Qiziqarli

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilga oid ajabtovur odatlar

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilga oid ajabtovur odatlar

Kelayotgan 2018 yil sharqona taqvim boʻyicha Sariq kuchuk yili boʻlib, ushbu jonivor oʻzining sodiqligi, barqarorligi va quvnoqligi bilan ajralib turadi. U pul ortidan quvmaydi, ammo dunyo yanada mehrga toʻla va yaxshiroq boʻlishini istaydi. Shu sababli barchaga yaxshilik istovchi jonivor yilini kutib olishga doir odatlar va yangi yil arafasida qilish mumkin boʻlmagan ishlar roʻyhati bilan tanishib olgan zarar qilmaydi.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilga oid ajabtovur odatlar

Albatta, yangi yilni pijamada, divanda yotib olgancha kutgan qulayroq, ammo bayramona libos haqida ham unutmaslik kerak. Libosingiz toza, dazmollangan va tantanaga mos boʻlsin. Aks holatda kelgusi yilda kambagʻallik bilan toʻqnashish ehtimoli ortadi.Aynan shu sabab bilan bayram stolida uchgan va darz ketgan idishlarni qoldirib boʻmaydi, yaxshisi ularni tashlab yuboring. Bayram dasturxonidagi taomlarning ham juda kam boʻlishi pul bilan bogʻliq qiyinchiliklarni boshlab kelishi mumkin. Buning uchun bir qozon ovqat tayyorlashingiz shart emas. Yeguliklar oz miqdorda boʻlsa ham har-xil boʻlishi kerak.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilga oid ajabtovur odatlar

Buzilgan buyumlarni ham bayram arafasida uyda qoldirib boʻlmaydi. Agar tasodifan idish yoki archa oʻyinchogʻini sindirib qoʻysangiz, uning boʻlaklarini uyingizdan chiqarib tashlang. Bu sizni kelgusi yildagi koʻngilsizliklardan himoya qiladi.

Rakovinada yigʻilib qolgan idishlarni ham Yangi yil kirib kelishiga yaqin yuvmaslik kerak. Agar kelgusi yili hayotingizda yoqimli voqealar sodir boʻlishi va xursand boʻlib yurishni istasangiz ularni ertangi kun yuvib qoʻyasiz. Yangi yil kechasida hech kim bilan baxslashmang, birovni aldamang va urushmang. Aks holda ushbu janjallar sizni kelgusi yil davomida ham taʼqib qiladi va hayotingizda yangi dushmanlar paydo boʻladi.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilga oid ajabtovur odatlar

Agar uyingizga kutilmagan mehmonlar kirib kelsa, ularni mehmon qilish fikridan voz kechmang. Rad javobi “Kuchuk”ni gʻazablantiradi va kelgusi yilingiz janjal hamda kelishmovchiliklar bilan toʻlib ketadi.

Bayram chogʻida doʻst va tanishlaringizdan qarz olmaslikka harakat qiling. Shu orqali omadni pullar bilan birga berib yubormaysiz, oʻzingizda ushlab qolasiz.
Yangi yil uchun avvaldan tilak oʻylab qoʻying. Uning amalga oshishiga muhim oltin qoida bor: Tilagingizda “ma” qoʻshimchasi ishlatilmasligi kerak (“Kasal boʻlMAy, hech kim bilan urushMAy, ishsiz qolib ketMAy” kabi).

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilga oid ajabtovur odatlar

Agar ish vazifangiz yuzasidan yangi yilni ishda kutib olsangiz, maxsus tavsiyamizga diqqat qiling. Kelgusi yil omad olib kelishi uchun bayramni koʻtarinki kayfiyatda va odatdagi tarza kutib olish kerak.

Uyingizda kuchuk boʻlsa uni shirinlik bilan siylab, mehringizni bering.
U sizning qarshingizda aybdor boʻlsa ham urmang va urushмang. Aks holda kelayotgan Sariq it yilida u sizga bor gʻazabini sochadi va nafaqat oʻzingiz, balki oilangiz uchun haм yoqimsizliklar tugʻdiradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar