Sayohat

Gans Xristian Andersen: "Keksa koʻcha chirogʻi"

Gans Xristian Andersen: "Keksa koʻcha chirogʻi"

U oʻz ustunida oxirgi kecha koʻchani yoritib osilib turibdi, uning dilida sahnada oxirgi marta oʻynayotgan va ertaga oʻzining kichgina uychasida hamma tomonidan unutilib yuborilishini sezib turgan balerinadagi kabi hissiyotlat kechar edi. Eski xizmatchini ertangi kun juda qoʻrqitardi: u ilk bor shahar boshqarmasiga borishi va hali ham xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini hal etuvchi oʻttiz olti nafar “shaharning otalari” oldida hozir boʻlishi kerak edi. Ehtimol, uni birorta koʻprikni yoritish uchun yoki chekka joydagi birorta fabrikaga yuborishar, balki, uni oddiychasiga qayta eritishga berishlari mumkin va shunda undan xohlagan narsani yasash mumkin.

Gans Xristian Andersen: "Keksa koʻcha chirogʻi"

Shu oʻrinda unga bir xayol hech tinchlik bermasdi: u bir vaqtlar koʻcha chirogʻi boʻlganligi toʻgʻrisidagi hotirlarni eslab qolarmikan? Qanday boʻlmasin, u xar qanday vaziyatda u uning oilasidek boʻlib qolgan tungi qoʻriqchi va uning rafiqasi bilan ajralishini bilar edi. Ularning ikkalasi xam –koʻcha chirogʻi ham, qoʻriqchi xam bir vaqtning oʻzida xizmatga kirishgan.

 

Qoʻriqchining rafiqasi oʻsha paytda juda balandparvoz edi va uning yonidan oʻtib ketayotib unga faqat kechqurun oʻz nigohini tuhfa qilardi. Soʻnggi yillarda, ularning uchchalovi –qoʻriqchi, uning rafiqasi va tungi chiroq qarib qolganida, u xam chiroq qagʻamxoʻrlik qila boshladi – chiroqni tozalar va unga moy quyardi.

Oqsoqollar, keksalar sofdil odamlar edi, ular xech qachon chiroqni bir tomchiga ham kamsitmagan edi.

Xullas, oʻsha kecha u koʻchada edi va ertalab u xokimiyat binosiga borishi kerak edi. Bu mudhish fikrlar unga tinchlik bermasdi, shuning uchun ham chiroq uncha yaxshi yonmasdi. Biroq, uning xayolida boshqa fikrlar ham bor edi; u koʻp narsalarni koʻrdi, koʻpnarsaga nur toʻkdi balki u shaxarning oʻttiz oltita otasiga bu borada past kelmas. Lekin bu xaqda ham sukunat saqlar edi.

 

Gans Xristian Andersen: "Keksa koʻcha chirogʻi"

Axir u hurmatga sazovor eski chiroq va hech kimni hafa qilmoqchi emas, ayniqsa oʻz boshliqlarini.

 

Ayni paytda, uning hotirasidagi koʻp narsalar esiga kelar edi, va gohida uning alangasi goʻyo shunday fikr kelganidan chaqnardi: “Xa, meni ham kimdir eslab qoʻyar! Masalan haligi chiroyli yigit ... Oʻsha paytda koʻp yillar oʻtdi. U mening oldimga qoʻlida maktub bilan keldi. Bu maktub zarhal qirrali yupqadan yupqa pushti qogʻozda va ayol kishining chiroyli yozuvi bilan yozilgan edi. U oʻsha maktubni ikki marta oʻqib chiqdi-yu menga oʻzining yarqiragan koʻzlarini koʻtardi. Bu koʻzlar “Men dunyodagi eng bahtiyor insonman!” – deb turardi. Ha, uning sevgilisi birinchi maktubida nima yozganini faqat u va men bilar edik. Men boshqa koʻzlarni ham eslay olaman...

 

Gans Xristian Andersen: "Keksa koʻcha chirogʻi"

Vo ajabo, fikrlar qanday sakrayapti-ya! Bizning koʻchamizda serhasham dafn marosimi harakatlanar edi. Duxoba bilan oʻralgan aravachada yosh, goʻzal ayol jasadini tobutda olib ketishayotgandi. Qanchadan qancha gulchambarlar va gullar bor edi! Mashʼallar shu darajada koʻp ediki, ular butunlay mening nurimni bosib oʻtib ketgandi. Yoʻlkalar tobutni kuzatayotgan odamlar bilan toʻlib ketgandi. Ammo maʼshallar koʻzdan gʻoyib boʻlganida men ustunim oldida yigʻlab turgan odamni koʻrib qoldim. Menga qarabturgan undagi gʻamgin koʻzlarining nigohini hech qachon unuta olmayman. Oʻsha oxirgi kechada koʻcha chirogʻi yana koʻp nimalarnidir esladi. Oʻrnini almashayotgan soqchi, hech boʻlmasa, oʻz oʻrnini kim egallashi mumkinligini biladi va oʻz oʻrtogʻi bilan bir necha soʻzlar yordamida qisqacha muloqotda boʻlishi mumkin. Chiroq esa uning oʻrniga kim kelishi bilmas edi va na yomgʻir bilan aynigan havo, na toʻlganoy yoʻlakchalarni yortib turishi, na shamol qaysi tarafdan qachon esishi toʻgʻrisida gapirib bera olardi. 

Oʻsha paytda suv oqova kanali orqali koʻprik va boʻshayotgan oʻrindagi lavozimga tayinlanish chiroqning oʻziga bogʻliq deb oʻylangan uchta nomzod tayyor edi. Birinchisi, qorongʻida porlab turadigan “baliq kalla” edi; u ustundagi oʻrin unga nasib qilsa moy harajati sezilarli darajada qisqaradi, deb xisoblardi. Ikkinchisi esa “chirik poʻstloq”edi, u ham porlar edi. Uning soʻzlariga koʻra, quritilgan baliqdan koʻra yorugʻroq yonar emish; Bundan tashqari, u oʻzini butun oʻrmonning soʻnggi qoldigʻi, deb xisoblardi. Uchinchi nomzod otashin qoʻngʻiz edi. U qayerdan paydo boʻlib qolganini chiroq hech tushunmasdi. Biroq shunga qaramay, otashin qoʻngʻiz shu yerda va u ham porlaydi, ammo “baliq kalla” bilan “chirik poʻstloq” qasam ichib uni faqat vaqti-vaqti bilan porlashi toʻgʻrisida taʼkilardi, shuning uchun u bilan xatto hisoblashmas edi ham. 

Keksa chiroq ularning hech biri koʻcha chirogʻi boʻlishi uchun yetarli yorita olmasligini gapirgan edi, lekin unga hech kim ishonmadi.

Lavozimga tayinlanish unga bogʻliq emasligini bilib, uchalasi chuqur mamnuniyatni ifoda etdi - u toʻgʻri tanlov qilish uchun juda keksalik qiladi, axir.

Shu payt burchakdan shamol uchib keldi va chiroqning qalpogʻi ostida pichirladi: 

- Nima gap? Aytishlaricha, sen ertaga isteʼfoga chiqmoqchi ekansan? Bu yerda seni oxirgi marta koʻrishimmi? Unday boʻlsa,senga bir sovgʻam bor. Bosh suyaging qutisini yaxshilab shamollatib beraman. Shundan keyin sen nafaqat koʻrgan va eshitgan xamma narsani aniq va ravshan eslay olasan, shu bilan birga sening oldingda gapirilgan yoki oʻqilgan narsalarni bemalol koʻra olasan ham. Yorugʻ boshing shu tarzda yangilanadi.

Gans Xristian Andersen: "Keksa koʻcha chirogʻi"

- Senga qanday qilib minnatdorchilik bildirishimni bilmayman! – dedi keksa chiroq.

- Faqat qayta eritishga tushmasam boʻldi!

- Bunga hali ancha bor,- dedi shamol. –Hozir seni hotirangni bir shamollataman. Agar sen koʻp shunaqa sovgʻalar olganingda yoqimli keksalikni kechirar eding. - Faqat qayta eritishga tushmasam boʻldi! –yana bir qaytardi keksa chiroq.– Yoki, shunday boʻlsa ham hotiramni saqlab qolasanmi?

-"Es-xushli boʻl, keksa chiroq!" – deb shamol pufladi. Shu onda osmonda oy paydo boʻlib qoldi.

– Siz nima sovgʻa qilasiz? –deb soʻradi shamol.

– Hech narsa –deb javob berdi oy. –Men zarardaman, buning ustiga chiroqlar hech qachon men uchun yorita olmaydi, doim men ular uchun yoritaman. Oy yana bulut orqasiga yashirdi. U zerikishni xohlamadi. Toʻsatdan chiroqning temir qopqogʻiga tomchi tushdi. Tomchi tomdan tushganday tuyulgan edi, lekin u bulutlardan tushganini aytdi va bu ham ehtimol eng yaxshi sovgʻa boʻldi.

- Men seni charhlayman,- dedi tomchi, - Shuning uchun oʻzing istagan paytingda zanglab qol, sochilib ketishing mumkin. Chiroqqa bu sovgʻa yomon tuhfa boʻlib koʻrindi, shamolga ham.

- Kim koʻproqberadi? Kim koʻproq beradi? - U kuchli ovoz bilan shovqin koʻtardi. Shu paytda bir yulduz uzun yorqin iz qoldirib osmondan pastga kelib  tushdi.

- Nima bu? -“baliq kalla” chinqirib yubordi.

– Osmondan yulduz toʻgʻri shu chiroqqa kelib tushdi. Agar bu joyni shunday yuqori lavozimli shaxslar koʻzlasa, bizga-ku, umuman yoʻl boʻlsin! Hurmatimizni bilib bu yerdan tezroq joʻnab qolganimiz maʼqul!

 

Gans Xristian Andersen: "Keksa koʻcha chirogʻi"

 

Ularning uchchalasi ham ketdi. Keksa chiroq esa toʻsatdan yoriqlashib "Mana bu juda ajoyib sovgʻa boʻldi!" dedi.

- Men doimo yorugʻ yulduzlardan, ularning ajoyib nurlaridan juda hayratga tushar edim! Butun yuragim bilan intilsam ham oʻzim hech qachon ular kabi porlay olmas edim. Mana, ular meni, qashshoq va keksa chiroqni koʻrib qolib, menga oʻz singillaridan birini yuborishdi.

Ular menga oʻzimning esimda qolgan hamda oʻzim koʻrgan narsalarni men sevgan kishilarga koʻrsata olish qobiliyatini tuhfa etishdi. Mana haqiqiy lazzat! Boshqalar bilan baham koʻrishning imkoni boʻlmasa, quvonch ham quvonch emas.

- Ajoyib fikr, -dedi shamol. Ammo, aslida, sen bu sovgʻaga shamning aloqasi borligini bilmasang kerak. Senda hech qanday sham yoqilmagan boʻlsa, hech kimga hech narsani koʻrsatib bera olmaysan. Yulduzlar bu haqda oʻylamagan. Ular seni ham yorugʻlik taratuvchi boshqa hamma narsani ham sham deb oʻylaydi. Mayli, endi men charchadim, yotishga vaqt keldi, - dedi shamol va yotib tinchlandi. Ertasi kuni ertalab ... 

Yoʻq, ertangi kunni oʻtkazib yubora qolaylik - kelasi kechada chiroq kursida oʻtirgan edi. Xoʻsh, kimning kursisida? Keksa tungi qoʻriqchining uyidagi kursida. U uzoq yillar davomidagi sidqidil xizmati uchun "shaharning oʻttiz oltita otasi"dan eski koʻcha chirogʻini unga berishlarini soʻradi. Ular uning ustidan kulib qoʻydilar, ammo chiroqni berdilar. Endi bu chiroq issiq pechka yaqinidagi kursida oʻtirardi, shuning uchun u oʻzini biroz oʻsganday his etdi - u deyarli butun kursini egallab oʻtirgan edi. Qariyalar kechki ovqat oldida oʻtirib keksa chiroqqa muloyim qarab qoʻyar edilar: ular uni stol yoniga oʻzlari bilan birga oʻtkazib qoʻyishga ham tayyor edi. Biroq, ular bir necha tirsak chuqurligidagi yertoʻlada yashar edi va burga kirish uchun gʻisht yotqizib chiqilgan dahlizdan oʻtish kerak boʻlardi, ammo uyning oʻzi issiq va shinamgina edi. Eshiklarning chekkalari kanop bilan  qoplangan, krovat parda ortida yashiringan, deraza tokchada esa ikkita ajib gultuvaklar turgandi.

 

Gans Xristian Andersen: "Keksa koʻcha chirogʻi"

 

Ularni Sharqiy Xindistondanmi yoki Gʻarbiy Xindistondanmi Kristian ismli bir dengizchi yigit olib kelib bergan. Ular sopoldan tayyorlangan fillarning shakllari, orqalarida tuproq solish uchun chuqurlik joyi bor. Fillarning birida ajoyib porey piyozi oʻsar edi– bu qariyalarning polizi, boshqasida yorongul oʻsar edi – bu ularning bogʻi edi. Devorda bir yigʻilganda hamma hoqonlar va qirollar hozir boʻlgan Vena kongressini aks ettirgan moyboʻyoq bilan ishlangan katta surat osilgan edi.

Ogʻir qoʻrgʻoshin toshli eski soatlar har tinmay chiqqilardi va doim oldinga shoshardi. Ammo, qariyalar buni ular ortda qolgandan koʻra yaxshiroq deb qabul qilar edi.

Gans Xristian Andersen: "Keksa koʻcha chirogʻi"

Xullas, ular kechki ovqatlanish bilan mashgʻul edi, eski koʻcha chirogʻi esa yuqorida aytilganidek pechka yonidagi issiq oʻrindiqda yotardi va unga butun dunyo teskari boʻlib ketganday tuyulardi.

 

 

Bir vaqt keksa qorovul unga bir nazar tashladi va ular yomgʻir bilan havo aynigan paytda, ochiq va qisqa tunlarda va ertoʻlaga kirib ketish xohishi avjiga chiqqan qorli boʻronlarda birga boshidan kechirgan hamma narsani eslay boshladi. Chiroq goʻyo tushdan uygʻonganday boʻldi va buni hammasini hayolan koʻrdi. Xa, shamol uni yaxshilab puflab shamollatgani rost!

Qariyalar mehnatkash va qiziquvchan odamlar edi, ularning bir soati ham behuda ketmas edi. Yakshanba kunlari tushlikdan keyin gohida stol ustida qandaydir bir kitob paydo boʻlib qolardi, eng koʻproq hollarda sayohat tavsifi boʻlar edi. Chol Afrika toʻgʻrisida, undagi keng oʻrmonlar ichida erkinlikda yurgan yovvoyi fillar toʻgʻrisida ovoz chiqarib oʻqirdi. Keksa ayol eshitib oʻtirib, goho gultuvaklar shaklidagi sopolli fillarga qarab qoʻyib “Tasavvur qilyapman!” – deb qoʻyardi.

 

Chiroq uning ichida mum shami yonib turishini juda istardi, shunda kampir ham u kabi hamma narsani koʻrdi: qalin shoxlari bilan chirmashib ketgan baland daraxtlarni ham, otdagi odamlarni ham, qamishlaru butazorlarni qalin oyoqlari bilan tepalab tashlayotgan fillarning butun galalarini ham. 

Gans Xristian Andersen: "Keksa koʻcha chirogʻi"

- Sham boʻlmasa mening qobiliyatlarimdan nima naf? – deb oʻksinar edi chiroq. Qariyalarda faqat moy bilan moyli shamlar bor, ammo bu yetarli emas. Birdan yertoʻlada bir talay sham qoldiqlari topilib qoldi.

 

Sham qoldiqlarininguzunlari yoritish uchun ishlatilardi, kaltalarini esa kampir tikish paytidaipni mumlardi. Qariyalarda mumli shami bor boʻlgani bilan ular hech boʻlmasa bittasini chiroqning ichiga qoʻyib koʻrishni hayoliga ham keltirmas edi.

- Mana, men bu yerda oʻzimning hamma kamyob imkoniyatlarim bilan qoqqan qoziqday turibman, - derdi chiroq. - Mening ichimda shuncha boylik bor-u, men uni hech kim bilan boʻlisha olmayman! 

Eh, men bu oq devorlarni ajoyib manzaraga, chigal oʻrmonlarga, istagan narsangizga aylantirib yuborishim mukinligi bilmaysizlar-da! Eh, bilmaysizlar-da!

Chiroq har doim toza va chiroyli holda burchakda, eng koʻzga koʻringan joyda turardi. Odamlar uni eski lash-lush derdi, biroy qariyalar bunday gaplarni nazariga ham ilmasdi– ular keksa chiroqni juda yaxshi koʻrar edi.

 

Kunlardan bir kun, keksa qoʻriqchining tugʻilgan kunida kampir chiroqning oldiga kelib, nim tabassum qilib shunday dedi:

- Hozir bizuning sharafiga bayram charogʻbonligini yoqamiz! Chiroqning quvonchidan qalpoqchasi qaltirab ketdi. "Axiyri, ular tushunib yetdi!" - deb oʻylardi u.

 

Lekin unga sham oʻrniga yana moyli pilik qoʻyildi. U tuni bilan yonib chiqdi va - yulduzlar unga sovgʻa qilgan ajoyib fazilat – bu hayotda kerak boʻlmasligini endi aniq bildi. Shunda u oʻy-hayollar, keyin uyqu ogʻushiga shoʻngʻidi – bunday qobiliyatlar bilan oʻy-hayollarga berilib, uyquda tushlar koʻrish ham hech gap emas – qariyalar olamdan oʻtib, uning oʻzi qayta eritishga tushib qolgan emish. U avvalgi safar shahar maʼmuriyatidagi “shaharning oʻttiz olti otalari” oldiga ketayotgandek juda xavotirda emish. U oʻz xohishiga koʻra zanglab kukun boʻlib, toʻkilib ketish qobiliyatiga ega boʻlsa ham bunday qilmadi, qayta eritish pechiga tushdi va qoʻlida guldastali farishta shaklidagi shamdonga aylandi. Guldastaga mumli shamni qoʻyishdi va shamdon yozuv stolining zangori matosida oʻz joyini egalladi. Xona juda shinam; hamma tokchalar kitoblarga toʻlgan, devorlarda serxasham suratlar ilingan. Bu yerda shoir yashaydi. U nimani oʻylasa, yozsa – bularning hammasi goʻyo manzarali tomoshagohdagidek shamdonning oldida gavdalanadi. Xona gohida qalin oʻrmon, gohida quyosh ostidagi laylak kelib qoʻngan oʻtloqlarga, gohida joʻshqin dengiz uzra suzib ketayotgan kemaning sahniga aylanadi … 

Gans Xristian Andersen: "Keksa koʻcha chirogʻi"

- Eh, ichimda qanday qobiliyatlar yashiringan, a! — dedi keksa chiroq uyqudan turib. — Toʻgʻrisi, xatto qayta eritishga ketgim ham kelib qoldi. Shunday boʻlsa ham, yoʻq! Qariyalar hayot ekan – kerak emas. Ularni meni qanday boʻlsam, shundayligimcha yaxshi koʻradi,ular uchun goʻyo farzandlaridekman. Ular meni tozalashadi, moy quyishadi, va oʻzimni kongressdagi anavi amaldorlardan zarracha hech kam his etganim yoʻq. Oʻsha kechadan boshlab koʻcha chirogʻi ruhiy xotirjamlikka ega boʻldi – va u bunga haqli edi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar