Tezikovka nima uchun aynan shunday deb ataladi?

Savdogar Ivan Dmitrievich Tezikov Toshkentda 1886 yilda

Poytaxt chekkasidagi Toshkentning bu hududi rus savdogari Tezikov nasabidan meros qolgan,chunki u Toshkentning chekkasida charmli mahsulotlar ishlab chiqarishini tashkil qilib, bu yerda Rossiyadan koʻchirib keltirilgan kishilarni ishlatgan,deb hisoblanadi. Shu ishchilar savdogarning dala hovlisi atrofida oʻzining “Shanxay”ini,yaʼni kichgina bozoriga ega boʻlgan qishloqchasini tashkil etgan. Shuningdek, yaqin kunlargacha ogʻzaki “tarix” janob Tezikovga Salar boʻyida turgan allaqanday tegirmon ham tegishli boʻlgan, deb yetib kelgan. Ammo, aniq maʼlumotlar va hujjatlarning koʻrsatishicha, oʻsha tegirmon, 1866 yildayoqshahardagi keyinchalik “Pervushka”nomi bilan tanilgan Markaziy Osiyodagi birinchi araq-vino zavodini qurgan, boshqa mashhur savdogar Ivan Ivanovich Pervushinga (1842-1871) tegishli boʻlgan. Oktyabr inqilobidan keyin oʻsha tegirmon qismlarga boʻlinib, buzib tashlangani maʼlum.

Oʻlkashunoslar orasida Toshkentda bunday ismli rus savdogari hech qachon boʻlmaganligi toʻgʻrisida fikrni uchratish mumkin. Shunday qilib, "Tezikov Dala hovlisi" keyinchalik"Tezikovka" nomining vujudga kelishi masalasida bir toʻhtamga kelishilgan umumiy fikr hamon mavjud emas.

Oktyabr inqilobidan keyin “Tezikovka” bozori Pershin koʻchasidagi “Pervomayskiy” bozori deb nomlangan, biroq jamiyatda oʻrnashib qolgan urf-odat koʻp yillar davomidan orasmiy ravishda kun kechirib kelgan bu nomni saqlab qolgan. SavdogarTezikovning yozgi qarorgohi kutubxonalardan biriga aylantirilgan edi. Keyinchalik, kutubxona yonida bir kinoteatr vujudga kelgan, biroq unda roʻybergan kuchli yongʻin tufayli uning oʻzi ham, bir vaqtlar mashhur boʻlgan dala hovlining binosi ham gʻoyib boʻlib ketgan.

Tezikovka oʻzining faollik davri choʻqqilaridan birini ikkinchi jahon urushi paytida kechirgan,chunki Tezikovkada yashirinib olishga juda qulay imkoniyatlar talaygina edi,shuning uchun ham bezori daydilar bu erda oʻgʻirlangan mol-mulkni sotar edi. Toshkentga evakuatsiya qilingan milliondan ortiq odam oʻzlari bilan birga shafqatsiz urush vayronagarchiliklaridan qolgan-qutgan lash-lushlarini olib kelib keyinchalik shu borzorda qoʻldan-qoʻlga sotib tirikchilik qilgan. Aynan urush yillarida shu tiqilinch chayqov bozori oʻzining mashhurligiga erishgan. Xususan, Tezikovka haqida oʻz asarlari va xotiralarida Aleksandr Soljenitsin va Dina Rubinakabi yozuvchilar, hamda mashhur aktyor va rejissyor Solomon Mixoels zikr qilganlar.

Qariyalarning eslashicha oktyabr inqilobilan avval Tezikovkaning yonidagi Salar ustidan kichginagina koʻprik oʻtgan ekan. Ushbu koʻprik va uning atroflari butun shaharda juda badnom taʼrifga ega boʻlgan, chunki undan Toshkentning ishchi chekka hududlaridagi "jinoiy unsurlar", bundan tashqari depodagi (Toshkent temir yoʻl ustaxonalari) inqilobchilar oʻzlarining maxfiy yigʻinlari uchun foydalanganlar.
Oʻzining noyob tarzda oʻz-oʻzidan tashkil boʻlishi tufayli, Tezikovka Toshkent shahri bilan birga butun Markaziy Osiyo hamda Sovet Ittifoqi ijtimoiy hayotidagi oʻta noyob hodisalaridan biriga aylangan edi. U oʻzining mifologiyasi va undan kelib chiqadigan barcha sigʻinishlariga ega boʻlib qolgan edi. U sunʼiy ravishda hatto eng mahoratli boshqaruvchilar ham qayta yarata olmaydigan juda puhta tuzilgan infratuzilmasiga ega edi.
Kechki sovet tuzumi davrlarida Tezikovkada bozor boʻlimlarini mahsulotlar assortimentiga qarab qatʼiy ravishdagi boʻlinishi mavjud edi: qush bozori va radioelektronika bozori nafaqat Toshkent shahri, balki butun Markaziy Osiyodagi hayvonot ishqibozlari va radioelektronika ustalarining sevimli ziyoratgohiga aylanib qolgan edi. Koʻpchiliku yoki bu turdagi hayvonlar, baliqlar, parrandalar va sayroqi qushlarni boqib oʻstirishiva sotishi, shuningdek, Moskvada va Sovet Ittifoqining Riga, Vilnyus,Tallin kabi boshqa radioelektronika markazlarida harid qilingan radiodetallar narhining ustiga ustama narh qoʻyib sotishi hisobiga tirikchilik qilar edi.Masalan, Sovet Ittifoqidagi oddiy isteʼmolchining xatto tasavvur qilishi ham qiyinboʻlgan Sony, Sanyo, Philips, Grundig, Panasonic rusumlaridagi maishiyradioelektronika mahsulotlarini faqat Moskvadagi “Beryozka” doʻkonida uchratishmumkin boʻlgan. Biroq, uddaburon ishbilarmonlar bu texnika moʻjizalarining dastlabki, yaʼni “tanishtiruvchi” namunalarini Tezikovka bozorida pinhona boʻlsa-da isteʼmolchilarga sotib, “biznes” bilan shugʻullangan.
1991 yildan keyin Tezikovka oʻz faolligining soʻnggi koʻtarilishini boshidan kechirgan."Burga bozori" –Tezikovkada turli sabablarga koʻra, Toshkentning koʻpchilik aholisi savdo qila boshlagan, shu jumladan, shahardagi ishlamay turgʻunlikka duch kelgan va tegishli nazoratsiz qolib, oʻz ishchilarining ish haqlarini kechiktirilishi yoki umuman toʻlanmasligi tufayli tirikchilik uchun mablagʻsiz qoldirgan aksariyat korxonalarning ishchilari ham.
Yangi asrning boshida Toshkent shahar hukumati tarixiy bozorni oʻz ixtiyori bilan gavjum keng avto magistrallardan uzoqroqqa - Yangiobod mahallasidagi eski korxonalardan birining bazasi hududiga koʻchirdi. Hozirgi vaqtda bozorning eski joylashgan joyi uzra kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismi joylashgan. Shaharning koʻrkiga koʻrk qoʻshayotgan yangi qurilayotlgan uylar, biri biridan goʻzal binolarni koʻrib bu yerda qachonlardir shubhali shaxslar va jinoiy unsurlar sangʻib yurgan oʻta mudhish va qoʻrqinchli hudud boʻlganiga ishonging kelmaydi, kishi.

Shunday qilib, Toshkent Tezikovkasining tarixi yakunlangan edi. Bugungi kunda u faqat Toshkent fuqarolari va mehmonlari, shuningdek shahar tarixining norasmiy tafsilotlari xotirasida saqlanib qoldi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



