Bolalarni zavqu shavqqa toʻldiruvchi oʻyin maydonchalari

Bugungi kunda suvda suzadigan yoki bahaybat hayvonlar koʻrinishidagi maydonchalar turli yerlarda mavjud. Eng qiziq bolalar oʻyin maydonchalarining ayrimlari esa sizni yana bolalikka qaytish istagiga duchor qiladi.

Oʻyin minorasi va maydonchasi Snohetta architecture firmasi tomonidan yaratilgan. Oʻyin minorasi bolalar toʻrga chirmashib deyarli 14 metr balandlikda joylashgan choʻqqigacha chiqishlari mumkin boʻlgan toʻrt pogʻonadan iborat.

Bu maydoncha Germaniyalik Wibit Sports GmbH tomonidan yaratilgan, loyihaning muallifi esa meʼmor Robert Siryak hisoblanadi. Maydonchada koʻp argʻimchoqlar, gorkalar va bolalar qoyaga chiqqanday oʻrmalab oʻynaydigan oʻyingoh majmualarni topish mumkin. Bu kompaniya tomonidan Xorvatiyaning suv havzalariga joylashtirgan 60 nafar maydonchalarning bittasi holos.


Loyihaning muallifi musavvir Tom Otterness boʻlib, u 27 nafar gʻaroyib bronza haykallari mavjud boʻlgan maydonchani barpo etishga qaror qildi. Lekin maydonchaning eng asosiy elementi – balandligi 7,5 metr va uzunligi 9 metr boʻlgan xaykal hisoblanadi. Bu xaykalning oyoqlari bolalar uchun sirpanchiq vazifasini bajaradi.

MLRP meʼmorlik kompaniyasi bolalarning xursandchiligi uchun avvaldan mavjud boʻlgan bolalar maydonchasiga yonma-yon joylashgan pavilyon devoriga oʻrnatilgan katta gʻaroyib koʻzgularni oʻrnatib qoʻydi.

Bolalar uchun moʻljallangan bu toʻsiqlar yoʻli Basurama kompaniyasining arxitektorlar guruhi tomonidan yaratilgan. Mutaxassislar qurilish materialari sifatida shahardagi tashlandiq temir yoʻllaridan foydalanishgan.

Shuni taʼkildash joizki, butun maydoncha avtomobillarning turli qismlari va shinalar jamlanmasidan iborat boʻlgan qayta ishlangan eski materiallardan foydalangan holda qurilgan.

Bahaybat toʻqilgan alligator 2012 yilda Olek ismi bilan tanilgan va xozirgi kunda Bruklinda yashaydigan polshalik arxitektor tomonidan yaratilgan. Mazkur qurilma arxitektor Marsiya Mariya Benevento tomonidan San-Pauluda yaratilgan bolalar maydonchasida oʻrnatib berilgan.

Bu maydoncha Kanberradagi Milliy dendrariyning adirligida joylashgan. Taʼkidlash lozimki, mazkur dendrariy ayrimlari yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan daraxtlarning noyob turlari oʻsadigan 100 dan ortiq oʻrmonlardan iboratdir. Bunday ajoyib oʻyin maydonchasining muallifi T.C.L. (Taylor Cullity Lethlean) kompaniyasi hisoblanadi.

Dastlabda mazkur muzey xaykaltarosh Bob Kassilli (BobCassilly) tomonidan yaratila boshlagan. Uning vafotidan soʻng ishni Kassilli Komandasi (Cassilly Crew) deya ataluvchi 20 nafar ustadan iborat guruh davom ettirdi. Natijada umumiy maydoni 55000 kvadrat metrdan ziyod muzey qayta ishlangan samolyotlardan, balandligi 10 qavatli uyga teng 2 ta gorka va tomdagi tomosha charxpalagidan iborat oʻyin majmuasiga ega boʻldi.

Daniyalik MONSTRUM studiyasi bir necha juda qiziq va oʻziga xos maydonchalarni qurib, shuning evaziga dong taratdi. Bu oʻyin maydonchasi bir nechta boyoʻgʻli xaykallaridan iboratdir. Ularning ikki nafari – qirol va qirolicha boʻyoʻgʻli haykalining balandligi deyarli 5,5 metrga teng.

MONSTRUM Gyoteborgda 15-metrli moviy kit koʻrinishidagi oʻyingohni ham yaratdi. Bolalar uning ichiga kirishlari va uning orqa qismidan boshlanadigan gorkadan sirgʻanib tushishlari ham mumkin.

MONSTRUM kompaniyasi arxitektorlarining yana bir ishi bu ikki minoraga ega bolalar maydonchasidir. Shuni aytib oʻtish oʻrinliki, kompaniyaga ikki nafar devor bezakchilari asos solganlar. Shuning uchun ham, daniyalik komandaning barcha ishlarida teatrlarga xos elementlari mavjud. Ushbu maydoncha Kopengagendagi eng taniqli minoralarning eskizlari boʻyicha yasalgan. Bu yerda hatto yulduzlar observatoriyasi ham mavjud.

MONSTRUM kompaniyasi tomonidan ishlangan roʻyxatdagi oxirgi maydoncha bu Bolalar stansiyasi hisoblanadi. Yopiq turdagi mazkur oʻyin maydonchasi Daniya temir yoʻllari muzeyi ichida joylashgan. U Odense shaxrining 1960-yillardagi temir yoʻl vokzali mavzusi asosida qurilgan.

Maydonchada bolalar lokomotivning ishlash prinsipini oʻrganishi mumkin boʻlgan xarakatlanuvchi poezd va boshqaruv xonasi bor.

Ushbu maydonchaning norasmiy nomlanishi Veylinlari (Vail Nests) boʻlib, maydoncha AQSHning Kolorado shtatidagi Veyl shahrida joylashgan. Maydoncha Tres Birds Workshop kompaniyasining mutaxassislari tomonidan bogʻlar tizimining bir qismi sifatida qurilgan. Oʻyingohda arqonlar va koʻpriklar vositasida bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan ulkan yogʻoch qush inlarini koʻrish mumkin.

Bu maydoncha Boston koʻrgazma konferentsiya markazi yoniga vaqtincha oʻrnatilgan. Gʻoya muallifi Howeler + YoonArchitecture firmasi sanaladi. Oʻyin maydonidan foydalanilayotgan paytda oʻz rangini oppoq tusdan binafsharang tusga oʻzgartiradigan 20 nafar argʻimchoqlarni oʻz ichiga oladi.

Mazkur maydonchaning nomlanishini “Pastga sakra” deb tarjima qilsa boʻladi. U Llechvedd (Llechwedd Slate) slanets qatlamlari gʻorlari ichida joylashgan va katta batutlardan iboratdir. Avvallari bu yerda shaxta joylashgan edi. Loyiha muallifi sarguzasht turizmiga ixtisoslashgan Zip World kompaniyasi sanaladi. Yerosti oʻyin maydonchasi bolalar va kattalar uchun yaratilgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



