Oʻzining beʼmaniligiga qaramay goʻzallikka erishish yoʻlida yordam beradigan 10 ta gʻalati layfxaklar!

Baʼzan, ozgina topqirlikni namoyon qilish, hamda nafaqat tabiiy oʻzini parvarishlashning vositalaridan foydalanibgina qolmay, balki baʼzi layfxaklardan ham foydalanish kifoya qiladi. Hamda, birinchi qarashdan ular biroz gʻalati boʻlib koʻrinsada, lekin ular haqiqatda ish beradilar. Bizning sharximizda har bir qiz-ayol uchun yanada chiroyliroq boʻlishda yordam beradigan 10 ta goʻzallik layfxaklari.

Juda ham tez-tez shunday boʻlib turadiki, qiz-ayollar sochlarini toʻq rangli boʻyoqqa boʻyaganlarida, peshona yoki quloqlarda boʻyoqning izlari qolib ketadi. Bu izlarni ketkazish juda ham mushkul ishdir. Bu muammoni yechish uchun miselyar suvini yoki makiyajni yechish vositasini qoʻllash kifoya qiladi. Suyuqlikni ozginasini paxtali diskka quyib, terining boʻyoq tekkan qismini u bilan artish kerak boʻladi. Mana boʻldi. Muammo hal boʻldi.

Baʼzan shunday boʻladiki, sochlar uchun sevimli rezinka Invisibobble oʻz tashqi koʻrinishini yoʻqotadi va juda ham qattiq choʻzilib ketadi. Agar yangi soch uchun rezinka xarid qilib olish uchun sharoit yoʻq boʻlsa, lekin sochlaringizni yigʻib olish juda ham zarur boʻlsa, u holda eskirgan rezinkaga avvalgi koʻrinishini qaytarish uchun, uni besh soniyaga qaynoq suvga botirib olish yetarli boʻladi. Shunda u oʻzining avvalgi koʻrinishiga qaytadan kiradi.

Lablarni yanada doʻmboqroq va oʻziga tortadiganroq qilish uchun qalampir yalpizning efir yogʻini qoʻllash kerak. Lablar uchun balzamga (balzamni oldindan tayyorlab qoʻyilgan idishchaga solib olib), bir juft tomchi efir yogʻini tomizishning oʻzi yetarli. Ularni yaxshilab aralartishingiz va lablaringizga surtsangiz bas! Samarasi deyarli, darhol sezilarli boʻladi. Lekin, bunday usul bilan suiisteʼmol qilish kerak emas, axir efir yogʻini miqdorini oshirib yuborish ehtimoli katta.

Ideal strelkalar chizish uchun, skotchning boʻlagini pastki qovoqlarga yopishtirishning oʻzi kerak boʻladi. Bunda faqatgina suyuq surma bilan boyalishi kerak boʻlgan terining oʻzini ochiq qoldirish lozim boʻladi. Boʻldi! Shunday qilib, oʻrtacha surma skotch ustida qoladi. Bu sizga makiyaj qilayotganda vaqtini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.

Agar qoʻlingiz ostida haqiqiy bronzer yoʻq boʻlsa, lekin teringizga chiroyli jiloni tezlik bilan berish lozim boʻlsa, unda bunday kosmetik vositani oʻz qoʻlingiz bilan tayyorlashingiz mutloq realdir. Buning uchun bir osh qoshiq dolchin kukunini bir choy qoshiq kakao va bir choy qoshiq muskat yongʻogʻining kukuni plyus ikki choy qoshiq makkajoʻxori kraxmallarini aralashtirish lozim. Mana boʻldi. Bronzer tayyor. Albatta, bu toʻlaqonli kosmetik vositaning oʻrnini bosa olmaydi, lekin kerakli daqiqalarda sizni qutqarib qola oladi.

Taʼtilga otlanib turib, har doim ham oʻzingiz bilan birga barcha kosmetik vositalarni olib yurish imkoni boʻlavermaydi. Biroq, chiroyli boʻlib yurish istagi doim bor boʻladi. Agar qoʻlingiz ostida yogʻupa boʻlmay qolsa, lekin yonoqlaringizni ajratib turish kerak boʻlsa, unda bunday muammoni lab boʻyogʻi hal qila oladi. Buning uchun pushti yoki shaftoli tusdagi lab boʻyogʻini tanlab olish kerak boʻladi. Avval lab boʻyogʻini kaftingizga surtishingiz lozim, soʻng sponjga, undan keyin yengil harakatlar bilan yonoqlar chizigʻi boʻylab xiralashtirib boʻyab chish mumkin boʻladi.

Agarda lablaringizga yanada sogʻlom koʻrinish berish kerak boʻla-yu, biroq qoʻlingiz ostida lab uchun skrab boʻlmay qolsa, sizga yordamga oddiy tish choʻtkasi keladi. Buning uchun tish yuvush vaqtida choʻtka bilan lablarni biroz uqalash kerak. Hujayralari oʻlik joylari koʻchub tushadi, mentol esa, qon aylanishini yaxwilaydi va lablarga yanada sogʻlom koʻrinish beradi.

Mayonezni faqatgina salatlar uchun ishlatibgina qolmay, balki sochlar uchun kondisioner sifatida ham ishlatish mumkin. Buning uchun mayonezni yogʻ bilan aralashtirib olish lozim va biroz vaqtga sochlarga surtish kerak. Oxirida koʻp miqdorda suv bilan yuvib tashlash kerak. Ammo, bu muolaja uchun faqat uy sharoitida tayyorlangan mayonez ishlatish mumkin. Chunki, boshqa mayonezlarfa tarkibida konsentratlar va kimyoviy moddalar juda koʻp boʻladi.

Chiroyli va goʻzal gajaklar yaratish uchun albatta, sochlarni shikastlaydigan, issiq soch qisqichlari ishlatish kerak emas. Idish yuvish gubkasini qoʻllash kifoya! Buning uchun sochlarni boʻlib olish kerak, soʻng ularni gubka oʻrtasiga aylantirib oʻrab chiqiladi. Soʻng gubkani ikki buklab, rezinka yordamida maxkamlab qoʻyish kerak. Bunday "turmak" bilan bir qancha vaqt yurish lozim. Eng yaxshisi buni uxlashdan avval qilgan. Erta tongdan esa, sochlaringiz juda chiroyli koʻrinishda boʻladi.

Oppoq tabassumga erishish uchun, tishlarni oqartirish muolajasiga murojat qilish shart emas. Aktivlashtirilgan koʻmirdan foydalansa ham boʻladi. Buning uchun bitta tabletka aktivlashtirilgan koʻmirni stakanga solish kerak, bir juft tomchi suv qoʻshib, hammasini bir butun aralashma holiga kelgunicha aralashtirish lozim. Soʻng, aralashmani tish choʻtkasiga surtib, tishlarni odatiy yoʻl bilan tozalash kerak. Biroq, bunday muolajani bir oyda bir-ikki marotaba oʻtkazish mumkin. Aks holda, tishlar sezuvchanligi oshishining havfi bor.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



