Alibaba.com bilan birga biznes hamkorlik qilish uchun 7 ta biznes gʻoya

Alibaba Group —Alibaba.com B2B veb-portalining egasi, internet-tijorat sohasida ishlaydigan Xitoy ommaviy kompaniyasi. Kompaniyaning Bosh idorasi Xanchjou shahrida joylashgan. Faoliyatning asosiy turlari V2V sxemasi boʻyicha kompaniyalar oʻrtasidagi savdo operatsiyalari va chakana onlayn-savdodan iborat. 2012 yilda Alibabaning ikkita portalida sotuvlar hajmi 1,1 trillion yuanni (170 milliard AQSh dollarini) tashkil etdi. Kompaniya eng avvalo Xitoy Xalq Respublikasida faoliyat yuritadi va 2014 yil 19 sentyabr kunidagi birlamchi aksiyalar taklif qilinishining (IPO) tarixiy sanasida Alibabaning bozor qiymati 231 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

Kompaniya 1999yilda Alibaba.com internet-sayti roʻyxatdan oʻtgan Xanchjou shahrida 17 nafar sheriklar ishtirokida tashkil etilgan. Boshidan boshlab Alibaba kichik va oʻrta korxonalar savdosi uchun maydon sifatida koʻrilgan.
2005 yildaYahoo! kompaniyasi Alibaba Group kompaniyasi aksiyalarining 43 foizini sotib olgan, ammo 2012 yilning 18 sentyabr kuni Alibaba oʻz aksiyalarining Yahoo! kompaniyasi tasarrufida boʻlgan 20 foizini qayta sotib olish jarayonini yakunlagan.
2007 yil noyabrida aksiyalar Gonkong fond birjasida joylashtirilgan, biroq 2012 yilda kompaniya ularning delistingini, yaʼni oʻzi emitent sifatida fond birjasining kotirovka roʻyxatidan chiqarilishini amalga oshirgan.
2011 yilning 31mart kuniga roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarning soni dunyoning 240 mamlakati va mintaqalaridan 65 million kishidan oshib ketdi.
Xitoyningi Research kompaniyasining hisobotlari boʻyicha Alibaba Group roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar va bozordagi foyda nisbati jihatidan 2006 yil holatiga B2B-savdo maydonlari bozoridagi eng yirik Xitoy kompaniyasidir. U xalqaro bozorlarida ham ishlaydi, xususan, 2012 yilda Alibaba.com kompaniyasi Qiwi internet toʻlov tizimi bilan kelishuv bitimini tuzib Rossiya bozoriga kirib keldi. Oradan bir yil oʻtib, 2013 yilda u Web Money Transfer tizimiga ulandi, 2014 yilda esa Yandeks.Dengi orqali “Sberbank”ning shu nom bilan nomlangan elektron hamyonlari va terminallarini ulagan.

2014 yil 28 avgustida rejalashtirlgan IPO oʻtkazilishidan oldin rasmiy hisobotni chop etdi. Hisobotdan olingan kalit koʻchirmalar: 2014 yilning ikki choragi davomidagi tushum 2,54 milliard AQSh dollari (yillik hisobga nisbatan 50,81 % va birinchi chorakka nisbatan 9,41 %), sof daromad 1,99 milliard AQSh dollari (yillar nisbatida + 182 %), faol haridorlar soni 279 milliongacha koʻpaydi (yillar nisbatida 50,81 % va oldingi chorakka nisbatan 9,41 % koʻproq).
2014 yil sentyabrida Nyu-York fond birjasida birlamchi ommaviy taklif 21,8 milliard AQSh dollarini jalb qildi, keyinchalik esa 25 milliardgacha koʻpayib, tarixdagi eng yirik IPO (birlamchi ommaviy taklif) boʻlib qoldi.
2018 yilning bahorida Alibaba taom yetkazib berish boʻyicha Ele.me Xitoy onlayn-xizmatini sotib oldi. Shartnoma qiymati 9,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
2018 yil Apreloyida kompaniya harakatlanish avtonomligining toʻrtinchi darajasi talablariga toʻla javob bera oladigan haydovchisiz transport vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihani eʼlon qildi. Shu soha rivojlanishini qoʻllab-quvvatash maqsadida Xitoy hukumati mamlakat hududida haydovchisiz avtomobillar sinovini oʻtkazish shartlari va jarayonlari toʻgʻrisida qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqib qabul qildi.
Guruh strukturasi
Komaniya Alipay oʻz elektron toʻlov tizimiga ega. Ushbu toʻlov tizimidan kompaniyaning Taobao.com nomli shuʼba tarmogʻidagi hisob-kitoblarda ham foydalaniladi. Kompaniya korxonani boshqarish maqsadida oʻzining barcha tarmoqlari uchun yagona boʻlgan,shuningdek mintaqalar va tarmoqlar boʻyicha taqsimlangan maxsulotlar vakorxonanng maʼlumotlar bazalariga ega boʻlgan dasturiy taʼminotdan foydalanadi.

• Alibaba.com (Alibaba China, Alibaba International) — kompaniyaning asosiy aktivi, tashkilotlar uchun savdo maydoni
• Alibaba Pictures (Alibaba Pictures Group) — Xitoy kinokompaniyasi
• AliExpress.com — maxsulotlarni chakana va mayda ulgurji tarzda sotadigan internet-doʻkon. Maxsulotar toʻgʻrisidagi maʼlumot turli tillarga avtomatik tarzda tarjima qilinadi. Xizmatning oʻziga xos fazilati shundaki, sotuvchi toʻlovni faqatgina maxsulot haridorga yetkazib berilganidan keyingina oladi.
• Taobao.com — chakana savdoning onlayn-bozori, internet-doʻkon va internet-auksion (taklif etilayotgan barcha maxsuotlarni AliExpress orqali sotib olish mumkin)
• Alipay — onlayn eyektron toʻlovlar uchun platforma
• PAL — maydonchalarga ulanishni amalga oshiruvchi xizmat koʻrsatish kompaniyasi
• 1688.com — ulgurji savdo uchun onlayn maydoncha
• Tmall.com
• Juhuasuan
• eTao
• Alibaba Cloud Computing
• Yahoo! China
• Ele.me
Avval aytib oʻtilganidek, Alibaba B2B (inglizcha “Business to business”, yaʼni “biznes uchun biznes”, qisqartirilgan holda “bi-tu-bi” deb atalish odat tusiga kirib qolgan) sektoridagi eng yirik internet-maydonchasi. Bu platformasi biznesning hajmi va uning joylashgan manzilidan qatʼiy nazar butun dunyo boʻylab kichik va oʻrta biznesni bogʻlash maqsadida maxsus ishlab chiqilgan. Shunday ekan, keling bir koʻrib chiqaylik - ushbu maydoncha yordamida biznes uchun qanday gʻoyalarni topish va shuning yordamida qanday qilib pul ishlash mumkin ekan.

Brendning vatani Xitoy. Biroq, Alibaba Group allaqachon oʻz vatani sarhadlaridan tashqariga chiqib ketib, internet-savdosidagi butun dunyoga mashhur brendga aylanib qolgan. Kompaniyaning joriy daromadi eBay va Amazon.com kompaniyalarning birgalikda olingan koʻrsatkichlaridan 40 foiz ortiqroq. Bu esa Alibaba Group kompaniyasini elektron tijorat hamda xalqaro biznes bilan savdo sohasidagi eng yetakchi kompaniyalardan biri sifatida namoyon qiladi. Biz ushbu platforma mavjudligiga befarq qola olmadik, shuning uchun ham Alibaba.com bilan bir necha biznes gʻoyani hukmingizga havola qilmoqchimiz.
Alibaba kompaniyasi bir necha yillar avval oʻz aksiyalari bilan Nyu-York birjasiga chiqqan. Shundan beri uning aksiyalari faqat barqarorlik va yuqori oʻsish surʼatini koʻrsatib kelmoqda. Alibaba Group aksiyalarining daromadliligi ayrim paytlarda 90 foizga yetadi. Bu aʼlo darajadagi investitsion sarmoya qoʻyilmasi.
Shuni taʼkidlash joizki, bugungi kundagi Rossiyaning eng taniqli va badavlat kishilaridan biri Alisher Usmonov bu kompaniyaning aksiyalari faqat oʻsadi deb hisoblagan holda Alibaba Group qimmatli qogʻozlariga allaqachon oʻz sarmoyalarini kiritgan. Buni hamma qila olishi mumkin, chunki aksiyalar savdosi doim ochiq.

Internet butun dunyo boʻylab dev qadamlar harakatlanayotganiga qaramay, undan foylanish imkoni hammada ham bor, deb boʻlmaydi. Yoki internetdan foydalanishni hamma ham shunchaki bilmaydi. Ha, bunga qanchalar taajublanmang, biroq, hamma ham siz kabi tarmoqdan ustalik bilan foydalanishni hali bilmaydi. Shuning uchun, siz bundan foydalanib bemalol pul ishlab olishingiz mumkin - barcha istak bildirganlar uchun Xitoydan samarali maxsulot yetkazib berishlarni izlay boshlang. Samarali takliflarni izlang, logistik kompaniyani toping. Yaʼni, maxsulotlarning tijorat partiyalarini topish va yetkazib berish boʻyicha barcha tashkiliy masalalarni oʻz zimmangizga oling. Alibabada yetkazib beruvchilar juda ham koʻp, maxsulot boʻyicha takliflar esa undan ham koʻp, nimani va kimdan tanlab olish uchun imkoniyatlar cheksiz boʻlmasa ham, haddan tashqari koʻp. Juda samarali takliflarni topish mumkin.Oʻzingiz yaxshi biladigan biror maxsulotni tanlang. Oʻz shahringiz yoki mintaqangizdagi shu maxsulot bozorini oʻrganib chiqing. Alibabada yetkazib beruvchilarni toping. Shu yerning oʻzida logistikani ham topish mumkin. Maxsulotning ulgurji partiyasi yetkazib berish va bojxona harajatlari qoʻshilgan holda qancha turishini hisoblab chiqing. Oʻzingizning ustamangizni qoʻying va maxsulotni mahalliy sotuvchilarga taklif qiling. Siz vaqtdan boshqa hech narsani yoʻqotmaysiz, chunki maxsulotni sotib olish va yetkazish uchun oldindantoʻlov olish mumkin. Sotuvchilar bilan ishlagingiz kelmayaptimi? Huddi shunda yoldindan toʻlov bilan jamoviy haridlar tashkil eting, ulgurji partiya va uning sizgacha yetkazib berilishi uchun pul yigʻib oling, maxsulotni qabul qilib olgandan keyin esa barcha haridorlarga joʻnatib chiqing. Yoki bundan ham oddiyrogʻi - zarur mahsulot yetkazib beruvchiga bogʻlanish uchun maʼlumotlarni yigʻib chiqib, ushbu maxsulotning narhlarini roʻyxatga yozib chiqing va roʻyxatni barcha istak bildirgan kishilarga soting. Masalan OLX maydonchasi orqali. Talab boʻladi, bunga 100 foiz javob! Alibabada roʻyxatdan oʻtish tekin.

AliExpress - Alibabaning “qizi”. Xitoy savdogarlaridan xitoy maxsulotlarini sotib olish uchun chakana savdo internet-maydonchasi. AliExpress Sahifalarida Xitoy mayda-chuydalaridan tortib Hi-End toifasidagi eng zoʻr elektronika maxsuslotlarigacha kerak boʻladigan hamma narsani topsa boʻladi.
1. AliExpress hamkorlik dasturi. AliExpressda roʻhatdan oʻtgandan keyin, sizning ssilkangizdan oʻtgan foydalanuvchilarning harididan 8,5 foizini olishingiz mumkin. Juda qulay hamkorlik sahifasida maxsulot tanlash, ssilkani olish, banner yaratish mumkin. Ssilkalarni forumlarda, shaxsiy saytda, guruhlar va ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish mumkin. Yagona kamchiligi - hamkorning shahsiy kabineti faqat ingiz tilida. Ingliz tilini bilmagan taqdirda unda ishlash ancha qiyinchilik tugʻdirishi mumkin, lekin odatda bu vaqtincha hol.
AliExpressda sotiladigan istalgan maxsulotni rekalama qilish mumkin. Shaxsiy kabinetda harbir maxsulot uchun alohida ssilka yaratib, uni istalgan joyingizda joylashtirishingiz mumkin.
2. Ali Express vositachisi boʻlish. Siz biror savdo markazida oʻzingizning vitrinangizni ochishingiz mumkin. Buning uchun sizga internet, noutbuk, katta monitor yoki televizor va 1x1 oʻlchamidagi peshtahta kerak boʻladi. Kichginagina viveska.Televizor yoki monitorda maxsulot va uning narxlari aylanib turadigan chiroyli animatsion zastavka yarating. Masalan:
- erkaklar uchun paypoqlar - 7000 soʻmdan boshlab,
- telefonlar uchun gʻiloflar - 3000 coʻmdan boshlab,
- bolalar kiyimlari - 28000 soʻmdan boshlab.
Va hokazo.Barcha qiziquvchilarga AliExpressdan maxsulot buyurtma berish boʻyicha axborotxizmatini koʻrsatishingiz, maxsulot tanlashga, “xaridlar savatchasi”nitayyorlashga yordam berishingiz, yetkazib berishni rasmiylashtirishingizmumkin. Toʻlovni ular eng yaqin bankomat orqali amalga oshirishlari mumkin.Toʻgʻri tashkil qilingan reklama va odamlarga muomala boʻlsa birinchimijozlaringiz savdo markazidagi sotuvchilarning oʻzi boʻlib qoladi, ulargamaxsulotlarning ulgurji partiyalar doim kerak boʻladi. Ularni esa sizAliibabadan topishingiz mumkin.
Biroq oddiy xaridorlarning oqimi ham sizga yaxshigina daromad keltirishi mumkin, chunki oʻz yordamingizning yarim-bir soati uchun oladigan xizmatingiz uchun 20000 - 50000 soʻm olganingizdan tashqari terminaldan oʻz foizingizni ham olasiz, xitoy maxsulotlariga esa, kim nima desa ham, baribir talab doimiy ravishda bor. Avvaldan shuni eslatib qoʻyishimiz kerakki, oʻzingiz uchun bir oyda 1000 AQSh dollarigacha maxsulot buyurtma qila olishingiz mumkin. Undan ortib ketib qolsa bojxona bojini toʻlashingizga toʻgʻri keladi. Yaʼni, istagan hamma uchun oʻz manzilingizga buyurtma bera olmaysiz.

Alibabada oʻzingiz uchun maxsulotning ulgurji partiyasini buyurtma berib, shundan keyin maxsulotni oʻz shahringizda sotishingiz mumkin.
1. Oʻz kiyim va poyafzal doʻkonini ochish. Alibaba orqali taniqli Xitoy dizaynerlari yoki brendlardan kiyim-kechak, poyafzal va aksessuarlarning ulgurji partiyalarigaega boʻlish mumkin. Buning uchun siz xitoy kiyim-kechagining koʻp brendli doʻkonini ochishingiz kerak boʻladi. Bu soha - kiyim-kechak sotish - bir maromdagi talabga ega, xitoy maxsulotiga boʻlgan narxlar esa daromadi oʻrtachava oʻrtachadan past boʻlgan kishilar uchun juda mos keladi. Nomi chiqqan Xitoy brendi bilan toʻgʻridan toʻgʻri ishlab chiqaruvchi-yetkazib beruvchi oʻziga xos sifat kafolati boʻla oladi. Shuningdek, bolalar hamda ayollar kiyimi, poyafzali, bijuteriya, maktab formasi va aksessuarlarga ham talab doimiy ravishda mavjud. Alibabada bir necha ishonchli yetkazib beruvchilarni tanlab, nafaqat yetkazib beruvchidan maxsulotiningizni sotib olib, balki uni tekshirib, bojxonadan oʻtkazib QQSni oʻzingizga qaytarib bera oladigan kargo-kompaniyasi turidagi yetkazib berishning yaxshi va arzon tizimini topish kerak. Navbatdagi- masala maxsulotni ustama bilan sotish. Natijada siz foydadasiz.
2. Xitoydan mini-ishlab chiqarish uchun dastgohlar. Xitoydan dastgohlarga daʼvolar koʻp, eng asosiysi - mustaxkamlik. Lekin bunday dastgohga boʻlgan narx istalgan kamchilikni qoplab ketadi. Bundan tashqari, hozircha faqat Xitoydan keltirilayotgan arzon dastgohlar kichik biznesga “oyoqqa turib olish” imkonini yaratib berib kelyapti. Keyinchalik xitoyning arzon dastgohlarini asta-asta ancha mukammalrogʻiga almashtirib olish mumkin. Samorezlar va metizlar, rezina plitkalari, bruschatka, gazobeton, sayding va turli boshqa narsalarni ishlab chiqarishni bugungi kunda Xitoyning kichik dastgohlarisiz tasavvur ham qilish qiyin. Shu bilan birga, grillar, shaurma uchun mashinalar, plitalar, sovutgichlar, termoslar kabi oziq-ovqat sanoati va tayyor tezkor ovqatlanish obʼyektlari ham Xitoy dastgohlarida ishlaydi. Siz bu narsalarni ustama qoʻyib sotish uchun, yoki butlovchi qismlarni Xioydan sotib olib oʻzingizning dastgoh ishlab chiqarishingizni tashkil qilishingiz mumkin.

3. Alibaba.comda noanʼanaviy biznes. Alibabada sotuvchilar va maxsulotlar ichida shunday takliflar uchrab qoladiki, boshqa mamlakatlardagi bozorlar ular haqida hatto hali eshitishga ham ulgurmagan. Biroq oʻsha narsaga shartli talab baribir bor.Bu nima boʻlishi mumkin deysizmi? Istalgan narsa - shakllarga ega turli ranglardagi karamel tayyorlovchi qandaydir apparat deysizmi, poxol bilan undan omuxta yem tayyorlovchi moslama deysizmi, hammasini shu yerdan topsa boʻladi.Umuman aytganda, misol izlab uzoqqa borishning ham hojati yoʻq - hozirgi paytda asta sekinlik bilan Rossiya, Qoziogʻiston va Markaziy Osiyoda ommalashib borayotgan chuqur fermentatsion toʻshama. Uni ulgurji savdogarlar Xitoydan topib Alibabadan sotib olmoqdalar. Bunaqa takliflar juda ham koʻp, faqat ularni Alibaba.comda izlab koʻrib, koʻlamini oʻz vatanidagi sharoitlargacha kengaytirish kerak, xolos.

Yana bir yorqin misol -hayvon soʻyish, yaʼni qushxona koʻchmanchi komplekslari. Bu yukli shatakchi transport vositalariga tirkama shaklida. Tirkamalar tezkor kuchli muzlatish uchun muzlatgichlarigacha boʻlgan barcha zaruriy anjomlar bilan jihozlangan. U chekka hududlarda uy hayvonlarini soʻyib joyida goʻsht maxsulotlarini nimtalash uchun moʻljallangan. Shu tarzda kichik fermer xoʻjaliklari odatdagidek, hayvonlarni qushxonaga olib borgunicha oʻz ustamasini qoʻyib maxsulot narhini oshishiga sababchi boʻladigan olib-sotarlarga sotishning oʻrniga goʻsht maxsulotlarini tayyorlash uchun oʻz qushxonalariga ega boʻlmagan holda shunday kompleksni ijaraga olib, bozorga tayyor muzlatilgan goʻshtni qimmatroq sotishi mumkin. Komleksning mobilligi oʻz mintaqasidagi barcha qishloq fermer xoʻjaliklariga bemalol xizmat koʻrsatish mumkin. Xoh ishoning, xoh ishonmang, lekin shunday kompleks yoki uni yigʻish uchun dastgohlar aynan Alibabada sotiladi. Buning uchun Alibaba.comda izlab topishga atigi bir necha boʻsh soatingizni sarflasangiz boʻlgani.

Afsuski, juda ommabop boʻlgan savdo maydonchasi faqat haloli pok savdogarlarnigina jalb qilish bilan chegaralanmaydi. Savdo maydonchasida turli toifadagi firibgar va olib-sotarlar ham juda koʻp. Oʻzingizni va moliyaviy mablagʻingizni ularning takliflari, aniqrogʻi toʻgʻonogʻidan havfsizlantirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim.
1. Sotuvchining statusiga eʼtibor bering, u Gold Supplier boʻlishi kerak - bunday status faqat toʻlov asosida, sotuvchi sinkovlik bilan tekshirilganidan keyin taqdim etiladi. Har yili statusning muddatini uzaytirish kerak, agar u uzluksiz uzaytirilib kelayotgan boʻlsa, bu xaqda maxsus belgi boʻladi.Masalan, agar sotuvchi 5 yil tinmay Gold Supplier statusini uzaytirib kelayotgan boʻlsa - bu albatta uning anketasida koʻrsatilgan boʻladi - 5 yil Gold Supplier. Agar u orada tanaffus bilan statusini uzaytirgan boʻlsa, u statusining keyingi uzaytirilishi muddati toʻgʻrisidagi belgisiz beriladi. Statusi kamida 2 yildan beri uzaytirib kelinayotgan sotuvchini tanlashga harakat qiling.
2. Xaqiqiy sotuvchi va ishlab chiqaruvchilarda barcha kerakli hujjatlar - biznes-litsenziyalari, sertifikatlari va hokazolari mavjud. Koʻpincha Oʻzbekiston bilan ishlash niyatidagi yoki allaqachon ishlab kelayotgan kompaniyalarning Oʻzbekistonda amaldagi qonunchilik talablariga javob bera oladigan hujjatlari va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻladi.
3. Shartnoma tuzishdan avval Googleda yetkazib beruvchining nomlanishiga “mulohaza”, “baho”, “aldov”, “firibgar” soʻzlarini qoʻshib tekshirib koʻring. Agar sotuvchi firibgar boʻlsa, aldanganlar ichidan hech boʻlmaganida birortasi bu toʻgʻrida albatta yozib chiqqan boʻladi.
4. Yaxshi sotuvchilarda avtomatik tarzda robot tomonidan tarjima qilinganidan koʻra sifati yancha baland boʻlgan yaxshi ingliz yoki rus tilidagi sahifasi boʻladi, albatta. Bunday sotuvchilarga ham bemalol ishonishingiz mumkin.
5. Yaxshi sotuvchi Aliekspressda chakana savdo doʻkoniga ega boʻladi. Agar unda shunday doʻkoni mavjud boʻlsa, u yerda esa bildirilgan mulohazalar, tashakkurnomalar va berilgan ijobiy baholar boʻlsa, bunday sotuvchiga ham hech ikkilanmay, bemalol ishonish mumkin. Siz sifatni tekshirish va baholash uchun ushbu sotuvchining Ali ekspressdagi doʻkonidan maxsulot naʼmunasini sotib olishingiz, yoki u sizga naʼmunani mutlaqo tekin joʻnatib yuborishi ham mumkin.
6. Sotuvchilar bilan faqatgina Alibaba Escrow toʻlov tizimi orqali ishlang. Ha, bu tizim buyurtmaning 5 foizini soʻraydi, biroq agar aldanib qolsangiz, pullaringizni hech qiyinchiliksiz qaytarib olishingiz mumkin.
7. Alibabadagi eng ommabop yetkazib beruvchilarida ular toʻgʻrisidagi mulohazalar, fikrlar mavjud boʻladi, ular bilan aloqa bogʻlashdan avval shular bilan tanishib chiqing.
8. Sotuvchi tomonidan taqdim etilgan hisobni tekshirib koʻring, hisobdagi maʼlumotlar uning Alibaba.comda berilgan anketasi bilan bir hil boʻlishi kerak. Agar sotuvchi put oʻtkazishni jismoniy shaxsga yoki tezkor pul oʻtkazish tizimi orqali oʻtkazib berishingizni soʻrayotgan boʻlsa - bunga aslo rozi boʻlmang, bu firibgar!
9. Agar siz yirik buyurtmani rejalashtirayotgan boʻlsangiz, siz ishlab chiqarish boʻyicha ekskursiya tashkil etilishini iltimos qilishingiz mumkin. Halol pudrachti oʻz buyurtmachisiga “yoʻq” demaydi.
10. Ehtimoli eng baland boʻlgani shuki, siz Xitoy bilan xaridingizni Xitoyda tekshirib oladigan va bojxonadan oʻtkazib bera oladigan qandaydir biror agent orqali ishlarsiz. Odatda bu ish bilan kargo-kompaniyalar shugʻullanadi. Oʻz agentingizdan yetkazib beruvchingizni tekshirib koʻrishni iltimos qiling. Balki, agentingiz u bilan avval ham uchrashgandir.
Alibaba - bugungi kunda Xitoy bilan biznes boshlashning eng zoʻr va eng arzon usuli, va hozircha shu imkoniyat borligi uchun uni qoʻldan boy bermang. Buning uchun sizdan faqat salgina saʼy-harakat talab qilinadi, xolos.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



