Xitoyda karyer ichiga qurilayotgan 5 yulduzli mehmonxonaning qurilish ishlari nihoyalab qoldi

Mehmonxona atrofdagilarning katta qiziqishishi sabab boʻlmoqda, zero u oddiygina tarzda yer ustida esa, 90 metr chuqurlikdagi ochiq karyer ichiga qurilyapti. Mehmonxona korpusi asosi allaqachon tayyor boʻldi, yarim yilga qolmasdan esa bino eshiklari tashrif buyuruvchilar uchun keng ravishda ochib beriladi.

Bunday mehmonxonani karyer ichiga qurish fikri kimning hayoliga kelgani aniq emas, ammo ilk suratlarni tomosha qila turib, uning tabiat manzaralari bilan aʼlo darachada uygʻunlashayotganini koʻrish mumkin. Mehmonxonaning deyarli barcha qismi yerdan pastda joylashgan. Yer yuzasida esa binoning faqat ikkita qismi boʻladi, yana ikki qismi esa suv bilan yopilib turadi.

Songjiang InterContinental 370 ta nomer uchun moʻljallangan. Shuningdek mehmonxona tarkibida hordiq chiqarish va ish faoliyatiga doir uchrashuvlar oʻtkazish uchun kerakli barcha infratuzilmalar quriladi. Mijozlar bino ichida SPA kurortida dam olib, banji-champing koʻmagida haqiqiy va keskin hissiyotlar bilan toʻqnashadilar. Konferensiya zali esa 1000 nafar inson uchun moʻljallangan. Tashrif buyurgan mijozlarni binoning shundoqqina yuqori qismidan oqib turadigan ajoyib sharshara ham hayratga soladi.

Aytib oʻtish kerakki, Songjiang InterContinental binosi allaqachon Xitoydagi ekologik toza mehmonxonalar qatorida tan olindi. Bu yerdagi yangi texnologiyalar quyosh va geotermal energiyadan foydalanishga yoʻl beradi. Mehmonxonaning ochilishi marosimi esa 2018 yilning may oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



