Qiziqarli maʼlumotlar: Bu juftlik ishini tashlab sayohatga yoʻl oldi. Endilikda hojatxonalarni naqd pul uchun yuvmoqda

Shanel Karter (Chanel Carter) va Stivo Denbeger (Stevo Dirnberger) lar ishlarini tashlab, dunyo boʻylab sayohatga yoʻl oldilar. Ular shu kabi sarguzashtlarning kulrang realligini yoritib beruvchi How Far From Home nomli blogni olib boradilar. Boshqa doim tabassum qiluvchi va quyoshli blogerlar yashirishni hush koʻradigan reallik.

Shu yilning boshida Janubiy Afrikalik juftlik koʻplab nashrlarning birinchi sahifasiga tushgan edilar. Ular Shanel va Stivo reklamadagi barqaror katta maosh toʻlanadigan ishlaridan voz kechib, sayohat qilishga otlanganliklarini yozishgan edi.


Juftlik oʻz sayohatini How Far From Home blogida hujjatlashtiradilar. Bu blogning asosiy gʻoyasi ular uylaridan qanchalik uzoqqa bora olishlarini bilishdir.

Va albatta, ofisda oʻtirgan barcha uchun bu hayajonli orzu boʻlib tuyulishi mumkin.

Biroq, juftlik grek plyajida quyosh botishi fonida yoga bilan shugʻullanmayotgan vaqtligida, ular naqd pul uchun hojatxonalarni tozalashlarini ularning mushtariylari koʻrishlarini istagan edi.

Fosh etuvchi postida Kartel, oʻz akkauntidagi surʼatlarga qarab, ijtimoiy tarmoqlardagi surʼatlar ularning sayohatlari haqida barcha haqiqatni ochmasligini tushunganini yozgan.

"Biz dunyo boʻylab sayohatga chiqishni barchasini glamur fantaziya deb hisoblab, unga chiqish imkonini oʻylayotganlar uchun xech narsani berkitmay, ochiq oydin hammasi toʻgʻrisida gapirib bermoqchi edik".


"Xozirgi vaqtga kelib biz taxminan 135 ta hojatxonalarni tozaladik, 250 kilogram sigirlar axlatini yoydik, 2tonna toshni belkuraklar bilan yigʻdik, 60 metr trotuar yotqizdik, 57 ta yotoqni yigʻishtirdik va hatto eslolmayman han qancha bokallarni yuvdik".


"Barcha qulaylik va sarfni biz Yoxannesburgda, uyda qoldirganmiz. Hamda yollanma ishning achchiq haqiqatiga duch kelganmiz. Endilikda biz karyera zinapoyasining qarama - qarshi tomonida turibmiz. Xozir biz hojatxonalarni tozalaymiz, itlar ketidan yigʻishtiramiz, oziq-ovqat doʻkonlarida merchendayzerlar boʻlib ishlaymiz".

Biroq ogʻir mehnatga qaramay Kartel ularga eng zarur boʻlgan narsalar yetishmay turganini yozadi.


"Men qomatim, vaznim va sogʻligʻimga eʼtibor bermayman. Lekin, deyarli har kuni biz krekerlar bilan jem yeymiz, sal kam 5 soat uxlaymiz, qayerd tunab olish mumkin ekanini qidirib, kechasi soat birda ogʻir ryukzaklarni koʻtarib yuramiz".

Lekin, Kartelning soʻzlariga koʻra, ular chekkan zahmatlari, ular olgan tajribaga arziydi. "Millionli loyihalarga javob bergan ishimizni hojatxonalarni yuvishga almashtirganimiz fakti bilan xech nima tenglasha olmaydi. Bu bizni maqtanmaslikka va har kunni u huddi oxirgisidek yashashga oʻrgatdi".

"Biz sayohatga yoʻl olayotgan vaqtimizda bir birimizga bizning qulaylik zonamizdan juda uzoqqa chiquvchi sarguzashtlarga intilamiz deb vaʼda bergan edik". Juftlik ularning bloglari boshqalarni ham sarguzasht qidirishga ilhomlantirishiga umid qiladilar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



