Oʻzbekiston

Ikkinchi jahon urushi gʻalabasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi

Ikkinchi jahon urushi gʻalabasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi

Rossiyada har yilning 22 iyun sanasi Hotira va motam kuni sifatida nishonlanadi, sababi aynan shu kuni Ikkinchi jahon urushi boshlangan edi. Mazkur kun bir necha avlodlar taqdirini butunlayin oʻzgartirib yubordi. SSSRning barcha respublikalari dushman bilan kurashishda oʻzlarining katta hissalarini qoʻshdilar. 

Ikkinchi jahon urushi gʻalabasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi

Fashizm bilan kurashish uchun 420 ming nafar oʻzbekistonlik insonlar ham oʻz hayotlarini va jonlarini qurbon qilishdi, front tomon ketgan askarlar soni esa 1,5 million kishiga etdi. Ulardan 640000  nafari turli jarohatlar olishgan. Respublikada 15 ta diviziya va brigada yigʻib chiqilgan edi. 

Ikkinchi jahon urushi gʻalabasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi

Oʻzbekiston fuqarolari orasida 120 ming nafar inson urush yillaridagi xizmatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlangan, sovet ittifoqi qahramonlari deya nom olgan, ulardan 53 nafari esa Shuhrat ordeni kavalerlari nomiga munosib deb topilgan. 

Ikkinchi jahon urushi gʻalabasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi

Urush yillari Toshkent va butun respublika jang harakatlari olib borilayotgan yerlardan koʻchirib olib kelingan millionlab insonlarning umumiy uyiga aylandi, 300 mingdan ortiq yetim bolalar bu yerda oʻzlarining yangi oilalarini topdilar.

Ikkinchi jahon urushi gʻalabasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi

1941 yilning kuz faslida Toshkentga SSSRning  AN ilmiy tadqiqot instituti: sharqshunoslik, dunyo adabiyoti, tarix va boshqa yoʻnalishlar koʻchirib kelindi. 

1942 yilga kelib respublikadagi yangi bazaga keltirilgan sanoat korxonalari soni 100 tani tashkil qiladi, bor kuchi bilan ishlar, frontga harbiy texnika, oʻq-dori vaquroq-yaroq yetkazib berardi. Ularda 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan erkaklar va16 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan ayollar kuniga 11 soatdan mehnat qilishgan. Ishchi kuchi yetmagani sababli ishga 12 yoshli bolalar ham jalb qilingan. 

Ikkinchi jahon urushi gʻalabasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi

Respublika qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan nafaqat frontni, balki okkupatsiyadan ozod etilgan shahar va rayonlarni ham taʼminlagan. 

Ikkinchi jahon urushi gʻalabasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi

Toshkentda 1941-1945 yillar davomida harbiy gospital mavjud boʻlgan hududga 1975 yilda “Birodarlik mozori” yodgorligi oʻrnatilgan. Bu hududga urush payti gospitalda vafot etgan 1,5 mingdan ortiq askar va ofitserdan dafn qilingan. 

Ikkinchi jahon urushi gʻalabasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi

Oʻzbekiston oʻsha davr hotiralari va qurbon boʻlganlarga nisbatan hurmat koʻrsatib har yili urush qatnashchilarini yodga oladi, omon qolgan jangchilarni Hotira kuni bilan qutlaydi. Bundan tashqari ularga alohida eʼtibor koʻrsatiladi, yordam beriladi va hech birlari eʼtiborsiz qoldirilmaydi. 

Ikkinchi jahon urushi gʻalabasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi

Ayni paytda respublika hududida 3 mingdan ortiq urush veteranlari va 70 mingdan ortiq front ortiq mehnatkashlari istiqomat qiladilar.

Ikkinchi jahon urushi gʻalabasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar