Kolumbiyadagi kamalak ranglarida jilolanuvchi daryo

Navbatdagi moʻjizani yaratayotgan paytda tabiat impressionist musavvir oʻrnida namoyon boʻlib yorqin ranglarni umuman ayamagani yaqqol sezilib turadi.

Ushbu daryo shunisi bilan mashhurki, u turli suv oʻsimliklari tufayli oʻz rangini oʻzgartira oladi. Shuning uchun ham mahalliy aholi bu daryoni Rio de cinco colores, yaʼni “besh hil rangli” yoki “besh rang daryosi” ham deb atashadi va toʻlaligicha asoslangan ravishda uni dunyodagi eng goʻzal daryolardan biri deb u bilan faxrlanadilar.

Bu kichkina daryoning kengligi 20 metr, uzunligi 100 kilometrga teng. Kano Kristalesning suv yuzasiga besh hil rangni (qizil, yashil, sariq, koʻkva qora) suv oʻsimliklari, daryo qumi va osmonning suvdagi aksi hosil qilinadi. Daryo ayniqsa yomgʻirlar mavsumi bilan qurgʻoqchilik davrining orasida juda koʻrkam jilolanadi.


Losada daryosining oʻng tomon jilgʻasi boʻlgan, Kanj Kristales oʻz manbaini Makarena togʻ tizimlarining yon bagʻirlarida olib, Serraniya de lya Makarena Kolumbiya milliy ekologik biosfera qoʻriqxonasining yerlarini kesib oʻtadi va mamlakatning sharqida Guayabero daryosining suvlari bilan qoʻshilib ketadi. Daryo choʻnqir kamgaklar, sharsharalar, tikcharliklar va oʻpqonlar zanjirini namoyon qiladi.


Buloq shu darajada shaffofki xatto ikki metr suv ostidagi daryo tubini aniq va ravshan koʻrish mumkin.Suv tarkibining xususiyatlari (aralashmalar, tuzlar va maʼdanlarning yoʻqligi) daryo suviga distillangan suv fazilatini bahsh etadi. Bu daryoda nima uchun baliq yoʻqligining sabablaridan biri. Balchiqning yoʻqligi va toshdan iborat daryoning tubi unda tirik jonzot yashay olmaslik darajasida plankton uchun sharoitni qiyinlashtiradi.

Juda ham mislsiz koʻrsatkichlarga ega boʻlmasa-da u oʻziga hos noyob hisoblanadi.Qush parvozi balandigidan qaraganda uning suvlari gohida besh nafar – toʻq qizilga mayin oʻtuvchi yorqin alvon, moviy, sariq, yashil va qora ranglar aniq ajralib turadigan suyuq kamalakni eslatadi.


Aborigenlarning qatʼiyat bilan takidlashlaricha tabiatdagi bunday moʻjizaning yaratilishiga parvardigorning oʻzi amr qilgan. Boshqalarning fikricha bunga oʻzga sivilizatsiyaning aloqasi bor. Biroq olimlar tomonidan tadqiq qilinganida shu narsa aniqlandiki, yorqin ranglar bilan jilolanish holatiga daryo oʻzani iyundan noyabrga qadar boʻlgan maʼlum davrdagina kuzatilar ekan.


Yomgʻirlar mavsumidan keyingi aynan shu davrda Macarenia clavígera suv oʻsimliklarining gullashi uchun suv sathi, oqim kuchi va quyosh nurining qulay uygʻunligi vujudga keladi.


Macarenia clavígera– bu dunyoning faqat bir qismida uchraydigan, Eto rastenie endemik, XesusIdrobo ismli olim tomonidan kashf etilgan endemik oʻsimlik. U quyosh taʼsiri bilan suvni toʻq qizil rangda tuslantira oladi. Kolumbiyadagi qishda (yomgʻirlar mavsumida) daryoni jozibalantiruvchi deyarli hech narsasi yoʻq – suv sathining balandligi quyosh nurlariga kerakli chuqurlikka yetib olish imkonini bermaydi.


Kano Kristales tabiiy meros obyektlari qatoriga kiritilgan va YUNESKO himoyasi ostida. Uni oʻz koʻzingiz bilan faqat suv oʻsimliklari gullagan paytda koʻrishingiz mumkin. Boshqa vaqt bu yerga turistlar uchun kirish taqiqlangan.


Oʻzining noodatiy koʻrinishi tufayli bu buloq va umuman daryo atrofida avloddan avlodga oʻtib kelayotgan afsonalar va rivoyatlar talaygina. Afsonalarning birida aytilishicha sharsharalar “zinapoyasi” ostida moxanlarning (moxan – kolumbiya afsonalaridagi suv jinlari) xazinalari yashirilgan gʻorlari joylashgan emish.


Krisstal sofligiga qaramay “kamalak” suvlari ichimlik uchun yaramaydi. Biroq, “jannatdan oqib kelayotgan daryo”da (mahalliy aholi unga bergan nomlaridan yana bittasi) choʻmilish uchun ruxsat berilgan.Gap-soʻzlarga ishonganda agar tabiiy quduq-basseyn (moyyas)larda shungʻib choʻmilsa ichki sokinlik va monandlikka erishish mumkin ekan. Kano Kristalesda choʻmilish turistik dasturlarga kiritilgan.


Yaqin kunlarga qadar Kolumbiya milliy bogʻiga kirish partizan guruhlar tomonidan juda qattiq qoʻriqlanib kelgan. Ammo bugungi kunda nafaqat tadqiqotchi olimlar, balki turistlar ham besh rangli daryoni kichgina qayiqchada oʻzan boʻylab uyushtirladigan toʻrt kunli ekpeditsiya paytida oʻz koʻzlari bilan koʻra olishi mumkin.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



