Ularning qanchalar baland ekanligidan hayratga tushasiz: Tanishing, koinotning eng baland va haybatli sharsharalari!

Bu oddiy qiziqishmi, ilmiy sinchkovlikmi, bunisini aniq ayta olmaymiz-ku, ammo odamlar doimo dunyodagi sharsharalarning balandligi oʻlchab chiqish payida boʻlishgan, biroq oʻlchangan balandliklarni taqqoslash ham shunga yarasha murakkabliklarni keltirib chiqargan.
Bu balandlikni oʻlchash boʻyicha andoza yoki konsensus yoʻqligi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, eng baland sharsharalarning oldiga chiqish juda ham qiyin. Shuning uchun ham olingan maʼlumotlar tahminiy deya baholanadi.
Sharsharalarning nisbiy balandligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ayrimlaridan foydalangan holda biz dunyodagi eng baland sharsharalar roʻyxatini tuzdik va uni siz aziz foydalanuvchilarga taqdim etmoqdamiz. Bizning roʻyxatimizda Kaliforniyadagi Yosemiti sharsharasidan (Yosemite Falls) tortib Venesuelladagi mashxur Anxel (Angel Falls) sharsharasi nomigacha koʻrishingiz mumkin boʻladi.

Montanadagi Gleysher milliy bogʻida (Glacier National Park in Montana) joylashgan va Qor koʻchkisining havzasi nomini olgan sharshara AQSHning eng baland sharshalaridan biri hisoblanadi. U Sperri muzligi (Sperry Glacier)ning eng shimoliy qismi, qorlar erishi natijasida vujudga kelgan oʻnlab togʻ koʻllari va oqimlaridan oziqlanib turadi.

Norvegiyaning Rogaland okrugi, Forsand munitsipalitetidagi juda koʻrkam tabiiy hududda joylashgan Kyeragfossen (Kjeragfossen) sharsharasi – odatda bir yilda 5 oy davomida faol boʻlib turadigan oqimning erkin yoʻnalishiga sharsharadir.

Manavaynyuy (Manawainui) – Gavai orollaridan biri – Maui (Maui)dagi Manavaynyuy vodiysida joylashgan va nafaqat bu shtat, balki dunyodagi eng haybatli va baland sharsharalardan biridir.

Norvegiyadagi sharsharalar roʻyxatidagi keyingisi - Olmaafossen boʻlib, u Gʻarbiy Norvegiyadagi Rauma munitsipalitetida, Raumadalenda joylashgan. Sharshara qorlar erishi natijasida vujudga kelgan kichik togʻ koʻllari va muzliklardan oziqlanadi, biroq uning shiddati mavsumga qarab juda kuchayib ham ketishi mumkin.


Hind okeanidagi Madagaskar oroli yaqinida Reyunon orolining (Reunion Island) Tru-de-Fer kanyonida (Trou de Fer Canyon) joylashgan De Tru-de-Fer sharsharasi – fransuz orolidagi eng baland va jozibador maskanlardan sanaladi.

Umumiy hisobda 739 metr balandlikdan oqib tushayotgan Yosemiti sharsharasi (Yosemite Falls) Yosemiti milliy bogʻidagi (Yosemite National Park) eng baland sharshara boʻlib, shu bilan birga AQSHdagi eng baland sharsharalardan biri hamdir. SHarshara bogʻning eʼtiborga loyiq joylari orasida asosiy oʻrinni egallaydi. Ayniqsa, bahorning oxirida, suv oqimi togʻning choʻqqisidan oqib tushayotgan paytda manzara haqiqatan betakror koʻrinish oladi.

Vashingtondagi Nort-Kaskeyds (Shimoliy Kaskadlar) Milliy bogʻidagi (North Cascades National Park) “Cascade Pass” yoʻnalishidan uzoq boʻlmagan maskanda oylashgan Yoxannesburg sharsharasi (Johannesburg Falls) Yoxannesburg togʻidagi muzliklardan oziqlanadigan shiddatli va betakror sharshara sanaladi.

Gʻarbiy Norvegiyaning Sogn-og-For (Sogn og Fjordane County) okrugidagi Gudvangen qishlogʻidan uncha uzoq boʻlmagan yerda joylashgan Kelfossen (Kjellfossen) sharsharasi dunyodagi eng baland sharsharalar reytingida 18 oʻrinni band etadi. Biroq, bu sharsharaning balandligini aniq oʻlchanmagan, shuning uchun ham mazkur koʻrsatkichni 755 metrdan balandroq boʻlishi ham mumkin deya tahmin qilsa boʻladi. Ayrim manbalarda esa uning balandigi 840 metrga teng deb koʻrsatiladi.

Afrikadagi yirikligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turgan Mutarazi sharsharasi (Mutarazi Falls) Zimbabvening Nyanga Milliy bogʻida (Nyanga National Park) joylashgan. Kuchli yomgʻirlari bilan ifodalanadigan yoz mavsumi – bu yerga tashrif buyurish uchun eng qulay payt, chunki shu paytda suv oqimi oʻzining eng avjiga chiqqan boʻladi.

Gokta sharsharasi (Gocta Catarats) – ikki pogʻonali va yil davomida toʻxtamaydigan sharshara. U Amazonasda, Peruning Chachapoyas provintsiyasida joylashgan. Sharshara asrlar davomida mahalliy aholiga juda yahshi tanish boʻlishiga qaramay, 2005 yilda Stefan Zimendorf va perulik tadqiqotchilar tomonidan uyushtirilgan ekspeditsiya amalga oshguniga qadar dunyo uning mavjudligi toʻgʻrisida hech narsani bilmagan.

Norvegiyadagi Reuma munitsipalitetida joylashgan Mongefossen sharsharasi temir yoʻl vokzalidan turib bemalol koʻrsa boʻladigan dunyodagi eng baland sharshara hisoblanadi. Bu sharsharaning balandligi toʻgʻrisida ayrim kelishmovchiliklar bor, lekin odatda uning balandigini 773 metrga teng, deb koʻrsatiladi.

Vashingtondagi Shimoliy Kaskadlar Milliy Bogʻida joylashgan Kolonial Krik (Colonial Creek Falls) sharsharasi AQSHning qitʼaviy qismidagi eng baland sharsharalaridan biri hisoblanadi. Suv oqimi oʻrtacha 65 gradus haroratida umumiy hisobda 1300 metr balandlikdan, 13 pogʻonadan oʻtib oqib tushadi.

Vayxilau daryosidan oziqlanadigan (WaihilauFalls) Vayxilau sharsharasi Gavai orollaridagi boshqa vodiylar kabi koʻm-koʻk oʻsimliklar olami bilan qoplangan maftunkor Vaymanu vodiysidan (WaimanuValley) topilgan.

Norvegiyaning Sogn-og-Fordan grafligi (Sogn og Fjordane County), Strin (Stryn) munitsipaliteti Ramnefelet (Ramnefjellet) togʻida Ramnefellsfossen (Ramnefjellsfossen) – Ramnefelbrin (Ramnefjellbreen Glacier) muzligidan oziqlanadigan 818 metrli sharshara sanaladi. Unga qayiqda, samolyotda yoki yoʻl boʻylab yayov etib olsa ham boʻladi. Sharsharaga yayov kelish yoʻlagi oxirida esa ham mavjud.

Miklebusebren (Myklebustbreen) nomli bahaybat muzlikdan oziqlanadigan Strupenfossen – Norvegiyadagi yana bir sharsharadir. Uni chuda ham kuchli sharshara deb boʻlmaydi, ammo oʻz shakliga koʻra oʻziga xosdir. Yoz fasli bu sharsharani tomosha qilish uchun eng qulay payt sanaladi, chunki shu payt muzlikdan erib tushadigan suvning sathi eng avjiga chiqqan davrga toʻgʻri keladi.

Yangi Zelandiya oʻzining mislsiz goʻzal sharsharalari bilan juda ham mashxur, lekin ularning atigi bittasigina bizning roʻyxatimizga tusha oldi. Braun sharsharasi (Browne Falls) Yangi Zelandiyaning Janubiy orolidagi Fordlend milliy bogʻida (Fiordland National Park), koʻpchilik turdagi oʻsimliklar va qushlar mavjud boʻlgan va hayratga soluvchi manzaralar qurshovida joylashgan.

Kanadada, Britaniya Kolumbiyasi Malika Luiza dengizboʻyi Provintsial bogʻida (Princess Louisa Marine Provincial Park) joylashgan Dcheyms-Bryus sharsharasi Malika Luiza koʻrfaziga quyiluvchi bir necha sharsharalar orasidagi eng balandi hisoblanadi. Bu sharshara dengiz sathidan 1524 metr balandlikda joylashgan muzlikdan oziqlanadi.

Pukauku sharsharasi (Puukaoku Falls) Gavayining Molokai orolining shimoliy-sharqiy qismida, dunyodagi eng baland qoyalarning biri boʻlmish Xalokuda (Haloku Cliffs) shakllangan. Sharshara suvining oqimi juda ingichka va qoya ichidagi yoriqdan kelib chiqadi. Shuning uchun ham bu sharsharani juda kam hollarda koʻrish va rasmga olish mumkin.

Balayfossen Norvegiyadagi eng baland sharsharalardan biri va u mamlakatning janubiy qismida Ulvik munitsipalitetida joylashgan. U Balay daryosidan (Balai River) oziqlanadi, 850 metr pastga oqib tushadi va Osafordene (Osafjorden) nomli ulkan fordda tugaydi.

Norvegiyaning Mor-og-Romsdal grafligi Sundal munitsipaliteti Sunndalsora qishlogʻidan sharq tomon joylashgan Vinnufossen sharsharasi Yevropadagi eng baland sharshara sanalib, dunyodagi eng baland sharsharalar qatorida oltinchi oʻrinni egalaydi. U Vinnu daryosining bir qismini aks ettiradi, Vinnufyellet togʻidan oqib tushadi va Vinnufunn muzligidan oziqlanadi (Vinnufonna Glacier).

Amazonasda, Peruning shimoliy qismidagi bashang tropik oʻrmonlarda yashiringan Umblilla (Yumbilla Falls) sharsharasi oʻzining 896 metrlik balandligi bilan har qanday kishini hayratga soladi. 2007 yilda “Peru’s National Geographic Institute” Peru instituti tadqiqotchilarining hisoboti chop etilganidagina Xalqaro hamjamiyat bu sharsharaning mavjudligi toʻgʻrisida habar topdi.

Oloupen sharsharasi (Oloupena Falls) – Gavayi orollari tizimidagi Molokai orolining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan sharshara boʻlib, oʻzining kishini larzaga soluvchi 900 metrga teng keladigan balandligi tufayli dunyoviy roʻyxatdagi toʻrtinchi oʻringa munosib sanalgan. U qisqa, mavsumiy, tez oqim tufayli shakllangan va dunyodagi eng baland qoyalarning biri qirrasidan oqib tushadi.

Perudagi Otishi Milliy Bogʻida (Parque Nacional Otishi National Forest) joylashgan Tres-Ermanos (Tres Hermanas Falls) sharsharasi (tarjima qilinganda “Uch opa-singil sharsharasi”) balandligi boʻyicha dunyodagi uchinchi sharsharadir. Uning balandligi 914 metrdan iborat va oʻz nomiga munosib ravishda alohida uch qismdan tashkil topgan.

Janubiy Afrikada Kvazulu-Natal provintsiyasidagi Royal Natal National Park Milliy Bogʻida joylashgan mavsumiy sharsharalar majmui – Tugela sharsharasi sanaladi. U dunyodagi eng baland sharsharalar roʻyxatining ikkinchi oʻrnini band etgan. Ammo, aslini olganda aynan uni birinchilikka munosib deya topish ham mumkin. Sharsharadagi 5 pogʻonaning yigʻilgan balandligi 948 metrni tashkil etadi, ammo yaqinda chex ilmiy ekspeditsiyasi yangi oʻlchovlarni amalga oshirdi va uning balandligi 983 metr ekanligini qayd etdi.

Venesuellaning Bolivar shtati (BolivarState) Gran Sabana (GranSabana) regioni, Kanayma milliy bogʻidagi (CanaimaNationalPark) Auyantepui togʻining (Auyantepui Mountain) qirrasida joylashgan Anxel sharsharasi bugungi kunda dunyodagi eng baland sharshara hisoblanadi.
Uning balandligi 979 metr, erkin parvoz balandligi esa 807 metrni tashkil etishiga nima deysiz? Sharshara tashqi dunyodan oʻta uzoq boʻlgan changalzorlarning ichida joylashgan va unga yetish juda qiyinligiga qaramay, mamlakatning eng ommabop turistik maskanlaridan biriga aylanib ulgurgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



