Velellavelella - gʻaroyib va oʻziga xos yagona mavjudot

Koloniyaning ichida qobiq bilan qoplangan vaxitindan boʻlgan yassi, havoga toʻldirilgan kamera shakllanadi.

Mana shu butun koloniyani suv oʻz yuzasida ushlab turadi. Koloniyaning asosi xitin qurilmalari bilan mustahkamlangan ovalni tashkil qiladi. Turning oʻziga xos jihati - havo kamerasining diagonali boʻylab joylashgan ingichka yarim dumaloq kurakchasidir. Asos ustida asimetrik joylashgan va “S” harfi shaklida bukilgan yelkan oʻrnatilgan.


Shu kurakchatufayli bu hayvon oʻz nomiga ega boʻlgan (lotincha “velum” — yelkan). Buoʻsimta hayvonlarga suv yuzasi uzra toʻgʻri emas, deyarli 180 gradusga burilib, shamolga nisbatan maʼlum bir burchak ostida harakatlanishga imkon yaratadi. Koloniyaning kattaligi odatda 7 santimetrga teng boʻladi, ammo 10 santimetrgacha ham yetishi mumkin. Paypaslagichlar ipsimon, nisbatan kalta,havo kamerasidan osilib turadi. Ularning miqdori 8 ta va undan koʻproq boʻlishi mumkin.

Koloniyanitashkil etadigan poliplar turli shakllar va vazifalarga ega. Vazifasi ozuqa tutish va uni hazm qilish boʻlgan gatrozooid, yaʼni katta oʻlchamdagi markaziy polip mavjud. U gastro-gonozooidlar (oziqlanish va koʻpayish vazifalariga ixtisoslashgan poliplar) va daktilozooidlar (himoya vazifasiga ixtisoslashganpoliplar) bilan oʻralgan.








Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



