Hazil

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

Bu bayram davomida yaqin doʻstu-dugonalarga, tanishlarga qaltis boʻlmagan, beozor hazil-mutoyiba qilish, ular bilan begʻaraz hazillashish odat tusiga kirgan.

Yangi Zellandiya, Irlandiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Janubiy Afrikada anʼanaviy tarzda faqatgina kunning birinchi yarmida hazillashiladi va bu bahorgi kayfiyatni kulgi yordamida koʻtarish, ruhiy holatni tektiklashtirish maqsadida uyushtiriladi. Hazillashish imkonini unutib peshindan keyinga qolganlarni esa "aprel tentaklari" deyiladi.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

Ilk bor bu bayramni 1509 yilda bir fransuz shoiri "Poisson dʼAvril" (Aprel baliqchasi) sheʼrida, ehtimol bu she"r bayramga yozilib tayyor boʻlishini hisobga olgan holda, tilga olgan. 1539 yilning 1 aprelida bir flamand zodagoni oʻz xizmatkorlariga gʻayriodatiy topshiriq berib, hazillashgan.

Bu kunning dastlabki toʻgʻridan-toʻgʻri bayram deb tan olinishi 1686 yilda Dchon Obri "Fools Holiday" (Tentaklar bayrami) ni tilga olagnida roʻy bergan. Shundan oʻn yil oʻtib bir necha londonliklar Tauer minorasida "arslonlarni yuvish"ga chaqirib odamlarga hazil qilishga urinishgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

Deyarli butun Yevropada tarqalgan oʻz tanishlarini har hil bahonalar bilan turli tomonlarga joʻnatish odati (frantsuzcha - poisson dʼ avril, inglizcha - april-fool, nemischa - Aprilnarr, shotlandcha - gowk) toʻgʻrisida turlicha farazlar mavjud.

Bugungi kunga qadar uni Annadan Kaiafaga, Pilatdan Irodga joʻnatilgan Iso Masihning taqdirining namoyon boʻlishi bilan izohlaganlar. Bu izohlash Oʻrta asrlarda koʻpincha Aprel oyiga toʻgʻri kelgan Pasxa bayramida mazkur sahna diniy tomoshalar (misteriyalar) tarkibiga kirganligi bilan asoslanib kelgan. Boshqalar bunda faqatgina Aprel ob-havosining oʻzgaruvchanligiga ishorani koʻrganlar.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

Qadimiy Germaniyada joriy odat maʼlum boʻlmagan va Grimmning faraz qilishicha bu yerga ohirgi yuz yilliklar davomida Fransiyadan olib kirilgan. Uning kelib chiqishi hamon u yerda ham aniqlanmaganligiga qaramay, buni majusiylar, balki qadimiy keltlar tomonidan bahor boshlanishi munosabati bilan oʻtkazilgan bayramning qoldiqlari deya faraz qilishga asos bor.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

Ilk ommaviy birinchi aprel hazili Moskvada 1703 yilda boʻlgan. Xabarchilar koʻchalarda yurib hammani "misli koʻrilmagan tomosha"ga taklif qilganlar. "Tomoshabinlar" soʻroq- savollarining keti uzilmagan.

Belgilangan paytda esa pardalar keng ochilganida hamma sahnada "Birinchi aprel - hech kimga ishonma!" yozuvi tushirilgan bir enlik matoni koʻrganlar. Oʻz-oʻzidan gulduros kulgi toʻlqini koʻtarilgan. Shu bilan "misli koʻrilmagan tomosha" tamom boʻlgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni
1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

Oʻnli vaqt — vaqtni rasmiy ravishda oʻnli tizimga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi mish-mishga asoslangan, keng tarqalgan hazil.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

"Apple kompaniyasi Beatles guruhini sotib olayotgan emish" - musiqa sohasidagi ayrim jurnalistlar tomonidan hazil tariqasida atayin tarqatilgan mish-mish sanaladi. Musiqa dunyosida bu hazil haligacha aylanib yuradi.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1915 yilning 1 apreli kuni Birinchi Jahon Urushining eng qizgʻin paytida nemislar lageri ustidan fransuz samolyoti uchib oʻtayotib gʻoyat bahaybat bombani tashlab yuborgan. Nemislar har tomonga qochib qolganlar, ammo portlash sodir boʻlmagan. Bombada "Birinchi aprel bilan!" yozuvi savlat toʻkib turgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1950 yilning 1 aprel kunida gʻarbiy Germaniyaning “Visbaden tageblatt” gazetasi shahar yonida halokatga uchragan “Uchar likopcha” uchuvchisining sensatsion fotosuratini chop qildi. Suratda NUJning uchuvchisi Amerika armiyasi zobitlari kuzatuvida ketayotgani aks ettirilgan.

Maqolada aytilishicha, oʻzga sayyoralik tirik, uning boʻyi 1 metrga teng va u kislorod niqobida, uning bir oyogʻi bor va u faqat sakrab yura oladi.Oʻsha mashhur fotosuratni dunyoning deyarli barcha gazetalari qayta va qayta chop etgan. Faqat bir necha yillar oʻtgandan keyingina gazetaning hodimlari bu bor-yoʻgʻi birinchi aprel hazili sifatida uyushtirilganiga iqror boʻlgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1957 yilda VVS kompaniyasi Italiyada makaronning misli koʻrilmagan hosiliga erishilganligi toʻgʻrisida reportajni chiqargan. Kompaniyaga reportaj yuzasidan birdirilgan fikrlar jamlangan hatlar yogʻilib ketgan: kimdir makaronlar gorizontal emas, vertikal tarzda oʻsishiga hayron boʻlgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

Yana kimdir makaron koʻchatlarini joʻnatishni iltimos qilgan va ayrim odamlargina shu paytgacha makaronlar undan tayyorlanadi deb oʻylagan ekanliklari uchun qoʻrqa-pisa oʻzlarining esankirab qolganlarini yozib yuborganlar.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1962 yilda Shvetsiyada atigi bitta televizion kanal faoliyat yurgizgan, barcha televizorlar esa oq-qora tasvirda koʻrsatgan. Yangiliklarning birida telekanalning texnik mutaxassisi teletomoshabinlar oʻz televizorlarini rangliga aylantirish mumkin ekanligini aytgan.

Buning uchun zarur boʻlgan narsa - faqatgina teleekranning ustiga neylon paypoqni qoplab qoʻyish kerak emish. Bu hazilga yuz minglab shvedlar ishongan, ammo, aslida rangli televizorlar 1970 yilda ishlab chiqarila boshlangan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1976 yilda britaniyalik mashhur astronom Patrik Murning eʼlon qilishicha, maʼlum bir paytda Pluton sayyorasi Yupiterning orqasida boʻlib qoladi, buning natijasida ularning gravitatsion maydoni tenglashadi va bu Yer tortish kuchining vaqtincha pasayib ketishiga olib keladi.

Patrik Murning aytishicha, agar "sayyoralar tenglashishi" paytida bir sakralsa parvoz holatini sezish mumkin emish. Shundan keyin, olimning "maslahati"ga quloq solib shunday qilib koʻrgan odamlardan yuzlab qoʻngʻiroqlar kelib tusha boshlagan.

Ularning hammasi oʻz taasurotlarini gapirib bergisi kelar edi. Bir ayol, xatto, uning doʻstlari oʻz kursilaridan koʻtarilib xona atrofida bir qancha vaqt parvoz qilganini ham gapirib bergan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1977 yilda britaniyaning The Guardian gazetasi Hind okeanida nuqta bilan vergul shaklida boʻlgan orollarda joylashgan kichginagina davlat - San-Seррiffe respublikasi tashkil etilishining oʻn yilligiga bagʻishlangan etti varaqli ilovani chop qilgan edi.

Nashriyot oʻzining oʻquvchilariga Upper Caisse va Lower Caisse nomlari bilan ataladigan ikkita eng yirik orollarining geografiyasi va madaniyati toʻgʻrisida maʼlumot bergan. Aslida esa bunday respublika hech qachon mavjud boʻlmagan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1983 yillda Associated Press agentligi Boston Universitetining professori Djozef Boskin Tentaklar kuni sirini fosh etganligini maʼlum qildi. Kunlardan bir kun Imperator Konstantinning saroy qiziqchisi Kugel oʻz xoʻjayiniga undan-da kam boʻlmagan tarzda imperiyani boshqarishi mumkin ekanligini aytib maqtangan.

Bu gʻoya imperator Konstantinga juda ham yoqib qolgan va u qiziqchiga yil davomida bir kun – 1 aprel kuni imperiyani boshqarishiga ruxsat bergan, deya taʼkidlar edi Boskin.

Associated Press agentligining xabarnomasini AQSHdagi barcha nashrlar qayta chop etganlar, ammo keyinchalik maʼlum boʻlishicha, agentlik tarix fanlari muhtaram professori hazilining qurboniga aylangan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1985 yilda Sports Illustrated churnali New York Mets beysbol komandasi oʻz safiga yangi oʻyinchini - uzatuvchini qabul qilganini, bu oʻyinchi koptokni soatiga 270 kilometr tezlikda uloqtira olish qobiliyatiga ega ekanligini yozgan.

Nashriyotning yozishicha, oʻyinchi bu mahoratga tibet monastirlaridan birida erishgan emish. Komanda muhislari quvonchga toʻlib tantana qilgan edilar, biroq ularning quvonchi juda qisqa vaqt davom etdi.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1985 yilda Discover jurnali April Patso ismli italyan biologi Antarktidada fanga maʼlum boʻlmagan qurtlarni topganini eʼlon qilgan. Biolog bu qurtlarni "issiq kallali qobiqsiz muz qurtlari" deb atagan emish.

Olimning aytishicha, qurtlarning boshida yuqori haroratgacha qiziydigan suyak plastinalari bor va bu ularga muz ostida katta tezlikda harakatlanish imkonini yaratar ekan.

Buning ustiga, Patsoning gaplariga qaraganda, qurtlar pingvinlarni ovlab tirikchilik qilar va ehtimollarga koʻra 1837 yilda Antarktida tadqiqotchilaridan biri - Filippe Puassonning sirli gʻoyib boʻlishiga bevosita aloqador boʻlishi mumkin ham deyilgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1988 yilda "Izvestiya" gazetasi Diego Maradona Moskvaning “Spartak” futbol klubining rahbariyati bilan muzokaralar olib borayotgani toʻgʻrisida maqolani chop etgan. Maqolada aytilishicha “Spartak” Maradonaga komandada oʻynashga roziligi uchun 6 million AQSH dollarini toʻlashga tayyor ekanligi toʻgʻrisida yozilgan.

Keyinchalik, “Izvestiya” gazetasining iqror boʻlishicha bu birinchi aprel hazili boʻlgan. Ammo bungan qadar, Maradonaning Sovet Ittifoqiga koʻchib oʻtishi toʻgʻrisidagi yangilikni Associated Press agentligi mutlaqo jiddiylik bilan habar berib ulgurgan. Bu sovet gazetasidagi birinchi aprel hazili boʻlgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1992 yilda National Public Radio radiostantsiyasida eshittiriladigan "Millat toʻgʻrisida suhbatlar" dasturida Richard Nikson yangidan AQSH prezidentligiga oʻz nomzodini qoʻymoqchi ekanligi eʼlon qilingan. Uning saylovoldi kampaniyasining shiori quyidagicha boʻlgan: "Men birorta ham xatolikka yoʻl qoʻymaganman va bundan buyon ham yoʻl qoʻymayman".

Buning ustiga, yangilik Richard Niksonning nutqi bilan birga uzatilgan. Keyinchalik aniqlanishicha uning ovoziga notanish bir komik artist taqlid qilgan ekan. Richard Nikson 1968 yildan keyin birin-ketin ikki muddat davomida AQSH prezidenti boʻlgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1994 yilda National Public Radio amerika radiostantsiyasi oʻz qulogʻida Pepsi logotipi koʻrinishida tatuirovka qildirgan har bir odam umrbod kompaniyaning barcha mahsulotlariga 10% chegirmadan foydalana olishi toʻgʻrisida eʼlon qilgan edi.

Butun aprel oyi davomida radioga oʻspirinlar qoʻngʻiroq qilganlar, “shartni bajarganini” aytib, mukofotni olish istagida ekanligini aytganlar.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1995 yilda Irish Times gazetasi Disneylend rahbariyati Rossiya hukumati bilan Leninning jasadini mavzoleyi bilan birga sotib olish toʻgʻrisida muzokaralar olib borilayotgani haqidagi maqola chop etilgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1988 yilda Le Parisien gazetasi hukumat tomonidan Eyfel minorasini qismlarga boʻlib, oʻsha payt qurilayotgan fransuz Disneylendiga koʻchirib oʻtilishi va u yerda qaytadan yigʻilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligini chop etib, hamma oʻquvchilarini hayajonlantirgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1988 yilda Le Parisien gazetasi hukumat tomonidan Eyfel minorasini qismlarga boʻlib, oʻsha payt qurilayotgan fransuz Disneylendiga koʻchirib oʻtilishi va u yerda qaytadan yigʻilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligini chop etib, hamma oʻquvchilarini hayajonlantirgan.

Maqolada hukumat hozirgi qiymatni “noxristian” deb xisoblaydi va uni “bibliya qiymati”gacha yaxlitlash niyatida ekanligi toʻgʻrisida yozilgan edi.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

Taco Liberty Bell — 1996 yilda Amerikaning Taco Bell gazakxonalar tizimi boʻlgan kompaniya mamlakatning milliy qarzdorligini kamaytirish yoʻlida "Ozodlik qoʻngʻirogʻi" (inglizcha - The Liberty Bell)ni sotib olib, uning nomini "Tako Ozodlik qoʻngʻirogʻi" nomiga aylantirilganini eʼlon qilgan edi.

Taco Liberty Bell — 1996 yilda Amerikaning Taco Bell gazakxonalar tizimi boʻlgan kompaniya mamlakatning milliy qarzdorligini kamaytirish yoʻlida "Ozodlik qoʻngʻirogʻi" (inglizcha - The Liberty Bell)ni sotib olib, uning nomini "Tako Ozodlik qoʻngʻirogʻi" nomiga aylantirilganini eʼlon qilgan edi.

Aksincha u Avraam Linkoln memorialini Ford avtogigantiga sotilganligini va endi bu memorial nomi Ford Lincoln Mercury Memorial deb atalishini aytgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

Chapaqaylar uchun Vopper (Left-Handed Whopper): 1998 yilda Burger King kompaniyasi USA Today jurnalida oʻzining eng asosiy mahsuloti - Vopper gamburgerining amerikadagi 32 million nafar chapaqaylar uchun moʻljallangan maxsus turini ishlab chiqara boshlanganligi toʻgʻrisida reklama eʼlonini chop qilgan edi.

Kompaniya rahbariyati mijozlarni kamsitmay oʻng qoʻllilar uchun ham gamburgerlar tayyorlash iltimosi bilan minglab qoʻngʻiroqlarga javob berishiga toʻgʻri kelgan. Bundan tashqari, shu kunning oʻzida bu muassasalarga kelgan koʻpchilik mijozlar oʻng qoʻli faollari uchun "eski" Vopperni soʻraganlar.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

"V Kontakte" ijtimoy tarmogʻining 1 apreldan islohotdan avvalgi orfografiyaga oʻtishi, shu bilan birga tegishli davr terminologiyasiga ham moslashtirilishi, yaʼni "matnli xabarnomalar" oʻrniga "maktub" deyilishi toʻgʻrisidagi eʼlon ham juda mashhur boʻlgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

1998 yil 1 aprel kuni "Yevropa plyus" radiostansiyasining eshittirishining hazilida "Qishda ammortizator oʻrnatgan haydovchilar qishki moyni yozgisiga almashtirish uchun studiyaga kelishlari shart" deyilgan. Studiyaga uchta haydovchi etib kelgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

2000 yilning eng yaxshi hazili quyidagicha boʻlgan: Fransiyaning shimolida joylashgan Lill shahridagi hayvonot bogʻining ishchilari mahalliy gazeta orqali tashrif buyuruvchilarga shu paytgacha nomaʼlum boʻlgan Zebro Rhino (Zebra Karkidon) nomi bilan ataluvchi hayvonni koʻrsatishga vaʼda berganlar.

Eng qizigʻi shundaki, gazetada xatto uning surati ham chiqqan. Hayvonot bogʻining direktori zebra va karkidonni bemalol chatishtirsa boʻladi deb bagʻoyat jiddiy tarzda fikr bildirgan. Surat, albatta, fotomontaj yordamida vujudga kelgan).

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

2013 yilda Google oʻz foydalanuvchilariga nisbatan qilgan hazilida oʻzining yangi xizmati Google Nose (Burun) toʻgʻrisida maʼlum qilgan, goʻyoki, bu "Pusk" ilovasi ishga tushirilsa Google foydalanuvchi ishlayotgan moslamaga toʻgʻridan-toʻgʻri hidni uzata olar emish.

Kompaniyaning YouTube dagi rasmiy kanalida xatto reklama videroligi ham chiqib ketgan. Sizga hazil qilinganini "Yordam kerakmi?" tugmachasini bosganingizdan keyingina tushunib olish mumkin edi, chunki sahifadagi oxirgi ibora - "Birinichi aprel bilan!" boʻlgan.

1-aprel – Hazil-mutoyiba yoki kulgi kuni

2013 yil 6 aprel kunida AQSHda odamlarni dunyodagi ilk bor oʻtkazilayotgan qahqaha chempionatiga taklif qilganlar. Huffington Post internet nashriyoti maʼlum qilishicha ushbu marosim Kaliforniya shtatining San-Diego shahrida, amaliy va davolash kulgisi Asotsiatsiyasining har yillik konferentsiyasi doirasida oʻtkazilgan.

Qahqaha chempionatining tashkilotchisi - kanadalik rejissyor Albert Nerenberg boʻladi. U uzoq vaqtlardan beri kulgi bilan qiziqib kelgan va bu hodisa toʻgʻgrisida xatto hujjatli filmni ham suratga olgan. Avvallari Nerenberg bunday marosimlarni oʻz vatani - Kanadada, shuningdek, Yaponiyada ham oʻtkazgan.

Bundan tashqari, uning hisobida qahqaha urib kulish boʻyicha Kaliforniya shtatining chempionati ham bor. Amerikadagi birinchi qahqaha chempionati qatnashchilarining oldida oʻz kulgisi bilan tomoshabinlarni kuldirib yuborish vazifasi qoʻyilgan.

Oʻz mahoratini "soʻniq kulgi", "vasvasa kulgi" va "Iblisona qahqaha" (bu soha Nerenberg tomonidan eng murakkab deb taʼriflangan) hamda Alabama shtatining uslubidagi "ichak uzadigan darajadagi kulgi" shaklida namoyish qilishga ruxsat berilgan.

Nerenberg u asos solgan musobaqa hayotga soddaroq qaraydigan va doimo xushchaqchaq odamlarni birlashtirishini maʼlum qildi. Shu bilan birga, u milliy musobaqalar davrida biror marta ham beadab, ruhiy turgʻunlikdagi odamlar yuta olmaganini qoʻshib qoʻydi.

Yana bir keng ommaga maʼlum boʻlmagan antiqa va begʻaraz hazil. 2013 yilning 1 aprel sanasida Rossiya hududiga ishlash maqsadida ketayotgan bir guruh yigitlardan iborat yoʻlovchilar mamlakatning Oltoy oʻlkasi “Kulunda” chegara postiga etib kelganlarida avtobusdan pastga tushadilar.

Shunda ular orasidagi yigitlardan biri boshqa birining ushbu mamlakatga birinchi bor kelayotganidan xabar topib, “Unday boʻlsa chegaradan oʻtayotgan paytda qoʻlni koʻksingga qoʻyib, “Salom buyuk Rossiya! Men yaxshi niyat bilan keldim!” deya ovoz chiqarib aytishing kerak” deya hazil qiladi.

Sodda yigit bu gapga ishonadi va chegarachi qizning “Safga tizilinglar!” degan buyrugʻi yangragan paytda qoʻlini koʻksiga qoʻyib olganda “Salom buyuk Rossiya! Men yaxshi niyat bilan keldim!” deya baland ovozda salomlashadi. Atrofda gur etib kulgu koʻtariladi. Hayron boʻlgan zobit qiz “Biror kulguli gap aytdimmi?” deya ularga jiddiy nigoh bilan yuzlanadi.

Shunda yigit sherigidan bu gapning rus tilidagi tarjimasini soʻraydi va bilib olgach huddi shuni rus tilida aytadi. Shu tariqa zobit qizning yuziga tabassum yuguradi. Qolgan 50 ga yaqin yigitlar ham aynan shunday salomlashish iborasi bilan birma-bir chegaradan oʻtib oladilar. Shunday keyin esa zobit qiz ularning barchalariga “Xush kelibsizlar” deya chest" beradi.

Darvoqe, mutaxassislarning taʼkidlashicha, kulgi nafaqat sogʻliq uchun foydali. U ishdagi ilhomlantiriluvchanlikni 57 foizga, faoliyatning mahsuldorligini esa 54 foizga oshirar ekan. Bir kundagi kulgi uchun ajratilgan jami 15 daqiqa yiliga 2 kilogramm yogʻni yoqib yuborishi mumkin ekan.

Shu erda aytish oʻrinliki, bitta komediya yoki oʻta kulgili yumoristik telekoʻsatuv kaloriyani sarflash boʻyicha bir kilometrlik sayrga tenglashtiriladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar