Dunyodagi eng gʻaroyib haykallar

Shuningdek, haykallar oʻz yaratuvchisining turli materiallar va shakllardan foydalangani holda oʻzini namoyon qilish uchun imkon beradi. Bu kabi koʻp hollarda gʻoyalar shu qadar oʻziga xos boʻladiki, Siz bu asarga qarab beihtiyor ilhomlanasiz va kuchga toʻlasiz. Biz koʻrganda sizni hayrat ummoniga gʻarq qiladigan va koʻrgan odamlarni befarq qoldirmaydigan dunyodagi eng gʻaroyib yodgorliklarni yigʻib olib sizga tomon havola qilamiz.

Avvaldan biror maʼlumotga odam bu haykalni oʻz joniga qasd qilishga qaror qilgan odam deb oʻylashi va darhol politsiya chaqirishi ham mumkin. Aslida esa bu Pragadagi binoda bir qoʻli bilan osilib turgan mashxur ruhshunos Zigmund Freydning haykali. Zigmund Freyd hotirasiga yaratilgan bu gʻaroyib yodgorlik chexiyalik haykaltarosh David Chyorniy tomonidan yaratilgan. Ayrim tanqidchilar bu aslida dunyo proletariatining dohiysi Vladimir Ilich Lenining haykali va u kommunizmni tubga qulashining ifodasidir, deb taʼkidlaydilar. Biroq, unday boʻlsa, nima uchun Lenin koʻzoynakda ekanligi tushunarsiz.
Aslida esa haykaltarosh tanqidchilarni va turistlarning qiziqishini maqsad qiladi va buni katta muvaffaqiyat bilan amalga oshiradi, chunki haykalga boʻlgan qiziqish hech ham soʻnmayapti.

Bosh barmoqqa oʻrnatilgan bu haykal Parijdagi tetik va ishchan hududining markazida joylashgan. Yerning ichidan chiqib turgan bu vahimali barmoq Sezar Baldachinining La Pouce asari sifatida tanilgan. Bu haykaltarosh eng oddiy narsalarning oʻta yirik namunalarini yaratini juda yaxshi koʻradi. Mazkur haykal esa oʻz bosh barmogʻining kattalashtirilgan koʻrinishidir. Fransiyaning nufuzli kinomukofoti – Sezar premiyasi aynan shu haykaltarosh sharafiga atalgan. 1965 yilda oʻrnatilgan bu bahaybat barmoq haligacha shu yerda turibdi.

Birinchi suvosti haykallar bogʻi 2006 yilda haykaltarosh Dcheysonom De KeyresTeylor tomonidan yaрatilgan. Britaniyalik haykaltarosh Karib dengizida, Gрenadaning sohilidan uzoq boʻlmagan joyda suv ostida toshdan yasalgan odamlar dunyosini yaratish uchun real odamlarning toshli nusxalaridan foydalangan. Bu tizimdan eng tanilgan kompozitsiya – qoʻl ushlashib turgan odamlar doirasi. Bu gʻaroyib parkni akvalang bilan yoki shaffof tubli kemadagi ekskursiyada yoʻlovchi sifatida tomosha qilish mumkin.
Mazkur gʻoyaning biroz tushunarsiz ekanligiga qaramay, haykallar oʻta foydali vazifani bajaryaptilar – ular organizmlarning noyob turlari istiqomat qilishi uchun sunʼiy riflar boʻlib xizmat qilishyapti.

Bu Charlza La Troba, yaʼni Avstraliyaning birinchi vitse-gubernatoriga oʻrnatilgan oddiy haykal ham boʻlishi mumkin edi, agar uni oyogʻini osmonda qilib oʻrnatilmaganida! Nima uchun bunday degan savol sizning ham hayolingizda aylanayotgan boʻlsa kerak? Avstraliyalik haykaltarosh Charlz Robbning fikricha, bu haykalning qarama-qarshi feʼli haykalga unutib boʻlmaslik taassurot baxshida qiladi va shu bilan La Trobening shaxsiga nisabatan qiziquvchanlik uygʻotadi.
Shunga qaramay, koʻpchilik mahaliy aholi vakillari haykaltaroshning bu nuqtai nazariga qoʻshilmaydilar va bunday konsruktiv qarorni Charlz La Trobaning hotirasiga nisbatan hurmatsizlik deya xisoblaydilar.
Bu yodgorlik Bandoora rayonida La Troba universitetining bogʻida joylashgan.

Bu yodgorlik AQSHda, Jordjiya shtati, Elbert Kaunti okrugida eng yuqori nuqtasida joylashgan. U yulduz shaklida bajarilgan boʻlib ayrim jihatlari bilan toshli Stounxendjni eslatadi. Biroq bu qadimiy emas, mutlaqo zamonaviy yodgorlik. U 1980 yilda aniqlanmagan bir guruh odamlar tomonidan yaratilgan. Toshli palaxsalarida odamzot oxir zamondan keyin amal qilishi shart boʻlgan 10 ta amrnoma oʻyib yozilgan. Ular 12 nafar zamonaviy va 4 nafar qadimiy, yaʼni, qadimiy yunon, vavilon, qadimiy misr va sanskrit tillarida yozilgan.
Bu amrnomalarning Rus tilidagi matni tugʻilishni cheklash yoʻli bilan yer aholisining sonini 500 million kishidan oshirmaslikka, hamma bir tilda soʻzlashishga, sabrlilik koʻrsatishga, qonunlarga itoat qilishga, goʻzallikni, uygʻunlikni va tabiatni qadrlashga daʼvat qiladi.
Yodgorlikning buyurtmachisi fantastik va oxir zamon toʻgʻrisidagi kitoblarni koʻp oʻqigan koʻrinadi!

Chililik haykaltarosh Mario Irarrazabal yaratgan va qumdan chiqib turgan 11 metrlik bahaybat qoʻl yaratuvchining fikri boʻyicha yolgʻizlik, adolatsizlik va qaygʻuning timsoli. Haykalga qanchalik yaqinlashganingiz sari ulkan odam oʻzining bahaybat qoʻl kaftini qumdan chiqarayotganiga oʻxshaydi. Unga eng yaqin shahar - Antofagasta haykaldan 75 kilometr uzoqlikda joylashgani kishini taajublantiradi. Shuning uchun ham bu haykalni tomosha qilish uchun tiriklik nishonasi yoʻq bu choʻlga ancha yoʻl yurib kelish zarur. Aftidan, haykaltarosh shu yoʻl bilan yolgʻizlik mavzusini taʼkidlamoqchi boʻlgan.

Germaniyada turli hil eʼtiborga loyiq joylar koʻp, ularning ichidagi eng gʻaroyibi Potsdamdagi temir fermaga osib qoʻyilgan karkidonning haykali boʻlsa ajab emas. Bu haykalni italiyalik haykaltarosh Stefano Bombardyeri yaratgan. U haqiqiy kattalikda boʻlishiga qaramay moʻrt va nochor koʻrinishga ega. Ehtimol, shuning uchun ham Stefano Bombardyeri ushbu asari uchun shu qadar koʻp mukofotlarga sazovor boʻlgandir.
Haykaltarosh bu bilan nima demoqchi boʻlgan hamon nomaʼlum. Balki, yirik va kuchli boʻlgan karkidon ham kuchsiz va nochor boʻlishi mumkinligini aytmoqchi boʻlgandir? Ammo, sanʼatshunoslarda bundan ham oddiyroq tahmin mavjud– unga koʻra bu haykal karkidonning hayvonot bogʻiga olib kelish paytini aks ettiradi.

Shveytsariyaning cjuda chiroyli shahri – Bernda deyarli har qadamda turli diqqatga sazovor joylar serob. Bu koʻrkamlikning ichidagi yagona gʻaroyib narsa bu Bolalarni yamlamay yutuvchi favvoraviy haykaldir (Kindlifresser). Bolalarni yamlamay yutuvchi odamxoʻrning haykali ayrimlarni taajublantirsa, boshqalarda dahshat uygʻotadi. Bundan-da gʻalatirogʻi shundaki, bu maxluq nimani aks ettirishini hech kim bilmaydi. Mana 500 yildirki, bu haykal Bernda turibdi va bolalar bilan turistlarni qoʻrqityapti.
Ayrimlarning aytishicha, bu haykal yaxudiylar jamoasini qoʻrqitib yuborishi kerak edi, chunki maxluqning bosh kiyimi yaxudiylar oʻrta asrlarda kiyib yurgan sariq qalpogʻiga juda oʻxshaydi. Kimlardir uni taxtidan quruq qolishdan qoʻrqib oʻz bolalarini yamlamay yuтib yuboradigan yunon pahlavoni – Xronos deb taʼkidlaydi. Balki bu quloqsiz bolalarni tarbiyalash vositasi boʻlgan oʻziga hos shveytsariyalik salbiy qahramon ham boʻlishi mumkin.

Shvetsiyada navbatdagi saylovlardan oldin Stokgolmni oʻziga hos tarzda bezatdilar. Bu maqsadda shaharning turli burchaklariga skafandrda uchayotgan sigir timsollarini ilib tashladilar. Ulardan bittasi haligacha shahar uzra osilib turibdi va turistlarga yaxshi kayfiyat ulashyapti.
Ehtimol shu yoʻl bilan shvedlar yetakchi koinotchi davlatlardan oʻzib ketmoqchi boʻlgandir. Bu qoʻshtuyoqli chonivorni koinotga uchirishga ularning qurbi etmaydi, lekin unga allaqachon skafandr kiydirib boʻlishgan. Bundan tashqari, maʼlum boʻlishicha, sigir Shvetsiyada ekologiyaning ramzlaridan biri hisoblanar ekan.

Dunyoda atoqli rus imperatorining koʻp sonli yodgorliklari va haykallari bor. Odatda bular buyuk sarkarda va islohotchining dabdabali haykallaridir. Masalan, birgina Neva daryosining boʻyida oʻrantilgan Mis javandoz yoki Moskva daryosidagi Pyotrning bahaybat haykalini olsak.
Mixail Shemyakin esa Pyotr Birinchining oʻziga xos noanʼanaviy haykalini yaratishga qaror qildi. Haykal Sankt-Peterburgdagi Petropavlovsk qasri hududida oʻrnatilgan. Haykaltaroshning taʼkidlashicha, u Pyotr xayotligi paytida uning boshidan olingan qolipdan foydalangan holda nusxa yaratilgan. Natijada umumrossiya imperatorining kichikgina kal boshi va unga nomutanosib shakli haykalda aks ettirilgan.
Bunday hollarda sanʼatkor “Men uni shunday koʻraman” deydi. Tabiiyki, bunday talqin tanqidlar gʻala-gʻovuriga sabab boʻldi va dastlabda haykalga shikast yetkazilmasligi uchun vandalizmning oldini olish maqsadida u astoydil qoʻriqlandi. Albatta, sanʼatkorni har kim xafa qilishi mumkin, lekin, shunga qaramay, sanʼatning koʻp arboblari bu yaratilgan asarga oʻzining yuksak bahosini bergan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



