Dunyoning zabt etilishi qiyin boʻlgan togʻ choʻqqilari


Everest dunyoning eng baland togʻ choʻqqisi boʻlgani bilan chiqish uchun eng qiyin choʻqqi emas, ammo xavflidir. Ushbu choʻqqiga chiqish tarixi davrida togʻ qiyaliklarida hammasi boʻlib 250 nafar alpinist halok boʻlgan.

Argentina hamda Chili davlatlarining oʻrtasidagi chegara hududida joylashgan Fits Roy togʻi dunyoning chiqish qiyin boʻlgan choʻqqilaridan biri hisoblanadi. Buning sababbi ikki xildir: bir tomondan togʻning judayam tik holi boʻlsa, yana bir tarafdan noqulay ob-havo sharoitidir. Fits-Roy togʻi choʻqqisining ilk bor zabt etilishi 1952 yilning 2 fevral kuni sodir boʻlgan. Oʻshanda Fransiya ekspeditsiyasining aʼzolari Lionel Terra va Gvido Manye togʻning Janubiy-Sharqiy choʻqqisiga qarab yoʻl olganlar va uni zabt etganlar.

Alyaskadagi Mak-Kinli togʻi – AQSH dagi eng baland choʻqqi hisoblanadi va zabt etilishi boʻyicha alpinistlarni oʻziga rom etadi. Biroq bu choʻqqi yangi va tajribasiz alpinistlar uchun xavfli hisoblanadi. Bu choʻqqiga chiqaman deb 100 ga yaqin odam halok boʻlgan.

Uzoqdan durbin orqali qaralganda Matterxorn togʻini dunyoning boshqa togʻlaridan koʻra darrov tanish mumkin. U juda qiya boʻlganligi sababli Alp togʻlarining boshqa choʻqqilariga qaraganda ancha kechroq zabt etilgan: 1857 yilda asosan Italiya tomonidan choʻqqiga chiqish urinishlari muvaffaqiyatsiz tugagan. Va nihoyat 1865 yilda ushbu choʻqqi zabt etilgan. Matterxorn togʻining choʻqqisini zabt etish uchun bir yarim asr vaqt davomida 500 ga yaqin odam halok boʻlgan.

Makalu (suratda: choʻqqisiga quyosh nuri tushib turgan togʻ) kattaligi boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinni egallaydi, Everestdan bor-yoʻgʻi 12 km uzoqlikda Nepal bilan Xitoy oʻrtasidagi hududda joylashgan. Uning choʻqqisining zabt etilishining mushkulligi unga yetib borishning qiyinligida. Bugungi kunda buning uchun vertolyotlardan foydalanilmoqda. Makalu balandligi 8000 metrdan oshgan dunyodagi 14 ta eng baland togʻlardan biridir. Alpinizm sohasida ushbu 14 eng baland togʻ choʻqqilarini zabt etish – “Yer tojini qoʻlga kiritish” deb ataladi. Ayni damda dunyo boʻyicha bor-yoʻgʻi 30 nafar (27 ta erkak va uch ta ayol)alpinist buning uddastidan chiqdi.

Texnik jihatdan qaraganda, Monblan zabt etilishi qiyin boʻlgan choʻqqi hisoblanmaydi. Bu yerga juda koʻp alpinistlar tashrif buyuradilar. Shuning uchun turli baxtsiz hodisalar tufayli bu yerda 8000 ga yaqin alpinist halok boʻlgani uchun, ham bu yer xavfli deb hisoblanadi.

Chogori yoki K2 - balandligi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadigan bu togʻ choʻqqisi zabt etilishi boʻyicha eng murakkabi va hayot uchun juda xavflidir. Chogori togʻiga har bir muvaffaqiyatli chiqishga bitta halok boʻlish hodisasi toʻgʻri keladi. K2 ga ekspeditsiyalar asosan yoz oylarida joʻnaydilar.

Serro-Torre togʻining suratini koʻrib, unga chiqish mushkulligining sababini darrov bilish mumkin. Judayam tik togʻning choʻqqisi sovuq havo sababli qalin muz qatlami bilan qoplanadi. Choʻqqiga ilk muvaffaqiyatli chiqish 1974 yildagina amalga oshdi.

Arnapurna togʻining choʻqqisida hammasi boʻlib 157 odam koʻtarila olgan, 60 nafar alpinist esa choʻqqiga yeta olmay yoʻlda halok boʻlgan. Shularni hisobga olganda, bu togʻdagi oʻlim holati 38% ni tashkil etadi, bu K2 choʻqqisidagi oʻlimlar korsatgichining foizidan ham koʻp. Annapurnaning Janubiy yonbagʻri choʻqqiga koʻtarilishdagi eng xavfli yoʻl hisoblanadi.

Shvetsariyadagi Eyger togʻining choʻqqisi zabt etilishi oʻta qiyin boʻlgan uchun yomon nomga ega boʻlib qolgan. Uning shimoliy tomondagi devori 1650 metr balandlikni tashkil etadi. Ushbu qiyalikning oʻzida 64 nafar alpinist halok boʻlgan. Eygerga ilk bor muvaffaqiyatli chiqish 1854 yilda amalga oshirilgan.

Nepaldagi Himolay togʻlaridagi Jannu choʻqqisi dunyoning eng goʻzal hamda eng zabt etilishi qiyin boʻlgan togʻlardan biridir, u butun dunyo alpinistlarini oʻziga jalb qiladi. Togʻning eng qiyin hududlari 7000 metr balandlikdan keyin boshlanadi.

Logan togʻi – Shimoliy Amerikadagi Mak-Kinli choʻqqisidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi hamda barcha yetti kontinentdagi balandligi boʻyicha ikkinchi darajali togʻlar roʻyxatiga kiradi. Lekin balandligi boʻyicha ikkinchi darajali togʻ boʻlishiga qaramay uning choʻqqisiga koʻtarilish boshqa baland togʻlardan koʻra mushkulroqdir . Aslini olganda togʻ choʻqqisiga koʻtarilish juda ham qiyin emas, biroq ushbu togʻ etagiga yetib borish uchun uzoq yoʻl bosishga toʻgʻri keladi. Qiyinchiligi ana shunda.

Dxalaugiri togʻli massivi 11 ta choʻqqidan iboratdir, ularning balandligi 7-8 km ni tashkil etadi. 1808 yildan 1832 yilgacha Dxalaugiri dunyoning eng baland choʻqqisi hisoblanar edi, biroq alpinistlar 1950 yillarning boshlarida u bilan qiziqishni boshladilar. Hisob boʻyicha sakkizinchi ekspeditsiyagina muvaffaqiyatga erishdi va choʻqqini zabt etdi. Dxalaugiri I dunyoning eng baland choʻqqilari roʻyxatida yettinchi oʻrinni egallaydi hamda Himolay togʻlari qatoridagi baland togʻlardagi halokatlar soni juhatidan yuqori koʻrsatgichga ega. 1950 yildan beri bu togʻda 58 nafar alpinistlar halok boʻldilar.

Gauri Shankar togʻi Melungtse togʻining qoʻshnisidir. Bu togʻga chiqish Tibet emas, Nepal davlati tomonidan amalga oshirilgani uchun bu yerda alpinistlar soni juda koʻp. Melungtse togʻi kabi bu choʻqqiga chiqish ham judayam mushkul.

Siula Grande choʻqqisi Perudagi And togʻlarida joylashganboʻlib, alpinist Jo Simpsonning “Boʻshliqni his qilib” kitobi orqali mashhur boʻlgan. Bu kitobda 1985 yilda Siula Grande choʻqqisini zabt etish uchun hech kim yurmagan marshrutdan yurgan britaniyalik ikki yosh alpinist haqida hikoya qilinadi. Ushbu qiziqarli kitob asosida 2003 yilda hujjatli film ham suratga olingan.

Qoqaqurum togʻli massivida joylashgan uchbu choʻqqini bor yoʻgi uchta ekspeditsiyagina zabt eta olgan. U dunyodagi koʻtarilishi qiyin boʻlgan boʻlgan togʻ choʻqqilaridan biridir: birinchi (1977 yil) va ikikinchi (2001) muvaffaqiyatli koʻtarilishning orasi 24 yilni tashkil etadi. Koʻtarilish qiyinligi hamda halok boʻlgan alpinistlar sonining koʻpligi uchun bu togʻ “odamxoʻr” nomini olgan.

Vinson choʻqqisiga koʻtarilish unchalik qiyin emas, biroq uning Antarktidada joylashganligini hisobga olganda uni zabt etishda anchagina qiyinchiliklarni yengib oʻtish kerak. Antarktidada ushbu togʻ massivining borligi haqida 1957 yilda maʼlum boʻldi. Uni amerikalik samolyot uchuvchilari aniqlaganlar.

Serro-Payne-Grande choʻqqisi Chilidagi Koldilyer-del-Payne togʻli massivida joylashgan. Fits-Roy togʻidagi kabi bu choʻqqiga koʻtarilishga togʻning juda qiyaligi hamda noqulay ob-havo sharoiti halal beradi.

Lxotse choʻqqisi bevosita Everest bilan bogʻliq va balandligi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Bu togʻga 400 marta muvaffaqiyatli hamda 20 ta oʻlim bilan yakunlangan chiqish qilingan. Lxotse togʻiga chiqish aytarli qiyin emas, har holda bir turoperator bitta ekspeditsiya tarkibida ikkala choʻqqini zabt etishni taklif qiladi.

Melungtse togʻining choʻqqisiga yagona muvaffaqiyatli chiqish 1992 yilda qayd etilgan. Bu choʻqqini zabt etishning mushkulligi Tibet hukumati tominidan ruxsatnoma berilishining qiyinligida.

Qoqaqurum togʻli massivida joylashgan ushbu choʻqqi tik qoyalari hamda noqulay ob-havo sharoiti sababli texnik jihatdan zabt etilishi mushkul choʻqqilardan biri hisoblanadi.

Kuyten-Uul choʻqqisi – Tavan-Bogdo-Ula togʻli massivining eng baland nuqtasi boʻlib, Moʻgʻiliston Olatogʻi hamda Janubiy Olatogʻ choqqilarining kesishuv nuqtasida joylashgan. Judayam uzoqda joylashganligi uchun zabtt etilishi qiyin boʻlgan choʻqqilar roʻyxatiga kiritilgan.

Nanga-Parbat togʻiga “odamxoʻr” degan tamgʻa bosilgan. Uni ilk muvaffaqiyatli zabt etish holati 1953 yildagina qayd qilingan. Bu togʻga chiqishning mushkulligi shundan iboratki, chiqish joyi har tomondan tik devorlar bilan oʻralgan. Nanga-Parbat choʻqqisiga qish faslida chiqishning umuman ilojisi yoʻq.

Sent Elias togʻi Yukon hamda Alyaska chegarasida joylashgan. Juda yomon ob-havo sharoiti tufayli alpinistlar tomonidan qiziqish uygʻotmaydi. Okeandan 10 mulyagina uzoqlikda joylashgani uchun Tinch okenining toʻfonli shamollarining taʼsiri bu togʻga yetib keladi.

1852 yilga qadar Kanchenjanga togʻi dunyoning eng baland togʻi hisoblangan. Biroq 1849 yilgi ekspeditsiyadan keyin qilingan hisob-kitoblarga qaraganda Everest eng baland choʻqqi boʻlib, Kanchenjanga ega uchinchi oʻrinda turishi maʼlum boʻldi. Choʻqqilarga koʻtarilishdagi oʻlim holalarining kamayishining butundunyo tendentsiyasi Kanchenjanga togʻiga nisbatan ish bermadi. Oxirgi yillarda bunday sharoitda baxtsiz hodisa tufayli halok boʻlganlarning soni 22 % gacha oshdi va hali kamayishdan daragi yoʻq.
Nepalda bu togʻ haqida afsona bor. Unda aytilishicha, Kanchenjanga togʻ-ayol boʻlib, unga chiqishga harakat qilgan har qanday ayolni halok qiladi. Ushbi togʻ choʻqqisiga chiqib, undan tushishni ham uddalagan ayol Jinet Xarrison uzoq vaqt davomida choʻqqini zabt etgan yagona ayol boʻlinb keldi. Bu ayo 1998 yilda dunyoning eng Bosh choqqisini ham zabt etdi. Biroq bir yarim yildan soʻng Dxaulagiri choqqisiga chiqayotganda halok boʻldi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



