldi, ularni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Uning davrida Samarqand yer yuzining sayqaliga, Buxoro islom dinining quvvatiga aylandi. Turon yurti oʻz madaniy taraqqiyoti bilan jahonning koʻzini qamashtirdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



