Ish va oʻqishdan haydalgan buyuk shaxslar tarixi: Muvaffaqiyatli ikkichi va chalasavodlar

Agar hozirchanima bilan shugʻullanishni bilmayotgan boʻlsangiz, mana bir necha mashhur ikkichilar hamda chalasavodlarning biografiyasidan bir necha misol: ular muvaffaqiyatning tenglamasini aniq bilgan – baxtga yoʻl yoʻq edi, lekinbaxtsizlik yordam berdi.
Muvaffaqiyatli va mashhur, badavlat va yetuk odamlarning orasida, albatta, aʼlochi talabalar ham bor, "botanik"lar shakllanishining va muvaffaqiyating oʻz tarixi bor, lekin hozir gap ular haqida emas.
Albert Eynshteynning quyidagi soʻzlarini doimo yodda tuting: "Agar siz baliqni daraxtga chiqish qobiliyati boʻyicha baholaydigan boʻlsangiz, u umrbod oʻzining ahmoqligiga ishonib yashaydi". Huddi shu oʻrinda Jeyms Reyning ham gapini keltiraylik: "Haqiqiy muvafaqiyat istamagan narsangizdan yuz oʻgirib, oʻzingiz xohlagan narsangizda eʼtiboringizni jamlagan paytda keladi”. "Dalil kerakmi? Ular keragidan ham ortiqroq, marhamat:

Lyudvig van Betxoven xatolar bilan yozgan, boʻlish bilan koʻpaytirishni Aleksandr Dyuma singari umuman oʻzlashtira olmagan.

Vladimir Mayakovskiy oʻzini oʻqish bilan qiynamaganlini aniq, u hatto "Anna Karenina" romanini ham oʻqib tugata olmagan.

Volterning otasi u va uning ukasi toʻgʻrisida faqat: "Men ikkita ahmoqni ulgʻaytirdim. Bittasi nasriy, ikkinchisi shoirtabiat ahmoq” degan.

Napoleon matematikadan tashqari boshqa hech qanday mavzuda oʻz bilimlari bilanporlamagan. Uolt Disney maktabda oʻqishdan koʻra koʻproq uxlab oʻtirgan (u oilasiga yordam berish uchun haddan tashqari koʻp ishlagan), undagi besh baholari esa faqatgina rassomchilik darslaridan boʻlgan.

German imperiyasining boʻlajak kansleri Otto fon Bismark zoʻrgʻa oʻqigan, ishlashi esa undan ham badtar boʻlgan: u ishga faqat “tanish-bilish” orqali kira olgan. Ogʻir mehnatni bajarishni uddalay olmagani uchun keyinchalik u yoki haydalib ketar yoki oʻzi tashlab ketar edi.

Albert Eynshteyn - nisbiylik nazariyasining yaratuvchisi, Nobel mukofoti sovrindori, birinchi urinishidayoq oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kira olmagan, gumanitar fanlarni tushunishi juda qiyin boʻlgan, ayrim shifokorlar esa unda autizm borligi toʻgʻrisida qasam ichishga tayyor edi. Bir marta Eynshteyndan Yerdan Oygacha boʻlgan masofa qancha ekanligi soʻralgan. Eynshteyn buni bilmasligini aytgan. Unga har bir oʻquvchi buni bilishini aytilgan edi. Nobel mukofotisovrindori "Agar men bunaqa mayda narsani bilishim kerak boʻlsa, uni qayerdan topishni bilaman. Men oʻz aqliy kuchimni bundan ancha muhimroq narsalarga yoʻnaltirishim kerak" deb javob bergan.

Sergey Pavlovich Korolyovning nazoratida ballistik va geofizik raketalar, birinchi sunʼiy yoʻldoshlar hamda "Vostok" bilan "Vosxod" kosmik kemalari yaratilgan. Lekin u butun umri davomida zoʻrgʻa uch bahoga oʻqigan.

"Olcha bogʻi" lirik pyesasining muallifi, “abadiy talaba” nima ekanligini juda yaxshi bilgan. Anton Pavlovich Chexov gimnaziyada ikki marotaba ikkinchi yilga qayta oʻqish uchun qoldirilgan.

Aleksandr Nikolaevich Ostrovskiy – ijodi rus milliy teatri rivojlanish davrining oʻta muhim bosqichi boʻlgan rus dramaturgi universitetning ikkinchi kursida ikkinchi yil qayta oʻqishi uchun qoldirilgan.

Rus adabiy tanqidchisi Vissarion Grigoryevich Belinskiy birinchi kursda 3 yil qolib ketgan va “qobiliyati chegaralanganligi tufayli” oʻqishdan haydab yuborilgan.

Shoir Vasiliy Jukovskiy 9 yoshida maktabdan "mehnatga layoqatsizligi uchun" haydab yuborilgan.

Georg Vilgelm Fridrix Gegel - nemis faylasufi, nemis klassik filosofiyasining ijodkorlaridan biri. Uning attestatida "Soʻz tuzish mahoratiga ega emas, hafsala va bilimi bilan ajralib turmaydi, ayniqsa, falsafa sohasida" deb yozib qoʻyilgan edi.

Litseyda Aleksandr Sergeyevich Pushkinning oʻqishi maqtangudek boʻla olmagan. Kelajakdagi buyuk yozuvchi va shoir arifmetika darslarda yigʻlagan paytlari ham boʻlgan. Attestatsiyadan keyin esa diplom bilan taqdirlanish marosimida u oxiridan ikkinchi boʻlgan.

Lekin uning omadi boshqalarga nisabatan koʻproq boʻlgan desa ham boʻladi, chunki, masalan Maksim Gorkiyning taʼlimi maktabda 2 ta sinf, nazariy kosmonavtikaning asoschisi – rus va sovet olimi va ixtirochisi, oddiy maktab oʻqituvchisi Konstantin Eduardovich Siolkovskiyning taʼlimi – gimnaziyadagi 2 ta sinf; roman va ocherklari bilan tanilgan mashhur ingliz yozuvchisi Charlz Djon Xaffem Dikkens atigi 3 ta sinf chegaralangan.

Eng mashhur amerikalik meʼmorlardan biri Frank Lloyd Rayt atigi bir yildan keyin Viskonsin-Medison universitetidagi oʻqishni tashlab ketgan. Uning oʻlimidan keyin 500 dan ortiq loyihalar qolgan: shu jumladan Nyu-Yorkdagi Solomon Robert Guggenxaym muzeyi ham.
Pyer Kyuri, Tomas Alva Edison, Karl Linney, Lui Paster, Semyuel Morze, Aleksandr Gertsen, Vissarion Belinsky, Jorj Bayron, Edgar Allan Po, Nikolay Gogol, Charlz Darvin, Onore de Balzak, Uinston Cherchill, Robert Berns, Valter Skott maktabda qobiliyatsiz oʻquvchilar deb baholangan. Maktabni tark etib ishlashga majbur boʻlganlar qatorida Benjamin Franklin, Jerom Klapka Jerom, Mark Tven, Teodor Drayzer, Uilyam Shekspirarni sanab oʻtsa boʻladi. Tomas Alva Edison, Jorj Vashington, Uinston Cherchill, Nikolay Gogol, Fyodor Mixaylovich Dostoevskiy, Bernard Shou, Charli Chaplin va yana koʻp boshqalar oliy oʻquv yurtlarida hech qachon tahsil olmagan.

Endi esa zamondashlarimiz orasidan ikkichilar, uchga oʻqiganlar va chalasavodlarni koʻrib chiqaylik: dunyoda eng yuqori haq toʻlanadigan golf oʻyinchisi – oʻz vaqtida Stenford universitetida oʻqishdan bosh tortgan Eldrik Tont Vuds, yaʼni Tayger Vuds bugungi kunda yiliga 100 million AQSH dollaridan ortiqroq daromadga ega.

Vsikonsin kolledjida falsafani oʻrganayotgan Xarrison Ford kinodagi atigi bir necha rollar tufayli bitirish imtihonlarini topshirishdan bosh tortgan va xatto duradgor boʻlib ham ishlagan. Bugungi kunda aniq boʻlishicha, oʻsha paytda maqsad toʻgʻri belgilangan. Oʻn yil oʻtgach, unga baribir rejissyor Djordj Lukasning "Amerikacha Graffiti" filmida rollardan biri tegdi.

Mashhur aktyorTom Xenks ham oʻqishni tashlagan edi, chunki teatrda oʻynash istagi yengib chiqqan edi.

Chak Norrisning xotiralaridan: “Men birinchi imtihon toʻgʻrisidagi barcha fikrlarimni boshimdan chiqarib tashladim. Vaqtni oʻzimning muvaffaqiyatsizligimga afsuslanishga sarflasam, bu mening ongimda qatib qolishini tushunardim. Tanqidchilardan koʻpincha rolni juda bemaʼni tarzda oʻynashim toʻgʻrisida eshitar edim. Xoʻsh, ularning fikrlaricha men nima qilishim kerak? Bir marta xatto aktyorlik maktabiga borishni ham rejalashtirganman. Oʻsha kuni uyga qaytib, pulimni sanab chiqqan edim. Pulning oʻzi yetarli emas edi. Keyin aktyorlik maktabiga bormayman, deb qaror qildim. Bormadim ham".

Aktyor Aleksandr Zbruev oʻn yil oʻqib faqat ikkichi boʻlgan. U bir necha marta haydalgan, ikkinchi yilga qoldirilgan, lekin u baribir dasrlardan koʻra filmlar bilan sportni afzalroq koʻrar edi. Ota-onalari uchun muqobil kundalik daftari tutilgan edi, u erda Sasha oʻziga oʻzi chidasa boʻladigan baholar qoʻyar edi.

AndreyTarkovskiy maktabda surunkali ravishda hech narsaga ulgura olmas edi. U arifmetika bilan himiyaga umuman qiziqmas edi, adabiyotdan "uch", chizmachilikdan esa faqat "ikki" baho olar edi.

Mashhur rejissyor Djeyms Kameron, oilasi bilan Kanadadan Kaliforniyagacha koʻchib oʻtganidan keyin universitetga oʻqishga kirdi. Biroq, oʻqishni tashlab va u bir ofitsiant qizga uylandi va yuk mashinasi haydovchisi sifatida ish boshladi. Kunlardan bir kun"Samoviy urushlar" filmini tomosha qilgandan soʻng, Djeyms Kameron rejissyor boʻlishiga qatʼiy qaror qildi. Va u oʻz maqsadiga erishdi. Biz uning ishlarini juda yaxshi bilamiz - "Terminator”, “Oʻzgalar”, “Tubsizlik”, “Haqiqatgoʻy yolgʻon”, “Titanik”, “Avatar" olamshumul filmlari.

"Muqadas yurak" ayollar monastir maktabining (Manxetten) ayol talabasi Stefani Joan Andjelina Djermanotta, bu maktabni bir yildan keyin tashlab ketganidan keyin endi Ledi Gaga sifatida tanilgan. Kuychi boʻlish orzusi juda kuchlilik qildi.

Rossiya estradasining primadonnasi Alla Borisovna Pugachyova tinmay faqat uch bilan toʻrt baholarini almashtirib oʻqigan, lekin ashula darsidan doimo mustahkam "besh" baho olgan.

Bu borada Enriko Karuzo omadi sal sekinroq chopgan. Uni oʻqitgan musiqa oʻqituvchisi uning ovozi hunuk va hech qanday musiqiy qobiliyati yoʻqligiga amin boʻlgan. Shuning uchun ham u doim "Sen qoʻshiq kuylay olmaysan, chunki ovozing yoʻq. Sen derazadagi eshiklarning gʻichchillashi kabi kuylaysan ..." der edi.

Garvardda oʻqigan Mark Sukerberg tomonidan dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri "Facebook" ni kashf etilgan. Sukerberg 2004 yilda 20 yoshida Garvarddan haydalgan. Shu paytning oʻzida Pal-Altoda u tomonidan kompaniyaga asos solingan.

“Pixar” hamda “Apple” kompaniyalarining asoschisi Stiv Djobs universitetda toʻliq taʼlimolganida bugungi kunda olam Iphone, Ipod, Ipad mahsulotlarini koʻrishi dargumon edi. U 1973 yilda 18 yoshida kollejdan haydab yuborilgan. 1976 yilda Ronald Ueyn bilan va (shundan sal avvalroq u ham oʻqishni tashlagan edi) Stiv Voznyak bilan birga "Apple" kompaniyasini tashkil etgan. Bu kompaniyaning boshlangʻich mablagʻi atigi 1300 AQSH dollarini tashkil etgan.

Dunyodagi eng badavlat odamlardan biri Bill Geyts 1975 yilda 20 yoshida Garvard universitetidan haydalib ketgan. Shu yilning oʻzida utomonidan "Microsoft" kompaniyasiga asos solingan. 2007 yilda Garvard universiteti 51 yoshli Geytsni ramziy diplom bilan taqdirladi.
Yuqorida zikr etilgan ikkichilar, chalasavodlar oʻqishdan haydalib ketganidan keyin nima bilan shugʻullangan? Yoʻq, ular qoʻl qovushtirib oʻtirganlari yoʻq, oʻzlarining baxtsiz taqdiri ustidan kuyinib oʻtirmaganlar. Ular oʻz orzulari sari ikki barobar qatʼiyat bilan intila boshlaganlar. Oʻzingizniki boʻlib koʻringan sohaga eʼtiboringizni qarating. Axir vaqt - bu puldir, har daqiqadan oqilona foydalaning. Hali ham tasodifan omadga ishonasizmi? Omad ishonganingiz yaxshi, ammo u tasodifan kelmaydi! Oʻzingizga ishoning - va boshqalar nima deyishidan qatʼiy nazar, dunyoning chekkasida boʻlsangiz ham, omad sizni oʻzi topib keladi!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



