Oʻzbekiston

Temirchi Shoahmad Shomahmudovning jasorati

Temirchi Shoahmad Shomahmudovning jasorati

UlugʻVatan urushi davrida Shoahmad Shomahmudov va uning turmush oʻrtogʻi BahriAkromova ota-onasini yoʻqotib, yetim boʻlib qolgan hamda Toshkentga evakuatsiyaqilingan 15 nafar bolalarni oʻz tarbiyalariga oldilar. 

Temirchi Shoahmad Shomahmudovning jasorati

Birgina 1943 yilning oʻzida temirchi Shoahmad Shomahmudov toʻrt marotabaota boʻldi. U tarbiyasiga olgan bolalar turli millatga mansub boʻlib,familiyalari ham turlicha edi: Raya Maltseva – belorus, Malika Islomova –tatar, Volodya Urusov – rus, toʻrtinchisi esa ismini ham bilmaydigan ikkiyoshli bolakay edi. Shoahmad ota unga Nigʻmat deb ism qoʻydi. 

Temirchi Shoahmad Shomahmudovning jasorati

Shomahmudovlar oilasi “Hurmat belgisi” ordeni bilan taqdirlandi. BahriAkromova esa “Qahramon ona” unvoniga ega boʻldi. Er va xotin ShomahmudovlarRahmat Fayziyevning “Hazrati inson” romanining hamda shu roman asosida suratgaolingan “Sen yetim emassan” badiiy filmining prototipiga aylandilar. “Sem yetimemassan” filmi 1964 yilda Leningraddagi kinofestivalda “Eng yaxshi tsenariy”(R.Fayziy) mukofotiga sazovor boʻldi. Shuhrat Abbosov rejissyorlik qilgan ushbu film 1972 yilda esaOʻzbekiston Lenin komsomoli mukofotining lauriyati boʻldi. Ikki yildan soʻngesa Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofotiga sazovor boʻldi. 

Temirchi Shoahmad Shomahmudovning jasorati

Toshkentdagi koʻchalardan biri Shomahmudovlar nomi bilan atalgan.

1982 yilda Toshkent markazida “Xalqlar doʻstligi” maydonida Shomahmudovlaroilasiga atab “Xalqlar doʻstligi” monumenti oʻrnatildi. Ushbu monumentningmualliflari – haykaltarosh D. Ryabichev, arxitektorlar L. Adamov va S.Odilov.Bu sanʼat asari Ulugʻ Vatan urushi yillarida SSSR ning turli respublikalaridan15 nafar yetim qolgan bolalarni asrab olgan toshkentlik Shomahmudovlaroilasining ramzidir. Monument markazida temirchi Shomahmudovlarning oilasiniaks ettirgan haykallar kompozitsiyasi oʻrnatilgan.

Temirchi Shoahmad Shomahmudovning jasorati

SSSR davrida Shomahmudovlar oilasining dongʻi butun mamlakatga taraldi.Urush boshlanishi bilanoq Oʻzbekiston Respublikasi bir milliondan ortiqodamlarni evakuatsiya qildi, ulardan 200 mingtasi ota-onasini yoʻqotgan bolalaredi. Bizning Respublikamizga butun boshli bolalar uyini koʻchirib olibkeldilar. Toshkent vokzalidagi evakuatsiya punkti orqali bir kecha-kunduzda 200tadan 400 tagacha yetim bolalar olib oʻtilar edi. 

Temirchi Shoahmad Shomahmudovning jasorati

Toshkentlik ayollarning chaqirigʻi bilan yetim qolgan va evakuatsiyaqilingan bolalarni boqib olish boʻyicha katta miqyosdagi harakatlar boshlandi. Bubolalarning koʻpchiligi oʻzlari haqida hech narsani bilmas edilar. Ularningxotiralarida faqatgina bombalar portlashi, sirenalar ovozi, yaqinlariningoʻlimi bor edi xolos. Ularning taxminiy yoshini shifokorlar aniqlaganlar,familiya va ismlarini esa yangi oiladagi ota-onalari qoʻyganlar. Evakuatsiyaboʻlgan bolalarni asrab olish uchun odamlar oilalari bilan vokzalga kelib, buyerdan oʻgʻil va qizlari bilan qaytar edilar.

Temirchi Shoahmad Shomahmudovning jasorati

Minglab odamlar Shomahmudovlar oilasidan oʻrnak oldilar. Ular rus,belorus, moldavan, ukrain, latish, qozoq, tatar kabi turli  millatga mansub boʻlgan bolalarga boshpanaberdilar. Butun boshli korxonalar ham yetimlarni otaliqqa ola boshladilar.Oʻzbekistonda kolxozlar, tramvay parklari, sartaroshxonalar, nonvoyxonalarningoʻgʻil-qizlari voyaga yeta boshladilar.

Shomahmudovlar oilasining haykali ushbu hamjihatlik hamda SSSR ningturli respublikasidagi turli yoshdagi odamlarning minnatdorchiligi sifatidabarpo etildi. Ushbu arxitektura monumenti oʻzbek xalqining mehmondoʻstligiramzi va butun boshli gʻoyalarning asosi boʻldi. Koʻpgina rejissyorlar,aktyorlar, yozuvchilar va boshqa kasblarning taniqli namoyondalari Toshkentniikkinchi Vatan deb bilishlarini aytib oʻtganlar. Masalan, yozuvchi Dina Rubinaota-onasi evakuatsiya vaqtida Toshkentda tanishganlarini, oʻzi ham shu yerdatugʻilganini, shuning uchun Toshkent uning uchun qadrli ekanligini tan oladi.Uning bir qator asarlari uchinchi shaxs nomidan yozilgan. “Koʻchaning quyoshlitarafi” romanining qahramoni ham huddi muallif singari urushdan keyingiToshkentda tugʻilgan.

Temirchi Shoahmad Shomahmudovning jasorati

2008 yilda 12 aprelgaoʻtar kechasi Toshkentda oʻzbek xalqining insonparvarligi va mehr-shafqat  belgisi boʻlmish Shomahmudovlar oilasi aksettirilgan Xalqlar Doʻstligi Monumenti olib tashlandi.

Hukumat Xalqlardoʻstligi saroyini “Istiqlolʼ saroyi deb oʻzgartirishi ushbu monumentni boshqajoyga koʻchirilishiga sabab boʻldi.               

Temirchi Shoahmad Shomahmudovning jasorati
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar