Ovqatlar retsepti: Ratatuy – Nitsa shahrining sabzavotli taomi

Ratatuyni kelib chiqishi Nitsa shahri. Ush bu taom asosan sabzavotlardan: baqlajon, bulgʻor qalampiri, pomidor, qovoq hamda tsukinidan tayorlanadi. U asosiy taom yoki gazak sifatida taqdim etilishi mumkin.

Baqlajonlarni yuvib toʻrtburchak shaklida toʻgʻrang. Unga tuz sepib 25 daqiqaga suvini sirqitish uchun elakda qoldiring.

Pomidorlarni arching toʻrtga boʻlib, urugʻuni olib tashlang.
Piyoz, qovoq hamda tsukinini turtburchak shaklida toʻgʻrang.
Katta tovada yogʻni isiting, qovoq va tsukinini 4-6 daqiqa qovuring.



Yogʻini sirqitib boshqa idishga soling.
Tovaga 2 osh qoshiq zaytun yogʻi quying va bulgʻor qalampirlarini 5 daqiqa qovuring. Soʻngra ularni boshqa sabzavotlar turgan idishga soling.
Baqlajonni yuving va quriting, 3-4 osh qoshiq solingan yogʻda qovuring. Ehtiyot boʻling kuyib ketmasin. 6-8 daqiqadan soʻng baqlajonni qolgan sabzavotlarga qoʻshing.

3 osh qoshiq yogʻni tovaga quying va piyoz bilan maydalangan sarimsoqni qizdiring, soʻngra sharob qoʻshib uni bugʻlanib ketishini kuting. Soʻngra pomidor, jambil va 2 osh qoshiq petrushka qoʻshing. 8-12 daqiqa past olovda pishiring.Soʻngra barcha sabzavotlarni qoʻshib past olovda 12 daqiqa davomida pishiring


Sabzavotlar yumshoq boʻlganidan soʻng, olovdan olib ustiga petrushka va 4 osh qoshiq rayhon seping.Taomga tuz, limon suvi hamda qolgan rayhonni seping.
Taomni taqdim etish: Taomni issiq yoki sovuq holda, non va makaron bilan taqdim etishingiz mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



