Lionel Messi hayotidan 10 nafar qiziqarli faktlar

"Lionel Messi" va "Barselona" oʻrtasidagi birinchi shartnoma salfetka ustida yozilgan. Bu 2000 yilda Barselona shahridagi rsetoranlarning birida amalga oshirilgan: 13 yoshli futbolchining otasi Xorxe Messi Lionel bilan tezkor shartnoma tuzilishini qatʼiyat bilan talab qilib turib olgan, shundan keyin "Barselona" klubining sport direktori Karles Reksach Messining barcha tibbiy hisoblarini moliyalashtirish va maoshini toʻlash boʻyicha majburiyatlarga guvohlikni qogʻozda aks ettirilishi uchun ofitsiantdan qogʻoz soʻragan. Restoranda qogʻoz topilamagan va shartnoma har ikki tomondan oddiy salfetkada imzolangan. Hozir esa ushbu salfetka klub muzeyida saqlanib kelmoqda.

Yosh Messi "Barselona"ga qabul qilinganidang soʻng unga oʻsish gormonlari inʼyektsiyalari qilindi. Agar qimmat boʻlgan davolash kursi boʻlmaganida, Lionel 140 santimetrdan oshmagan boʻlardi. Inʼyektsiyalar tufayli Messi 169 santimetrgacha oʻsishga erishdi, shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, Lionel 2009 yilda boʻlib oʻtgan Chempionlar ligasidagi final uchrashuvida oʻzining eng muhim gollaridan birini boshi bilan amalga oshirdi.

Messi milliy terma jamoa uchun oʻynagan ilk uchrashuvida birinchi va oʻz faoliyatidagi haligacha ham yagona boʻlib kelayotgan maydondan chiqarib yuborishga duch kelgan. Lionel 2005 yil 17 avgust kuni Vengriyaning milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda almashuv tarzda oʻyinga tushganidan keyin 47 soniya ichida qizil kartochka olgan. Oʻshandan buyon u bir necha marotaba oʻz faoliyatini toʻxtatib qayta boshlagan. Milliy terma jamoa bilan birinchi sovrinni qoʻlga kiritish uchun bu goʻyo unga doim "Leo, seni Rossiyada kutishmoqda!" deb eslatganday tuyular edi, deb qoʻshib qoʻyishmoqda Argentinalik isteʼdod egasining muhlislari.

Messi urgan gollaridan keyin osmonga koʻrsatkich barmoqlarini koʻtarib, yuqoriga qaragan holda doim buvisini eslaydi. "Men gollarni buvimga bagʻishlab shunday qilaman - deb tushuntirdi kunlardan bir kun Lionel oʻz intervyularidan birida. - Futbol sektsiyasiga meni aynan buvim yetaklab borgan edi, lekin hozir men bilan sodir boʻlayotgan barcha narsalarni koʻrmaydi. Shunga qaramay, buvim doim menga va oilamga yordam berishni davom ettirib kelmoqda".

Messining chap kuragida buvisining surati aks ettirilgan tatuiroka tushirilgan.

2013-yilda Lionel badaniga 2012 yil 2-noyabrida birinchi tugʻilgan Tiago ismli oʻgʻlining kaft izi aks ettirilgan ikkinchi tatuirovkani tushirdi. Keyin futbolchining chap oyogʻidagi suratda bir necha bor oʻzgarishlar amalga oshirildi va buning natijasida u tubdan oʻzgarib ketdi.

2014 yilda Argentinaning “OLE” deb nomlangan asosiy sport gazetasi Messi jarohat olganidan keyingi ikki oy davolanish muolajalaridan soʻng - gʻolibona tarzda safga qaytgani va birinchi uchrashuvidayoq “Xetafe” darvozasiga kiritgan ikki nafar gollari sharafiga bir kunga “LEO” deb nomalangan. OLEning birinchi satrlarida "Uning qaytishi yashin misoli, - u oʻzining eng zoʻr oʻyinlaridagidek hujumlarni oxiriga yetkazib toʻrt daqiqaning ichida ikkita gol urdi. Martino - “Uning qaytishi goʻyo kinodan olinganday! - dedi, va u mutlaqo xaq edi... Jahon chempionati yilida argentinaliklar tinch uxlashi mumkin" deb yozilgan. Yozda terma jamoa oltindan bir qadamda toʻhtab qoldi ...

Messi rosa oʻttiz yil avval aynan Diyego Maradona jiddiy va ogʻir jarohatdan keyin qaytib “Barselona” uchun birinchi oʻyinini oʻtkazgan kuni qaytdi va "Xetafe" darvozasiga ikki nafar gol urdi. Oʻttiz yil avval Maradona ham “Sevilya” darvozasiga ikkita gol urgan edi. Lionelning butun faoliyati davomida uni Diyegoga qiyoslashgan, Maradonaning eng tanilgan ikkita golini esa Messi 2007 yilda ikki oy oralab amalga oshirgan - qoʻl bilan amalga oshirilgan gol va raqib komandasini yarmini aldab oʻtib yakka tartibdagi reydda amalga oshirilgan goli.

Messi futbolda qoʻlga kiritgan eng asosiy shaxsiy sovrinlar soni boʻyicha turli mutlaq rekordlarni oʻrnatdi va yangiladi. Argentinalik bu futbolchining barcha sovrinlarini hisoblab chiqish uchun uzoq vaqt talab etiladi. Krishtianu Ronaldu aynan shunga intilayotgan boʻlsa-da, Lionel Messidan tashqari hali hech kim "Oltin toʻp"ning besh karra sovrindoriga aylana olmagan.

24 yoshida Messi Kataloniya klubi tarixida eng yaxshi toʻpurariga aylandi, 28 yoshida terma jamoa uchun 100ta oʻyin oʻtkazdi. 2017 yil yozgi taʼtilga hujumchi "Barsa" uchun 583 ta oʻyin va 507 ta gol, terma jamoa uchun 118 ta oʻyin va 58 ta gol bilan chiqqan edi. Hech shubhasiz shuni aytish mumkinki, Leonel Messi samaradorlik va natijaviylik boʻyicha yana juda koʻp rekordlar oʻrnatishi mumkin, agar Krishtianu Ronaldu unga halaqit bermasa, albatta.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



