Sayyoramizning gʻalati va gʻaroyib hodisalari

Oxirgi 20 million yil ichida Yerning magnit qutblari har 100 ming yilda bir oʻrnini almashgan. Bu degani, agar tahminan 800 ming yil avval Yerda kompasi bor odam boʻlganda shimol Antarktidada boʻlishi mumkin edi. Olimlarning qatʼiy ishonchlariga qaraganda qutlarning almashishiga sabab sayyoramizning metall yadrosi. Xozirgi paytda shimoliy qutb tahminan yiliga 64 km tezlikda siljimoqda.

Bizning sayyoramizning yoʻldoshi oʻzgacha kattalikda. Oyning diametri Yer diametrining toʻrtdan biriga teng keladi. Quyosh tizimidagi bu juftlikdan taqqoslash boʻyicha faqatgina Pluton va uning yoʻldoshi Xarondan iborat juftlik oʻtadi xolos. Darvoqe, shu bilan birga oy Yerga juda yaqin joylashgan. Bu juda katta omad. Shu sababga koʻra, biz quyoshning tutilishini tomosha qilishimiz mumkin.

Sut emizuvchilarning Yerdagi eng keng koʻlamli migratsiyasi qandaydir dahshatli filmga oʻhshaydi. Gap koʻrshapalaklar migratsiyasi toʻgʻrisida ketmoqda. Bunday xodisani har yili Kongo davlati va Zambiyaning Kasanka Milliy bogʻi hududlarida kuzatish mumkin. Koʻrshapalaklar shu darajada koʻpki, ular bemalol bir daraxtni qurshab, uni qop-qora va gʻij-gʻij qaynayotgan sharpa holatiga keltirguday oʻrab olishlari mumkin.

Sayyoramizdagi eng katta organizm bu moviy kit emas, bu fil ham emas, bu xatto, daraxt ham emas. Bu - qoʻziqorinlar. Qoʻziqorinlarning eng yirik toʻri AQSHda, Oregon shtatida topilgan. Albatta, qoʻziqorinlarning oʻzi kichikkina va Yerda oʻsadi. Lekin ularni Yer ostida “qoʻziqorinxona” nomi bilan koʻproq tanilgan mitseliylar tizimi birlashtiradi.
1998 yilda olimlar milliy qoʻriqxondagi juda koʻp sonli daraxtlarning gʻalati tarzda nobud boʻlishini tadqiq qilishga kirishdilar. Keyin maʼlum boʻlishicha, ularni Armillaria ostoyae qoʻziqorinlar koloniyasi nobud qilgan ekan. Bu qoʻziqorinlar 61 ta daraxtni yoʻq qildilar. U “qoʻziqorinxona”ning yoshi 1900 yildan 8650 yilgacha boʻlgan!

Bu Marsdan olingan lavhalar emas. Bu Efiopiyadagi Danakil kamgagi. Sayyoramizdagi eng past, eng issiq, eng quruq va eng gʻalati joyi. Bu yerda deyarli qaynab turadigan togʻ buloqlari, mislsiz shoʻr koʻllar va xar yerlardan zaharli bugʻlanishlar chiqadi. Shuning xammasiga qaramay bu yerda hayot bor. Bunday gʻayrioddiy joyda mikroorganizmlarning bir necha koloniyalari yashaydi.

Mavrikiy oroli qirgʻogʻining janubiy-gʻarbiy qismiga qarab, suv ostida joylashgan sharsharani eslatuvchi ajoyib manzarani koʻrish mumkin. Aslida esa bu qumning yuvilishi, balchiq qatlamlari va maxalliy riflarning notabiiy joylashishidan kelib chiqqan sarobdir.

Meksikada Nayka shahrining ostida tahminan 300 metr chuqurlikda eʼtiborga sazovor gʻor bor. U deyarli toʻlaligicha selenit (gipsning bir turi) kristallari bilan toʻldirilgan. Ularning ayrimlari 10 metr uzunlikka yetadi va oʻrtacha 50 tonna yuk bosadi. Ajablanarlisi shundaki, bu joy yaqinda, 2000 yilda, tasodifan topilgan. Bu joyga kumush konchilari duch kelib qolganlar.

Goho tez xarakatlanayotgan va oʻz shaklini osonligicha oʻzgartirayotgan bulutlarni koʻrib qolishingiz mumkin. Aslida bular hech qanday bulutlar emas, albatta. Bu chugʻurchiqlar galasi. Qushlar faqat uchibgina yurmay, juda shovqinli chugʻurlashadi. Bunday xodisani “murmuratsiya” deb ataydilar.

Posidoniya – uzoq yashovchi dengiz oʻti. Uni Oʻrta Yer dengizi sohillari yonlarida topish mumkin. Bugungi kunda u sayyoramizdagi eng qadimiy va qari tirik organizmlardan biri hisoblanadi. Ayrim suv osti oʻtloqlarini yoshlari 5000 yildan ortiq. Qiziqarlisi, bu oʻtning tabiiy dushmani yoʻq, biroq, afsuski inson faoliyati suv osti oʻtlarga juda katta zarar yetkazyapti.

Amazonkaning changalzorlarida xaqiqiy qaynar daryo mavjud. Uning harorati Selsiy boʻyicha 100 gradusga bir necha yuzdan bir gradus etmaydi holos. Shuning uchun ham daryo uzra doimo sirli va tasavvufga toʻla tuman hukmronlik qiladi. Kichik jonivorlar bu daryoning ichida tiriklayin qaynab pishib qolishi mumkin!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



