Sport

Qiziqarli maʼlumot: Krishtiano Ronaldoning farzandlari va sevgilisi bilan birga tushgan yangi suratlari

Bu rasmni futbolchi “Oilaviy kayfiyat” deb nomladi va yozib qoʻydi.

Ha, Krishtianoning uch nafar farzandi bor, shu kuzda yana toʻrtinchi farzandining tugʻilishi kutilmoqda. Keling, bu haqda batafsilroq toʻxtalib oʻtamiz.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtiano Ronaldoning farzandlari va sevgilisi bilan birga tushgan yangi suratlari

Yaqin davrga qadar Ronaldoning Instagramida faqatgina bitta farzandining – kichik Krishtianoning suratini koʻrish mumkin edi, xolos. Bu futbolchining toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, uni 2010 yilda surrogat ona dunyoga keltirgan.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtiano Ronaldoning farzandlari va sevgilisi bilan birga tushgan yangi suratlari

Shu yilning mart oyida esa Ronaldo egizaklarning otasi boʻlishi kutilayotganligi maʼlum boʻldi. 8 iyun kuni shu egizaklar tugʻildi – Yeva ismli qizaloq va Mateo ismli oʻgʻil. Bularni ham surrogat ona dunyoga keltirdi.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtiano Ronaldoning farzandlari va sevgilisi bilan birga tushgan yangi suratlari

Bundan tashqari, Ronaldoning oilasida yana bir farzand tugʻilishi kutilmoqda. Yoʻq, bu gal surrogat ona emas. Maʼlum boʻlishicha, Krishtianoning qalligʻi Jorjina Rodrigez homilador, homilaning qiz ekanligi ham maʼlum boʻldi.

Qiziqarli maʼlumot: Krishtiano Ronaldoning farzandlari va sevgilisi bilan birga tushgan yangi suratlari

Futbolchining aytishicha, u bu bilan kifoyalanmoqchi emas. Oʻzining intevyularidan birida Krishtiano yetti nafar farzandning otasi boʻlish niyatida ekanligini maʼlum qilgan. Sport olamining yulduzi raqamlarning sehrli kuchiga ishonishini, yetti raqami uning uchun omadli ekanligini va bu raqam koʻp yillardan beri unga maydonda omad olib kelayotganligini ham aytib oʻtdi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar