Dunyodagi eng chiroyli koʻchalar

Shunday koʻchalardan biri Kaminto prospekti boʻlib, uning goʻzalligiga shaydo boʻlmaslikning aslo imkoni yoʻq. Bu yerga tashrif buyurgan mehmonlar ajoyib suratlar tushirish bilan birga koʻhna tarix bagʻriga tushib qolgandek boʻladilar. Sababi mazkur qadimiy koʻcha 19 asrda qurilgan.
Koʻchalar orasila oʻziga hos boʻlganlari ham, betakror tabiati bilan koʻnglingiz toʻridan joy oladiganlari ham, koʻp. Bonndagi gullagan sakura galereyasi aynan shular jumlasidandir. Cherri-Blumsom-avenyuga tashrif buyurgan insonlar esa bahor payti sayohat qilishga kirishsalar betakror manzaralarning guvohi boʻlishadi.

Yaponiyaning Kioto shahrida joylashgan ushbu koʻchaning uzunligi 2 km ga teng va olcha daraxtlarining betakror husni hamda muattar ifori bilan xushingizni oladi. Koʻcha chetida suv kanali joylashgan boʻlib, u YUNESKO meroslari roʻyhatiga kiritilgan Ginkaku-dzi ibodatxonasi tomon olib boradi.

Ushbu tor koʻchaning ikki yonida XIV asrda qurilgan qadimiy imoratlar qad rostlagan. Angliyaning York shahrida hoylashgan mazkur koʻcha sizini oʻz tarixiy binolari va takrorlanmas muhiti bilan rom qiladi.

Sizni ishontirib aytamizki, bu koʻchani koʻp bor koʻrgansiz. Sababi aynan shu yerda mashhur “Missis Dautfair” filmi suratga olingan. San-Frantsiskoda joylashgan mazkur koʻchada Alamo maydoni yaqinidagi koʻplab uylarni kuzatasiz va aynan shu manzara butun dunyo sayyohlarini oʻziga jalb qilib keladi. Viktorian va edvardian uslublarida qurilgan chiroyli uylar pastel tusdagi ranglarga boʻyalgan va kishida hayrat hissini uygʻotadi.

Qulay va shinam boʻlgan mazkur koʻcha Kordoba shahрining markazida joylashgan. Mazkur mitti koʻchadan ikki kishi birdaniga yurib oʻtishi qiyin. Ammo uning qordek oppoq devorlari va gullar manzarasi koʻchaning ertaklardagi kabi goʻzal koʻrinishiga imkon yaratadi. Mazkur ispan koʻchasi shunchalar ajoyibki, bu yerga takror va takror qaytingiz kelaveradi.

Turli ranglar bilan boʻyalgan mazkur koʻcha Aрgentinaning La Boka tumanida joylashgan boʻlib, oʻzida 19 asr tarixining bir qismini jo etgan. Yevropalik immigrantlar bu erga Italiyaning Genuya shahridan koʻchib kelishgan va kam daromad tufayli uy qurish borasida qiyinchiliklarga duch kelishgan.
Uylarning qurilishida gofre shaklidagi metall boʻlaklaridan foydalanib, ularni qoʻl ostidan topilgan turli rangdagi boʻyoqlar bilan qoplab chiqishgan va bir rangdagi boʻyoq tugagan paytda ikkinchi rangga oʻtib boraverishgan.

San-Fransiskoda joylashgan Lombard-strit shaharning eng gavjum koʻchalaridan biri. Sayyohlar bu yerga haydovchilarning koʻcha burilishlaridan qanday oʻtib olishlarini kuzatish uchun ham tashrif buyurishadi. 1922 yili qurib bitirilgan koʻcha mashinalar harakatini aylana burilishlar orqali sekinlashtirish uchun shu tarzda loyihalashtirilgan. Bu yerda soatiga 5 mil tezlikda harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Maroshkashning Shaven shahrida joylashgan Al-Xassan Onsar koʻchasi koʻk rangda ekanligi bilan dong taratgan. 1471 yilda qurilgan koʻcha bir vaqtlar Ispaniyalik emigrantlar tomonidan qaʼla sifatida foydalanilgan. Bu yerga yillar davomida kelgan yahudiylar esa oʻzlari bilan birga devorlarning koʻk rangda boʻlishi Yaratganning kuchi haqida eslatib turadi degan fikrni ham olib kelishgan. Shunday ekan, Marokashga yoʻlingiz tushsa, bu koʻchani sayr qilmasdan ketmang!

Ispaniyaning Xeres-de-la-Frontera koʻchasi oʻzining bebaho vinolari bilan mashhur. Bu yerda uzum daraxtlari bilan qoplangan devorlarni koʻrishingiz mumkin.

Xitoyning YUNESKO meroslari roʻyxatiga kiritilgan 1000 yillik tarixga ega Litszyan shahridagi kanalli yoʻllar bilan mashhur boʻlgan koʻcha boʻylab sayr qilar ekansiz, bir-biridan ajoyib koʻprikchalarga duch kelasiz. Koʻchadagi sokin muhit kishi ruhiyatini tinchlantiradi.

Cherry Blossom Avenue koʻchasida bahor faslida 2-3 hafta mobaynida gulli arka hosil boʻladi. Bonn shahridagi ushbu koʻcha sevishganlar, sayyohlar va suratkashlarning sevimli makonlaridandir.

Shimoliy Irlandiyada joylashgan Bregagh Road Bregagh Road
koʻchasi 18 asrdan buyon qayin daraxtlari yoʻlagi sifatida mashhur.

Parijning Yelisey maydoni dunyodagi eng mashhur koʻcha nomiga daʼvogarlik qilsa arziydi. Betakror daraxtlar, ajoyib muhit va tarixiy imoratlar sizni haqiqiy Parij bilan tanishtiradi.

Amsterdamning qayiqchalar bilan toʻlib-toshgan kanallari hamisha sayyohlarni oʻziga jalb qilib kelgan. Brouwersgracht koʻchasi temir yoʻl vokzalidan 800 metr uzoqlikda joylashgan boʻlib, Gollandiyaning eng chiroyli prospekti sanaladi.

“Umbrella Sky Project” loyihasi 2011 yilda Portugaliyadagi sanʼat festivali doirasida boshlangan edi. Bu yerda yoz fasli juda issiq boʻladi va yuqorida yoʻlovchilarga soya hamda salqin baxsh etadigan quyosh nurlaridan himoyalovchi soyabonlar qatlam hosil qilinadi.

Rossiyaning Eski arbat koʻchasi oʻz tarixi bilan koʻpchilikni rom etgan. Mazkur koʻchada Tolstoy, Chexov, Pushkin, Gogol kabi adabiyot namoyondalari istiqomat qilganlar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



