Sayohat

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar

Biz oʻz sayyoramiz haqida barcha maʼlumotlarga egadek tuyuladi baʼzida. Biroq, hatto eng taniqli turistik joylarda chindan ham hayratlanarli burchaklarni – tabiat tomonidan yaratilganini ham, inson qoʻli orqali yaratilganini ham koʻrish mumkin. Biz siz uchun, siz balkim hali eshitmagan 17 ta tengi yoʻq joylarni havola etmoqchimiz. Va yana bir juda qiziq bonus sizni maqola oxirida kutmoqda.

17. Puledagi amfiteatr, Xorvatiya

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar

Italiyaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri bu rimlik Kolizeydir. Ammo xorvat shaharchasi Puleda ham bundan qolishmaydigan amfiteatr bor. U daraxtdan qurilgan, va keyinchalik m.a. I asrda qaytadan toshdan qurildi, 23 mingta odamgacha sigʻdirardi va katta korʼrinishlar uchun ishlatilardi. V asrda gladiatorlik janglarini man etishlari bilanoq, bu bino sekin sekin buzila va oʻgʻirlana boshladi. Oʻrta asrlarda arenani qoramollarni boqish joyi, yarmarka va ritsarlik turnirlari oʻtkazish joyiga aylandi, XX asrda esa – harbiy bayramlar, paradlar va teatr koʻrinishlari oʻrkazish joyi edi.

16. Shondong gʻori, Vyetnam

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar

Gʻor 1991 yilda ochilgan, ammo uning oʻrganilishi 2009 yilda boshlandi, tashkillashtirilgan turistlar guruhlariga u yerga kirishni yaqinda ruxsat berishdi. Shondongni- dunyodagi eng katta gʻor deb atashadi – uning uzunligi 9 km dan ortiq, arkalarining balandligi shundoq balandki, u yerda osongina 40 qavatli inshoot sigʻishi mumkin. Gʻor ohakli togʻli yerlar chyqalishi natijasida hosil boʻlgan, endi uning ichida oʻzining daryosi va sharsharasiga ega oʻzining ekotizimi, noyob oʻsimliklar, hayvonlar, stalaktitlar va gʻor marjonlari – yuz yillar davomida qum ustida, suv taʼsirida kalsitdan hosil boʻlgan toshlar mavjud.

15. Reziya koʻlidagi minora, Italiya

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar

Reziya koʻli 1950 yilda ikkita qishloq suv ostida qolishi va gidroelektrostansiya va damba qurish natijasida hosil boʻlgan. Suv havzasi ustida hali XIV asrda qurilgan minora qad koʻtarib turibdi. Koʻldagi suv bosimi oʻzgarishi natijasida soatlik minoraning faqatgina uchini koʻrish mumkin. Qattiq shamollar sababli koʻlda toʻlqinlar paydo boʻlib turadi, va shu uchun bu joy syorferlarga juda yoqadi. Yozda minora atrofida katerda aylanish mumkin, sovuqlar tushishi bilan esa turistlar minoragacha muz ustida yurib yaqinlashishlari mumkin. Bundan tashqari, Afsonaga koʻra, bu yerda hali ham qoʻngʻiroqlar tovushini eshitish mumkin, biroq qoʻngʻiroqlarning oʻzini suv bosishidan oldinroq yechib olishgan.

14. Kallanish Mengirlari, Shotlandiya

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar

Britaniyaning eng koʻp reklama qilingan inshooti bu Stounxendjdir. Lekin Shotlandiyaning Lyuis orolidagi Sirli Kallanishni olimlar megalitik madaniyatning eng yirik haykali deb atashadi. Bu 13 ta haykal va haykal guruhlari vertikal holatda turadi, va xuddi yer ichida oʻsib chiqqan, 5 metrli toshlardek aylanani hosil qiladi. Aylana atrofida kelt krestini eslatadigan shakldagi, uchlari bilan dunyoning toʻrt tomonini koʻrsatuvchi toshlar oʻrnatilgan. Bir fikrga koʻra, mengirlar – bu ulkan oy kalendari, boshqa fikrga asosan esa – bu qadimiy marosimlar maskani.

13. Pon-dʼArk tabiiy koʻprigi, Fransiya

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar

Fransiya shimolidagi juda gavjum shahar koʻchalaridan uzoqda, Pon-dʼArk degan joyda shu nomli tabiiy koʻprik joylashgan. U Ardesh daryosi ustida joylashgan boʻlib, aynan oʻsha daryo qoyali yerda yuz yillar davomida 50 metr balandligi va 60 metr kenglikdagi arkani yuvib-yuvib hosil qildi. Bu yerda hayratlanarli darajada tinch va sokin, yozda kanoeda suzish boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi. Koʻprikdan ozgina oʻtib, haykal joylashgan – yoshi 30 ming yilgacha boʻlgan gʻordagi chizmali Shove qadimiy gʻori.

12. Madain-Salix, Xegra, Saudiya Arabiston

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar

Iordaniya Petrasiga qaraganda, Madain-Salix arxeologik majmuasi unchalik taniqli emas, biroq u yoshi 2000 yilga yaqin boʻlgan Saudiya Arabistonning eng qadimiy yodgorliklaridan biridir. Bu tarixiy shahar-yodgorlik oʻz ichiga qadimiy nabatey shahri Xegradagi 111 ta qoyali qabrlar, minoralar, turar joylar, cherkovlar va gidrotexnik inshootlarini oladi, bu shahar qachonlardir savdo markazi hisoblangan. Barcha qurilmalarni haykallar, barelyeflar va chizmalar bezab turadi.

11. Elton koʻli, Volgograd tumani, Rossiya

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar

Ushbu gʻaroyib va shoʻr hovuzning yuzi – 150km2, va bu uni Yevropadagi eng minerallangan koʻlga aylantiradi. Uning chuqurligi yozda 7-10sm ni va bahorda 1,5 m dan oshmaydi. U kulik va turnalarning muhim migratsiya makoni hisoblanib, turistlarni gʻaroyib tuzli manzaralar va balneologik xususiyatlari bilan maftun etadi. Koʻl joylashgan makon, yaʼni Elton parki, bir necha yuzlab xillardagi oʻsimliklar va hayvonlarning, shu navbatda noyob turkumlarning uyi hisoblanadi.

10. Kafedral darasi, “Purnululu” milliy parki, Avstraliya

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar

YUNESKO ning Umumjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan milliy park “Purnululu” chiziqli, qumli togʻ zaminiga, koʻllariga boy, bu yerning flora va faunasi noyobdir. Uning hududi atrofida koʻp sonli daralar mavjud, va ulardan eng chiroylisi – Kafedral darasi, va u ajoyib akustikali haqiqiy tabiiy amfiteatrni tashkil qiladi.

9. «Orta Labirinti», Ispaniya

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar

“Orta Labirinti” – XVII asrning oxirlarida neoklassik bogʻ sifatida, Barselonada barpo qilingan tarixiy va qadimiy parkdir. Bu joy tirik klumbalar, besedkalar, kanallar bilan jihozlangan, madaniy va jamoaviy bayramlarni oʻtkazish uchun eng ajoyib maskan hisoblanar edi. Bugungi kunda park ichiga kichik sonli odamlar kirishi mumkin.

Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar
Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar
Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar
Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar
Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar
Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar
Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar
Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar
Qiziqarli sayohatlar: Yoʻlboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yoʻq maskanlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar