Texnologiya

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Gubka uchun moʻljallangan ushbu ajoyib “karavotcha” oshxona interyerini toʻldirish uchun ham xizmat qiladi. Oshxona gubkalarini shunchaki rakovina yonida qoldirmasdan, kayfiyatni koʻtaruvchi ushbu “karavot” ichiga joylashtirishga nima deysiz?

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Har birimiz buterbrod isteʼmol qilish chogʻida birozgina avval sovutgichdan olingan sariyogʻni non ustiga bir tekisda surtib boʻlmasligini yaxshi bilamiz. Ushbu muammoni esa diqqatingiz markazidagi mazkur pichoqcha yordamida hal qilish mumkin. Ushbu pichoq yengil qizdiruvchi xususiyatga ega boʻlib, sariyogʻni bir daqiqa ichiga yumshatadi va non ustiga mukammal hamda tekis koʻrinishda surtib beradi.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Ushbu vosita yordamida bir emas, bir necha ishlarni bajarish mumkin. Butilka yoki konserva ochish deysizmi, qattiq yopilib qolgan qopqoqlarni aylantirishmi, qattiq paket oʻramlarini ochish deysizmi – barchasini bir zum ichida bajaradi. U har qanday bekaning sevimli buyumlaridan biriga aylanishi mumkin.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Ushbu aksessuar yordamida istalgan turdagi buyumni “qoʻl ostida ushlab turish” imkoni bor. Qozon va tova qopqogʻi, qoshiq yoki kapkir shular jumlasidandir.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Ushbu vosita ichiga qattiq choʻtka oʻrnatilgan boʻlib, uning yordamida sanoqli daqiqalar ichida oshxona anjomlarini top-toza koʻrinishga keltirish mumkin.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Ushbu noodatiy grafin ichidagi choy shamasi, meva va muz boʻlaklarini olib tashlash imkonini beradi. Unga choy damlash ham, idish ichida kompot va boshqa turdagi ichimliklarni saqlash ham qulay.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Maxsus tigʻga ega ushbu pichoq qovunni shunchaki kesibgina qolmay, uning poʻstini tozalab, urugʻlarini olib tashlashga ham yordam beradi.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Goʻshtni toʻqmoqlashga moʻljallangan oshxona bolgʻachalari oʻtmishda qoldi! Buning oʻrniga ishingizni osonlashtiradigan va goʻshtni ham sifatliroq toʻymoqlab beradigan ajoyib vosita yaratildi.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Ushbu qolip yoramida kotlet va turli-tuman nachinkalarni osonlikcha bir hil koʻrinishga keltirish mumkin. Vosita maxsus qolip, olinadigan kurakcha va kotletni bosish uchun moʻljallangan qopqoqdan tashkil topgan.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Xamir oʻlchamlarini aniq belgilashda bunday joʻva sizga koʻmak berishi aniq.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Ushbu apparat yordamida qaynatilgan guruch, balki va boshqa turdagi mahsulotlarni ham mukammal koʻrinishdagi roll shaklida oʻray olasiz.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Ushbu vosita bilan chuchvaralarni sifatli tarzda va bir hil koʻrinishda tugib chiqish mumkin.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Oʻlcham xususiyatiga ega ushbu qoshiq idish yuzasidagi yegulikni unga zarar yetkazmasdan ajrata oladi.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Shisha idishlar uchun yaratilgan ushbu vosita bir martalik qopqoqlar oʻrnini osonlikcha bosa oladi.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Ushbu tova yordamida pishirilgan har bir blinchik mukammal koʻrinishda va bir hil oʻlchamda boʻlib chiqadi.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Pazl koʻrinishidagi taxtakachni alohida ham, birlashtirgan holatda ham ishlatsa boʻladi.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Ushbu moslama bilan goʻshtni shashlik uchun munosib tarzda tez toʻgʻrab olish va sixlarga tergancha marinadlash mumkin.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Ushbu oshxona vositasi silikon choʻtka bilan jihozlangan boʻlib, uning yordamida oʻsimlik yogʻini istalgan yuzaga bir tekisda surtib chiqish mumkin.

Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar