Loyning barcha ranglari: qanday qilib hindlar Ganga ilohiy daryosini oʻldirmoqdalar

Milliard hindilar daryoni ilohiy deb hisoblaydi, lekin bu ularga daryoni kundan kunga ifloslantirishga halal bermaydi. Albatta, oʻz hissasini sanoat korxonalari ham qoʻshadilar.
Kalkutta shahri yaqinidagi Gangning quyilish joyoga yaqinlashgan sari suvning shaffofdan loyqa jigar rangga qanday qilib aylanishini kuzatushni taklif qilamiz.

Alaknanda va Bxagiratxi daryolarining qoʻshilish joyi, Gangning irmogʻi. Aynan shu yerdan sayyoramizning suvga toʻlaligi boʻyicha uchini oʻrindagi daryo oʻz boshini oladi. Koʻrib turganingizdek, suv juda ham toza.


Gang hingi mifologiyasid - samoviy daryo boʻlib, u yerga tushgan ekan. Shuning uchun uning qirgʻoqlarida koʻpchilik ruhoniylar diniy marosimlar oʻtkazadilar.

Gangning boshlanish joyi oldida Devaprayyag shahri turadi. U induizmning ziyoratgoh joyi va "ilohiy birlashmalarning" beshtasidan biridir. Surʼatda 19 yoshlik Lokesh Sharma tasvirlangan. U toʻrtinchi avlod ruhoniysi.

Xaridvar shahridagi kechi ibodat. Suv endi u qadar toza emas. Minglab hindilar har kuni daryoga tushadilar. Ular bu narsa ularni gunohlardan forix qilishiga ishonadilar.

Suvga maabudlar haykallarini tushirib oladilar. Baʼzilari nima uchundir shu yerning oʻzida qolib ketadi.

Sanoatlashgan Kanpurda daryo toʻq kul rang tusga kiradi. Va, baribir suvni choʻmilish va qishloq xoʻjaligi ekinlarinu sugʻorish uchun ishlatishadi. Kambagʻallar esa, uni ham ichishadi, ham kir yuvishda ishlatishadi. Gangada choʻmilish dizenteriya, vabo, hamda bu oʻlkalarda bolalar oʻlimining asosiy sabablaridan biri boʻlmish, ogʻir diareya kabi kasalliklar paydo boʻlishiga olib keladi.

Kanpur - bu Hindistonning eng yirik sanoat markazlaridan biridir. Hamda, koʻpchilik ishlab chiqaruvchilar chiqindilarni, xech qanday tozalashlarsiz, Gangaga toʻkib yuboradilar.

Daryo yuzasida qandaydir qizil rangli jirkanch narsa bilan birga uyum koʻpiklar yigʻilib qoladi.


Gangaga oquvchi navbatdagi sanoat oqava zovuri. Hattoki, echkilar ham uni qandaydir qoʻrquv bilan kechib oʻtadilar.

Oqim boʻyicha keyingi shahar - Mirzapur, Uttar-Pradesh shtati. Aholi yashash kvartali kanalizasiyasi toʻgʻridan toʻgʻri daryoga chiqariladi.

Yana bitta oqova zovur toʻppa toʻgʻri daryoga toʻkilish bilan tugaydi.

Maishit axlatni ham daryo qirgʻoqlarida utilizasiya qilishdan xech ham uyalmaydilar.

Oqova zovurning qirgʻoqlarining rangi qoʻshimcha kommentlarga muxtoj emas.

Bu esa, Varanasi. Hindilarning eng izzat qiladigan joylaridan biri. Loyqa suvga bu yerda boshlari bilan tushadilar. U bilan tomoqlarini chayadilar va ichadilar. Shu yerning oʻzginasida kir ham yuvadilar.

Oqim boʻylab yuz metr teparoqda marosimiy kremasiyalar oʻtlazadilar va dafn gulhanining kulini Ganga suvlariga oqqizadilar. Bu yerda daryo Gimalaylardan qachonlardir tushib kelganga xech ham oʻxshamaydi. Endilikda bu yuvindi, ilohiy boʻlsa hamki.

Marosimni amalga oshirishdan avval, marhumning qarindoshlari, uning tanasini bir qancha vaqtga daryoga tushuradilar.

Huddi shu yerga koʻpchilik choʻmilish uchun keladilar.

Ganganing qirgʻogʻi Kalkuttada shunday koʻrinishga ega.

Kalkuttada daryo yaqinda katta gʻisht zavodi joylashgan. Uning hamma oqova sivlar ham daryoga tushadi. Umuman olganda, Ganga basseyni boʻylab yuzaga kelgan 118 ta shaharlarning uchdan ikki qismidan koʻproq oqova suvlari, tozalashlardan oʻtmasdan turib, daryoga tushadi.

Bunday koʻrinishda Ganga, oʻz sayohatining yakuniy nuqtasi, Bengal koʻrfaziga yetib keladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



