Moskva koʻchalaridagi yangi avtobus – "Bronebus" (1 aprel hazili)

"Ishlab chiqaruvchi" bilan xatto u oʻzining asosiy ishidan keyin kechki payt loyiha ustida ishlab oʻtirganligi toʻgʻrisidagi intervyu ham oʻtkazilgan.

Oʻsha intervyu matnining bir parchasi - "Biz gʻarb mamlakatlaridagi diplomatik missiyalari va harbiy tuzilmalari bilan rasmiy darajadagi bir necha juda muhim uchrashuvlar oʻtkazdik. Qisqa qilib aytaman, hozirgi paytda Yevropa ittifoqining ekologik meʼyorlari hisobga olingan holda keyingi avlod "Bronebus"ining eng zamonalashtirilgan modellarini ishlab chiqarish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi."




Keyin aniq boʻlishicha bu maʼlumot navbatdagi 1 aprel hazili boʻlib chiqdi. Tarmoq foydalanuvchilari bu gʻoyani tezda ilib olib, zombi apokalipsis (yaʼni "oxir zamon"uchun eng qulay transport vositasi deya "yangilik" yuzasidan hazillasha boshladilar.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



