Kievlik erkak oʻz podyezdini haqiqiy qasrga aylantirib yubordi

Koʻp yillar avval ayni paytda nafaqada boʻlgan Vladimir Chayka biror katta ish boshlashni orzu qilardi. Ammo metropolitendagi kundalik ishlar sabab aynan nima yaratishni istayotganini tushunish va uni bunyod etish uchun imkon topa olmadi. Kunlarning birida Chayka ganchkorlikni hunar qilgan erkak bilan tanishib qoldi.

Uning qoʻl mehnatи erkakka shunchalar maʼqul keldiki, ushbu ishni oʻz qoʻli bilan amalga oshirishga istak bildirdi. Oʻsha paytlar erkakning ganchkor tanishi nafaqaga chiqib boʻlgandi, shuning uchun Chaykaga ushbu hunar uchun kerak boʻladigan quyma qoliplarini sovgʻa qildi.

1997 yilda Vladimir klinik oʻlim holatini boshdan kechirdi. Erkak u dunyodan qaytib kelgach, hayot biz oʻylaganimizdan ham qisqaroq ekanligi va oʻz olamimizni yaratish uchun koʻngilga maʼqul boʻlgan barcha narsalarni amalga oshirishga urinish kerakligini anglab yetdi.

Qanday hayratlanarli tuyulmasin, erkak buning uchun ... oʻz podyezdini tanladi, uning zerikarli zina panjaralarini tamomila boshqacha koʻrinishga keltirish haqida oʻylab koʻrdi.

U asta-sekin devorlarni ganchkorlik naqshlari bilan bezadi, naqshlar orasiga mashhur kartinalar nusxalarini osdi. Hattoki chiqindi tushiriladigan ulkan trubani ham antiq davr kolonnalari kabi qiyofaga keltirdi.

Chayka shu tariqa binoning uchta qavatini oʻzgartirib chiqdi. Jurnalistlarning taʼmirlash ishlari uchun qayerdan mablagʻ olgani haqidagi savoliga esa barcha vositalarni oʻzi harid qilgani va baʼzan oʻgʻli olib kelib yordam bergani haqida aytdi.

Ayni paytda ushbu podyez shunchalar mashhur boʻlib ketganki, bu yerga turli ekskursiyalar uyushtirib, suratga tushish uchun atayin kelishadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



