Hasadgoʻylikdan qanday qutulish mumkin?

Gohida hamma narsaga qoʻl siltab oʻz kuchsizligingni tan olging keladi kishi. Kimdir sendan muvaffaqiyatliroqligi tufayli “adolat” uchun jazo olishi kerakdek tuyulaveradi. Biroq, shoshmang! Balki hasad bilan kurashishning hatto hayolingizga ham kelmagan yanada yaxshiroq usuli bordir, axir?...

Bir dehqonning yakkayu yagona kurkasini tulki boʻgʻizlab ketibdi-yu oʻsha kurkadan sahar tongda tuqqan faqat bir dona tuhumgina qolibdi. Buni eshitgan qoʻshnisi tuhum behudaga nobud boʻlmasin deb dehqondan yaxshigina pul evaziga sotib olmoqchi boʻlibdi. Uning kurk-tovugʻi aynan oʻsha paytda tuhum bosib oʻtirgan ekan. Dehqon rosa oʻylab koʻrib ertasi kuni qoʻshnisiga tuhumni sotibdi. Tez kunlarda tuhumlardan joʻjalar ochilib chiqibdi, ammo kurkaning joʻjasi ochilmay qolibdi... Chunki qoʻshnisiga berishdan oldin haligi dehqon uni qaynatib chiqqan ekan.
Avvalo gapni shundan boshlaylikki – oʻz hasadgoʻyligini tan olish undan qutulish yoʻlidagi muvaffaqiyatning yarmi. Shunday odamlar borki, oʻzida hasad borligini tan olishga qodir emas. Gʻiybat va fisq-fasod gaplar – hasadning shakllaridan biri. "Hech kim oʻlik itni urmaydi”. Deyl Karnegi bu gaplarni aytganida mutlaqo haq edi: agar ijobiy yoki salbiy jihatidan qatʼiy nazar kimdir muhokama qilinsa, demak u noshud odam emas. Uni pastga urib, xunuk qilib koʻrsatmoqchi boʻlsalar, demak u nimagadir boʻlsa ham ega, kim uchundir uning zaminida oʻzining hamda boshqalarning koʻzida afzalroq boʻlib koʻrinish kerak boʻlib qolgan.

Bunga sabab oʻziga nisbatan ishonchsizlik, oʻzining zaifligiga, jozibasizligiga, omadsizligiga va hokazo kabilarga yopishib olganlik boʻladi. Xatto namoyishkorona kimgadir rahmi kelganida ham, rahmi kelgan odam uning oʻrnida boʻlib qolishdan ongsiz ravishda qoʻrqishini “tanoladi”. Xoʻsh, nima qilmoq kerak? Hissiyotlar va emotsiyalar bizga toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunmaydi. Salbiy hissyotlarning mavjudligini tan olish yoki ularni inkor qilish mumkin. Qandaydir maʼlum bir paytga qadar! Har qanday emotsiya va hissiyotni tan olishdan qoʻrqib yoki ularga hayot-mamot urush eʼlon qilib biz ularning vakolatini hamda mustahkam obroʻsini kuchaytirib yuboramiz, chunki hech kim qandaydir ahamiyatsiz biror narsa bilan bu darajadagi jon-jahd bilan kurashmaydi.
Emotsiyalarni inkor qilganda biz biror narsa qilish, vaziyatni oʻz foydamiz tomonga oʻzgartirish uchun ojizligimizga imzo chekkan boʻlamiz. Hasad ikki xil boʻladi – qora va oq. Qora hasad kimlarnidir “asossiz” ustunliklar, vositalar, boshqa odamlarning munosabatlari va hokazolardan mahrum qilishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Boshqacha qilib aytganda uning maqsadi– adolat oʻrnatish. Hasad qilayotganning hisoblashicha bunga erishib boʻlmaydi.(Aslini olganda kerak ham emas!) Shuning uchun ham omad sohibi hasad qilayotganning azoblariga teng azoblarni boshidan kechirsa adolatdan boʻladi. Oq hasad qandaydir va maʼlum darajada boshqa odamning xursandchiligini hamda huzur-halovatini adolatli va asosli ekanligini tan oladi. Hech boʻlmaganida u nimasi bilandir yoqimli ekanligi tufayli qisman oʻzining “ustunliklari”ga ega boʻlishga balki haqlidir.

Inson qanchalar koʻp hasad qilsa, u shunchalar oʻzining noshudligiga, boshqalarda bor narsaga hech qachon erisha olmasligiga ishonib boraveradi. Agar yaxshilab oʻylab koʻrsa, harbir kishida tahsinga va havas qilishga loyiq fazilatlari bor. Biroq hasad qiluvchi oʻzining kuchli tomonlarini, tashqi qiyofasi, ahloqi, turmush tarzining afzalliklarini yaqindan tikilgan holda ham koʻrmaydi. Xatto shu kabi biror narsani sezib qolgan taqdirda ham u oʻzi egalik qilayotgan narsani qadrlamaydi,chunki ularni arzimas va ahamiyatsiz deb hisoblaydi.
Bir idora xizmatchisi idoradan tashqariga chiqib sultonning yaltirab turgan gumbazli saroyiga qarabdi-da, "Afsus, mensultonlar oilasida tugʻilmagan ekanman, hayot juda ham oson oʻtishi mumkin edi…" deb oʻylanib qolibdi. Keyin u bolgʻalarning bir maromda taqillashi bilan baland ovozdagi hayqiriqlar eshitilib turgan shahar markazi tomon yoʻlolibdi. Bu katta bir maydonda yangi bino qurilishida ishlayotgan ishchilarning ovozlari edi. Ishchilardan biri qoʻlida bir necha qogʻozlarni koʻtarib yurgan idora xizmatchisini koʻrib qolib, "Ex, afsus, nima uchun otam buyurganidek oʻqishga harakat qilmadim-a, hozir yengil ishni qilib, kun boʻyi matnlarni koʻchirib oʻtirar edim, hayotim ham juda yengil boʻlar edi…" deb oʻylabdi.
Shu payt sulton oʻz saroyidagi bahaybat derazaning oldiga kelib maydonga bir nazar tashlabdi. U ishchilar, idora xizmatchilari, sotuvchilar, haridorlar, kattalar bilan bolalarni koʻrib, kun boʻyi ochiq havoda jismoniy mehnat bilan shugʻullanish yoki umuman koʻcha daydisi boʻlib, siyosat hamda boshqa murakkab masalalar toʻgʻrisida umuman bosh ogʻritmaslik naqadar mazza boʻlsa kerak, deb oʻylabdi. "Bu oddiy odamlarning hayoti naqadar sodda va oson boʻlsa kerak" deb hayolidan kechiribdi u.

Boshqa odamga havas qilib inson oʻzining bor eʼtiborini va ichki quvvatini oʻz afzalliklaridan boshqaning tahminiy fazilatlariga qaratadi.Shunda oʻzining noyob hislatlari hamda oʻta qulay imkoniyatlari murtak holatida qolib ketadi. Aslida oltin koni ham mana shuning oʻzida yashiringan! Biroq hasad boʻm-boʻsh joyda paydo boʻlmaydi, u ayniqsa turli vaziyatlar qurbonlarini yoki oʻzini shunaqalardan deb hisoblaydiganlarni juda ham yaxshi koʻradi. Hammasining sababi shuki, hasad qilayotgan kishi oʻzi toʻgʻrisida juda past fikrga ega. U oʻzi uchun juda qadri past, uning muvaffaqiyati ahamiyatga arzigudek emas, oʻz kuchiga boʻlgan ishonch juda zaif (agar mavjud boʻlsa), shuning uchun ham, qolayotgan yagona narsa – bahtli va muvaffaqiyatli kishiga hasad qilish. Hasad qilayotgan mutlaqo omadsiz boʻlishi ham shart emas, u muvaffaqiyatga ham erishadi, lekin qandaydir oʻziga oid biror narsada, faqat unga ahamiyat ham bermaydi, oʻz gʻalabasidan zavqlanishni bilmaydi. Chunki “birovniki doim yaxshiroq”.
Shu oʻrinda hasadgoʻylik dardiga chalinmagan odamlar bunday holda tamoman hudbinlar –ularni ham kimlardir hafa qilganiga qaramay, ular boshqalarning zafari, ulardan qasd olish toʻgʻrisida umuman oʻylamaydi – oʻzi toʻgʻrida, oʻzlari qaysi sohada kuchli boʻlsa shu sohada muvaffaqiyatga erishish toʻgʻrisida oʻylaydi. Hasad nima uchun paydo boʻlishini bilib olib uni bir yoqlik qilish oson kechadi. Hasadga sarflangan quvvatni (maʼlum boʻlganiday salbiy hissiyotlar juda koʻp ruhiy bilan birga jismoniy kuchlarni tortib oladi va hayotdan zavqlanishga halaqit beradi) hasadga qarindosh boʻlgan oʻsish, rivojlanish va muvaffaqiyat hissiyotlariga aylantirish zarur. Sizning muvaffaqiyatlaringiz, albatta! Siz hissiyot va emotsiyalarni boshqara olasiz. Agar hasad bilan hech narsa qila olmasangiz uni hech boʻlmasa havasga aylantirib davom ettiring. Hayratlanib havas qiling!

Boshqa biror kishi yaxshilik qilganini koʻrganingizda undan oʻrnak olib uni qoʻllab-quvvatlang. Hayratlangan kishiga doimo taqlid qilishga urinamiz. Tahsin — oʻziga oʻxshashlikni xushmuomalalik bilan tan olishdir. Agar hasad “Bu menda yoʻq (boʻlmaydi ham) desa, tahsin “Zoʻr, men ham shunday xohlayman (qaysi tomonga oʻsishni bilaman) deydi. Hasad oʻz kamchiliklarida chaynalsa, tahsin fazilatlarga egalik qilishdan xursandchilik ruhi bilan toʻlib toshadi. Tahsin hasadga boshqa odamda uning qobiliyatlarini, qadr-qimmatini, ustunliklarini borligini va hozirgi paytda shu zahiralarning oʻzida yoʻqligini tan olishi bilan oʻxshash. Kimnidir yoki nimanidir taxsinga loyiq topib siz uning fazilatlarini oʻzingizga “oʻgʻirlab”olish bilan shugʻullanasiz. Bu qanday boʻlishi mumkin? Tahsin sevgiga oʻxshash, xatto shunday naql ham bor: dushmanni magʻlub etish uchun uni sevib qolish,boshqacha qilib aytganda, uning mahorat sirlarini yaqinroq bilib olish kerak.

Mening sanamlarim yoʻq. Men ishim, jonbozligim va mahoratimni tahsinga loyiq topaman. Ayrton Senna.
Kimnidir tahsinga loyiq topsangiz, siz oʻzingizga muhim boʻlgan sohada tahsin obyektiga oʻxshab borasiz. Siz maʼlum darajada, uning fikrlash, faollik sathiga oʻtasiz. Siz uning tajribasini oʻzlashtirasiz, uning xursandchiligini oʻzingizga yuqtirasiz, demak uning potentsiali va energiyasidan bahramand boʻlib “oziqlanasiz”. Tahsin qanotlantiradi, kuch-quvvat bagʻishlaydi, ufqlarni kengaytiradi, yangi imkoniyatlarni ochadi.Tahsinga loyiq topgan insoningiz sizning hissiyotlaringiz toʻgʻrisida xabar topib oʻzida bor narsa bilan bajonidil boʻlishishga tayyor boʻladi...

Bir sharqiy mamlakatda podshohning bogʻida ajoyib atirgul ochilgan ekan. U shu qadar goʻzal ekanki, uning dongʻi dunyo boʻylab taralib ketgan ekan. Podshohning oldiga turli mamlakatlarning qirollari, shohlari, hoqon-u sultonlaridan atirgul uchun boyliklar bilan choparlar kela boshlabdi. Ular podshohning oldiga kelib gulni oʻz hukmdorlarining bogʻlariga katta pul va sovgʻalar evaziga berishni soʻray boshlabdilar. Podshoh ularning hammasiga doimbir hil javob qilar ekan: “Borib bemalol olaveringlar”. U faqat maftunkor atirgulning uzun va oʻtkir tikanlari borligini aytmas ekan. Bu tikanlar gulni qoʻlga olishga imkon bermas ekan. Shuning uchun ham uni haligacha hech kim uzib ololmagan ekan. Choparlar boqqa borib atirgul oldiga marvarid, shoyi matolar, qimmatbaho toshlarni toʻkib sochar ekan, biroq atirgul pinagini ham buzib qoʻymas ekan.
Kunlardan bir kun shu sharqiy mamlakatga juda koʻp marta eshitgan atirgulni oʻz koʻzi bilan koʻrish maqsadida boshqa mamlakatdan bir shahzoda tashrif buyuridi. U atirgulni koʻribdi-yu uni sevib qolibdi. Biroq u goʻzal gulni oʻzi bilan olib keta olmasligini bilarekan. Shunda u oʻsha boqqa kelib gulning oldida tiz choʻkib soʻzlay boshlabdi: "Ey, goʻzal atirgul! Sen shunchalar maftunkorsanki, men boshqa hech narsani oʻylay olmay qoldim. Sen shunchalar nafosatga boysanki, xatto men bilan ketishingni soʻrashga ham jurʼat qila olmayman, faqatgina maftun boʻlganimni izhor eta olaman.Yoʻlimda kimni uchratsam ham sening goʻzalliging toʻgʻrisida zavqu-shavq bilan hikoya qila olaman. Ammo, goʻzalligingni taʼriflashga insonning tili ojizlik qilar ekan". Atirgul dunyoning hamma pullaridan ham qadrliroq boʻlgan shahzodaning tasannolari va dil izhoridan lol qolibdi va oʻz tikanlarini tashlab yuboribdi. Shunda shahzoda uni oʻz qoʻliga olib oʻz mamlakatiga olib ketibdi. Shahzodaning vatanidagi fuqarolar asl goʻzallikni juda ham qadrlashar ekan. Oʻsha atirgul ham shahzoda vatani poytahtining koʻrkiga koʻrk qoʻshib,uning chiroyidan odamlar uzoq-uzoq yillar bahramand boʻlishgan ekan.

Har qanday holatda ham sizni maftun etgan narsa siz uchun toʻgʻri yoʻldan adashtirmaydigan yoʻlchi yulduzingiz boʻladi. Havas qilgan insoningizga yetib olib undan ham oʻzib ketish uchun sizda haqiqiy imkon vujudga keladi. Unga samimiy tasanno keltirishni davom ettirsangiz, uni yaqindan bilib olgandan keyin dilingizdagi ideal inson juda ham benuqson emasligiga,uning ham oʻziga yarasha kamchiliklari borligiga guvoh boʻlib hayratda qolasiz. U ham hamma kabi gohida adashishi mumkin, hayotining boshqa taraflari ham dastlabda koʻringanidek juda bekami-koʻst emas. "Koʻz tegdi" degani aynan mana shu toʻgʻrisida – hamma ham adashishi mumkin, hech kim bequsur va barkamol emas. Tahsin – bu hayoliy havas yoki sigʻinish emas, chunki ular boshidanoq siz oʻzingizga pir qilib olgan kimsadan oʻzingizni pastroq baholaganingizdan darakdir. Siz doimo oʻzingizni u bilan taqqoslaysiz va bu taqqoslash sizning foydangizga yakunlanmaydi. Siz uning jihatlaridan birini sizda ham hozir boʻlishini xatto tasavvur qilolmaysiz.

Inson oʻzini boshqa bir kimsalar bilan taqqoslab, oʻzining yutuqlaridan qoniqishga erisha olishi mumkin emas: doimo kimdir sizdan yaxshiroq boʻlib vujudga kelaveradi. Maftun boʻlganda siz beixtiyor maftun boʻlgan kishingizga yoki narsa yaqinlashib borasiz. Oʻzingizni faqatgina oʻzingiz bilan taqqoslang: agar bugungi siz kechagi oʻzingizdan qandaydir jihatingiz bilan barkamolroq boʻlsangiz, bu juda soz! Rivojlanish sezilarli boʻlmagan taqdirda, fikringiz yaqinlaringiz fikri bilan toʻgʻri kelishini tekshirib koʻring, balki oʻzingizga haddan tashqari tanqidiy yondoshayotgandirsiz. Buning ustiga rivojlanish doim ham yaqqol koʻrinavermaydi, juda koʻp hollarda ikki qadam old tomon yurishdan avval bir qadam orqaga tashlash kerak boʻladi. Xatolar jismoniy ogʻriq hamda salbiy emotsiyalar kabi biz baht, xotirjamlik, muvaffaqiyatdan uzoqlashayotganimizdan darak sifatida bong uradi. Havas oʻzimizga yangicha nazar tashlash, hammamiz ham “bir xamirning tarkibiy qismlari” ekanligimizni anglash uchun kerak. Istagimizdagi zahiralarga yoʻl ularga maftun boʻlish, ularni tahsinga loyiq deb topish orqali ochiladi.

Bir donishmandning shogirdlari undan "Hasad nima?" deb soʻradilar. Muallim shunday javob berdi: "Hasad inson dunyo birligini anglashining shakllaridir. U ongni oʻzlik chegarasidan tashqariga chiqaradi. Hasadning eng quyi pogʻonasi — “qora hasad” — insonning oʻzligi istalgan, biroq erishishga koʻzi yetmagan narsani mutlaqo inkor qilinganida vujudga keladi. Ikkinchi pogʻonada “oq hasad” turadi – bu insonning oʻzligi istalgan narsa bilan tenglashtirish holatida vujudga keladi. Hasad rivojlanishining uchinchi pogʻonasi — istalgan narsa gapir kabi sigʻinishdir va nihoyat ayrim insonlargina hasad yagona olamga boʻlgan muhabbat ichra toʻliq erib yoʻq boʻib ketadigan toʻrtinchi pogʻonaga erisha oladi.”

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



